Men bir g arib kabi kezdim dunyoni

Men bir g'arib kabi kezdim dunyoni,
Yo'limda uchratdim yaxshi-yomonni,
do'st bilan dushmanni farqiga bordim
Ammo topolmadim sizdek insonni,
Onajon...
Otajon...

Kunlar o'tib oylar, yillar ham o'tdi,
Mening qora sochlarim oqarib ketdi
Aziz farzandlarim ulg?ayib yetdi
Xamon topolmadim sizdek insonni,
Onajon...
Otajon...

Yuragimda qoldi bir umr armon,
Essiz, surolmadim siz bilan davron
Qanchaki kezmayin dunyoni har on
Aslo topolmayman sizdek insonni,
Onajon...
Otajon...


Рецензии