Бахт капалаклар. Узбек шеъри
Har dam firoqing dastidin g‘ussam mening ortdi yana.
Ko‘zimni qamashtirdi ul orazingning nurlari,
Ushbu go‘zal siymong ko‘rib, sevgim mening ortdi yana.
Qalbim nido aylar seni, kuylar faqat nomingni yor,
Bilsayding ey mohi nahor, ko‘ksimda ne hasratlar bor.
Tunlar fig‘onim dod etar, Allohga ayon dardlarim,
Ishqing yo‘lida zor o‘lib, bo‘ldim jahon ichra nigor.
Ammo umidim uzmadim, Rabbim Rahimdir, bilmisham,
Har bir duoyu ohimni Unga bayon men qilmisham.
Inshaalloh, ushbu pok sevgi visolga chorlagay,
Sabrim mukofoti ila, baxtimiz, kulib porlagay.
Sensan faqat qalbim aro tanho mahbubam, malak,
Sensiz menga tordir jahon, rangsiz ko‘rinur bu falak.
Gul sevgimiz bog‘i aro ochildi baxtning gullari,
Oxir murodga yetkuzar bizni bu qutlug‘ kapalak.
To‘y bo‘ldi, yor keldi mana, baxt uyi nurga to‘ldi-yo!
Hijron tugab, oshiq yigit maqsadiga yetdi-yo!
Dunyo go‘zal, hayot go‘zal, mahbuba yonimda, erur.
Shodlik kuyi yangrab bugun, qayg‘u-alam ketdi-yo!
Inshaallah baxtli yashab,
Uzoooq umrlar ko‘rgumiz.
Shirin shakar farzandlarla xonanonimiz, to‘lgumiz.
Свидетельство о публикации №126070205656