Кадрдонларим. Узбек шеъри
Doim sog‘-omon bo‘ling, mehribonlarim.
Keling, bir ko‘rishaylik, birga jam bo‘lib.
Onajonim uylarida xo‘p, birdam bo‘lib.
Keling qadrdonim, bu bir kam dunyoo.
Jam bo‘lishib, dildan suhbat quraylik.
Bu kun kimlar bor-u, kimlardir har yoon.
To‘planishib, jigarim, xursand bo‘laylik.
Siz mening eng yaqin qadrdonlarim.
Voh, demang hech qachon, mehribonlarim.
Quvnashib, kulishib, doim yuringiz.
Baxtimizga xammangiz, omon bo‘lingiz.
Baxtimizga onaginam, omon bo‘lsinlar.
Oramizda quvnab, davron sursinlar.
Iltijo qilamiz, hamma sog‘ bo‘lib.
Ilohim Onaginam yuuzga kirsinlar.
Ollohga omonat sizning joningiz.
Doimo salomat bo‘lib yuringiz.
Keling ko‘rishaylik, sog‘inib ketdik.
Hayoot tashvishlariga ko‘milib ketdik.
Свидетельство о публикации №126063003332