Onam tikkan chimildiq

Onam tikkan chimildiqda
beg'uborlik ramzi bor
Jo'sh urgan ikki yurakning
bir talay orzusi bor.
Duogo'ylar, duo qiling
ikki yosh payvandlashsin
Kelgusida donolarning
ota-onasi bo'lishsin.


Рецензии