Sirli makon

Osmon musaffo,
Bag;rida moviy tog;lar.
Esar mayin sabo,
Buncha go;zal bu bog;lar.
Quyosh nurafshon,
Zarrin nurlarin sochar.
Bu sirli makon,
Menga quchog;in ochar.

Sharqiroq soylar,
Ruhim chanqog;in olar.
Yosh majnuntollar,
Qalbimga quloq solar.
Keng qir adirlar,
Yugursam kaftida tutar.
Meni buncha qadrlar,
Doim intizor kutar.

Bu makon, sirli makon,
Unda hayot go;zal xamon.
Biz uchun u oshiyon,
Kimlar uchun esa armon.

Sofdil insonlar,
Yig;lasang silar boshing.
Qilar ehsonlar,
Artib ko;zdagi yoshing.
Mehmonlar ham lol,
Bu makon hayotidan.
Ketma, biz bilan qol,
Boramiz baxt ortidan.

Mehribon xalqi,
Qoqilsang suyar seni.
Yuragim qalqib,
Ketadi shunda meni.
Bu go;zal zamin,
Tuprog;in ko;zimga surtdim.
Qilaman ta;zim,
Chunki bu mening yurtim!

Bu makon, sirli makon,
Unda hayot go;zal xamon.
Men uchun u jonajon,
Vatanim O;zbekiston!


Рецензии