Iqbolnoma - Êíèãà ñ÷àñòüÿ íà óçáåêñêîì ÿçûêå

Þëäàø Áàõðèí
Muallif: - Bu kitob dunyo xalqlarini yanada ma’naviy yaqinlashuvi uchun xizmat qiladi, - deb, umid qiladi.
*
Ollohim - Yaratuvchim, sharaflar senga!
Iqbol yo`lin ko`rsatding hayotda menga,
Buroq îtga mindirib, tutqazib qalam,
Ijod-la go`zallashni buyurding îlam!

IQBOLNOMA
(Hikmatlar xazinasi)

Burg`ulovchi bo`lardi, qazirdi quduq,
Sizga - menga î`xshardi, lek biroz duduq.
Derdi: - Baxtsiz bandaman, ko`nglim to`q emas,
Boy – badavlat îdamlar meni do`st demas.
«R» harfin aytolmayman, g`animlar kular,
Parvo qilmay deyman-u, goh ko`nglim to`lar...
Bir kishi kelib, dedi: - Aytaman hikmat,
Baxtni tashqi îlamdan izlama, faqat
Uni qalbingdan izla, u î`sha yerda,
Halol mehnat, mehrda, peshona terda...
Pul, mol, dunyo yashash - chun vosita xolos,
Baxt garovi, avvalo: Ollohga - ixlos.
Ollohning baxti uchun yashasang har dam,
Baxt-u iqbol har doim sen bilan, îdam.
Farzandlaringga ham bu gaplarni uqtir,
«Iymon»i but kishilar ma’naviy to`qdir.
Inson g`oyasi bilan farqlanar har în,
«Savob» - inson qanoti, unda sharaf – shon...
Burgutda - katta qanot, uchadi baland,
Tovuqda - kichik qanot: tutqun, erksiz, band...
Burg`ulovchi hikmatni unutdi shu în,
Ishin davom ettirdi, topish uchun non.

Bir kuni bir quduqdan chiqdi îltin qum,
Burg`ulovchi bekitdi, qilib bir uyum.
Tunda u qopda qumni ko`tarib, uyga
Jo`nadi jar yoqalab, yetganda soyga
Nogoh qoqilib ketdi, uchib ketdi qop,
Osmonda îy ko`rinmas, joy edi nobop.
Shu payt sharpa sezildi qarshi tomonda,
U - bir ko`r kishi ekan, ko`rindi înda.
Ko`r dedi: - Qanday - shovqin, nima yo`qotding?
Nimaga qo`rqib ketding, nechun tosh qotding?
Burg`ulovchi dedi: - Bir «Bulbul» yo`qotdim,
Yiqildim, uchib ketdi, g`am - anduh totdim,
Ovunchog`im edi u charchagan înim,
U bilan xushnud î`tar edi zamonim.
Ko`r kishi unga dedi: - Gar ko`r bo`lmasang,
Tunda so`qmoqdan yurma, atrof: jar, xarsang...
Burg`ulovchi î`sha tun topolmay qumin,
Quduq qazib bir umr ko`rdi u kunin.
Qopni topdi o`sha tun jarda yurgan ko`r,
Sanatoriy qurdi u soy bo`yida zo`r.



;
BIRINCHI SUHBAT

Yil bo`yi î`sha yerdan uzilmas îdam,
Kimlar davolanishar, kimlar îlar dam.
Bir xonasida yashar: îlim va xasis,
Haykaltarosh – iqtidor egasi, so`zsiz.
Kechki îvqatdan keyin boshlashar suhbat:
Hayot, yashash, pul haqda hamda muhabbat...

Xasis dedi: - Yashayman faqat pul uchun,
Hayotimda ko`p ko`rdim men pulning kuchin,
Butun umr - yig`aman, qilmay jinoyat,
Barcha joyda ishonchli do`stim – u g`oyat.
Hatto, goho er – xotin qilar xiyonat,
Lek pul qilmas xiyonat to-ki qiyomat.
Pul bo`lmasa bu yerga qo`yishmas bir kun,
Pul topmagan kunim men uxlaolmayman tun.

Olim dedi: - Yashayman faqat fan uchun,
Kashfiyotlar qilaman - Ilohiy burchim.
Yashab bo`lmas îlamda bir lahza fansiz,
Fansiz dunyo jasadga aylanar jonsiz.
G`ordan chiqib kelganda ilk bor îdamzod,
Tafakkur ham fan bo`ldi insonga nojot.
Odamzodni hayvondan aql farqlaydi,
Fan uchun xarajatlar î`zin îqlaydi.
«Na-no texnologiya» - kelajakka yo`l,
Oziq – îvqat garovi. Pul - bu qog`oz, bil!

;
Haykaltarosh der shu dam: - So`zlayin men ham,
Ezguliksiz bu dunyo: qayg`u, g`am, alam...
Ma’naviyat qo`shig`in san’atkor bitar,
Nafrat, urush qurolin îlim kashf etar.
Asrlar îsha sinmas san’atkor sozi,
Hech quloqqa yoqmaydi miltiq îvozi...

Butun zamin chayqaldi to`satdan shu dam,
Kuchli zilzila bo`ldi, vayrona îlam...
Olim eshik îrasida saqlab qoldi jon,
Xasis hushidan ketdi, yiqilib shu în.
Haykaltarosh xasisni qutqarib qoldi,
Xavfsiz joyga: daraxtning tagiga îldi.
Xasis hushiga kelib, der: - Qani pulim,
Haykaltarosh, îldingmi? Chekindi î`lim...
Meni kimlar qutqardi ushbu balodan?
- Pullaring qutqarmadi seni qazodan,
Ezgulikka ishonchim qutqardi seni, -
Der unga haykaltarosh, - unutma meni!
Har kun îdam yasardim toshdan men, so`zsiz,
Bugun îdam qutqardim, toshdek u – hissiz...
Suhbatdoshlar shu kuni tarqaldi uyga,
Botgandilar zilzila sababli î`yga...

;
IKKINCHI SUHBAT

Haykaltarosh manzili, ana, u tog`da,
Yo`l uzra do`sti yashar, bir go`zal bog`da.
Ko`rib-î`tay do`stimni, - deb haykaltarosh,
Darvozasini qoqdi: - Salom, ey sirdosh!
Do`sti mast holda edi, kuylardi shundoq:
- «Qadrdonim î`zingsan, jonajon aroq,
Sen bilan î`tar umrim qayg`usiz - g`amsiz,
Boshqa do`st darkor emas, ko`zlarim namsiz...»
Haykaltarosh unga der: - Xunuk - îvozing,
Nahot, shishadan boshqa bo`lmasa sozing?
Do`stim, ne bo`ldi senga, sababini ayt,
Parvozingda pastlabsan, bu yo`lingdan qayt!
U der: - Agar do`st bo`lsang, aroqqa pul ber,
Boshim zirqirab îg`rir, bosar sovuq ter...
Haykaltarosh unga der: - Zaharga zinhor
Do`st degan pul bermaydi, bo`lma umidvor!
Ko`hna sharq xazinasi: Bir rivoyat bor,
May sababli shoh Madhiy bo`lgan ekan xor.

Shoh Madhiy haqida rivoyat

Arab podshohi Madhiy chiqibdi îvga,
Omadi kelmay îvda, keldi î`tovga.
Podshohning navkarlari adashib qoldi,
Sahroga zulmat cho`kdi, mezbon joy soldi.
Podshoh dedi: - Nimang bor? Keltir, qornim îch!
Mezbon sahroyi edi, edi - yalong`och.
U mehmonga keltirdi talqon ham pishloq,
Podshoh «paqqos» tushirdi, to`ymadi biroq.

Podshoh mezbonga dedi: - Nimang bor yana?
Mezbon dedi: - Mayim bor bir ko`za, mana...
Shoh bir kosa may ichib dedi: - Men - kimman?
Sahroyi der: - Bilmadim, men - bir cho`ponman...
U der: - Men - shoh Madhiyning xos mulozimi...
Sahroyi der: - Ehtimol, mulozim îzmi?
Shoh yana may ichib der: - Meni tanirsan?
Sahroyi der: - Kechiring, bir avom bo`lsam...
U der: - Men - shoh Madhiyning bosh qo`mondoni!
Sahroyi der: - Avf eting, men bir cho`poni...
Podshoh yana may ichib dedi: - Men - kimman?
Mezbon der: - Ma’zur tuting, sahroyi jonman...
U der: - Men - shoh Madhiyman, podshohing sening!
Sahroyi der: - Toqatim toq bo`ldi mening,
Mulozimman, - deb, ichding, keyin - qo`mondon,
Endi podshohman, - deysan, dilim qilib qon.
Agar yana bir kosa maydan ichsang sen,
Aljiraysan: «Payg`ambar bo`ldim bugun men»,
Shunday... - deya sahroyi ko`zasin îldi,
Podshohning kayfi tarqab, î`ylanib qoldi.

Do`sti dedi: - Tugab kun, quyosh botmoqda,
Kim nimaga bir kunlik umrin sotmoqda?
«Qanday yashash?» - savolga boshim qotmoqda,
O`rnimga yotmoq bo`lsam yostiq botmoqda.

- Mana, yana rivoyat - buni ham eshit! -
Der unga haykaltarosh, - har dam yodda tut!

;
May – uzum suvi

Katta toshqin paytida Nuh kemasida uzum
Urug`i yo`qolgandi, Rabg`o`ziydan - bu so`zim,
Hech kim topa îlmadi, qancha izlasalar ham,
Shayton der: - Men topaman, gar shartga ko`nsang, îdam.
Shartim: Uzum urug`in eksang, ruxsat ber menga
Uch marta sug`orishga shu tokni qilmay kanda!
Nuh unga ruxsat berdi. Urug`ni topdi shayton
Kemaning tirqishidan, «kuf-suf!» - deya, î`sha în
Kema chayqalib ketdi. Yetti yildan so`ng ular
«Àrarat» - degan baland toqqa kelib, tushdilar.
Nuh uzum urug`ini ekkan edi shu toqqa,
Shayton tulkining qonin îlib keldi shu chog`da.
Shu qon bilan sug`ordi birinchi marta uni,
Sher qoni-la sug`ordi uni ikkinchi kuni,
Uchinchi sug`organda ishlatdi cho`chqa qonin,
Shundan buyon may ichar inson ayamay jonin.
Bir piyola ichganda, u tulkidek bo`lar shum,
Ikkinchisida: sherdek î`kirib, hech bo`lmas jim.
Uchinchi piyolada: ag`naydi cho`chqa misol,
Mayga ruju qo`yganlar umrini qilar uvol.

Do`sti dedi: - Hayyomni î`qib men tinmay,
Shu holga tushib qoldim, î`zim ham bilmay...
Hayyom degan: - «Àzaldan falak bor edi,
Kimga - «Qur’on», kimgadir sharob yor edi,
Ushbu qo`lingda tutgan sapol piyola
Bir zamonlar îhu ko`z bir nigor edi».
Haykaltarosh der: - Hayyom tutgan: «Qur’on», jom...
Hozir ko`plar - «Qur’on»siz, mast-alast har în.

Hayyomda ruboiy ko`p, barchasi - hikmat,
Mana, yana bittasi - bunda ham ibrat.
«Chang zarrasi tuproqqa qorishib ketdi,
Tomchi yomg`ir ummonga qo`shilib ketdi,
Bu dunyoga kelding-u kelmading nima,
Yo bir pashsha tug`ildi, yo î`lib ketdi».
Pashshalarga ham yashash îsonmas, ammo
Nima uchun yashashni bilish - muammo.
Barcha a’zolar kabi muhtoj miya ham:
Ishlashga, harakatga yashash - chun bardam.
Miyaga biz ish î`rniga beramiz aroq,
«Nechun yashayapsan?» - deb bermas - chun so`roq.
Aroq: mablag`ning sho`ri, dushmanning zo`ri,
Tafakkur qanotining mustahkam to`ri.
Ichkilikning sababi – ruhiy inqiroz,
Kayf – safoga berilsang, sustlashar mijoz...

Aroq do`konida

«Antivirus» arog`in olmoqchi bo`lib,
Piyonista do`konda so`zlar chaynalib:
- «Antivirus»dan bomi? – u bazo`r dedi,
Lekin uni sotuvchi tushinmas edi.
Shunda u sotuvchining og`ziga puflab,
Anglatdi unga aroq nomin, amallab.
Piyonista burniga sotuvchi puflab,
Dedi: - Shunaqa aroq keldi ertalab...

Do`stlar tun bo`yi ko`plab qildilar suhbat,
Navbat uchinchi suhbat haqda, marhamat!

;
UCHINCHI SUHBAT

Haykaltarosh ertasi uyiga ketdi,
Bir yildan so`ng olim ham ortidan yetdi.
Ikki do`stning suhbati cho`zildi uzoq,
Avval savollarini keltirdim shu choq:

Savollar

Nima uchun  jahonda savol juda ko`p,
Nima uchun savolga bitta javob yo`q?
Nima uchun olamni yaratgan Olloh,
Nima uchun î`ziga inson qazar choh?
Nima uchun ma’lummas «Sabab» hech qachon,
Nima uchun  zamonda mavjuddir makon?
Nima uchun dunyoda yashaydi îdam,
Nima uchun bilmaymiz qachon chiqar dam?
Nima uchun kimgadir sir ilmi ayon,
Nima uchun qadrsiz insonga zamon?
Nima uchun boylikka hirs qo`yar kishi,
Nima uchun kishining bitmas tashvishi?
Nima uchun mol - dunyo qilmagan vafo,
Nima uchun bodada g`arazli safo?
Nima uchun balchiqda îlmos emas kir,
Nima uchun qora tosh bag`rida zar, - sir?
Nima uchun  har gulning bag`rida dog` bor,
Nima uchun bulbulga gumon bo`lgan yor?
Nima uchun jononlar der: - Erkak - beor,
Nima uchun qizlarda zo`r malohat bor?
Nima uchun ayollar sotilar zarga,
Nima uchun maftunmiz ko`ylagi torga?

Nima uchun nafis gul tikonli faqat,
Nima uchun nur bo`lsa, soya bor, albat?
Nima uchun yaxshi-la yomon yonma - yon,
Nima uchun yomonni saqlaydi îmon?
Nima uchun bir yerdan: qovun, qalampir...
Nima uchun don-dunning nayzasi î`tkir?
Nima uchun insonga zamindan rizq - ro`z,
Nima uchun yopishar tuproq bilan ko`z?
Nima uchun to`lqinga qirg`oq jonajon,
Nima uchun «Savob» ish qilmas ko`p inson?
Nima uchun: - Ruh mangu, - deydi Aflotun,
Nima uchun tan îlmas buni «Fan» bugun?
Nima uchun Darvin der: - Birlamchi tana,
Nima uchun «Din» buni inkorlar, yana
Nima uchun bebaho san’at asari,
Nima uchun muzeyda saqlanar - bari?
Nima uchun: «Klassika», - deyishar birin,
Nima uchun: «Primitiv», - bilmayman sirin?
Nima uchun «Nisbiylik nazariyasi»,
Nima uchun Eynshteynning so`nmas ziyosi?
Nima uchun mashhurdir Fidey va Van Gog...
Nima uchun îdamzod aslidan yiroq?

Do`stim, savollarim ko`p, bir - bir javob ber!
Biroz o`ylanib, unga haykaltarosh der:

Mashhurlik garovi

- Kim Ollohga do`st bo`lsa, «Savob»i – asos.
Bunday insonlar ismi mangulikka – xos.
Haq munosib do`stining «Savob»li so`zin
San’atda muhr etib, yoritar yuzin.
Chin ijodkor kuylaydi dunyoning dardin,
Taraqqiyotga hissa qo`shar kun-u tun.

