Мусофир. Узбек шеъри
Jigarlar, sizni sog‘indim, nigorim.
O‘zga yurtda yo‘qdir qarorim,
Onajonim, sizni sog‘indim, xumorim.
Firoqing o‘tidin bag‘rim o‘rtadur
Ko‘zumdin oqquvchi yoshim o‘rtadur
Vatandin ayru tushmak ne azobdur,
Onajonim, sizni sog‘indim, xumorim.
G‘ariblik zahmati eng nozik xilqat
Bu mahzun jonima qolmadi toqat.
Meni sog‘inch balosi qiynaydi faqat
Onajonim, sizni sog‘indim, xumorim.
Yillar o‘tdi, mudom bo‘ldim musofir,
Qaribsiz, ko‘rmadim diydorni oxir.
Otam-onam sochin oq etdi taqdir,
Onajonim, sizni sog‘indim, xumorim.
Zahmatlar ham tugab, ayyom kelgay, inshaallah
Ki farog‘atni topgaymiz inshaallah
Vatan tufrog‘i Nizomiy ko‘ziga to‘tiyo,
Onajonim, sizni sog‘indim, xumorim.
Свидетельство о публикации №126062805259