Ташкентдан Бухорога. Узбек шеъри

Yig‘lama qiz, yig‘lama qo‘shiq aytib  beraman,
Buxorodan Toshkentga Afrosiyobga boraman.
Toshkent! go‘zal shaharda o‘z baxtingni topasan,
Toshkentdan Buxoroga baxtni olib kelasan.

Yurgin go‘zal, yig‘lama, ko‘z yoshlaring artaman,
Senga dunyo lazzatin, quvonchlarin tutaman.
Poezd uchqur, yo‘l yaqin, manzilimiz nurafshon,
Baxt manzili kutmoqda  Toshkent go‘zal sharaf-shon

Oq kabutar singari parvoz qilar Afrosiyob,
Yo‘llaringni yoritadi har qadamda oftob.
Tillaqoshlar yarashar o‘sma qo‘ygan qoshingga,
Butun Toshkent poyondoz bo‘lar shirin yoshingga.

Yurgin go‘zal, yig‘lama, ko‘z yoshlaring artaman,
Senga dunyo lazzatin, quvonchlarin tutaman.
Poezd uchqur, yo‘l yaqin, manzilimiz nurafshon,
Baxt manzili kutmoqda bizni Toshkentday bo‘ston!

Chorsu kutar bizlarni, shirin nonu qand bilan,
Xayru baraka to‘lgan go‘zal Mustaqillik maydon.
Yuragingga oromi, quvonchlarni solamiz,
baxtiyor juftlik bo‘lib Buxoroga qaytamiz.

Yurgin go‘zal, yig‘lama, ko‘z yoshlaring artaman,
Senga dunyo lazzatin, quvonchlarin tutaman.
Poezd uchqur, yo‘l yaqin, manzilimiz nurafshon,
Baxt manzili kutmoqda bizni Toshkentday bo‘ston!

Qo‘lda issiq patir non, yuraklarda muhabbat,
Buxoroning bag‘rida yashaymiz shod, salomat.
Ko‘zlaringdan yosh emas, endi kulgu toshadi,
Baxtimizning ta'rifi dostonlardan oshadi.


Рецензии