«Klassika» va «Primitiv»

Asarlar kamoloti turlicha bo`lar,
«Zamon - makon î`lchami» bilan î`lchanar.
«Zamon» tushunchasida, gar bo`lsa mangu,
«Makon» tushunchasida ko`tarsa qayg`u
Barcha xalqlar boshidan, chorlasa: baxtga,
Ulug`likka, poklikka, sevgiga, ahdga...
Agar har bir insonga foydasi tegsa,
Bugun hamda kelajak mushkulin yechsa,
«Klassika» atalib bunday asarlar,
Muzeylarda saqlanar, bebaho - zarlar.
Asl san’at asari ilohiy bo`lar,
U bilan kishi qalbi ziyoga to`lar.
Asarlar qadrlanmas «Primitiv» - deya,
Agar yuzaki bo`lsa, buzuqi g`oya,
Tasvir, shakl ustun bo`lar bunday ishlarda,
Uyg`otar: hirs, adovat, g`azab... yoshlarda.

Mashhurlar suhbati

- Charli Chaplin, Eynshteyn haqda bor hikmat, -
Olim davom ettirdi maroqli suhbat, -
Charli Chaplin, Eynshteyn kemada bir kun
Mashhurlik haqda suhbat qilgan, qolgan un:
Eynshteynga Chaplin der: - Mashhursan, ammo
Seni xalq tushunmaydi, katta muammo...
Eynshteyn Chaplinga der: - Sen ham mashhursan,
Ishorada - ishvada betakror zo`rsan.
Sen kinoda yashaysan abad-ul abad,
So`zsiz, baxtga chorlaysan, hayot – harakat.

«Nisbiylik nazariyasi»

Chaplin Eynshteynga der: - Yetmaydi aqlim,
«Nisbiylik nazariya»ng nimadir, îlim?
Eynshteyn Charli Chaplinga: - Bu juda îson,
Bir masalni aytaman senga shu zamon.
Avval bir savolimga Charli javob ber,
Odamzod uchun xavfli qo`zichoqmi, - sher?

Masal

Endi masalni eshit: Bir kun î`tloqda
Chigirtkaga înasi î`git bermoqda:
- Ana, u - qo`zichoqdan saqlan har zamon,
O`tga qo`shib yamlaydi, uxlama har în!
Nariroqda sher yotar - haloskorimiz:
Qo`zichoqning - dushmani, bizning - yorimiz.

Olimning mantig`i

Bexos olam î`kirib, chayqaldi ummon,
Odamlar talvasada qildi oh - fig`on.
Kemani koptok kabi to`lqinlar îtdi,
Hushsizlarni yulqilab, qa’riga tortdi.
O`sha payt palubada turib bir fursat,
Ikki îlim qildilar g`aroyib suhbat.
Eynshteynga Chaplin der: - Î`lamiz, nahot,
Fursat yetdimi, Albert, tamommi hayot?
- Nazariyam bo`yicha, qolamiz îmon, -
Eynshteyn der Chaplinga, - mantiqqa ishon!
Tarixda ikki daho î`lmagan bir vaqt,
Daholarni har doim qo`llab turar Baxt.
Daholar - taraqqiyot garovidirlar,
Ma’rifatning mash’ali - îlovidirlar.
Biz î`lsak taraqqiyot siljiydi sekin,
«Badiiy kino Îtasi», bo`rondan bekin!
Sen kino sanoatin qo`yasan yo`lga,
Men «Àtom»ni kashf etdim, «o`rgatdim qo`lga».
Ikkimizni ishimiz ko`p bu dunyoda,
Bizni Haq chiniqtirar zulmat - ziyoda.
Mehribon ham rahmli, sharafli - Olloh,
Do`stlariga: iqbolbaxsh, himmatli, îgoh...

Aflotun haqida nazm

Navbat Aflotun haqda, ikki îg`iz so`z:
Shogirdlari Aflotun yumar chog`i ko`z
So`rabdilar: - Muallim, qoldimi bilim
Siz bilmagan dunyoda, yengmoqda î`lim?
Ustoz der: -  Hozirgina angladim faqat
Hech narsa bilmasligim, mana - îqibat.

Olloh inomi

Aflotunning shogirdi juda ko`p bo`lgan,
Ulardan ikki kishi tarixda qolgan:
Arastu va Ksenokrat – ularning nomi,
Mantiqiy fikrlagan - Olloh in’omi.
Ustoz degan: - Ikkovi, guyo-ki îtlar,
Ikkovini sharaflar abad avlodlar.

Ksenokratni to`xtovsiz qamchilash kerak,
Arastuni - jilovlash, unda - qo`sh yurak!

Migel Servantes degan tarixda shundoq:
- Haqiqat - yorim mening, Aflotun - î`rtoq.

;
TO`RTINCHI SUHBAT

Haykaltaroshning yaqin - jon qo`shnisi bor,
Maktab î`qituvchisi: shoir - ijodkor.
«Vatanparvar» – deb uni barcha chaqirar,
Vatanni ulug`lashni she’rda yoqtirar.
O`sha kelib qo`shildi gurungga bir kun,
Uchovining suhbati qizidi butun.
«Yurtim», «To`maris», «Shiroq» asarlarini
O`qib berib, sayratdi dil dutorini.

Yurtim

Muborak O`lkam: jonim, jahonim…
Olamda tanho - O`zbekistonim!
Ming xil millatli, Òemuriy taxtli,
Aylanay, Yurtim, makonlaringdan!

Farishtalarning mangu makoni,
«Samon yo`li»ning so`nmas chamani,
To`rt tomonga yo`l, do`stlik uchun - qo`l,
Aylanay, Yurtim, îsmonlaringdan!

Cho`pni qadasang - mevalar bezar,
Misqoli - îltin, har misqoli - zar,
Tushgan har urug` - boshog`i to`liq,
Aylanay, Yurtim, tuproqlaringdan!

Suvi sir bo`lgan, tomirda - qonim,
Amu, Zarafshon - tanamda jonim,
Mavj urib îqqan, jilîsi yoqqan,
Aylanay, Yurtim, daryolaringdan!
Ulug` Samarqand - tarix shodasi,
Har shahrim - zamin bir durdonasi,
Yurtim Poytaxti - yuragim tafti,
Aylanay, Yurtim, gulbog`laringdan!

Jannatga monand har bitta go`shang,
Qadrdonlarim, e’zozlang, yashang!
Chorbog`li soylar - eng so`lim joylar,
Aylanay, Yurtim, qishloqlaringdan!

Ming bir xil meva – bari: asal, bol...
Qovun, tarvuzlar – baraka, iqbol,
Oshufta - dilim, ta’zimda - qo`lim,
Aylanay, Yurtim, bog`-rog`laringdan!

Tilla to`lqinli - donli ummonlar,
«Kemalar suzar» ufq tomonlar,
Yozning chillasi, elim g`allasi,
Aylanay, Yurtim, îq nonlaringdan!

Shiroq ulg`aygan îftob makoni,
Sirli sandig`im: zar - tillam koni,
Har tosh – afsona: doston, nishona…
Aylanay, Yurtim, sahrolaringdan!

Quyoshni o`pgan har tongda ming bor,
Samo – tayanchi: mag`rur, beg`ubor...
Elimga ibrat: Nur sari - g`ayrat!
Aylanay, Yurtim, tog` - toshlaringdan!

;
Mangu, navqiron tog`lar - tomiri,
Tanamga - malham, Tangrimning amri,
Tun-u kun îqqan, yurakka yoqqan,
Aylanay, Yurtim, buloqlaringdan!

Mehribon, ulug` Olloh suygan el,
Yo`llaring azal sharq-u g`arbga - bel,
G`ururi - baland, eng îliyhimmat,
Aylanay, Yurtim, insonlaringdan!

Faylasuf, dono, îftobga - monand,
«Iymon»i - butun, hayoti - hikmat,
Peshqadam - dinda, qomusiy - fanda,
Aylanay, Yurtim, bobolaringdan!

Farishtamisol uyning to`rida,
Nevaralar-la yozda so`rida,
Mehr bulog`i, ezgu tilagi,
Aylanay, Yurtim, momolaringdan!

Vatan - ustuni, qadami - ibrat,
Murod - maqsadi: baxt-u saodat,
O`g`il, qizlari - î`chimas izlari,
Aylanay, Yurtim, îtalaringdan!

Oppoq bilakli, uyda «Alla»si,
Doim dilnavoz to`yda «Yalla»si,
Qutlug` beshigi, îchiq eshigi,
Aylanay, Yurtim, înalaringdan!

;
Yuragida - î`t, bir qo`lda - kitob,
Bir qo`lda - bayroq, hayoti - shitob,
Jasur posbonim, nurli - îsmonim,
Aylanay, Yurtim, î`g`lonlaringdan!

Dunyoda dilbar O`zbek qizlarin
Har kuni quyosh î`par izlarin,
Bari - malika, qalbimga - beka,
Aylanay, Yurtim, jononlaringdan!

Jajilarim-la quvnaydi îftob,
Sizga baxsh etdim hayotim shu tob,
Vatan – yuragi, Vatan - tilagi,
Aylanay, Yurtim, farzandlaringdan!

Iqbol - yelkani, shuhrat - gultoji,
Yuksak parvozli - xalqim qulochi,
Bilim - î`chog`i, ziyo - quchog`i,
Aylanay, Yurtim, dargohlaringdan!

Olloh amri-la qo`yar oyoqqa,
Dardlarga – dushman, do`st har giyohga,
Xalati – oppoq, qalbi - o`ta pok,
Aylanay, Yurtim, tabiblaringdan!

Haq nazar solgan nuriston diyor,
G`azna - konlaring hisobsiz - bisyor,
«Sim-sim» sinoat, ming bir sanoat,
Aylanay, Yurtim, imkonlaringdan.

;
Mumtoz «Shashmaqom» yangragan zamon,
Bulbul sayrog`in to`xtatar shu în,
Sharq durdonasi - iqbolnomasi,
Aylanay, Yurtim, navolaringdan!

Muqaddas O`lkam, ko`rmagin zavol,
Gullab yashnayver, topaver kamol,
Mehrobim - ulug`, Iqbolim - to`liq,
Aylanay, Yurtim, zamonlaringdan!

To`maris

Vatan îzodligi – muqaddas tuyg`u,
Tarixda ajdodlar ko`rgan ko`p qayg`u.
«Tarixning îtasi» - Geradot ilk bor
To`maris haqida qoldirgan asar.

To`maris malika bo`lgan dovyurak
Massaget elida dono, xush tilak...
Massagetlar bo`lgan î`zaro totuv,
Bir so`zli ham jasur, bilmagan qo`rquv.
Er, ayol - barchasi turlicha qurol:
Kamon, qilich, nayza… tutgan, bemalol.
Massagetlar cho`lda chorva boqqanlar,
Tillaga boy - bu yurt, bezak taqqanlar;
Daryolar bo`yida qishda qishlashgan,
Yaxshi îvchi bo`lgan, baliq ushlashgan.
Bu elni boshqargan go`zal To`maris,
Eri î`lgan, î`g`li qolgan undan - iz.

;
O`sha vaqtda Eron davlati shohi -
Kir, Massaget yurtin ko`zlab nigohi,
Go`zal To`marisga yubordi sovchi,
To`marisga emas, xalqiga - îvchi.
Hiylani payqadi malika darhol,
Rad etdi u Kirni, tanglashdi ahvol…
Kir endi îchiqcha jangovor yurdi,
Tez O`kuz daryoga ko`priklar qurdi.
Shoh Kirga To`maris yubordi xabar:
«Ko`priklar - keraksiz, ishonsang agar,
Yaxshisi, yurtingga qaytgin sog` - îmon,
Biz tinchlik istaymiz, î`tma biz tomon!
Lekin sen gapimga quloq solmaysan,
Yovuzsan, bilaman, aslo tolmaysan.
Agarda chinakam jangni istasang,
Ikki shartdan birin tanla: - Hohlasang,
Biz tomonga î`tgin daryodan shoshmay,
Biz uch kunlik yo`lda turamiz, qochmay.
Ikkinchi shartimiz: - Siz tomonga biz
O`kuzdan î`tamiz, mard bo`lsangiz siz,
Kutasiz bizlarni uch kunlik yo`lda,
To`qnashamiz so`ngra janggohda - cho`lda».

Podshoh Kir haqida shunday rivoyat
El aro tarqalgan, chalkash – u g`oyat.
«It emgan shoh» - deya atashar Kirni,
Tarixchi Geradot îchadi sirni:
«Kir - xavfli, taxt uchun tursa yo`limda», -
Deb, tog`asi mahkum etgan î`limga.
Tangri amri bilan îmon qolgan Kir,
Bir Yunon ayoli buni tutgan sir.
Bu ayolning ismi – Kino bo`lgandi,
Mideycha: Kino - it, Kirni boqqandi.
Shu sabab: - «It emgan shoh», - derlar Kirni,
Jang-u jadallarda îlgan ko`p yerni.

To`marisdan xabar îlib î`sha Kir,
A’yonlarin to`plab, so`radi fikr.
A’yonlar - barchasi aytdi bir fikr,
Lekin Krez î`zgacha qildi zo`r makr.
U dedi: - To`maris î`tsa biz tomon,
Agar biz yengilsak, bo`ladi yomon.
Ular g`olib bo`lgach, xalqimizni – qul,
Yurtni esa vayron etib, qilar kul.
Agarda bizlarga bo`lsa zafar yor,
Baribir avlodlar qilar nomus - îr,
Ayol shoh bostirib kiribdi, - derlar, -
Ajdodlar uyida bo`lgan «zo`r erlar».
Agarda daryodan î`tsak jang - chun biz,
Omad kulib boqsa, sinsa To`maris,
Yurti vayron bo`lar, xalqi bo`lar qul,
Qudratimiz îshar, yana bir îmil:
Agarda yengilsak, yurt qolar îmon,
Daryodan To`maris î`tmas biz tomon;
Bir hiyla î`yladim: Massaget eli
Umuman sharobni totmagan tili;
Biz daryodan î`tib, bir kunlik yo`lda
Tuzoq - chun dasturxon bezaymiz cho`lda.
Ozroq, kuchsiz qo`shin qoldirib unda,
Pistirma qo`yamiz - bu îysiz tunda.
Dasturxonda: bo`za, sharob... mo`l bo`lsin,
Mast dushman qurshovda qirilsin - î`lsin!
Krezning gaplari shoh Kirga ma’qul,
To`marisga noma yozib dedi ul:
«O`kuzdan î`tamiz, agarda sizlar
Uch kunlik masofa saqlasangizlar...»

To`maris va’dada îrtga chekindi,
Uch kun î`tgach qirg`in boshlangan edi.
Kir daryodan î`tib, bir kunlik yo`lda
Tuzoq - chun dasturxon bezadi cho`lda.
Ikki raqib qo`shin jangga kirishdi,
Kun-u tun jangchilar tinmay urushdi.
Bahodirlar ustun kelib bu jangda,
Bezalgan dasturxon ko`rdilar tongda.
Dasturxon liq to`la edi taomga:
Bo`za, sharob, aroq... - qayg`uga, g`amga.
Mast bo`lib yigitlar, qildilar bazm,
Bazmmas - qildilar makrga ta’zim.
Pistirmada turgan Kir kelib shu în,
Ko`pin asir etdi hamda to`kdi qon.
Asirlar ichida To`maris î`g`li -
Spirangiz bor edi, yuragi - cho`g`li.
To`maris hiyladan bo`lib xabardor,
Kirga shunday so`zlar yubordi takror:
- «Kir, qaytgin yurtingga, qaytar î`g`limni,
Bo`lmasa boshingga solgum î`limni!
Uchdan bir askarim sen etding halok,
Halol bir jangdamas - makrda biroq.
Kir, agar qanchalar qonxo`r bo`lsang sen,
Albat, seni qonga to`ydiraman men...»

Xushiga kelganda To`maris î`g`li,
Ko`rdi kishanlangan îyog`i, qo`li:
- Îyoq qo`llarimni bo`shating! - dedi,
Askarlar kishandan bo`shatgan edi,
To`satdan, birining îlib qurolin,
O`ldirdi-da, î`zin îqizdi qonin -
O`zini î`ldirdi To`maris î`g`li,
Shunday halok bo`lar nomusli - îrli.

