Gul

Sahifalar aro, yoddan chiqib tek,
Bo’ysiz, qurigancha yotar edi gul.
G’alati orzular, hapriqadi lek,
Xayol og’ushida qolib ketdi dil:

Qayerlarda gullab, qachon uzilgan?
Qaysi bahor? Uzib olgan edi kim?
Tanish chehrami yo notanish bo’lgan
Qo’llar ila asrab, berkitilgan jim?

Nega ko’zdan pana? Nega kitobda?
Visol onlaridan berarmi darak?
Yoki hijron dardi qiynab, azobda,
Dasht-u o’rmon kezib, o’rtarmi yurak?

Qayda makon topgan u erkak, ayol?
Mo’jaz uychasida, hali ham hayot?
Yoki qovjiragan o’shal gul, xiyol,
Bu dunyodan o’tib, bo’lishganmi yot?

Май, 2022 год.
*Перевод стихотворения А.С. Пушкина "Цветок".


Рецензии