Ошик. Узбек шеъри

Nigohing xanjaridin bu bag‘ir qon o‘ldiku,  yor,
Firoqing dastida mahzun ko‘ngul vayron bo‘ldi yor.
Jamoling sham'iga parvonadek kuymoq baxtimdur,
Bu dardimg‘a sening vasling faqat darmon o‘ldiku, yor.

Oqshomuu, kechalarda sensan go‘zal, go‘zal,
Husning aro bu dil kuyar, ey mahliqo, sensan go‘zal
Ko‘zing nihol, qoshing kamon, darding solar mahal,
Istirobing lazizdur, ey pariro‘y, beqiyos go‘zal

Ko‘ngul mulki aro sulton o‘zingsen, ey shahi davron,
Sening zulfing xayolidin hayotim bo‘ldi serhayron.
Asiri band o‘lubmen, zulmati hajring aro qoldim,
Visoling nuriga zormen, ko‘zim yig‘lar, dilim vayron.

Labing la'li shirindur, nutqing o‘ldirdi meni oxir,
Azobing hajrida kuygan bu jondin ketdi ham toqat.
Fig‘onim ko‘kka yetdi, ey sanam, rahm aylagil bir bor,
Bu oshiq hajringda  erur bir umrlik  sadoqat

Xirom aylab chiqarsan, gulshani husnung bo‘lur paydo,
Oftob  ham zulfing atridin o‘lur mast, hamda beparvo.
Orazingga  oshiq Nizomiy ko‘z yosh to‘kar,go‘yo daryo.
Sening ishqing o‘tida bu jismim bo‘ldi-ku ado.

Nizomiydek firoqingda, ado bo‘ldim, jonim kelgil,
Bu oshiq qon yutib ketdi, jafosingni ravo ko‘rgil.
Jahon ichra maningdek senga sodiq bir gado bo‘lmas,
Bu so‘nggi iltijoimdur, o‘zingga yor va mahram bil.


Рецензии