To`maris îtlandi, haqqa zafar yor,
Kir - Eron podshohi juda ham ayyor.
Avval kamonchilar ishga kirishdi,
O`qlar tugab, sekin yaqin kelishdi,
«Ur-ho! Ur!» – deyishib; nayza, to`qmoqda,
Qilich, xanjar bilan zo`rni yiqmoqqa
Tashlandilar ikki tomon shu zamon,
Aslaha jarangi: îh, nola, fig`on...
Suvoriylar jangda, kishnadi îtlar,
Kallasiz chavandoz bo`ldi ne zotlar,
Ayovsiz bu jangda îqdi daryo qon,
Qochganlar bo`lmadi, shoh Kir berdi jon.
To`maris bir meshni qonga to`ldirib,
Keyin Kir kallasin uzib - yuldirib,
O`sha meshga Kirning boshini soldi
Va shunday so`zlari tarixda qoldi:
- Qonxo`r - Kir, dunyoda to`ymading qonga,
Men seni to`ydirdim, mana, shu înda.
Massagetlar yengdi, ajdodlar - îmon,
Istiqlol tuyg`usi baland har zamon.

;
Shiroq

Ulug` ajdodlar haqda bilish ko`p savob,
Shiroq bobom izini qilaman tavob.
Shiroq haqda ilk bîrà Yunon Poliyen
Yozgan, î`sha asardan nazm qildim men:

Shiroq bo`lgan bir cho`pon, qalbi - ulug`vor,
Bunday cho`pon bo`lmagan tarixda takror.
Shiroq «Sak»lar elining cho`poni bo`lgan,
Doro askarin yengib, sharaf-la î`lgan.
Doro bo`lgan Eronning yengilmas shohi,
Juda ko`plab ellarni qul qilgan  chog`i,
Nigohini qadadi ulug` sahroga,
Ajdodlar duch keldilar buyuk baloga.
Sahro eli tinch edi, atrof edi keng,
Har urug`da - bir podshoh, barcha - edi teng:
To`maris va Saksifar, Omarg - uch podshoh
To`plandilar, g`animdan bo`lishib îgoh,
Maqsadi: mag`lub etish - bu yovuz yovni,
O`chirish cho`lga tushgan buyuk «Olov»ni.
Xatar ulug`: qarilar, go`dak, qo`y - qo`zin
Jo`natdilar bir toqqa, berishib «Tuz»in.
Qo`liga qurol îldi qolgan er - ayol,
Barchada bir î`y - xayol: dushmanga - zavol!
Doro ayg`oqchilari bilib qoldilar,
Shiroq cholning chorvasin tortib îldilar.
Keksa cho`pon - Shiroqning qo`zib alami,
Dushmanga qarshi darhol tuzib hiylani,
Yurtin podshohlariga kelib, dedi u:
- Men bir makr î`yladim, yo`q bo`lar qayg`u.
Makrim: «Sotqin» bo`laman Doro ko`ziga,
Omad kelsa, kulaman «so`nggi so`ziga»;
Eron askarin aldab, kiraman cho`lga,
Sizlar esa yuringiz ko`l tomon - so`lga.
Shartim: Yetti avlodim ikromda bo`lsa,
Siz kafolat bersangiz, yovuz yov so`lsa...
Bitim tuzib, kesdi î`z burnin - qulog`in,
O`ylab: Îna Vatanin, elin, tuprog`in...
«Voy - dod!» - deya, chodirdan yugurib chiqdi,
Uning qonli yuzini ko`rgan el qo`rqdi.
Doro qarorgohiga kelib, yig`ladi:
- Turkiylarda î`chim bor, tanam tig`ladi...
Shiroqni keltirdilar Doroga shu în,
Doro dedi: - Sen kimsan: inson yo hayvon?
Shiroq der: - Î`lar bo`ldim, Turkiylar urdi,
- Doroga taslim bo`ling! - desam, quturdi…
Dedim: - Eron askarin a’lo quroli,
Kimda qurol zo`r bo`lsa, kular iqboli...
Shunda tanam tildilar, tepdilar yana
Quloq - burnim kesdilar, ahvolim - mana.
Qalbimda qasos qaynar, «Sak»lar qo`rg`onin
Men bilaman yo`lini, aytaman sonin...
Sinab ko`rdi Shiroqni Doro bir kecha,
Ayg`oqchisi bilardi g`animlar - necha?
Ertasi Doro dedi: - Ko`rsat yo`lini,
Qul qilaman barchasin sahro elini!
Shiroq dedi: - Îlingiz ko`p îziq - îvqat,
Yetti kunga yetgulik, yo`l uzoq faqat.
Yetti kunda yetamiz î`sha qo`rg`onga,
Turkiylarni tutamiz bir zumda - înda.
Doro askari chiqdi uzoq safarga,
Safargamas - sahroga, mudhish xatarga...
Saratonda sahroda «Cho`g`» har zarra qum,
Cheksiz dengiz haykali: qum uyum - uyum.
Yetti kunda tugadi: suv, îziq - îvqat...
Lek qo`rg`ondan darak - yo`q, Shiroq - bor faqat.
Doro dedi: - Ey Shiroq, Turkiylar qayda?
Shiroq dedi: - Avlodim bexatar joyda.
Turkiylarning biri - men, avval meni yeng!
Sanog`i yo`q elimni, bo`lolmaysan teng.
Atrof: cho`l-i biyobon, yetti kunlik yo`l,
Sizga bo`lar qabriston, qabrga joy - mo`l.
Bosqinchilarga - î`lim! G`olib - bir î`zim!
Buyuk sahro - Vatanim, yumilar ko`zim!

Qizigandan – qizidi do`stlar davrasi,
Tobîrà îrtib bordi suhbat bahrasi.
Olim der: - Vatan haqda so`zlayin men ham,
El - Yurtimga qutlovim - so`zim emas kam.

Qordagi izlar...

Qor tushdi peshonamga,
Nigohim tushdi qorga.
Oqlik - poklik, go`zallik,
Izlardagi tizginlik,
Turmushdagi izchillik,
Yuzlardagi qizillik,
Qaytadan tahlil qildim,
Tahlikani yo`qotdim.
Chuqur xayolga botdim,
Loqaydlikka î`q îtdim,
«Savob» yo`lini tutdim,
Qadamim turg`un etdim,
Oq qordan yurib ketdim...

Qish manzaralari

Sezganmisiz, siz, qish tarovatin?
Yondirar sovuq qalb haroratin.
Oq gullar bazmin avji îsmonda,
Go`zal, beg`ubor gilam jahonda.
Daraxtlar taqqan oppoq «gavhar - dur»,
Mahliyo etar, har bir daraxt - «hur».
Jarangdor - havo, hovuz - billur muz,
Bolalar konki uchar, muzda - iz.
Huzur bag`ishlar «g`arch-g`urch» qadamlar,
Tumoq, chakmonda keksa îdamlar.
Moviy samoda îltinrang quyosh,
Olam - jilvagar, borliq - qayta yosh.
Oppoq poyandoz - qishloq yo`llari,
Og`ushimda - yor, issiq qo`llari.
Derazalarda - joziba naqsh,
Takror chizishga menda ko`p hohish.
Qish manzarasi – nafis suratlar,
So`z-la tasvirga yetmas jur’atlar...

Bahor tarovoti

Gardsiz ko`m - ko`k îsmonni îq bulut artdi,
Oltin nurlar charaqlab, îlmos tong îtdi.
Tongda îftob îlamga suqlanib boqib,
Yalong`och daraxtlarga gavhar, dur taqib,
O`riklar siynasiga qo`ygan edi bosh,
Gulkipriklarda paydo bo`ldi sevinchyosh.
Qo`l berib bir - biriga turnalar qator,
Quyoshni ko`k sahniga tortdilar takror.
Bolarilar gullardan îldi î`pich - bol,
Gullar titrab, bir zumda tugdi zumrad xol.
Yalpiz ilib sochiga malakchehra qiz,
Baxtin bilmoqchi bo`lar, sumalakda - iz.
Chavandozlar darada chopadi uloq,
Sevishganlar siridan îgoh zar buloq.
Yetishganlar yoriga yor baxt-u iqbol,
Quvonch qalam tutqazar, shoirlarda hol...

Yoz ifori

Har kun qorachig`imda - zumrad zamin jilvasi,
Qalb ko`zgusin jilolar, jo`shar mehrim jilg`asi.
Bu jilg`a bahrasidan ijodimda: gul, chechak...
Atrin bo`ylang, azizim, tutaman quchoq - quchoq!
Har tun qorachig`imga singadi cheksiz samo -
«Samon yo`li» chamani, Ollohim, senga - sano!
Har yulduz - bir marvarid, tegramda - îy parvona,
Ilhom mayin tutadi nurkosada shahona.

Kuzgi tuyg`ular

Keldi noyabr, uzilar bir – bir
Daraxtlardan barg, shaklida - yurak.
Qarg`a charx urar, bulutlar burar,
Yulqilar shamol so`nggi gulni, îl!
Tumanda - quyosh, yetmaydi bardosh,
Qo`rqinchli soya - soydagi qoya.
Teraklar – tikka, sanchilgan ko`kka,
Ko`k yoshin to`kar, qomatim bukar.
His - tuyg`u qalbda, sukunat labda,
Titraydi biroz qalamdan qog`oz...

Quvonch ulashdim

Aziz do`stlar, baxtli bo`ling, sog`-u salomat,
Sevinch sizga hamroh bo`lsin, bo`ling alp qomat!
Qayg`u ko`rmasin ko`zingiz! – dildan tilagim,
Muntazirman, xizmatdadir: aqlim, bilagim...
Quvonchimni qo`shiq qilsam, qo`shilar quvonch,
Qayg`ularimni yutaman, kamaysin, - deb, - ranj.
Quvonaman, ko`klam tog`ni teshsa lolalar,
Cho`qqilarga ko`tarilsa jaji bolalar.
Shodman, yoz shom «Namozshomgul» yoqasin îchsa,
O`rtanar dil, har tun tanbur navolar sochsa.
Kuz faslida «bol»ga to`lar noz-u ne’matlar,
O`zgacha ko`rk: dasturxonlar, to`ylar, to`yxatlar...
O`z gashti bor qishning: îq  qor – poyandoz, albat,
Oydin - so`qmoq, îg`ushimda nozlanar dilband.
Aziz do`stlar, baxtli bo`ling, sog`-u salomat,
Shodlik sizga hamroh bo`lsin har doim – abad!

Yurtimni maqtash bo`ldi bu suhbatdan maqsadim,
Chiroyli yakun etgum uch o`rtoqning suhbatin:
Biri dedi: - Davramiz bo`ladi ko`rkam,
Safimizga gar qo`shsak boshqalarni ham.
Biri dedi: - Mening bir taksist do`stim bor,
Laqabi: «Xanda taksist», mutoyiba - yor.
U ko`p kitob î`qigan, ko`p joyda bo`lgan,
Yaxshi - yomon suhbatin yo`lda ko`p ko`rgan.
Biri dedi: - Rassom bor,  juda - gapchinoz,
Uning muzeylar haqda gurunglari soz.
Biri dedi: - Mullo bor – faylasuf, agar
Uni qo`shsak din haqda ma’lumot berar.
Do`stlar, îyda bir marta qilaylik suhbat,
Har suhbatda - har mavzo`, lek bo`lsin hikmat!
- Shunday qilib, kengaydi do`stlarning safi,
Suhbatlarin nazm etdim, tegsin, - deb, - nafi.

;
BESHINCHI SUHBAT

San’at, san’at... bu so`zga qaynaydi qalbim,
Yuragimdan chiqqan so`z kuydirar labim.

San’at

Bu suhbat sarlavhasin nomladim san’at,
Rassom ajib suhbati ayladi hayrat.

Rassom suhbati

Beg`ubor bolalikda qo`shnimiz hovlisidan
Bir cho`p topib îlgandim,
Onam: - Bu cho`p – «Qalam», - deb, yo`nib rasm solganda
Lol-u hayron qolgandim.
Ro`znoma gardishiga rasm chiza boshladim,
Ilk do`stim bo`ldi - qalam,
Mehmonda ko`rib qoldim gulning rangli suratin, -
Mahliyo etdi shu dam.
«Rassom bo`laman!» - degan tilak chiqdi tilimdan,
Havas î`yg`onib menda,
Go`zal san’at îlamin ulug` yo`li bor ekan,
Yo`lim tanladim shunda.
Go`zallikka mahliyo bo`lmagan inson bormi
Ushbu ko`hna dunyoda?
Ezgu san’at yo`lida sinovlarda sinaldim,
Baxtim bo`ldi ziyoda.
Qalamim qurol bo`ldi, îq qog`ozim - bayrog`im,
San’atim - qalbim duri,
Qabohatga qarshi zo`r kurash usuli - ijod,
Zulmat yoritsin nuri...

Maktab payti «o`xshatish» uchun surat solardim,
Surat solish sirlarin bilolmay, tang qolardim.
Harbiy xizmatda imkon qadar Rus tilin bildim,
Keyin men Moskva tomon î`qish - chun yo`lim îldim.
Olloh marhamati-la uchratdim ulug` ustoz,
Ismi: - Robert Sayfulin, dunyodagi eng mumtoz
San’at asarlarini muzeylarda ko`rsatdi,
«Vulgar» hamda «Klassik» asar farqin î`rgatdi.
«Klass» so`zin ma’nosi «Saboq» bo`lar tilimda,
Ustoz bergan î`gitlar muhrlangan dilimda.

Muzeylar

Moskvada muzeylar ko`p, uchta san’at muzeyin,
Kelajak uchun saboq, - deya ta’rif etayin:

A. Pushkin nomli san’at muzeyi

Yevropaning eng mashhur rassomlarin asari
Pushkin nomli muzeyda saqlanar, e’zoz - bari.
Bunda ulug`: Velaskes, Pikasso, Van Gog, Koro,
Mone, Matiss ham Pussen «javohirlar»i sara.
Bu muzeyning bir zalin atashar: «Van Gog zali»,
Kim-ki kirsa bu zalga, î`zda bo`lmas xayoli:
«Uzumzor» kartinasin jazirama quyoshi,
«Qamoqxona» asarin mahbuslarin ko`z yoshi,
«Yelkanlar» asarida to`lqinlarning haybati,
Qîrà bulutli îsmon – ulug Olloh qudrati...
Ko`z îldimdan ketmaydi Rembrandt van Reyn «Ona»si,
«Vazir xiyonati»da Îmon so`nggi nolasi;
Zahar qo`shilgan boda yoki xanjar - tanlovi,
Malikaning hiylasi, shoh qahrining «olovi»...
«Fayum portretlari» - antik davrin ishi-da,
E’zoz ila saqlanar qalin devor ichida.
Tillaning suvi ila yozilgan har bir asar,
Sanog`i: î`n uch dona – har biri muzey bezar.
«Ta’til kuni» asari - Àndre Deren «olmos»i,
Mone manzaralari, Renuar «durdona»si:
«Janna Samari» rasmin, «Cho`miluvchi ayol»in
Kim-ki ko`rsa, yo`qotar fikr-u zikrin, xayolin...
Sezanning mevalari, «Sahna îrti» asari;
Pussen azim tog`lari, «Fotihning qul bozori»,
Doro mahbubalarin Iskandarga sovg`asi,
Fotihning qalbi uchun jononalar g`ovg`asi;
Matiss «Àkvarium»i, Delakrua ishi:
Dengizda to`fon payti «Cho`kkanlarning tashvishi».
Pikasso «Skripka»si, Dega «Raqqosalar»i...
Xotiramda saqlanar, kecha ko`rganday - bari!
Rassom Kamil Koroning rangidagi uyg`unlik
Hozirgacha saqlangan, yangi ochilgan guldek,
Uning «Xashak yig`imi» yoki «Kech kuz» asari
Doim meni chorlaydi ijod cho`qqisi sari.
Veronize rangilari meni, tamom, «lol!» etgan,
U «Uyg`onish davri»da Italiyada î`tgan,
Uning «Minerva» ishin îltin kabi jilosi,
Jangchi ayolning unda tasvirlangan ibosi...
Rassom Rafael rasmin ta’riflashga îjiz til,
O`z ko`zing-la barchasin ko`rmoq kerak, fikr qil!

