Чорбогимиз жаннат мисол. Узбек шеъри
Shinamgina, suvlar sepilgan.
Chorbog‘imiz g‘ark xosilga, mo‘l
Uzum, anor, shotut bitilgan.
Qator qator yo‘lakchalarda
Xayot go‘zalligi qaynaydi, boqing.
Ota hovlimizga agar kelsangiz
o‘tgan larga duolar ayting.
Jannatmakon xovlimiz bugun.
Bizni chorbog‘ tomon yo‘llaydi.
Meva cheva, uzum anorlar,
Buyuk shotut sari chorlaydi.
Hovlimizning beqiyosligi
Bolalikka so‘zsiz chorlaydi.
Quvonch ko‘zyoshlari yuzingiz yuvib,
Sexrlab, maftunla eta boshlaydi.
Bir umrga eslab qolaman.
Yoshligimiz, o‘tgan davrni.
Dadaginam ketmonlar chopib,
Gul payvandlar, qilgan davrni.
Ishkomlarda uzumlar bu kun.
O‘tmishlardan, dadamdan so‘ylar.
Beixtiyor o‘yga toldirib
Gul rayxonlar, chamanzor, bo‘ylar.
Eslaysizmi, uzun yoz oqshom
Supamizda, qator yotardik.
Yulduz sanab, ertaklar aytib
Beg‘am yotib, she'rlar aytardik.
Bugun esa diydor sog‘inchi,
Aka-uka, opa-singillar.
Ota uyga boshlar yo‘limiz,
Talpinadi intiq ko‘ngillar.
Keling, axir, bir yig‘ilaylik,
Fotihaga ochib qo‘llarni.
Yodga olib o‘tganlarni biz,
Shod etaylik pok ruhlarini.
Onam yopgan issiq nonlarni,
Sog‘inganman, bilsangiz, siz xam .
Akam bosgan har bir qadamda,
Otam hidi kelarmish shu dam.
Keling jigar xovlimiz mushtoq
To‘planishib, jon ko‘rishaylik
Xayot tashvishlarin bir zum unutib
Jannat hovlimizda, diydorlashaylik.
Bu hovlida mehr o‘zgacha.
Bu hovlida yashaydi bardosh.
Keling, jigar, duo qilaylik,
Ko‘zimizda sog‘inch, dardli yosh.
Свидетельство о публикации №126070106934