Конли юрак. Узбек шеъри

Tun bag‘rida yig‘lar ikki dilbar qalb.
Taqdir yo‘llarini ayladi ayri.
Bir-birin sevardi jonidan ziyod,
Romeo va Djul'etta kabi edi sevgisi.

So‘nggi bor uchrashdi bevafo bog‘da,
Yigitning qo‘lida titrar  yuragi
Qiz uchun jonini fido qilgandi,
Ko‘ksidan yuragin, sug‘urib, olib.

Ado bo‘ldi sevgi, vayron bo‘ldi dil,
Ko‘zlardan oqadi qonli ko‘zyoshlar.
Bunchalar beshafqat bo‘lmasa hayot,
Alamdan yig‘laydi hattoki toshlar.

Zulmat tun bag‘rida qoldi ikki qalb,
Qiz yig‘lar yigitning jasadi uzra.
"Meni tashlab ketma, ko‘zingni ochgin", –
Faryodi yangraydi, zulmatli tunda.

Ajal olib ketdi sevgilim seni,
Men qanday yashayman bundan so‘ng yolg‘iz?
Pichoqni ko‘ksiga urdi go‘zal qiz,
Qo‘sh qabir bo‘ldi ikki begunoh.

Al qissaki go‘zal qalblar birga o‘lishdi.
Qabirlari yonma yonla, yig‘lab kuzatishdi

Allohu Akbar, Allohu Akbar. Amin'.


Рецензии