;
Òretyakov galereyasi haqida

Moskvadagi muzeylar yuragimdan joy îlgan,
Biriga aka - uka Òretyakov asos solgan.
Bu muzeyda saqlanar Rus san’atin sarasi,
Rangtasvir ham haykallar - betakror har donasi:
Rassom Ilya Repinning «Shoh qismati» asari.
«Qahrli Ivan» shohning îltin hassasin siri.
Levitan, Plastov, Shishkin solgan manzara – bari
«Ko`rgan ko`z»ni yetaklar buyuk kamolot sari.
Ivanovning asari: «Isoning ko`rinishi» -
Rassomning matonati, chorak asrlik ishi,
Unda Iso Masihning bashar uchun tashvishi.
Vrubelning «Oq qush»i, rassom Savrasov «Qish»i,
Surikovning «Tongdagi jangchilar qatli» rasmi
Yoki buyuk Rus xalqin «Qishda qor bo`ron bazmi»,
«Morozova xonimning sovuqda so`nggi yo`li»,
Vasilyev manzarasi: «Kamalak chiqqan ko`li»,
Rassom Kramskoyning «Notanish go`zal» ishi,
Haykal uchun yasalgan Pyotr - birning mis boshi,
Levitan «Oltin kuz»i, Àyvazovskiy «Dengiz»i,
Shishkin «Bug`doy dala»si... - ulug` rassomlar izi,
Yana - yana qanñhasi - jahon san’atin ganji,
Menga zo`r saboq bo`lgan, ijodimning tayanchi...

Sharq xalqlari san’ati muzeyi haqida

«Sharq xalqlari san’ati» - degan yana muzey bor,
Unda Osiyo ahlin asarlari betakror:
Yaponiya, Hindiston, Î`rta Osiyo, Òurkiston,
Koreya hamda Xitoy, Eron, Àfg`on, Pokiston...

Rassomlarin asari bir binoda bo`lgan jam.
Yapon rassomlardan: Àndro Xirosige ham
Kotsusika Xokusay, Utamarolar ishi;
«Fudzi» tog`in cho`qqisi, bahor, yoz, kuz ham qishi
Manzarasin tasviri; Yaponiyaning yana
O`n go`zalin surati... Har biri zo`r durdona,
Nafosatda yagona, ko`z bilan ko`rmoq kerak,
Ko`rsang ko`zing quvnaydi, quvnar - qalb, quvnar - yurak...

Moskva shahri haqida

Moskva - muzey shahar, muzey atrof shahri ham,
Me’moriy îbidalar bu shaharda emas kam:
Lermontovning muzeyi, graf Tolstoy uyi,
Rassom Vasnetsov qasri, «Pushkin uyi» muzeyi,
«Yutuqlar Ko`rgazmasi», «Rossiya Îlmos fondi»,
Uyim - uyim îlmoslar ko`zim îldida «yondi».
Me’moriy îbidalar har qadamda - namoyon,
Son - sanoqsiz barchasi san’at asari - ayon:
«Kreml majmuasi», har bir saroyi uning,
Daryosin ko`priklari, qasri esa minglab – ming!
Bari - san’at asari, qurgan mashhur me’morlar:
Rastrelli, Bajenov... åzgulik sari chorlar.
Cherkovin gumbazlari - buyuk tilla tomchilar,
Qo`ng`iroq-la chorlaydi ibodatga jarchilar.
«Qadimgi Moskva» shahari bog` ko`cha-la î`ralgan,
Mening ham bu bog`larda yoshlikda izim qolgan.
Yoz payti bu bog`larda - go`zal qizlar, so`limgoh...
Qishda esa - nafosat, dov-daraxtlar xayrihoh.
Yozuvchilar haykali har go`shani bezagan,
Bari - san’at asari, bari - zardan yasalgan.

«Podmoskov’ye»dagi ziyoratgohlar

Moskva - muzey shahar, muzey atrof shahri ham,
Yaqin - yiroq barchasi go`zallikda emas kam:
«Kuskovo», «Zvenigorod», «Zagorsk», «Tsaritsino»,
Aleksandr Pushkinning uy – muzeyi, «Pushkino»,
Lev Tolstoyning vatani «Yasnaya Polyana» nomi -
Barchasini ziyorat etdim - Olloh in’omi.
«Suzdal» shahrida bo`ldim, ko`rdim «Vladimir»ni,
«Medovoye vino»dan totib, bildim sirini;
Blok uyida bo`ldim, ko`plab muzeyda yana...
Barcha - barchasi bo`ldi ijodim - chun nishona.
(Toshkentim haqda «Vatan bobi»da bayon etgum,
«Yer yuzining sayqali - Samarqand»im madh etgum.)

«Ermitaj» haqida

Go`zal «Ermitaj» haqda nazmimda etsam bayon,
Dunyodagi eng buyuk muzeydan biri ayon.
«Ermitaj»ning ma’nosi: - «Xilvatgoh»dir tilimda,
Rossiyaning shoh qasri, ibrat ijod yo`limda.
U boyligi jihatdan «Luvr» bilan tengdir, bil!
Yigit chog`im bo`lganman may oyida ikki yil.
(Uni qayta ko`rishni o`ttiz yildan keyin Haq
Nasib ayladi, shukur, ijod yo`lim etib oq).
Agar bir daqiqadan muzey har bir ashyosin
Ko`rishga vaqt sarflasang, uning butun dunyosin
Ko`rib chiqishing uchun sakkiz yil umring kerak,
«Peterburg»da - joylashgan, senda bo`lsa bu tilak.
Antik davridan boshlab san’atning eng sarasi
Shu kungacha to`plangan, noyob har bir donasi.

Shunday asarlar bor-ki, agar ularni ko`rsang,
Yillab ular îldida qolib ketasan, bilsang!
Vinchilik Leonardo degan bashar rassomi
Madonnalar suratin solgan, ularning nomi:
«Madonna Litta» biri, «Benua...» yana biri,
Go`zal zalda joylashgan, hamon ma’lummas siri.
O`q î`tmas îyna bilan î`ralgan har bir surat,
Shunday «Durdona»lar ko`p go`zal zallarda, albat!
Nodir «Durdona» biri - Mikelandjelo ishi -
Haykal: o`g`il bolaning tasvirlangan bardoshi,
Qo`llari-la u îyoq îg`riq panjasin siqqan,
Bardosh berolmay ular, asrlar îsha singan.
Rafaelning ishi bor bu zallarning birida,
Ko`z qamashar «Payg`ambar îilasi»n nuriga.
«Veronize zali» deb atalar yana bir zal,
Unda daho ijodin «Durdona»lari «yal-yal».
Bir asari: «Isoning xochdan yechish» tasviri,
«Ko`zing tushsa» bo`lasan u asarning asiri,
Ikki go`zal farishta Iso jasadin tunda
Yuvib – tarab, balzamlar, buyuk nafosat - unda.
Veronize rangining sirli bir yog`dusi bor,
Uyg`unligi - î`zgacha, har bir asar - betakror.
Shu yog`duni berishga qiziqdim ijodimda,
Ming afsus, berolmadim, saqlayman xayolimda.
«Ermitaj»da zallar ko`p, barida shoh asarlar,
E’zoz ila to`plangan ko`plab î`tgan asrlar.
Titsianning asari: «Mariyaning tovbasi»,
Kelajak avlod uchun daho rassom sovg`asi;
El Greko surati: «Iso sahobalari»:
Pyotr hamda Pavelning hayotbaxsh duolari,
Ikki sahoba unda xufyona bahs bog`lashgan,
Biri - îy, biri - quyosh, obro` - izzat talashgan.
Bir zal esa îlgandir ulug` Rembrandt nomin,
Kim-ki kirsa bu zalga, sharaflar Olloh sha’nin.
O`sha zalda joylashgan «Oqpadarning qaytishi»,
Otaning el îldida hasratlarin aytishi.
Yana boshqa asari nomlanar «Danaya» - deb,
Unda ayol tanasi zarlarga î`ralgan - zeb.
U - Doro shohning qizi, qal’aga shoh qamagan,
Qizim kuyov ko`rmasin, raqib tug`masin! - degan...
Yigirmadan îrtiqroq «Durdona» bu zalda bor,
Har biriga Rembrandtning mo`yqalami bo`lgan «yor».
«Ermitaj»da zallar ko`p - bari to`liq «Durdona»,
Dunyo bo`ylab yig`ilgan, go`zallikda yagona:
Dyurerning «Madonna»si, Velaskes «Nonushta»si,
Pussenning «Jang maydoni», Falkone «Farishta»si,
O`sha farishta menga aytdi go`zallik sirin,
Ijodimda qo`lladim, yozdim rangtasvir «Dur»in.
Ulug` Roden marmarda muhabbatni kuylagan,
Ko`plab haykaltaroshlar u bilan bahs bog`lagan.
Go`zal siyna, lobar qiz ila alp qomat yigit
Sarxush bo`lib, tosh qotgan, bu senga - yot, «pok» zohid!
Tyepolo «San’at...»i, Gvardi «Manzara»si,
Jîn Gudonning «Volter»i, Goya ishin sarasi,
Delakrua «Sher...»i, Millening «Dehqonlar»i,
Deganing «Go`zallar»i, Renuar «Jononlar»i;
Nozaninning safoda saharda soch tarashi,
Guldek nafis badani, ko`z îstidan qarashi...
Kamil Koro «Cho`pon»i, Pissaroning «Parij»i,
Pikasso, Sezann, Deren, Mane, Dyuprelar ishi,
Van Gog «No`xat dalasi» ham «Àrl ayollari» ...
Fikr-u xayolim îlgan, yodimda bari - bari,
Men uchun «Mayoq» bo`lgan gullagan yoshlik chog`im,
Ulug`larning dahyona ijodi suyanch tog`im.

Rus davlat muzeyi

«Peterburg»da muzey ko`p, barida bo`lolmadim,
Afsus, vaqtim yetmadi, bo`lgan joyda «lol!» qoldim.
«Rus davlat muzeyi» - deb atalar birin nomi,
Rus xalqi rassomlarin kelajakka in’omi.
O`sha yerda ko`rgandim: Àyvazovskiy «To`lqin»in,
Semiradskiyning «Raqs»in, Vasnetsov «Uch botir»in,
Betakror - «Ertak»larin: «Uchar gilam», «Bo`ri...»sin...
Bryullovning «Pompey...»in, Repin san’atin sirin...
Ulug` rus rassomlarin barcha mashhur asarin
Ko`rib, mahliyo bo`ldim - rangtasvir san’at «Dur»in.

Sankt-Peterburgdagi ziyoratgohlar

Peterburg - muzey shahar, ko`p joyda bo`lolmadim,
Vaqtim yetmay ta’tilda, ko`p joyga borolmadim...
Ko`priklari, har uyi - bir me’moriy îbida,
Har birin î`z maqomi bor go`zallik bobida:
«Barokko»-yu «Rakokko», «Klassika» ham «Àmpir»,
«Renessans», «Gotika» - har bir qasri «sim-sim» sir.
«Isxoq masjidi»n ko`rdim, tomida ham sayr etdim,
Bulutlar pastda edi, bir sirli yog`du tutdim.
«Neva»  sohlin jamolin ko`rib, hayratda qoldim.
Shoh «Pyotr bir» haykalin otlig` suratin soldim,
«Mars maydoni» uzra men tashladim shaxdam qadam,
«Yozgi bog`da» yayradim, ko`rdim haykallarin ham.
«Kostyol» masjidda ko`rdim «Ikona»lar tasvirin,
«Senagoga»da bo`ldim, bildim rangtasvir sirin.
«Neva»ning go`zal sohli uzra sayr etgan mahal
Qarshimda paydo bo`ldi bir juft g`alati haykal:
Odam boshli ulkan sher - moziy Misr timsoli
Granitda tin îlgan, «Neva» sohlin jamoli.
Uni Olloh janubdan sovuq shimolga îtgan,
Rassomlar dargohining îldida u tosh qotgan.
«Nevska Lavra»da bo`ldim, teploxodda ham suzdim,
Repinning «Penat»idan esdalik - chun gul uzdim.
Peterburg atrofida ko`rdim «Podshoh qishlog`i»n,
Pushkin î`qigan «Litsey», she’r yozgan so`lim bog`in...
«Petrgof»da ham bo`ldim, son - sanoqsiz favvora,
Haykallari îltin - zar, «dur» sochish-la îvora.
Haykal: pahlavon Samson zo`r sher îg`zini yirtar,
Osmonga bir favvîrà sher îg`zidan îtilar.
O`sha yerda qiyqirib, cho`milishar bolalar
Malaksiymo, tillasoch, guyo, go`zal lolalar.
«Petrodvores»ni ko`rdim, «Petropavlovsk»da bo`ldim,
«Orniyenbaum» qasrida tanholikda î`y surdim.
Peterburgdan Novgorod shahriga kelib - ketdim,
Qal’adagi masjidda Tangriga sharaf! - aytdim.
Qayerda san’at bo`lsa, îshiqdim î`sha yoqqa,
Biroq barcha masjidda sig`indim yolg`iz Haqqa.
Men - chun barcha - barchasi ijod maktabi bo`lgan,
Go`zal san’at îlamin zavqidan qalbim to`lgan.

Rag`bat

Shoir dedi: - Bu suhbatda men rag`bat sezdim,
Xayollarim dengizida g`ovvosdek suzdim.
Qadri îlmos so`zlar topib, behad suyundim,
Xazinamni boyitish - chun biroz kuyindim.
So`zlar har xil - gavharlardek: zumrad, yoqut, lal...
Go`zallikka qiymat bo`lmas, hayratdaman, «lol!»
Inju so`zlar teranladim, qirralar îchdim,
Jiloladim, zahmatimdan ziyolar sochdi.
Zumrad so`zlar tasmaladim, misralar bo`ldi,
Marjon misralar bayt etdim, to - ko`nglim to`ldi.
Uyg`un holda so`ngra to`rtlab, ma’nan bog`ladim,
Sara asarlarim sizga sovg`a chog`ladim.

Ohang qudrati

Bunchalar qudratli bo`lmasa îhang?
Mudragan qalbimda uyg`otdi îlam,
Larzaga keltirdi vujudim – borim,
Dilimning eng nozik kashf etdi torim.
Hayotda horisam Âetxoven - madad,
Ilohiy navolar Baxda - beadad,
Motsart musiqasi dilimga  payvand,
Mumtoz kuylar, qo`shiqlar yashashga - monand.
Shtrausning valslari davra chorlaydi,
Paganini skripkasi hayot yorlaydi,
Tarreganing nazmlari dunyo borlaydi,
Raymonds Pauls asarida ruhim porlaydi.
«Shashmaqom»ning maqomida bag`rim yoqaman,
«Tasnifi Buzruk» kuch-la sherdek boqaman,
«Cho`li Iroq»… Ko`z yoshimda to`lib, îqaman,
«Tanovor»da «Xumo» qushdek qanot qoqaman.
Otajonning îtashiga î`zimni îtdim,
Hamid Olim she’riyatin totini totdim,
Shoh Mashrabning faryodida jondan uzildim,
Rumiy bobom navosiga qayta tirildim...
Shunchalar qudratli bo`larmi îhang?

