Men yo qotgan qalb
Mayli, beayb Hudo deb, sabr ila kutdim,
Lekin senga hech bermadi insof Hudo
Qalbim ochib, kichqirdim - bo'lmadi sado...
Oldinlar qanday eding, qalbi go'zalim,
Bo'lding kim, bo'lganing so'ndirdi xislarim.
Sen o'zgardingmu, yo aslingmi bu?
Bilmasdan, qiynaldim, dilimda qayg'u...
Bu azoblarga ne aybim bo'ldi sabab?
So'rayman o'zimdan, ham sendan, yo Rab
Qalbi go'zalim, muhabbatim meni, qani?
Nafs va kibr zulmati cho'lg'adi uni...
Bardoshim qolmadi, qolmadi sabrim!
Hayr endi, alvido, qalbi go'zalim!
Sen eding mening kuyu-g'azalim,
Barchaga derdim seni taqdiri-azalim...
Yana xato ekan, xato muhabbat
Avval orzu ro'yobi, endi sen - xasrat,
Endi armonimsan, armonim, jonim,
Ey qalbi go'zalim, so'nggi fig'onim...
Yo Rab, iltijoim qabul etgin sen,
Muhabbat balosidin omon bo'lay men,
Aning chexrasini qalbimdan o'chir,
Rabbim, bu ne'matdan voz kechdim, kechir...
Свидетельство о публикации №112022511828