Bemor ayol

Yoring xiyonati,yedi toqating,
Farzandlar dog'ingni qildimi ixtiyor?
Alamdan cho'kgan, xasta bu ruhing,
Uzoqga ketmoqni qildi ixtiyor.

Sen g'arib, charchagan, xasta bu holing,
Kasaling yediku seni batamom.
Shunda ham, sovugda qaltirab turding,
Deya: "Bolam och-menga dori xarom".

Sen o'lgan qora tun - samo yig'ladi,
Opa-singillaring chekdilar ohing.
Farzandlaring bag'rin armon tig'ladi,
Nasib aylading, ularga dog'ing.

Hamon xayratda man, qanday bu axir?
Joning chiqgungacha,ishlab turolding?
Sendagi matonat, sendagi sabr,
O'rnida bo'lsaydi, biroz xudbinlik...

Ergasheva Roziya Mamatqulovna uchun atalgan sher


Рецензии