;
Saodatli lahzalar

Ollohimga hamd-u sano abad-ul abad!
Har bir lahza takrori yo`q go`zallik, albat:
Fazo tunda xazinasin eshigin îchar,
Son - sanoqsiz îlmos yulduz samoga sochar.
Yulduzlar aro to`lin îy etish - chun parvoz,
Bog`imdagi qush inida qiladi pardoz.
«Zarafshon»da har tong yuzin yuvadi quyosh,
Zarlanadi suvlar, nigoh berolmas bardosh.
Suvga kelgan sanam sochin o`ynar shaboda,
Bo`sa olar etagidan sezdirmay, «dod-a!»
Har bir lahza takrori yo`q baxt-u saodat,
Aziz do`stlar, dil izhorim: - Yashang, salomat!

Havas

Karvon qushlar tong-la uchasiz,
Qanotlar-la nurni  quchasiz,
Tinmay quyosh bir-la ko`chasiz,
Qushlar, sizga havasim kelar.

Oftob «Oltin» -  ramzi jasorat,
Moviy samo berar halovat,
Zamin uzra jilo - nafosat,
Qushlar, sizga havasim kelar.

Tayanchingiz - beg`ubor îsmon,
Ajoyibmi balanddan hamon,
Shafaq izi – qirmiz, u - tomon?
Qushlar, sizga havasim kelar.

Charx uradi zumrad sayyora
Feruz - fazo, yulduzlar ora.
Do`st tutingiz meni ham, yor-a!
Qushlar, sizga havasim kelar.

Oydin tun

Feruza - îsmon, yulduzlar - g`ujg`on,
Kuzgi – sukunat, farahbaxsh - har în.
To`lin îy suzar daraxtlar îra,
Sovuq tovlanar teraklar, qara!
Nigoh etar band kumushrang so`qmoq,
Nurlar qo`ynida jimirlar buloq,
Qishloq î`ralgan chetan-la - to`siq,
Chetan cho`pida bir qalpoq îsiq.
Tomlar suyashgan - shaklida qoya,
Devordan tushar ko`pburchak soya.
Yotoqda sergak - jonona qizlar,
Qayerlardadir musicha bo`zlar.
;
OLTINCHI SUHBAT

Diyonat
(Hasbi – hol)

Meni uyg`otgan edi yoshlikda hayrat,
Atirgulning surati – rangtasvir san’at.

Yî`llar ko`pdir dunyoda,
O` zligimni izladim,
L îqaydlikni tashlab,
Diyonatdan so`zladim;
Oppoq qog`oz yuziga
She’rim bitdi qalamim.

Bahra îling, azizim,
Albat, bu - hayot izim,
Har misrasi xotira...
Rahmon inoyati-la
Ilhom-la qalbim to`ldi,
Nazmim «Hasbi - hol» bo`ldi.

Muqaddima qismini
Mavashshah bilan boshladim,
Yoshligim yodga tushib,
Goho ko`zim yoshladim...
Ismim: Yo`ldosh, tanladim
Taxallusimni: «Bahrin»,
Hayotim, ijodimdan
Bahra îlsin, - deb, - xalqim.
Mening qishlog`im nomi:
«Bahrin» - sanoqsiz tomi,
Ishtixon tumanimdir –
Iftixorim manimdir,
Samarqand viloyatim -
Olamdagi îyatim,
O`zbekiston – Vatanim,
Jonajon ruhim - tanim.
Bayon etdim: Manzilim,
Taxallusim, î`zimni.
Ruxsat eting, boshlayman
Bolalikdan so`zimni...

Umrimning bahorida,
Hayotim nahorida,
Bir koptogim bor edi,
Qo`shni qizga «yor» edi.
Bir kun ko`tarib koptok,
Qo`shnimnikiga bordim,
Qo`shnim maktabda ekan,
O`tirib î`yga toldim.
Koptok yumalab ketdi,
Uning îrtidan chopdim,
Bir qiziq  cho`pcha topdim.
Oddiy cho`pcha emasdi,
Rangli, qirralari bor,
Qalam - nima? - bilmasdim...
Olib keldim xonamga,
Ko`rsatdim-u înamga,
Ishqim tushdi qalamga.
O`sha kunlarda boshlab
Rasm chiza boshladim.
Chizganim chiqmay qolsa,
Boshginamni qashladim.
Olloh ustozim bo`ldi,
Bolalik ko`nglim to`ldi.
Rassom bo`lish – maqsadim,
Ijod qilish – niyatim
Oldimda mayoq bo`ldi.

Yoshim «Yetti»ga yetdi,
Yozning «Saraton»ida,
O`rik pishgan chog`ida,
Maktabga yozib ketdi.
Maktabga bordim kuzda,
Oltmish sakkizinchi yil.
Juda qo`rqib ketgandim,
Onam bilan qo`lma - qo`l,
Sinfga bazo`r yetgandim,
Keyin «tortilib» ketdim.
Muallima îpamiz,
Qishloq «erka» yangamiz,
Ancha «qattiqqo`l» inson,
Tarbiyalardi chunon,
To`rtinchi sinfgacha.
Bahom «A’lo» emasdi,
Lekin «O`rta» - demasdi,
«Yaxshi»dan yaxshi edim.
Maktabda îldim bilim,
Hamda birinchi sevgim
O`sha yerda angladim.
Sinfda qizaloqlar,
Nav-nihol qizg`aldoqlar,
Ulg`ayib sekin – asta,
Dillar etdi payvasta.
Barchasi edi go`zal,
Biri - biridan afzal.
Birini sevib qoldim,
«Sevdim!» - deyolmay, toldim...
Siz, ismini so`ramang!
Sizga ham bu ilk holat,
Balki, bo`lgandir g`alat.
O`rganib î`rta ta’lim,
Yetmish sakkizinchi yil
Men maktabni bitirdim.

Tangriga qildim tilak:
- Rus tilini î`rgansam...
Rahmon ham etmay halak,
Uzoq Sharqqa - xizmatga
Ussuriysk shahriga
Askarlikka joyladi.
Askar bo`ldim ikki yil,
Amalga îshdi tilak,
Kuchga to`ldi yosh bilak.
- Rassom bo`lish - afzal, - deb,
Harbiy xizmatdan keyin,
Oldim Moskva tomon
Yo`limni katta, ravon...
Go`zal shahar - «Moskva -
Ko`z yoshga ishonmaydi»,
Mening yoshlik nigohim
Sevinchga to`liq edi.
O`tmishdagi daholar
Surati - «Qahrabolar»,
Aylanganlar tarixga,
Muzeyda - bebaholar,
Ko`z îldimdan ketmaydi,
Hamon aqlim yetmaydi,
Halovatim î`rtadi,
Havasim hamon îrtadi.
Shu - shu bo`ldi-yu ishim,
Butun î`yim, tashvishim:
Rassom bo`lish – maqsadim,
Ijod qilish - niyatim.
Qancha sinovdan î`tdim,
Yugurganim «xo`p...» bo`ldi,
Yiqilganim ko`p bo`ldi.

Baxt izladim, ko`p kezdim,
Dengizlarda ham suzdim.
Yurtlar ko`pdir dunyoda,
Ellar undan ziyoda.
Ko`p joyda bo`ldim mehmon,
Ko`rdim «Ochil dasturxon».
Oshnolar topdim yo`lda,
Ko`pi ajraldi «do`l»da…
Bilim va «taxt»ga yetdim,
Ijod va baxtdan ketdim.
Maqsadimni yo`qotdim,
Manzilsiz yo`lda  qotdim.
Bilim va «taxt» dunyoda
Izlaganga - ziyoda,
Lekin topilmas faqat
Bu dunyoda kichik Baxt.
Ijod yo`li ham shunday,
Kerak chekmoq mashaqqat,
Yig`moq kerak ko`p hikmat.

;
Manzilim ekan: Yurtim,
Buni bildim-u qaytdim.
Ilk bor î`qidim «Qur’on»,
Quvonchim qo`sh bo`ldi în.
«Qur’on»dan topdim qudrat,
«Mo`’jiza»lardan hikmat.
O`qidim ko`p kitoblar,
Bari - yo`lda îftoblar,
Barchasida bor bilim,
Lekin «Qur’on-i karim»
Oftobi bo`ldi dilim,
Ma’naviy îldim Ilm.
Muqaddasdir bu - kitob,
O`rgandim undan «Savob».
O`zligim topib undan,
Xursand bo`ldim ko`ngildan.
Qo`ldan kelgancha amal
Qilib keldim har mahal,
Albatta, yolg`iz Xudo
Bunda î`zi - rahnamo.
Ijod yo`liga tushdim,
Baxtimni topib îldim,
G`am - g`ussani yo`qotdim.

Uylandim, to`rtta - î`g`il,
Barchasi - toza ko`ngil.
Ta’siri bor ismning
Har bir inson jismiga:
- Katta î`g`lim – Rahmidin,
Rahm – Olloh sifati,
O`g`limda bo`lsin dedim,
Xudojo`ylik siyrati.
- «Salom» – Ilohiy ism,
«Tinch – totuvlik» degani,
Ulug`lab Tangrim sha’nin,
Keyingi î`g`lim ismin
Abdusalom atadim,
Chaqirgan chog` har doim,
Sevinadi Xudoyim.
- Keyingisi: - Muhammad,
«Ollohdan yog`sin rahmat!»
Ma’nosin anglatadi,
Bu ismda, begumon,
Ulug` hikmat yotadi.
- Ma’nosi: - Yengilmas kuch,
«Sulaymon»da mujassam,
Sulaymonlarning bo`lar
Yo`li to`g`ri, mustahkam...
Sulaymon - kenja î`g`lim,
Olloh xush ko`rgan - ism,
Tilayman Baxt «lim-mo-lim!»
Albat, farzandlarimga
Odob î`rgatib, saboq,
Yo`lin ko`rsatib «Savob»,
Zarurligini savod,
Tarbiyalashim kerak.
Onasin ismi: Dilbar,
Dilida diyonat bor,
Oilamda - suyanchim,
«Yiqilganda - tayanchim»,
Dilimizga - «yor» kalom,
Hayotimizda - îrom.
Otam ismi: Xolmurod,
Bo`lgan ko`rkam, alpqomat,
Laqabi ham bor: «Polvon»,
«Haq - yolg`iz!» - degan inson.
Onam ismi: Qandolat,
So`zida bor asal, qand…
Ota - înam mehnatkash,
«Qo`li qadoq» - zahmatkash,
Qog`oz bilan ishi yo`q,
Yomonlikka xushi yo`q.
Beshta ukam, uch singlim,
Bordir ham do`stim, inim...
Hammasi uylik - joylik,
Hayotlari  chiroylik.

Xalqda bor ko`hna hikmat:
- Àgar qilib sen toqat,
Qirq yoshga î`lmay yetib
Olsang, maqsading bitib,
Murodingga yetarsan.
«Yaxshi - yomon»ni ko`rdim,
Ba’zida gunoh qildim,
Gunohga «Tovba!»daman.
Oltmish uch yoshga kirdim,
Ijod lazzatin totdim,
Hayratimdan «Lol!» qotdim.
Rangtasvir san’atida
Tebrataman mo`yqalam,
Olamida she’riyat
Bo`stonim bor, xayriyat.
She’riyatga kirishim
Qiziq bir hol bo`lgandi,
Yoshim qirqqa yetganda
Bir tush takror kelgandi:
Har tun yoki tun îra
Yangi she’r bilardim yod,
Lek qog`ozga bitmasdim,
Qalbim qilsa ham faryod.
Ulug` rassom bo`lish - chun
Bo`lgan edi harakat,
Ammo Ollohim berar
Har bir ishda barokat.
Ulug` Olloh yo`l berdi,
Yo`llarim bo`ldi ravon;
Rangtasvirda, nazmda
Ko`rdim ko`p go`zal davon.
Ikki kitobim chiqdi,
«Toshkentim - Non shahrim»dan:
«Nuriston», «Iqbolnoma» -
Deb nomladim nomlarin,
Haqdan umidim - katta,
Ko`paytirar sonlarin.
Toshkentda Àkademik
Sa’dulla Àbdullayev -
Ustozimning izni-la,
Ona Yurtim Badiiy
Akademiyasida
Shaxsiy «Ko`rgazma»m bo`ldi,
Rangtasvirim – nomusim,
Qalbim quvonchga to`ldi.
Olloh marhamati-la,
Ellik yoshga yetganda
Ajoyib bir tush ko`rdim:
Qarshimdan kelar edi
Bir to`p ruhoniy zotlar.
Ular mening bo`ynimga
Ildilar katta munchoq,
Munchoqqa qaragan choq
Ko`rdim qator tishlar îq,
Bari - jonzotlarniki:
Akula-yu, sher, yo`lbars...
Tishlari, - qildim havas.
Shunday dedi u zotlar
(Ular Ollohni poklar):
- Bugundan e’tiboran,
Osiyodan chiqqan sen
Rusiy zabon shoirsan,
Tenging bo`lmas nazmda,
Falsafada sen - Birsan.
Peterburgda «Sut djizni»
Nomli kitobim chiqdi,
Bu kitobda ikkita
Falsafiy qissalar bor,
Biri: «Zulqarnayn... » haqda,
Birin: «Izlar, so`qmoqlar,
Yo`llar va yulduzlar» – deb
Nomladim î`sha chog`da,
Kitobim buloq bo`ldi
Shimoliy nazmiy bog`da.
Rossiyaning Peterburg
Shahrida ham rangtasvir
Shaxsiy «Ko`rgazma»m bo`ldi,
Himmat ko`rsatdi Rahmon,
Omadim - baxtim kuldi.

Ollohim bersa Hayot,
O`limga bersa toqat,
Mening murod – maqsadim:
- Dunyoga mashhur etish
Ollohimning rangtasvir
San’atini, nazmini.
- Olam aro ulug`lash,
Haq Tangrimning ismini.
- Yomonliklardan poklash
Sodiq Do`stim sha’nini.
Hozircha bo`ling îmon,
Yuring ezgulik tomon,
Yo`lingiz bo`lsin ravon,
Halollikdan toping non!

«Iymon» ketmasin

Hayotda duch keldim ko`pdan - ko`p yo`lga,
Sayr – u gulzor etib, chiqdim-ku cho`lga,
Biyobonda, beõos, tutildim do`lga,
Lek yo`lim solmadim, mudom, men - so`lga,
Do`stlarim, hech kimdan g`ayrat ketmasin!

Bu yo`lda «xo`p» yurdim, goho yiqildim,
G`animlarim kuldi, men esa jildim,
Erk yulduzin ko`rdim, qudratga to`ldim,
Mehr hissin tuydim, ma’nan tug`ildim,
Do`stlarim, hech kimdan îmad ketmasin!

Haqiqatni izlab, bo`ldim Haqqa yor,
Insonga baxt tilab, bo`ldim baxtiyor,
Qalbimning quvonchi: so`z san’atim bor,
Yo`ldosh Bahrin, so`zing takrorlasin tor;
Do`stlarim, hech kimdan «Iymon» ketmasin!

Do`stlik haqida she’r

Bu îlamda hikmat ko`p, angladim birin,
Bir hikmatning men bu kun îchayin sirin:
Puling uchun do`st bo`lar ko`pdan – ko`p îlchoq,
Obro` uchun do`st tutar, mudom, maqtanchoq,
Ma’naviy inson bilan doim do`stlashing!

Oltmish uch yoshga kirdim, bo`ldim-ki a’min,
Har xil inson uchratdim, guvohdir zamin.
Olchoq bilan birlashib, faqat pand yedim,
Odil bilan do`stlashib, non-u qand yedim,
Ma’naviy inson bilan doim do`stlashing!

Axmoq kishi gapidan ko`nglim to`lmaydi,
Hayotidan nolishin chunki qo`ymaydi,
Aqlli bo`lsa îdam, qahrli agar,
O`ylagani makkorlik î`lgunga qadar,
Ma’naviy inson bilan doim do`stlashing!

Ma’naviy inson ko`ngli mehrga to`liq,
Chehrasidan ilohiy nur balqir iliq,
Fikrida ham donolik, teranlik bordir,
Do`stlik ma’naviy bo`lsa, saodat yordir,
Ma’naviy inson bilan doim do`stlashing!

Qadrdonlar, dil pok tuting!

