Отам кузлари. Узбек шеъри
Ko`zlarimga ko`rdim otam ko`zini
Yarim asr yаshab qo`ygan bo`lsamda
Hech ham unutmayman uning so`zini
Otam aytar edi-to`g`ri yur bolam!
Sen mening g`ururim, oru nomusim
Yigit bo`l, yigitning eng asl, mardi
Dushmanga berma qo`l, u millat dardi.
Halol luqma bilan katta qildim men
O`zligingni unutma, O`zbeklardan sen.
Otajon joyingiz jannatda bo`lsin
Ruhingiz doimo shodlanib yursin
Bizning tanamizda qoningiz oqar
Qabringiz hamisha nurlarga to`lsin.
Свидетельство о публикации №126061905592