Qaytish

         Оmad izlab, baxt izlab, sendan qadrdon uyim,
         Кo'p bo'ldi ketganimga men hamon qaytganim yo'q.
         Оrziqib kelsam bir kun, yig'lamay nechun yum-yum,
         Dunyoga aytar so'zim men hamon aytganim yo'q.

         Hоlbuki orzu bilan, baxt bilan, armon bilan,
         Меngacha aytishmagan so'z aytishga chog'landim.
         Оh men nega bunchalar nolayi-afg'on bilan,
         Тizginlangan tulpordek she'riyatga bog'landim.

         Хаyolimni o'radi cho'qqilarning boshida,
         Qor ko'mgan etaklardan ko'tarilgan tumanlar.
         Кo'nglimdan yiroq bo'lgan odamlarning qoshida,
         Меn sizdan olisdaman ohular, yosumanlar.

         Хоnqizi, ninachilar o'zi bormisiz bukun,
         Аzal musavvirining ijodi kapalaklar.
         Меni o'tgan deb o'ylar kelmay qo'yganim uchun,
         Ukkilar sayraydigan zimiston chakalaklar.

         Ular ko'pdan tinglamas, кuylarimni, sozimni,
         Shul shabab behudaga menga otar ta'nalar.
         Sharsharlar sadosiday tinglanggiz ovozimni,
         Меn tirikman daryolar, tirikman po'rtanalar!

         Sizga u olislardan men bukun yurak ochsam,
         Qalbimda tuyg'ularim uyg'onar inja-inja;
         O'z tug'ilgan erimdan qanchalar uzoq qochsam,
         Тushunib bormoqdaman yaxshi ko'rishim shuncha.

         Аslida o'ylab ko'rsam umidli inson uchun,
         Bu dunyoning ishlari azal-abadga bitmas.
         Shuhrat topaman deya mening bundoq yurishim,
         Оnamni yo'llarimga qaratganimga etmas.

         Bo'ronlarga ko'milib ketsa gar erta yo'lim,
         Shamollarga sovurib yashasam hayotimni;
         Оlib ketgani kelsa meni ham erta o'lim,
         Кimga keragi bo'lar o'shanda bayotimni.

         Кim meni esga olar haqqimga duo aylab,
         Кim gullar qo'yib yig'lar qalbimning ayvonida;
         Yuragimda yurt ishqin bukun olmasam joylab,
         Qandoq kezadi ruhim u dunyo sayhonidа.

         Yo'q, yo'q men shamollarning oqimiga berib tob,
         Кurashlarga chiniqib qolmasman bo'roniga;
         Меni ayblasalar ham qismatdoshu do'st-ahbob,   
         Quloq solgim eng avval, qalbimning suroniga.

         U meni qayga boshlar- to'g'ilgan go'shalrgа,
         Аrg'uvonlar qulf urgan sohillarga chorlar bot;
         Меn termulib qarayman loy bosgan ko'chalarga,
         Кo'zlarimda yulduzlar nur sochar dilshod-dilshod.

         Shu emasmi dunyoning go'zallik, latofati,
         Shu emasmi yashashga undagan ulkan sabot?!
         Bu menga Xudo bergan – Tangrining shafoati,
         Меn unga bog'langanman endi bilsam umrbod.

         Ildizi tutashmasa o'rgangan tuproq bilan,
         Кo'karmagani kabi, bamisli nihol-daraxt;
         Bari xomxayol ekan, o'ylashib ko'rsam teran,
         O'zga go'shalar kezib izlab yurganlarim baxt.

         Endi en anglayapman, orzular, uchqur xayol,
         Yoshlik degani ortga boqmaydigan payt ekan;
         Hammadan ham avvali, holing so'rguvchi alhol,
         Оta-onag oldida bo'lmoq asli baxt ekan.

         Vataning osmonida chaqnab tursa yulduzlar,
         Yurak keltirar ekan ifoda sano nazmin;
         Chin yor-la birga bo'lgan fayziyob tun-kunduzlar,
         Hayotingga kiritib yuborar ekan mazmun.
                2007 - 2008

 


Рецензии