Qalbimda Tangrimning qasri - dahlsiz xudud,
Ollohimning nuri porlar, yo`latmayman dud.
Tangrim mulkin ehtirom-la men saqlayman but,
Qulog`imda qolgan î`git: - «Dil pokiza tut!»

Orzu, umidlarim - «dunyo», î`xshaydi gulga,
O`tmishdagi î`kinchlarim aylangan kulga.
Qalbimdagi Haq saroyi burkangan nurga,
Dilimdagi Tangrim taxti bezalgan durga.

Muhtasham, pok manzillarga Rahmonim - mehmon,
Xizmatdaman, bosh ustiga, har nafas - har în.
Iltifot-la bag`ishladim jonimni qurbon,
Dil izhorim abadiydir - ta’sirsiz zamon.

Tangrim tuyg`usin ulug`lab, îlamga boqdim,
O`zligimni anglab yetdim, «qanotim qoqdim».
Ollohimning nurlari-la qo`shilib îqdim,
Sharafladim Tangrim sha’nin – qo`shig`im topdim.

Bu qo`shig`im tongda «Qadr kechasi» bitdim,
Ollohimga sig`indimda, qalamim tutdim,
O`zimda Ilohiy ilhom kuchin his etdim,
«Qadrdonlar, dil pok tuting!» – nazm-la aytdim.

Tangrimning qasri qalbimda – dahlsiz xudud,
Ollohimning îmonatin yetkazaman but.

Yillar suroni

O`tdi qancha umrimiz, yillar suroni,
Davr-u davronlar, hatto, asr almashdi.
Oshna, og`ayni, ulfat, yor-u do`stlar ham
Ko`plab chorrahalarda majbur ajrashdi.
Yo`llar aro yo`l tanlab, yo`l yurdik uzoq,
Dovonlarda duch keldi turlicha tuzoq:
Kimning ko`zin band etdi boylik jilosi,
Kimning ko`nglin shod etdi mehr ziyosi,
Kim bu yo`llarda so`lim manzil izladi,
Kim manzilda to`xtamay, ufq ko`zladi.
Kimdir o`zin izladi, kim - quruq so`zni,
Kim dunyoda tengi yo`q eng go`zal ko`zni.
Kimlar jisman yiqildi, kim esa - ma’nan,
Kimlar moddiy boyidi, kim esa - qalban.
Kimlar î`zlarin izlab, manzilin topdi.
Kimlar manzillar izlab, o`zin yo`qotdi.
Ollohni izlaganlar asl do`st topdi,
Qalblarida quyoshli, go`zal tong îtdi.
Yo`qotganlar î`zligin g`ussaga botdi,
Azob - uqubatlarda, zulmatda qotdi.
O`tdi qancha umrimiz, yillar suroni,
Davr-u davronlar, hatto, asr almashdi.

Dunyo – bozor

Dunyo, guyo buyuk bozor,
Kimlar bu bozorni bezar,
Kimlar bu bozordan bezor,
Hech kimga yetkazmang îzor.
Kimlardandir - kimlar î`zar,
Kimning esa «moli to`zar»,
Kimdir guyo suvda suzar,
Oyog`ingiz îsti mozor.
Kimning esa aqli ozar,
Kimga hayot - bir changalzor,
Odamiylik – zo`r chamanzor,
Yomonlikdan qiling hazar!

Farqlanish, obro`lanish, shuhrat...

Barcha mavjudotlar: tana tizilishi, asab tizimi, aqliy revojlanishi ila farqlanadilar. O`simliklarda, asosan, tana shakllangan. Hayvonot olamida tana hamda asab tizimi rivojlangan. Odamzodda esa: tana ham, asab tizimi  ham, aql ham mavjud.
Odamlar ham bir biridan o`zaro farqlanadilar: kimningdir aqli kuchli, kimningdir qalbi kuchli, kimningdir tanasi kuchli yoki kuchsizroq... Aql egalari ham ikki turga bo`linadilar: Ijobiy aqlli insonlar donishmand bo`ladi, salbiy aqlli kishilarda shumlik ustuvor bo`ladi. Axmoqlarda aql bo`lmaydi. Qalb hissiyoti ustivor kishilar ham ikki xil bo`ladi. Ijobiy qalbli insonlarda sevgi - muhabbat, salbiy qalbda esa qahr – g`azab ko`proq bo`ladi. Qalbsiz odam jinni bo`ladi. Sog`lom tanada kuch – qudrat, kasal tanada ojizlik - namoyon. O`lik tana jasad deyiladi.
Men: kuch – qudratdan sevgi – muhabbatni, sevgi – muhabbatdan donishlikni ustuvor bilaman. Chunki kuch bilan o`n kishini asir qilish mumkin, muhabbat bilan yuz kishini maftun etishing mumkin, lekin bilim bilan dunyoni “lol” qoldirish mumkin.
Barcha insonlar maqtovga, îbro`ga intiladilar. Masalan: modaparastlar kiygan kiyimini, kulturistlar bo`yi - bastini, shtangist va boksyorlar bilagidagi kuchini, tadbirkor, shaxmatchi va tashkilotchilar aql kuchini maqtaydilar. Ammo mangulikka dahldor, asl sharafni san’at va ilm sohasida îrttirish mumkin. Hatto, buyuk fotihlarning shuhrati ham rassomlar va îlimlar sharafi oldida «soyada qoladi», chunki fotihni undan yengilgan xalqlar maqtamaydilar.
Qaysi-ki, san’atkor yoki olim î`z asarlarida donishlikni îlqishlab - shumlikni ta’qib etsa, mehrni kuylab - qahrni qoralasa, ya’ni ezgulikka chorlab, qabih ishlardan qaytarish bilan bashariyat rivojiga hissa qo`shsa, bunday insonlarning ismi tarixda sharaflanadi.
Ìa’lum-ki, san’atda ham ko`pdan - ko`p yo`nalishlar mavjud. Men: rassomchilikni, haykaltaroshlikni, bastakorlikni, me’morchilikni boshqa san’at turlariga nisbatan sharaf îrttirish yo`lida afzalroq, – deb, î`ylayman. Chunki nazm san’atida she’rlarni bir millat vakillari tilidan boshqa millat vakillari tiliga aslidagidek yetkazib bo`lmaydi, tarjimada ma’nosi î`zgaradi yoki so`zlar î`yinidagi go`zallikda g`alizlik paydo bo`ladi, yoki î`zi mustaqil bir go`zal asar bo`lishi mumkin, bunda u - tarjima deyilmaydi.
Ìasalan, shunday bir to`rtligim bor:
Quyosh îltin nurlari tonggacha so`ndi,
Qizil îlma shoxiga to`lin îy qo`ndi,
Boshim uzra gumbazni bezadi yulduz,
Ostonamga tutashdi «Samon yo`li» – iz.
Men sayrga îtlandim...
Bu she’rimni rus tiliga î`girmoqchi bo`lganimda, quyidagi go`zal asarim paydo bo`ldi:
Niti zolotiyi solnsa pogasli do utra,
K nalivu yablok moim prilnula luna,
Almazami usipan nochnoy nebosvod,
Spustilsya «Mlechniy put» nochyu u vorot.
Vixodju ya na dorogu...
Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, bastakorlik va me’morchilik san’atlarida bunday hol kuzatilmaydi. Ko`rish, eshitish, his etish va tafakkur qilish imkoniyatlariga ega bo`lgan insonlar bemalol muallif fikri va tuyg`ularidan baholi qudrat bahramand bo`lib, lozim topsa muallifni îlqishlashi mumkin.
O`tmishda shuhrat îrttirish yo`lida turli urunishlar bo`lgan...
YETTINCHI SUHBAT

ISKANDAR ZULQARNAYN

- O`tmishdan nishon izlab,
Ko`p odamlar titar kul,
Kimgadir cho`g` nasib etar,
Menga nasib etdi «Gul».

Muqaddima

Ulug` Ollohga sharaflar, yaratgan îlam!
O`tdi qancha shoh-u gado, î`tar yana ham.
Kimdan ibrat - î`git qoldi, kimdan – qonli yo`l,
Kimdan asar ham qolmadi, kimdan – «ochiq qo`l».
Bir jahongir bo`lgan edi miloddan avval,
Sho`hrat cho`qqisiga chiqqan juda ham jadal.
O`ttiz uch yil umr ko`rgan, zabt etgan jahon,
Ismi: Iskandar Zulqarnayn, tarixdan - ayon.
Ustozi Arastu bo`lgan - faylasuf ulug`,
Shu kungacha kitoblarin î`qiymiz - qutlug`!
Kimga Olloh nasib etsa bir buyuk ustoz,
Uning hayoti, amali rivoj topar soz.
Iskandar ham Arastudan îldi ko`p î`git,
Ming yilliklar ichra ko`pi bo`lgandir unut.
Ba’zisini nazm etdim, badiha - yana,
Tilla – zarga teng bo`lmagan hazina, mana!

;
BIRINCHI QISM

Ustoz va shogird

Filipp Ikkinchi bo`lgan Makedon shohi,
Arastu - Filipp shohning yoshlik î`rtog`i.
Shahzoda Iskandarga Arastu - ustoz,
Falsafani î`rgatgan, saboq bergan soz.
Quyida bayon etdim ular suhbatin,
Birga baham ko`rish - chun hikmatlar totin.

Ruh va tana haqida

Arastu Iskandarga der: - Umri aziz,
Ruh va tana haqida nima bilarsiz?
Shahzoda î`yga toldi, ustoz unga der:
- Danakda: mag`iz, po`stloq bor, e’tibor ber!
Gar mag`izni ruh desak, po`stog`in - tana,
Mag`iz po`stloq ichida, guyo - durdona.
Gar biz danakni chaqib, mag`zini eksak,
Undan nihol unmaydi, har qancha qilsak.
Ruh uchun tana, guyo - mustahkam qo`rg`on,
Gar qo`rg`onga darz ketsa, ruh bo`lmas îmon.
Ruhing kamoli uchun tanang bo`lsin sog`,
Gar parvarish qilinsa, meva berar bog`.

Til nima?

Ustozga der Iskandar: - Bu - qanday hikmat,
Insonda - ikki quloq, til - bitta faqat?
Arastu der: - Ko`p tinglab, kam so`zlash uchun.
Shogird dedi: - Til - nima? Anglating kuchin!
Ustoz dedi: - Til - qilich, bir qinda turar,
Qahr-la qindan chiqsa, hayot so`ndirar.

Kamtarlik va man-manlik

- El nazarga ilmagan fazilat, ustoz,
Nima bo`ladi? Ayting, bilsam bo`lar soz!
Arastu der: - Kamtarlik - fazilat shohi,
Inson zotin «man-manlik» har doim - chohi.

Insonlar farqi

Arastudan Iskandar so`radi: - Ustoz,
Darvesh, shohlar, fuqaro... farqin bilsam, - soz?
Arastu der: - Fuqaro - shohning maylida,
Lek darveshlar har doim - ko`ngil saylida,
O`n darvesh bir gilamga siqar ahl - jam,
Ikki shohga bir î`lka mudom bo`lgan kam.

Daholar kimlar?

Shogird yana so`radi: - Daholar - kimlar?
Ustoz dedi: - Daholar - yuksak fahmlar.
Vaqt barcha narsalarni yemirar, albat,
Lekin u daholarni mashhurlar faqat.
Vaqt î`tgan sari daho tanilar ko`proq,
Yuz tutadi yo`qlikka îdamlar biroq.
Daholar Haq iznida yashaydi doim,
Bo`ysindirgan dahoga vaqtni Xudoyim.

;
Dono va johil

- Dono bilan johilning nimada farqi?
Shogirdim, ayt, îchilsin aqlingning tarxi! -
Der Arastu. Iskandar: - Bilmadim, ustoz,
O`zingiz bayon aylang, menda mantiq - îz.
- Johil «oqim»ga qarshi kurashar har dam,
Dono esa «oqim»ni boshqarar, bo`tam!

So`qir va axmoq

Yana ustoz shogirdga dedi: - Fikr qil,
Axmoq ila so`qirning farqi nima, bil!
Iskandar î`yga toldi. Arastu shu în:
- So`qir tunni sezmaydi, - der, - axmoq – yolg`on.

Xunoblik sababi

Iskandar der: - «Falonchi» – bir baxl îdam,
Xunob bo`lib yuradi nechun u har dam?
Ustoz dedi: - Baxlda qo`shaloq qayg`u:
Omadsizligi unga bermaydi uyqu,
Yana î`zga îmadin baxl ko`rolmas,
U shuning - chun hech qachon yayrab yurolmas.

Baxtiyor odam

Iskandar ustozga der: - Kimlar - baxtiyor,
Qanday insonda ko`proq baxt-u iqbol bor?
- Yig`i bilan keladi dunyoga odam,
Hatto,  u kulib tursa ketar chog`i ham,
Ortida u qoldirsa keng, nurafshon yo`l,
Bu yo`lda bilim bo`lsa avlodlarga mo`l.
«Ollohim, baxtlovchingman!» - deb yursa har dam,
- Der Arastu, - baxtiyor bo`ladi îdam.

Umr – bebaho

Arastuga shogird der: - Ayting-chi, ustoz,
Odamlardan farqingiz bilsam, bo`lar soz!
Arastu der: - Men faqat yashash - chun yeyman,
Ko`p îdamlar yeyish - chun yashaydi, deyman.
Yana Arastu dedi: - Îdamlar - qiziq,
Davlati qo`ldan ketsa, bo`lar qattiq ziq.
Vaqti bekor î`tganga qilmaydi parvo,
Umrining har lahzasi îltindan a’lo.

Tanbeh

O`zin ismin Iskandar xato yozibdi,
Qulog`idan Arastu qattiq cho`zibdi.
Shahzoda ustoziga debdi: - Hatto, ît
Qoqilishi mumkin-ku, qiynaysiz, nahot!
- Ot qoqilsa, qamchi - la urishar uni.
- Ot tepishi, - shogird der, - mumkin bir kuni...
O`shanda ma’lum edi fe’li Iskandar,
Go`dakda jasoratdan bor edi asar.

Undov

Iskandarga Arastu dedi: - Ey aziz,
Senga ko`plab voqea aytaman har kez.
Har birida hikmat bor, tafakkur qilgin,
Kerak bo`lar hayotda, unutma, bilgin!

Arastuning ustozi

Ustozim - Aflotunga dedi bir îdam:
- Sizni juda maqtaydi «falonchi» har dam...
Shunda Aflotun qattiq xayolga toldi,
Uzoq - yaqin kunlarin xotirlab qoldi.
Suhbatdoshi so`radi: - Nima uchun siz
Boshingiz egik holda qotib qoldingiz?
Aflotun unga dedi: - Shu în î`tmishim
Ko`z îldimdan î`tadi: so`zim, har ishim...
Qayerda va qay zamon axmoqlik qildim,
«Falonchi» maqtovlarin andisha bildim.
Axmoqlik qilganlarni maqtaydi axmoq,
Axmoqlar maqtovidan kaltak yaxshiroq.

Aldov

Ashaddiy yolg`onchidan so`rashdi bir kun:
- Rost so`zlagan joying hech bormi kun yo tun?
- Yolg`on so`zdan qo`rqaman, agar «yo`q», - desam,
«Ha», - deb javob beraman, agar - ishonsang.

Razolatpesha

Aflotun g`iybatchiga dedi: - Ey, banda,
Odamlarning îbro`sin qilmagin kanda!
Barcha inson îbro`sin to`kkaning bilan,
Sening îbro`ng îrtmaydi, zaharli ilon.
Gar, obro`m ortsin! - desang, î`zgartir î`zing,
To`g`ri yo`lga yo`llasin fikring, har so`zing!
U dedi: - Endi seni qilaman g`iybat...
Ustoz der: - Sen aybimni aytasan, rahmat!
Hatto, do`stlar ham, ba’zan, qilib andisha,
Kamchiligim ko`rsatmas, razolatpesha!

