Osmongga uchib, sen yerga qaytmading

Osmongga uchib,sen yerga qaytmading
Ko'nglingda borini bizga aytmading
Nahotki shunchalar bezding hayotdan?!
Do'stlaring ichida sirdosh topmading...
Ediku bir dunyo orzu havasing
Bahor fasli edi hali hayoting
Nihol bo'lib so'nding, yerdan uzulding
Mirzobek, armonda bizni qoldirding...

Osmongga uchib,sen yerga qaytmading
Ota-onang dardini xech o'ylamading
Shamol bo'lib dunyoni sen kezmading
Bevafo dunyoda nahot sig'mading?!
Ediku bir dunyo orzu havasing
Bahor fasli edi hali hayoting
Nihol bo'lib so'nding, yerdan uzulding
Mirzobek, armonda bizni qoldirding...


Рецензии