Раббим. Узбек шеъри
Gunohkor ul bandangni, to‘g‘ri manzillarga elt.
Toki gunohkor banda, boshqa gunoh qilmasin.
Or va nomusin asrab, boshqa illat qilmasin.
Ollox o‘zingga ayon, bandang qaysi manzilda.
Qismatini bilursan, qaytar to‘g‘ri yo‘lingga.
Gunohlarin kechirib, pokiza yo‘llar ko‘rsat.
Toki qing‘ir yo‘llarga, qolmasin unga fursat.
Sig‘inaman o‘zingga, gunohlarimizdan kech.
Sabr, toqatlar bilan, sen insonlar buni yech.
Rabbim, o‘zing Qodirsan, illatlarni yo‘q qilgin.
Halol, pokizalikni insonga nafas qilgin.
O‘zing Qodir egamsan, biz bandalarni kechir.
Harom, gunoh to‘nlarni insoniyatdan yechtir.
Alhamdulilloh shunda, barcha pokiza bo‘lar.
Razillik va qabihlik, batamom, butkul o‘lar.
Свидетельство о публикации №126070302778