Шофиркон нур маскан. Узбек шеъри

Shofirkonda azizlar, xayot oqar soy simon
Insonlari mehmondo‘st, mehnatkashdir, begumon.
har xovlida baxt kular, mexmon bo‘ling, biz tomon.
Kashta-yu, so‘zanalar chorlar sizni  Nur tomon.

Chorbog‘ida mevalar, gul rayxonlar, chamandir.
Sharofbobo Xamroev, To‘ra Namoz bizdandir.
Paxtakor-u, ustozlar, buyuk insonlar bisyor
Insonlari samimiy, yurtin sevarlar alyor

Ziyooratgox maskandir, Moxitobon xazrati.
Bir kelib amin bo‘ling, misli qiyos, jannati.
Yetti pirlar yurti-bu, ruxingiz pok bo‘lg‘usi
Islom dini asragan, zulmat nurga to‘lgusi.

Tuprog‘idan baraka, rizqu ro‘zining zo‘ri
Bu yurtda mujassamdir ajdodlarning huzuri.
Xo‘ja Orif Revgariy — qalblarning oq sururi,
Shofirkon tuprog‘ida iymon nurining, zo‘ri.

Bunda qadam bossangiz balolardan asraydi
Ko‘nglingizni to‘q qilib,ruxingiz ham yayraydi
Zie;ratgox yurtdir bu, kelib xuzur qilasiz.
Xaqiqiy insonlarni ko‘rib, xavas qilasiz.

Ko‘kka bo‘ylab cho‘zilgan paxtasiyu g‘allasi,
Har bir xonadonda bor tinchlik va  baxt yallasi.
Onalar allasida yurtning ezgu orzusi,
Ko‘ngli pok insonlarning aslo so‘nmas tuyg‘usi.

Qadimiy Vardonzening tarixidan so‘ylasin,
Kelgan har bir mehmonni shodon kutib siylasin.
Azizlar nazari bor, Shofirkon bir chamandir,
Fayzu barokat yurti, beqiyos bir vatandir.

Al'xamdulillax


Рецензии