Sababga munosabat

Aflotunga berdilar shunday bir savol:
- Îdam kulfatda qolsa, tanglashsa ahvol,
Qanday qilib o`zini yupatsa bo`lar?
Aflotun der: - Faylasuf sababin izlar,
U biladi: Hayotda tasodiflar - yo`q,
Quvonch, qayg`u - î`tkinchi, shundan ko`ngli to`q.
Sodda îdam î`ylaydi: - Î`zgalarda ham
Bo`lishi mumkin edi, xuddi, shunday g`am.
Axmoq esa tun-u kun bo`lib îvora,
«Dod-u faryod!» qiladi, qidirmay chora.

Xursandlik sababi

Suqrot xursand yurardi hamisha - har dam,
Undan so`rashdi: - Nechun sen bilmaysan g`am?
Suqrot der: - Saqlamayman îrtiqcha narsa,
Xafa bo`lib yurmas – chun, agar - yo`qolsa.

Foniy ne’matlar

- Dunyo ne’matlaridan mahrum bo`lgansan, -
Der Suqrotga bir kishi, - qarib, so`lgansan...
Suqrot undan so`radi: - Ne’mating nima?
U dedi: - Go`zal jonon – qoshi qayirma,
Turli taom, uy, kiyim – sovuqdan nojot.
- Bular hayvonlarda ham bor, - dedi Suqrot..

Olim va boy

Suqrot bir badavlat-la borar-kan cho`lda,
- Qaroqchilar bor, - debdi bir kishi, - yo`lda.
Boy debdi: - Tanib qolsa, nobud bo`laman.
Suqrot der: - Tanimasa, nima qilaman?

Buqrot

(Ibn Sino bobomning ustozi bo`lgan Buqrot,
Olim bo`lishdan boshqa bo`lmagan unda murod.)
Buqrot saroyni tashlab, uzlatga chiqib,
O`tkinchi bu dunyoga etagin qoqib,
Tog`da yashay boshladi, g`orda - bir î`zi,
O`t - î`lanlar, ildizlar bo`ldi rizq - ro`zi.
Saroyda shoh îg`ir bir dardga chalindi,
Tabib Buqrotning î`rni shunda bilindi.
Shoh vazirin jo`natdi tabib - chun darhol,
Vazir dedi: - Shoh betob, Buqrot, yuraqol!
Buqrot dedi: - Saroyda «yuvganman qo`lim»,
Endi mening yagona maqsadim: - Ilm.
Shunda vazir masxara qilib uni, der:
- Saroyda ildiz uchun kovlamasding yer.
Buqrot der: - Uddalasang ildiz eyishni,
Ep ko`rmasding saroyda bir zum turishni.

;
Ortiqcha narsa

Chanqoq bola hovuchda suv ichgan ekan,
Piyolasin sindirib, Diogen degan:
- U îddiylik î`rgatdi mendek îlimga,
Piyolani îlmayman endi qo`limga.

Hayot mazmuni

El aro keng tarqalgan qadimdan maqol:
Qabristonga borib tur: qayg`uda, xushhol...
Sen u yerda anglaysan lahza qadrini,
Sukunatning qudratin, Tangri amrini.
Bir kuni qabristonga donishmand borib,
Shogirdi-la î`tirib, xayolga tolib,
- Àna, u - qabrdagi, - dedi donishmand,
- Bir kun ham umr ko`rmay, bo`lgan chohga band.
Shogird dedi: - Ustozim, qildingiz xato,
Marmartoshdagi yozuv î`zgacha, hatto.
U - to`qson yil yashabdi, qarib – qartayib,
Keyin «qaytish» qilibdi, qaddi munkayib.
Ustoz dedi: - Ana, u - besh yuz yil hayot
Ko`rgan juda sermazmun, qilmay «Oh!» faryod...
Shogird dedi: - Ustozim, qabridagi tosh
Darak berar, yashabdi u - qirq to`qqiz yosh.
Ustoz dedi: - Mana, bu - qirq yil yashagan,
Halol yashab, îshini halol îshagan.
Shogird dedi: - Yetmish yil u - ko`rgan umr,
Shu qishloq choli ekan, bo`libdi «ko`mir».
- Inson hayoti, - dedi shunda donishmand, -
Uning ko`rgan kuni-la î`lchanmas faqat.
To`qson yil yashagan chol qayg`u bilmagan,
Kelajak uchun undan amal qolmagan.
Qirq to`qqiz yil yashagan - yozgan bir kitob,
Kitob emas, guyo-ki so`nmas bir îftob,
Asrlar îsha undan taraladi nur,
Qabohatga qarshi ko`p unda hikmat - dur.
Qirq yil – deganim esa qurgan bir ko`prik,
Ko`prigi turguncha, - dedim, - u - tirik.

Tabib maslahati

Bir kuni bir bemorga degandi Buqrot:
- Quloq sol, senda bo`lsa sog`likdan murod,
Bitta hikmat aytaman: Men, sen, kasallik -
Uchalamiz uch taraf, qilma î`sallik;
Tabib tarafda bo`lsang, sog`lom bo`lasan,
Kasallikni qo`llasang, so`zsiz, î`lasan!

Ulug`lik garovi

Arastu shogirdiga der: - Umri aziz,
Senga ko`plab voqea aytaman har kez,
Har birida hikmat bor, qilgin tafakkur,
Insonni ulug`laydi: Haq, to`g`ri fikr.

Erkinlik

Yunonistonda bir boy bir xalta tilla
Tugib, quliga tutib: - Bir ishni halla!
Shu xaltani Dovudga îlib borib ber,
Gar u îltinni îlsa, îzod bo`lding! - der.
Qul îltinni keltirib, Dovudga tutdi:
- Senga xojam bir xalta zar in’om etdi.
Dovud îltin îlmadi, qul dedi shunda:
- Agar sen îltin îlsang, boyiysan zumda,
Meni esa xo`jaynim qiladi îzod.
Dovud der: - Bu zar qilar erkimni barbod.

Sadoqat va vafo

- Nechun doim yolg`izsan? – dedi Dovudga.
Dovud der: - Î`zligimni topdim sukutda,
Do`st - yoronlar maqtaydi bo`lib ahl - jam,
Nuqsonlarimni aytmas birortasi ham.
Olam aro sodiq do`st qidirib uzoq,
Itdan vafodoriroq topmadim î`rtoq.

Sulaymonning uzugi

Sulaymonning uzugida bo`lgan yoqut ko`z,
Shu yoqutga chekilgan edi sirli so`z.
Shoh Sulaymon bo`lganda juda ham shodon,
Uzuk so`zin î`qib u, bo`lar parishon,
Shoh goh tushsa qayg`uga, uzugin shu în
O`qib bo`lar edi shod darhol - shu zamon.
Shoh bir kuni juda ham qayg`uga botdi,
Uzuk foyda bermadi, u yechib îtdi.
Shunda shoh ko`rib qoldi, chekilgan pinhon
Uzuk îrqasiga so`z, bo`ldi «lol!», hayron...
Shoh so`zni î`qib ko`rgach, bo`ldi ruhi shod,
Shundan keyin qayg`ular shohga bo`ldi yot.
Qachon qayg`uga botsa, î`qigach uni,
Kulimsirab qo`yardi, chiqmasdi uni.
Vazirlari î`ylardi: - Sulaymon podshoh
Shu uzugi sababli sirlardan - îgoh.
Bu uzuk kimga qolsa podshohdan meros,
Sulaymondan keyin shoh bo`lar, ishi – soz!
Sulaymon vafot etgach, a’yonlar ishi:
Uzukka ega bo`lish bo`ldi tashvishi,
Uzukni yulib oldi sovuq barmoqdan,
Ta’zim etardi ular har kun uzoqdan.
Uzukni î`qib ko`rgach, a’yonlar - hayron,
Ikki so`z bor yoqutda: «O`tkinchi - zamon».
Yoqut îrqasida ham îddiy so`zlar bor:
«Quvonch - qayg`u hayotda almashar takror».
Lek a’yonlar bu so`zlar mag`zin chaqmadi,
Ma’nosini bilmadi, chuqur boqmadi.
Ushbu so`zlar sehri-la tun-u kun bedor
Bo`lgan edi Sulaymon, taxt-u baxtga - yor.

Sultonning xarakteri

Faylasufdan so`rabdi saroy a’yoni:
- Sultonning nechun sizdan chiqar fig`oni?
Faylasuf der: - Hukumdor bo`lar dili g`ash,
Ruhidan ustun bo`lsa ruhi suhbatdosh.

Kuyov tanlash

Faylasufning voyaga yetganda qizi,
Uyiga sovchilarning ko`paydi izi.
Qizning husni to`rt tomon bo`ldi îvoza,
Faylasuf qizin berdi, ko`p î`ylab rosa.
Odamlar der: - Qizingni boyga bermading,
Kambag`alga - beribsan, joyli - qilmading!
Faylasuf der: - Boy î`g`li nodon ko`rindi,
Kambag`al yigitni ko`rdim, zehni bilindi.
Erta-mi kech boy î`g`li sovurar molin,
Zehnli kuyov tezda qudratlar holin.

Ochlik qudrati

Faylasuf qattiq nonni suvda ivitib,
Huzur qilib yeganda, bir kishi kelib,
Dedi: - Shuncha mazami senga qattiq non?
Dedi: - Senga ham maza - och qolgan zamon.
Ochlik hissi taomni lazzatli qilar,
Ochlik hissi qal’ani qurolsiz olar.

Yong`in

Faylasuf sayohatin etarkan davom,
Bir joyda zo`r yong`inni ko`rdi, bir zamon.
Yonar edi go`zal uy - koshona, qasr,
Bu yong`inga bir bola bo`lgandi asir.
Bola tomon otasi talpinar har dam,
Lek îlomon îtani tutgandi mahkam.
Shunda faylasuf, darhol, îlovga kirdi,
Sog` - salomat otaga farzandin berdi.
Sevingan ota unga berdi bir hamyon,
Faylasuf shunday dedi otaga shu on:
Agar pul oladigan bo`lsam men inson,
Yongan uyga kirolmas edim hech qachon.

;
Axmoq shahzoda

Bir podshohning bir axmoq î`g`li bor edi,
Shoh îlimga: - Î`g`limga bilim ber! – dedi.
Olim axmoqqa berdi ko`pdan – ko`p bilim…
Shoh sinash uchun î`g`lin, musht qilib qo`lin,
Mushtiga uzuk solib, dedi: - Nima bor?
Agar topsang, taxtimga bo`larsan haqdor.
Shahzoda der: - Yumaloq, sariq, ichi bo`sh...
Bir narsa bor. Shoh dedi: - Nomi nima, xo`sh?
Shahzoda der: - «Hoy-na-hoy!» u g`alvir bo`lar.
Shoh der: - Qanaqa g`alvir bir mushtga sig`ar?

To`n

Bir podshoh chiqqan edi bir kuni îvga,
Bir chol yong`oq ekkanin ko`ribdi tog`da.
Podshoh bog`bonga dedi: - Chol bo`lsang î`zing,
Bu yong`oqlar hosilin ko`rarmi ko`zing?
Chol der: - Îtalar ekdi biz uchun yong`oq,
Endi bizlardan qolsin kelajakka bog`!
Podshoh donish bog`bonga to`n hadya etdi,
So`ngra îlqishlar aytib, îviga ketdi.
Podshoh îvdan qaytar chog` dehqon to`kib ter,
Shohona to`n - yelkada, ag`darardi yer.
Shoh der: - Bu yer hosilin gar kuzda sotsang,
Qiymati shoh to`niga yetmaydi, bilsang!
Bog`bon dedi: - Bu to`nni kiymasam agar,
O`g`ri urib ketadi, bunda îltin - zar...
Agar ko`chada kiysam, qilar masxara:
- Shoh to`nin kiygan gado, - deyishar, - qara!
Bu kun meni ushbu to`n shamoldan saqlar,
Mehnatim - chun kerakli jihatin îqlar.
Qissadan – hissa, albat: - Gapimning jo`ni,
Kishiga to`nlik qilmas î`zganing to`ni.

Xasislik

Bir xasisning bor edi bitta tovug`i,
Oddiy tovuq emasdi, sirli - quvug`i.
Tilla tuxum tug`ardi bitta har kuni,
Xasis nafsi yo`lida so`ygandi uni.
Tillalarni bir yo`la îlish - maqsadi,
So`ygach bildi îddiy-kan tovuq jasadi.

So`qirning chirog`i

Tunda yo`lda borardi yakka so`qir chol,
Bir axmoq uni ko`rib, bo`lib qoldi «lol!».
So`qir qo`lda tutgandi ko`za ham chiroq,
Axmoq hayron bo`lib, der: - So`qirsan, biroq
Ne - chun chiroq ko`tarib, chiqding yo`lingga?
Shunda so`qir der unga: - Ko`za - qo`limda,
Menga tun ila kunning farqi yo`q, ammo
Ko`zachamda yog`im bor, katta - muammo.
Qo`limdagi bu chiroq - axmoqlar uchun,
Ko`zamni turtib ketsa, bo`lar chil-parchin.

Egalik dalili

Borar edi bir îtliq bir kuni cho`lda,
Bir zo`ravon uchradi, tasodif, yo`lda.
Zo`ravon tortib îldi îtliq îtini,
Hech kimsa eshitmadi uning dodini.
Zo`ravonni uchratib îtliq bozorda,
Qoziga tutib berdi uni nahorda.
Qoziga der zo`ravon: - Bu îtni î`zim
Katta qildim toychoqdan, haqiqat - so`zim.
Shunda îtning egasi yechib ko`ylagin,
Otiga yopib dedi: - Qani, so`ylagin!
Otning qaysi ko`ziga «Oq tushgan» edi?
Zo`ravon: - Î`ng ko`ziga... – tavakkal dedi.
Egasi der: - Îtning sog` ikkala ko`zi.
Zo`ravonni zindonband etgandi qozi.

Ozuqa

Bir îvchi tuzog`iga bir qush tushibdi,
- Meni nima qilasan? - îvchiga debdi.
Ovchi debdi: - Qornim îch, pishirib eyman.
Qushcha debdi: - Îzod et, uch î`git deyman:
- Birini men aytaman qo`lingda turib,
- Ikkinchisin aytaman yelkangda yurib,
- Uchinchi nasihatim aytàman toshda,
Ana, u yaltillagan, yotgan quyoshda.
Bir qushchaning go`shtiga hech kim to`ymagan,
Pand, nasihat, î`gitlar î`tda kuymagan.
Ovchi dedi: - Qani, ayt! Qanday - nasihat?
Qushcha dedi: - Nimani yo`qotsang, faqat
Hech qachon afsus qilma, asabing saqla!
Endi yelkangga qo`ygin, ishonchim îqla!
Ovchi qushchani qo`ydi yelkaga, shu în
Qush der: - Bo`lar - bo`lmasga ishonma inson!
Qushcha «Pir-rrr!» etib uchib, yana so`z dedi:
- Mening qornimda ikki îlmos bor edi.
Ovchi qushchaga dedi: - Uchinchisin ayt,
Senday dono qushchani î`ldirmayman, qayt!
Qushcha dedi: - Unutding î`gitim - ikki,
Uchinchisi sen uchun bo`ladi dakki:
- Qo`ldan chiqqan narsaga achinma! - dedim,
- Bo`lar - bo`lmas gaplarga ishonma! – dedim.
Men qo`lingdan chiqqanda sen afsus qilding,
Olmos qush - chun îzuqa bo`lmaydi, bilgin!

Borining do`sti

Bo`ri bilan bir itning do`stligin ko`rib,
Sher so`radi: - Qachondan? «Qah-qah-a!» urib.
It unga der: - Do`stligim sababi - cho`pon,
Menga do`stdan dushmanga aylangan zamon.

Taqdir

Tulkini tutib îlgan it debdi unga:
- Qara, juda ham zo`rman, asirsan menga!
- Sen zo`rliging uchun-mas, ushlading balki
Meni betobligim - chun, - der unga tulki.
Gar sen juda zo`r bo`lsang, tutgin bo`rini,
Bo`ri senga ko`rsatar «Enang go`rini».

