Ancha kulfat kechdi boshimdan

Ancha kulfat kechdi boshimdan,
eslayversam, oqar ko'z yoshim.
Men ham edim kimgadir farzand,
erka singil kimgadir edim.

Bor edi - go'zal bir onam
Bor edi - mardona otam
Bor 'di - ahil oilam
Ko'p ko'rdi xudo shuni ham.

Bir vaqt edim baxtli men odam,
Bilmas edim nima degan g'am,
bolaligim edi beg'ubor
bo'lgan edim bir kun baxtiyor.

Yillar o'tib, bir kun behosdan
ayrildim men ona mexridan,
O'zgalarga qoldi kunim,
sovub ketdi hayotdan ko'nglim.

Hech kim meni ko'nglim topolmas,
erta-yu-kech menga do'q urar
Ortda qoldi beg'ubor kunlar,
Yuzlarimdan oqar ko'z yoshlar.

Ko'z yosh ekan hayot taqdirim,
Noilojman, berdim unga tan.
Mehribon bo'l menga, xudoim,
ayirmagin endi otamdan.

Qattiq ekan taqdir peshonam
Ayrildim men otamdanam ham.
Baxt qushi mendan voz kechdi,
u ham meni tashladi, ketdi.

Otasiz ham o'tarkan kunlar,
Onasiz ham o'tarkan tunlar,
Bu dunyoda qoldim yagona -
ota-onam bo'ldi afsona.


Рецензии