Yor-yor

Bugun senga yor-yor aytishar,
butun olam seni olqishlar.
Bugun senga baxt tilab qolar
Ota-onang va yoru-do'stlar
Yor-yor, yor-yor.
Jonim singlim,
bo'lgin baxtiyor

Bugun senga yor-yor aytishar
Oq liboslar senga yarashar.
Bugun seni otang uzatar -
yuzlaringdan oqar ko'z yoshlar
Yor-yor, yor-yor.
Jonim singlim,
bo'lgin baxtiyor

Tilla uzuk bo'lsin muborak,
Yangi hayot baxtdan bu darak
Bo'lgin sen ham go'zal kelinchak,
Kuyov-to'ra bo'lsin muborak
Yor-yor, yor-yor.
Jonim singlim,
bo'lgin baxtiyor


Рецензии