Ilk bor
Yeru-samolar ham eshitsa dardim
Avval ulug' edim, endi yo'q qadrim
Qaniydi azobdan o'ch olib bo'lsa...
Men yeru-samoni ko'targan edim,
Balodan insonni saqlagan edim,
Olamda qanchalar qudratli edim
Endi faqat Alloh eshitar so'zim...
Olamni tamoman unutay dedim,
Havoi nafsimni kafanga soldim,
Yo Rab, senga ko'p ibodat qildim,
Lek baribir gunohni tagida qoldim.
Ko'zim ochiq, so'qirlik qildim,
Yetti olam qudratin oldim
Ko'plarni hatodan qaytara oldim,
O'zimni saqlashga yetmadi ilmim...
Свидетельство о публикации №112022004846