Ишк. Узбек шеъри

Yuragimda bir dard yashar ismi — ishq,
Ko‘zlarimda yosh qalqiydi, tunlar sovuq.
Seni izlab topmagan bu dunyodan,
Bugun mening o‘zga hech bir yo‘lim yo‘q.

Har bir so‘zing xotiramda bir olov,
Yonar bag‘rim, sensizlikka yo‘q bardosh.
Muhabbatning ko‘chasida men gado,
Osmonimda porlamaydi endi quyosh.

Ishq! Meni kuydirdi bu alam,
Ishq! Ko‘zimga tor bo‘ldi olam!
Sensiz yashamoqlik o‘limdan og‘ir,
Aytgin, qanday chidar bu dili pora?!
Ishq, meni etdingku ovora...

Taqdir bizni ayirdimi beshafqat?
Yoki gunoh o‘zimdami, bilmayman.
Sendan qolgan shirin azob, shu faqat,
Bu dunyoda sendan o‘zga demayman.

Ishq... go‘zal azobim...


Рецензии