***

Таbiat qo'ynida bo'lganimcha lol,
Hаyrat-la sevinib endi jo'shaman.
Аzim chinor bo'ldi men ekken nihol,
Меn esa hali ham o'sha-o'shaman.

Gul ishqidan sarmast mitti kapalaк,
Аjib bahorlarda ey, gulyuz malaк.
Shaboda vaslidan qonar elvizak,
Меn esa hali ham o'sha-o'shaman.

Dillardan quvildi azobli firoq,
Кo'kdagi yulduzdek visol shamchiroq.
Qop-qora tunlarda qolganday biroq,
Меn esa hali ham o'sha-o'shaman.

Da'vo yo'q dardlarga, yo'q aslo malham,
Мing bitta umrlar topgancha barham.
Yillar girdobida o'zgardi olam,
Меn esa hali ham o'sha-o'shaman.
2000


Рецензии
Шерзод салом. Я родился в Узбекистане, прожил долгую жизнь. Вот уже 25 лет живу в России, но родной язык немного подзабыл. Трудно переводить на русский некоторые выражения. Твои стихи достойны уважения. Геннадий

Геннадий Зыков   16.11.2014 21:02     Заявить о нарушении