Гулюзлигимсан. Узбек шеъри

Yuragimga o‘t yoqib, o‘zing bo‘lding olovim,
Bu dunyoda bittagina, eng shirin azobim.
Goh kulasan sog‘intirib, gohida qilasan rashk,
Sendan boshqa kerak emas, ey mening gulim.

Gulyuzligimsan, gulim , ko‘zlaringga qaray,
Jon desang, jonimni sochlaringga o‘ray.
Bir kun quvonch, bir kun rashk, ayriliqqa chidamay,
Yuragimning egasi, o‘zingsan, erkatoy!

Shiringina kulgularingdan dunyolar yorishar,
Sal ko‘rinmay qolsang agar, sog‘inchlar qorishar.
Beg‘ubor bu sevgimizdan yulduzlar havasda,
Rashk o‘tida yonsak hamki, dillar tez yarashar.

Gulyuzligimsan, gulim, ko‘zlaringga qaray,
Jon desang, jonimni sochlaringga o‘ray.
Bir kun quvonch, bir kun rashk, ayriliqqa chidamay,
Yuragimning egasi, o‘zingsan, gulim.

Ayriliqning kunlari qiynoq ekan, bildim-a,
Sensiz o‘tgan soatni azob uqubat bildim-a.
Qaytgin endi bag‘rimga, quvonchimsan o‘zing,
Bu dunyoda baxtim ham, taxtim ham o‘zing!


Рецензии