Айланай хо, ургилай. Узбек шеъри

Aylanay xo, o‘rgilay,
Eshigingdan mo‘ralay.
Menga beparvo bo‘lsang,
Yiґlab, yig‘lab  yo‘q bo‘lay.

Qora ko‘zing kulganda,
Dunyo go‘zal bo‘lganda,
Nozlaring jonni olar,
Yurak o‘tda kuyganda.

Isming aytib kuylayin,
Dardim kimga so‘ylayin?
Sendan o‘zga go‘zalni,
Tushimda ham ko‘rmayin.

Qoshlaring yoymi deyin?
Sochlaring soymi deyin?
Ko‘kdagi to‘lgan go‘zal,
O‘n besh kunlik oymi deyin?

Kulib boqsang, jonginam,
To‘lib toshar qonginam.
Sen mening borlig‘imsan,
Yolg‘izim, mehribonimsan.

Aylanay xo, o‘rgilay,
Eshigingdan mo‘ralay!
Noz-karashma qilsang ham,
Faqat seni sog‘inay!
Aylanay xo, o‘rgilay,
Bir umrga birga bo‘lay.

Iztirobli kunlar o‘tib
Bizga quyosh kulgaymi.
Chin yurakdan sevishim.
Ul parivash, bilgaymi.

Kunlarni tunga ulab
Oshiq madjnun bo‘p qoldim.
Laylini sevib qolib
G‘azalim kuyga soldim.


Рецензии