Beixtiyor sen tomon talpinarmidim...

Beixtiyor sen tomon talpinarmidim?
Yolg'iz senga dunyoda ishonarmidim?
Sendan yorug' olamni qizg'onarmidim?
Biroz meni sevishingni sezmaganimda...

Achchiq hayot shirin bo'lib tuyularmidi?
G'amga botgan nozik ko'nglim ovunarmidi?
Jonsiz umid yuragimda lovullarmidi?
Biroz meni sevishingni sezmaganimda...


Рецензии