Найлайки. Узбек шеъри

Go‘zal Malak deya,
Qiru adirlarni kechib kelganim,
Seni deya chin yurakdan taslim bo‘lganim.
Ko‘zlari oxu, dilbaru shaxlo,
Sevgimni rad etma, Malak dilbandim.

Naylayki ilojim yo‘q, sevging shirin dard,
Keltursa ul boshimg‘a ming savdo va gard.
Malak bunchalar go‘zal, loldir bu jonim,
Egam, o‘zing bergin bardoshim, sabrim.

Quzg‘unlar yetolmas chin sevgimizga,
Qora bulut soya solmas, gul baxtimizga.
Niyatlar xolisdir, chin baxtimizga.
Yetaylik birgalikda pok ahdimizga.

Shaydoman ey go‘zal bir boqishingga,
Yurakni kuydirib, o‘t yoqishingga.
Sen mening orzuyim, yagona baxtim,
Tayyorman ishqingda jon berishimga.


Рецензии