***

Achinmayman, o'tgan sevgilar,
Sizni deya botmasman g'amga;
Taqdir qilgan bo'lar deydilar,
Har kimsaga yorug' olamda.

Yo'q, chekmasman ohlar daf'atan,
Yig'lamasman yonib uzlatda.
Olislarni qilmasman maskan,
Motam tutib har muhabbatga.

Azoblanib o'tmasman aslo,
Etar, sevgi iztiroblari;
Har chechakka dil bergan asno,
Qiynagani meni ilgari.

To'rt faslning almashganidek,
Dilbarlarning almashgani bas!
Bitmas ekan qo'yib bersang tek,
Bu olamda orzu va havas.

Nima topdim o, shuncha fursat,
Go'zallarga qilib tavolloh.
Yolvoraman menga yo'l ko'rsat,
Va'dalaring rost bo'lsa Olloh!
04.02.2011.


Рецензии
Шерзод.Я получила письмо.Пришли мне свой перевод, как умеешь, на почту.Я исправлю.Старайся говорить на русском, пользуйся словарями онлайн перевод, чтоб не допускать ошибок.
)))

Лилия Бабаярова   11.02.2011 23:14     Заявить о нарушении
Ты куда пропал?

Лилия Бабаярова   06.07.2011 16:10   Заявить о нарушении
Лилия опа!!!
Albatta yuboraman. Onlaynga vaqt kerak.

Шерзод Комил Халил   10.09.2011 18:58   Заявить о нарушении