Оллохга хаммаси аён. Узбек шеъри

Ana mana demay o‘sha kun keldi.
Ochiq peshonadan sovuq ter keldi.
Goh o‘zimga o‘zim ishonmay qoldim.
Tasavur qilingiz yellikka to‘ldim.

Oy va uzun yillar shoshayotgandek.
Qo‘rquvdan yuragim tushayotgandek.
Ammo ollohimga shukur qilaman.
Yaxshi, yomon ishlarimga tovba qilaman.

Yaratuvchi Ollohga hammasi ayon.
Bugun kimlar bor-u, kimlardir har yon.
Inson yosh bo‘lsagar o‘ylamas buni.
Kelajakda ne taqdir kutadi uni.

Yeng savobi doim yezgulik qiling.
Yaxshi ishlaringiz Ollohdan biling.
Men tilayman sizga sog‘u, omonlik.
Yuz yoshdan o‘tingiz, ko‘rmang yomonlik.


Рецензии