Pushaymon

Kecha kulgich o'ynar edi ko'zlarimda
Bugun achchiq yoshlar yanog'larimda
Quvonch, shodlik ekan bir ro'yo
Men, so'qirning, ko'zi ochildi go'yo

Alam-Hasratlarga to'ldi bu olam,
O'zingni yo'qotarsan qadamma-qadam
Alaming ichingda o't bo'lib yonar,
U sening qalbingni tinmay nimtalar.

Bu dunyo - foniy, ba'ri o'tadi,
Quyosh kabi chiqib, so'ngra botadi,
Alam ko'zyoshlari qurib bitadi,
Lek bu og'riq baribir qalbda qoladi...

Men xato qildim, xatoim katta,
Qaniydi Seni ko'rsam bir, so'nggi marta!
Kech bo'ldi, kech, men, qalbi qora,
O'zim qilgan ishdan dilim pora-pora...

Muhabbat qadriga yetmagan nodon,
Ham undan, ham sendan ayirdi usha on
Endi faqat yomg'ir meni ovutar,
Faqat yomg'ir meni senday tushunar...


Рецензии