***

Melissa Nungaray
(Meksika)

Melissa Nungaray(Meksika, Gvadalaxara, Xalisko,1998) Mexiko shtati avtonom universitetida ispan tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. Uning "Ra'z del cielo" (Secretar;a de Cultura de Jalisco/Literalia, 2005), "Alba-vig;a" (La Zonambula, 2008), "Sentencia del fuego" (La Cartonera, Cuernavaca, Morelos, 2011) va "Travesa: Entida'a cuerpo" (Zonambula, 2014) kitblari nashr etilgan.
2014 yilda "Xorxe Lara" yoshlar poeziyasi IV- milliy mukofoti topshirish marosimida u ikkinchi o‘rinni egalladi. U bir qancha milliy va xalqaro anjumanlar va festivallar ishtirokchisi. Adabiy ishlari "Alforja", "Casiopea", "Punto en Linea", "Punto de parte", "Circulo de Poesia" kabi bir qancha jurnallarda chop etilgan.Uning ijodi bir qancha mazumalar va antologiyalardan o‘rin olgan, jumladan, "Xaliskodagi xatlar" kitobi(Impre-Jal, 2007), "Medusas" (Star/Pro, Mexiko, D.F., 2008), "Canto de Sirenas"(Kartonera, Mexiko, D.F. 2010), "Dunyoning oxiri uchun she’rlar"(Kodoma Kartonera, Mexiko, D.F., 2012) "Parrisidal shoirlari. Asrlar orasidagi avlod(Kuadrivio Edikiones, 2014) va "Va’da qilingan yer uchun oxirgi xorlar"(Meksikaning 40 nafar yosh shoiri) "FOEM, 2014) Shoira 2010 yildan beri Meksika shtatida yashaydi.

Osmon shovqin bilan qulagay

1

Vulqon lavalari
qayg‘uning yallig‘langan cho‘qqilarida
Yoyar ko‘kka ildizlarini,
bamisli kengaytirilgan so‘zlar kabi
yulduz turkumlarida
sof alanga sukunati ichra
mavjudlikdan bino bo‘lgan
baxtsizlikning sarqiti.
Xotiraning soyasi kifoya
uning xushyor ko‘zlariga
po‘kak haykal singari
yuzib chiqar shoshilib
xotiraning yulduzi.
Meni kashf qilgan oqshom tomon yuraman ajib,
Yarim yorug‘ chiroqlar nurlariga to‘qnashib
tikan va olovlardan chekinarkanman asta
qulog‘imga quyilar ochilayotgan kitoblar shitirlari orasta.

2

Qo‘llarimda junbush qilar suvning miltir ko‘zlari
va yomg‘irga evrilishni istar erta kun
shamoili raqs istar
tomchi-tomchi tug‘ilsa,
oqayotgan suvning ko‘zlari,
menga tutar hayrat qalamin.
Inchunun men koinotning borlig‘iga cho‘maman
va o‘chmas siyoh bilan bitaman
asteroid va kometalarning temir yo‘llarini.
Unlilar va undoshlar otilib chiqar batahqiq.
Osmon shovqin bilan qulagay
fauna va flora tavajjuh
lava orqasida yashrinar
va harflarning ma’noli bo‘shlig‘ida quyilar qat-qat;
quruq va bo‘m-bo‘sh qabr suyuq jinslardan iborat.

3
Men kalitni qo‘llarimda tutaman
va yo‘llarni birlashtirgan oqimlarda.
Yo‘llar qisqaradi, qisqarar uyqusiz masofalar,
Qayg‘u va melaxoliya qilarkan ta’qib,
Tuyqusdan samovat,
fikr nurida ishqalanar zeb
o mavjudlik hissi bu ibtidolar.
Oqshom jo‘nab ketar tongning poyezdi,
yo‘lovchilarsiz chiqqillar temir yo‘l soati
Ko‘r-ko‘rona yugurib o‘tar,
ta’qiqlangan joylardan
tasodif qochqinlari to‘nib nafrati.
Oldinda, orqada o‘tish yo‘laklari,
bir xil ritmda
ochilar, yopilar soyalar kabi.
Sayohatim qadamlarda yashrinar ilkis
Yopiladigan kitob singari tuyqus.
Puls soatlarni tezlashtiradi harna,
Eman shoxida urilgan momaqaldiroqlar menda tug‘ilarda va
o‘xshashliklarni ifodalar behis.
Men bulutlar kabi kiraman
buzilgan shohko‘chalarga
va to‘lib-toshib uyg‘otaman men ularni shan,
havoda sharaqlar og‘och ovozi,
qumdagi bolalarning o‘yinlari boz,
nafas olayotgan, tebranayotgan uy,
vaqt o‘lchovlari ichida aylaydi parvoz.

ingliz tilidan Sherzod Komil Xalil tarjimasi


Рецензии