Бахт Касри. Узбек шеъри

Eng vafoli bir yoor bo‘lay
Vasling kutib, sarg‘ayib, so‘lay.
Ko‘ngling kimga, bilolmasmen.
Menga boqgin, sen deb o‘lay.

Kipriklaring nayza, misol.
Yuragimni yaro qildi
Boqishlaring ohu, misol.
Yuragimni tamom qildi.

Ertayu kech o‘ylab, seni
Qo‘lim ishga bormay qoldim.
Senga boqsam nafaslarim
Yetolmasdan, xoldan toydim.

Kelgin yoorim, birga bo‘lib
Ishq sharobin totaylik, bir.
Baxtlar to‘la guloblardan
Senla to‘yib totaylik, bir.

Yarim ko‘nglim to‘ldirib, sen.
Baxt bog‘iga boraylik, bir
Ahtu vafo gullaridan
Hidlab sharhush bo‘laylik, bir.

Xiyonatkor, sharmisolar
Ko‘rib bizni lol bo‘lsinlar.
Baxt- vafoni qadrlamay.
Ul shaytonlar kul bo‘lsinlar.

Kelgin yoorim, sevishib, biz.
Baxt qasriga ko‘p yashaylik.
Bolajonlar ko‘paytirib
Qo‘sha qarib, ko‘p yashnaylik


Рецензии