Маргилон атласи. Узбек шеъри
Marg‘inoniyning yo‘lidan.
Xush xabar kelsa ajabmas, ul parining elidan,
Sho‘x parining elidan!
Oh, Oh, o‘ynasin,
nozli yorim o‘ynasin,
Qadam tashlab sho‘xgina,
yuraklarni kuydirsin!
Marg‘ilonning atlasi
yarashibdi bo‘yiga,
Bugun hamma raqs tushsin
go‘zal yorning to‘yiga!
Qarsak chaling, davrani kengroq oling, ulfatlar,
Tarqab ketsin g‘am-alam, unutilsin kulfatlar!
Surnay navosi chorlar, doira ham tinmaydi,
Bunday sho‘x go‘zal bilan hech kim raqsga to‘ymaydi!
Ko‘zlari qaro-qaro, qoshlari payvastadir,
Unga oshiq bo‘lganlar bitta emas, dastadir!
To‘xtamasin sho‘x raqslar, avjga chiqsin bu kecha,
Marg‘ilonning yo‘lida zo‘r bazm bo‘lsin tonggacha!
Oh, Oh, o‘ynasin,
Bugun hamma raqs tushsin go‘zal yorning to‘yiga!
Свидетельство о публикации №126062105250