Буюк севги тарихи. Узбек шеъри
Bir xikoya so‘ylayman
Qadrdon insonlarni
Qo‘shig‘imda, kuylayman.
Qulay yonboshlab, olib
Diqqat bilan, tinglangiz.
Ikki sevishgan dilni
O‘tmishini, anglangiz
Aslida, bu xikoya
Qadim zamonlar, bo‘lgan
To‘raboy va Sayyora
O‘n sakkizlarga, to‘lgan.
Bo‘yi basti, kelishgan
Muso qizi Sayyora
Ishqi tushgan To‘raboy
Yuraklar, tilka pora.
Qizning husnu-djamoli
Butun el-yurtda, mish mish
Meni yorim bo‘lsin, deb
To‘raboy qilar tashvish
Go‘zal qizga shaydolar
Ancha munchaga yetgan
Qizning xusnu-jamoli
Butun El-yuurtga, ketgan
Oshiq To‘raboy xar kun
Ishqiy she'rlar yozardi
Sayyora jamoli, deb
Kundan-kunga ozardi.
Buni qarangki, do‘stlar
Yigit rozilik oldi
Soxibjamol Sayyorani
Barmog‘iga uzuk soldi.
Elu-yurtga to‘y berib
Ikki oshiq, bir bo‘ldi.
Bir biridan chiroyli
Farzandlar, uyga to‘ldi.
Al qissaki, jigarim
Ular uzoq, yashaydi.
Siz va biz, tanamizda
Ular mangu, yashnaydi.
Shunday qilib, xikoyaam
Xali ko‘p, davom etar
Raxmatli To‘raboyga
Xalqimiz, duo aytar.
Xursand bo‘ling jigarim
Xikoyalar, xali oz.
Barcha salomat, yursin.
Duoda NizomNamoz.
Свидетельство о публикации №126061405126