Butun vujudimni yondirib ketar

Butun vujudimni yondirib ketar
Ma’yus ko’zlaringni g’amgin nigohi
Yer-u-osmonni larzaga solar
O’ksigan qalbingni alamli ohi.
Bergin erk, mayli, sen ko’z yoshlaringga
O’tkinchi dunyoda g’amlar ham mehmon
Ojizlar lol qolsin bardoshlaringga.
Seni U qo’llasin har lahza, har on!


Рецензии