Такдирлар. Узбек шеъри

Qachonlardir men ham erka farzand edim.
Otam uchun keladjagi porloq edim.
Beshta go‘zal qizdan keyin, dunyoga kelgan,
Eng erkatoy, qo‘ng‘iroq sochli, o‘g‘il edim.

Asta sekin yillar o‘tib, katta bo‘ldik.
Ota onam mehirlarin, nurin ko‘rdik.
O‘qishlarga kirib,o‘qib,  diplom olgach,
Opalarim birin ketin erga berdik.

Yillar o‘tib, ulg‘ayibla  biz, barchamiz.
Shirin shakar farzandlarga ega bo‘ldik.
Otaginam, onaginam qo‘sha qarib,
Uzoq yillar baxtli yashab, davron surdik.

Qismat ekan, orzular ham, doim bo‘lmas.
Taqdiridan inson, afsus ko‘ngli to‘lmas.
Peshonaga ne yozilgan, Egamga ayon.
Ayriliq yo, o‘lim bizni cheklab o‘tmas.

Shukurlarkim xayot qizg‘in davom etar.
Taqdirlarga ne yozilgan, hali bitar.
Loyqalanib, to‘lqinlangan daryolardan.
Obi xayot, go‘zal chashma, suvlar oqar.


Рецензии