Ширин хикоя. Узбек шеъри

Tinglang aziz jigarim
Xikoyam shirin- shakar
To‘raboy va Sayyora
Misli oltin, misli zar.

To‘raboy — baland bo‘yli, viqorli, bosiq, o‘yli.
Sayyora qiz, maftunkor, qalbi go‘zal, chiroyli.

Yuraklarida muhabbatning yonar chirog‘i,
Sevgilari — buyuk tarix, o‘chmas shamchirog‘i.
Qo‘shiqlarda matx etaman go‘zal yoshlarni
Barcha xavas qilgan, qalam  qoshlarni.

Qo‘llari gul, kashta tikar go‘zal Sayyora.
So‘zanaga jon  soladi, dilbar Sayyora.
Uzun sochlarila, maftunlar etib,
To‘raboyni matx etadi, dildor Sayyora.

Baxtlar, baxtga ulanib, ular to‘y bo‘ldi 
Bola-chaqa, nevaralar uylarga to‘ldi
Xar kun quvonch, xar kun shodlik ularni qurshab.
Qo‘sha qarib, mo‘ysafid chol, momoxon bo‘ldi.

Afsonaviy sevgilari— zamonlar oshib.
To‘raboy va Sayyora qiz
Chin baxtli bo‘ldi.
Dillarda saqlanadi pok orzulari,
Sevgilari olamga teng, o‘g‘il - qizlari.

Al qissaki go‘zal juftlik murodga yetdi.
Xikoyamiz davom etib, maqsadga yetdi


Рецензии