Буюк ер. Узбек шеъри

Borliq go‘zal, shunchalar go‘zal.
Go‘yoki qanotla  uchmoq istayman.
Tabiat, ona yer sexrini ko‘rib.
Xayratdan, al xazar, yoqa ushlayman.

Naqadar go‘zalki, buyuk, qudratli.
Ona zaminimiz, saxiy, shuxratli.
Xar qarich tuprog‘in, o‘psang xam, bu kam.
Koinotda yagona, xayot - yer xar dam.

Olloxga ming shukur, inson yer bilan.
yerda bunyod bo‘lib, doim yer bilan.
Avaylab asramoq, bu qo‘limizda.
Ota bobolar xam , buyuk yer bilan.

Insha Allah, yerda tinchlik xukumron
Insha Allah, yerda xalqlar, farovon.
Insha Allah, do‘stlik abadiy bo‘lsin.
Insha Allah quyosh, charaqlab tursin.


Рецензии