Ёшлик вакти. Узбек шеъри

Bolalikdan ko‘cha changitib,
Birga o‘qib, birga ulg‘aydik.
Tashvishlarni bir kun unutib,
Bir yoshlikni eslab qo‘yaylik.

Bu — to‘rt kunlik dunyo, diydor g‘animat.
Siz mening qadrdon yoshlik cho‘g‘larim.
Yoz oqshomi ko‘rpalar qator tashlardik,
Termulib osmonga, yulduz sanardik.

Esingdami, ko‘chalarni,
Chopqillashib, to‘zardik.
Cho‘milishib, anhor bo‘yida
Sho‘xlik qilib, quloq cho‘zardik

Minar edik cho‘plardan toychoq.
Qani o‘sha beg‘ubor damlar?
Oyoq yalang chopardik har yoq.
Siz mening qadrdon jon, yoshliklarim.

Quvlar edik bir birimizni,
Ko‘ngillarda yo‘q edi g‘amlar.
Kezar edik dala va qirni.
Go‘zal edi beg‘ubor damlar.

Unutmaylik o‘sha kunlarni!
Siz mening qadrdon jon, yoshliklarim.

* Hidoyat Sharipov bilan hamkorlikda yozilgan


Рецензии