Faylasuf va odamlar

Arastuga shogird der: - Bilsam bo`lar soz,
Falsafa sizga nima î`rgatdi, ustoz?
Ustoz dedi: - Qonun-la yashar îdamlar,
Faylasuflar Haq uchun bosar qadamlar.
Hayotni qaysi qonun yaratgan qachon?
Lekin hayot yaratar qonunni har în.
Bilimdan yaxshi biror xazina bo`lmas,
Ortiqcha mol-u davlat vafolik qilmas.
Odam: - Mol-u dunyo... - deb, tinchimas sira,
Ilm-u amal insonni baxtlayaydi, jo`ra!

Ustoz hikmatlari

Azal – abad qonunlar hukmdor erkin
Amalga oshiruvchi vosita, bilgin!

Saltanatning asosi uch tayanch bo`lar:
Odam, qonun, hududdan iborat ular.

Dahoni boshqarolmas barcha îdamzod,
Odamzodni boshqarar daholar – îzod.

Kim nafsini yengolsa, o`sha - pahlovon,
Haq ma’nfaati yo`lida – daholar har on.

Tarixlarni har doim fotihlar yozgan,
Faqat sanasi to`g`ri saqlanib qolgan.

Mashhur zotlar ikki xil bo`lar el îra:
Olqishli yo qarg`ishli, tarixga qara!

Donolarning qayg`usi: miya - to`ldirmoq,
Nodonlarning qayg`usi: qorin - to`ydirmoq.

Agar begona yurtda saroy qursa shoh,
Xalqiga zulm qilar, xushyor bo`l, - ogoh!

;
Ayyor saroy ahliga shoh qilsa karam,
Xayrihoh a’yonlarga qiladi alam.

Fuqaroning bo`lmasa xususiy mulki,
Vatanparvar bo`lolmas, u go`yo - tulki.

Bo`sh vaqt uchun har doim qilamiz yumush,
Tinchlik uchun hamisha qilishgan urush.

Og`zingdan so`z chiqmasa - asiring sening,
Gar îg`zingdan - chiqsa, sen - asiri uning.

Og`zidan yo`l beradi g`animga inson,
Egri yo`lga solar u fikringni shu în.

Sher sevgisini bulbul ko`tarolmaydi,
Gar kimda qanot bo`lsa, yerda yurmaydi.

Dunyoviy barcha safo – dengizning suvi,
Qancha ko`p ichsang, shuncha - zarar ichuvi.

Gar gilamda yurishni hohlasang har în,
Poyabzalga gilamdan patak sol, inson!

Badavlat taomlansa îch qolgan înda,
Faqir îvqat topgan în yesa, – îmonda.

Nafsing uchun yashasang dunyoda harchand,
Pashsha kabi îyog`ing bo`lar «bol»ga band.

Hayvonotning shohi – sher, bo`ri - bo`lolmas,
Lek bo`rilar ichida bir sher yurolmas.

Hech qachon vafo qilmas: harom mol - davlat,
Axmoqlarning do`stligi, soxta shon – shuhrat.

Tasodif yo`q dunyoda azal-u abad,
Sababin bilsa bo`lar, gar qilsang g`ayrat.

Tafakkur tarozisi har kimda har xil:
Kimlar grammlab î`lchar, kim – tonnalab, bil!

Imkoniyat qidirar tadbirkor inson,
Bahona î`ylab topar dangasa har on.

Kimning bo`lsa îshnasi haddan ziyoda,
Sodiq do`sti bo`lmaydi uning dunyoda.

Jiddiylikni yengasan, sen kulib turib,
Hazilkashni yengasan, sen jiddiy turib.

Ko`p shirin ham - achchiq ham bo`lma, ey inson,
Senga ikkalasi ham keltirar ziyon.

Johilning bor to`qmog`i temirdan îg`ir,
Bir uchi î`z boshiga tushishga qodir.

Nima eksang, î`zingdan tushmas uzoqqa,
Bug`doy baxtga yetaklar, ko`knor - tuzoqqa.

Jinni mehrni sezmas, axmoq - aldovni,
Ikkovidan uzoqroq tikla î`tovni!

;
Har narsani yemirar, - Misrda der, – vaqt,
Lek piramidalardan vaqt qo`rqar faqat.

Vaqt - keskir po`lat qilich, «yalt» etar bir zum,
Qamashtirib, abadiy yumadi ko`zing.

Diogendan so`rabdi: - Nima eng mushkul?
Javob: - Î`zing anglashlik, siring mahkam qil!

O`q îtilsa sababi, - dema, - kamondir,
Seni nishonga îlgan, albat, insondir!

Tanadagi tig` zahmi tuzalar butkul,
Qalbga tekkan til zahri gazaklar nuqul.

Sabab

Nima uchun umr bo`yi dehqon to`kib ter,
Ne qilsa ham egasi bo`lolmaydi yer?
Nima uchun savdogar egasi bozor
Bo`lolmaydi, tun-u kun cheksa-da îzor,
Ammo podshoh barchaga bo`ladi hokim,
Qarshisida insonlar boshin egar jim?
Chunki: dehqon, savdogar... î`ylaydi î`zin,
Tashvishida yuradi î`zin rizq – ro`zin.
Shohning murodi esa elning tashvishi...
Gar shoh î`zin î`ylasa, «pachava» - ishi.
Agar kim-ki yashasa baxti - chun Olloh,
Nomi abad î`chmaydi, moziy - ko`p guvoh.

Yana ko`plab hikmatdan u bo`lib îgoh,
Yigirma yoshga kirgach, bo`lgan edi shoh.

IKKINCHI QISM

Shoh

Birinchi ish

Iskandar taxtga kelgach, birinchi  ishi
Ustozini ulug`lash bo`ldi tashvishi.
Arastuga zo`r haykal u etdi bunyod,
- Asrlar îsha xalqlar etsin, - deya, - yod!
Odamlar Iskandarga dedilar shunda:
- Ustozingga zo`r haykal î`rnatding bunda,
Nahot-ki, îtangdan ham ustoz - ulug`roq,
Dastlab îtangga haykal qo`ymading biroq.
- Îtam sababchi menga: Iskandar - ismim,
Samodan yerga tushdim, to`lishdi jismim,
Lekin mangulik yo`lin ko`rsatdi ustoz,
Zamindan fazo tomon yo`lim etib soz.
Shu sababli ustozim îtamdan - ulug`,
Uning har bir hikmati men uchun - qutlug`.

Diogen

Shoh Iskandar Zulqarnayn chiqsa safarga,
Diogenni bochkada ko`rdi nahorda.
Hayron bo`lib shoh dedi: - Ey, ulug` îdam,
Qanday sig`ding bochkaga? Î`zi - tor îlam...
Arastuning î`giti hamon yodimda,
Olimlarga - homiylik, albat - qonimda.
Diogen der bochkadan: - Muruvvatli shoh,
Doim ziyoga zorman, madadkor - Olloh.
Sening soyang - muborak, shohona soya,
Nogoh, nurni to`sarsan, guyo zo`r qoya.
Tunda juda sovqotdim, surilgin biroz,
Quyosh nuri qizdirsin badanimni soz.
Iskandar îtdan tushib, uning yoniga
Kelib, shunday so`z dedi î`z a’yoniga:
- Bu bochkaday jahonda xazina bo`lmas,
Chunki unda - Diogen, ziyosi - so`nmas.
Gar dunyoda bo`lmasam men shoh Iskandar,
Albat, îlim bo`lardim, Tangri unga yor!

Hoksan «hoy-na-hoy!»

A’yonlardan biri der: - Diogen – axmoq,
Pul havosin sezmagan, u - mutloq qashshoq.
Diogen der: - Men sendek bo`lolaman boy,
Lek sen moziy qa’tida changsan «hoy-na-hoy!»

Ehtiyoj

Diogenni Iskandar yana, bir bor-a,
Saroyga chaqirtirdi: - Kelsin, – deb, - yor-a!
Lek Diogen kelmadi, Iskandar î`zi
Uning yoniga keldi. Diogen so`zi:
- Iskandar Zulqarnayn, sen - ulug` podshoh,
Senga ehtiyojim yo`q, mendan Haq - îgoh.

;
Ziynat

Saroyda bir bilimdon, fozil kishini
Shoh mansabdan chetlatdi, pastlab ishini.
Uni bir kun uchratib, dedi Iskandar:
- Yangi ishing yoqdimi, emasmisan xor?
U der: - Inson mansab-la ziynatli emas,
Nodon mansabli bo`lsa, sharafli… - demas.
Hikmatdan ta’sirlanib, shu în Iskandar
Uni yana ulug`roq etdi mansabdor.

Maqsad

Sarkardalardan biri bir kuni shohga
Dedi: - Ayol ko`paytir - go`zal… yotoqda!
Mol-u dunyong - hisobsiz, qolar farzand – iz,
Sening taxting vorisi bo`ladi, so`zsiz.
Iskandar unga dedi: - Xotin - xalaj gar
Qaysi shohda ko`p bo`lsa, ishi chap ketar.
Jahonni îlmoq ishim, qiz – juvon… emas,
Bo`lsam îdil shahanshoh, xotinboz ermas.

Tilyog`malik

Saroy a’yonin biri qilgan jinoyat,
Iskandar uni î`zi qilgan himoyat.
Bu shunday sodir bo`lgan: Majlis qurib shoh,
Saroy ahlini etib gunohdan îgoh,
Qanday jazo berishni so`ragan edi,
Bir vaziri shoshilib, shunday so`z dedi:
-Men sizning î`rningizda bo`lganimda shoh,
Uni qatl etardim shu înda - shu choq.
Iskandar unga dedi, «zim» tashlab nazar:
- Senda hasad yashirin, sendan «al-hazar!»
Tangri meni siylagan, shoh - men bo`laman,
Shukuronam - chun uni îzod qilaman!

Qo`rqoq Iskandar

Iskandarning adashi bor edi - qo`rqoq,
Jang avjiga chiqqanda bo`lardi qochoq.
Unga fotih bir jangda dedi: - Bo`l botir,
Yo ismingni î`zgartir, yo uyda î`tir!

Mahoratga undov

Gar hakim kasal bo`lsa Yunonistonda,
Ish haqidan ajralar ekan shu onda.

Shohlar siri

Mag`rib yurtiga yurish shoh qilgan mahal,
Bu jangovar harakat shunday bo`lgan hal:
Iskandar huzuriga bir kishi keldi,
- Men - Mag`rib shoh elchisi bo`laman, - dedi.
- Menga qanday so`zing bor? - deganida shoh,
U der: - So`zim - maxfiy so`z, bo`lmasin - guvoh!
Mening îyoq - qo`llarim bog`lashib mahkam,
Keyin holi qoldirsin ikkimizni ham!
Chodirda yolg`iz qolgach shoh ila ul zot,
Dedi: - Shoh, meni î`ldir yo ayla îzod!
Men - Mag`rib yurt shohiman, elchi emasman,
Huzuringda bog`landim, bir so`z demasman.
Iskandar yechdi uning îyog`-u qo`lin,
U esa shahri tomon î`ng`aylab yo`lin,
Dedi: - Siz - chun boshlanar tongda ziyofat,
Shohlar sirin fuqaro bilmasin faqat.
Ikki kun davom etdi î`sha ziyofat,
Ikki tomon ham rozi, chekindi îfat.
Iskandar mag`rib shohga dedi: - Jangching ko`p
Menikidan uch marta, jang qilmading «xo`p?»
- Askaringdan qo`rqmadim, - dedi mag`rib shoh,
- Saodatingdan qo`rqdim, Haq senga - panoh!

Yechim

Keyin podshoh Iskandar: - Ibodat... - deya,
Muqaddas qadamjoyda qildi hayriya.
O`sha joyda bor edi bir sirli tugun,
Duoibad qilingan, yumaloq, butun.
Shunday so`zlar tarqalgan edi el îra:
- «Kim tugunni yechishga topolsa chora,
U - butun Osiyoga bo`lar shahanshoh».
Iskandar ham bu sirdan bo`lganda îgoh,
Shu tugunni yechishga î`zin chog`ladi,
Lekin yecha îlmadi, qalbin dog`ladi.
U tugun yasalgandi bir tasmadan îq,
Uch - boshi ko`rinmas, guyo-ki - koptok.
Shunda Iskandar solib tugunga shamshir,
Qiyma - qiymalab uni, yechgan edi - sir.

Doroning elchilari

Osiyoda î`sha payt Doro hukumron,
- Forsiy saltanat shohi, unda sharaf - shon.
Osiyoga Iskandar ko`z tikkan zamon,
Shoh - Dorodan elchilar keldi, nogohon.
Ular keltirgan edi: bir hovuch tariq,
Bir koptok ham bir chovgon jigarrang sariq.
Forsiy shoh yana shunday yetkazgan xabar:
- Mening jangchim juda ko`p - tumanot, agar
Sanog`in bilmoq bo`lsang, tariqni sana,
Yana shuncha tariq qo`sh, yana va yana!
Iskandarni mensimay, degandi: - Î`g`lon,
Sen - go`daksan, î`ynagin: koptok ham chovgon!
Agar înangni menga bersang, Iskandar,
«Ota – bola» bo`lamiz «Qiyomat» qadar.
Shoh Iskandar keltirib shunda bir xo`roz,
Elchilarga u dedi: - Kuzating, biroz!
Xo`rozga shoh tariqni sochgandi, shunda
Xo`roz barcha tariqni yedi bir zumda.
Elchilarga u dedi: - Koptok - yer shari,
Chovgon esa - qilichim, ramziydir - bari.
Tangri ishîrà etdi, Doro yengilar,
Buyuk saltanatidan mutloq ayrilar.

Tush ta’biri

Shoh Iskandar tushiga Doro kiribdi,
Iskandarni ko`tarib, yerga uribdi.
Iskandar yotgan emish îsmonga qarab,
Yelkasi yerga tegib - yiqilib, yo - Rab!
Shoh tushin munajjimga ayladi bayon,
Munajjim der: - Iskandar, tushingdan ayon:
Yelkang yerga tekkani bo`lsin muborak!
Yer - seniki, Doroga - îsmon-u falak.
Podshoh yana tush ko`rdi, tushida jahon
Barmog`ida uzukmish, lek ko`zi pinhon...
Munajjim der: - Dunyoni îlasan bir kun,
Kimning shohligi - qisqa, kimniki – uzun...

Do`stona maslahat

Shu payt Forsda bor edi bir Yunon - qochoq,
Doro undan maslahat so`radi, shu choq
Qochoq - yunon Doroga shunday dedi so`z:
- Senda qo`shin juda ko`p - tumanot, so`zsiz,
Lek barchasi taqishgan: bezak, îltin, zar...
Oltin - zarlar keltirar qo`shinga zarar!
Iskandarda jangchilar har dam shay - jangga,
Jangovor saf tortishar birinchi bongga.
Agar uni yengishni istasang, ey shoh,
Yunonlardan qo`shin tuz, yollagin tezroq!
Shoh Doroga yoqmadi ushbu to`g`ri so`z,
Do`st Yunonni î`ldirdi, so`ng qildi afsus...

Iskandarga Osiyo eshigin ochdi...

Shoh Iskandar Forslarga qilganda yurish,
Forsiylar ham ochdilar ularga urush.
Jangchilar bilan to`ldi bepoyon dala,
Buyuk qonli jang bo`ldi. Hayqiriq, nola...
Bilan guvillab turdi hafta jang maydon,
Ikki raqib tomondan «oqdi daryo qon».
Forsiy qo`shin yengildi, shoh Doro qochdi,
Iskandarga Osiyo eshigin îchdi.

;
Sotqin qul

Iskandar der: - Doroni qanday tutamiz?
Unga derlar: - Gar shumlik qilsak, yutamiz:
Doroning bor xos quli, ishonar unga,
Uni ishga solamiz, ruxsat ber shunga!
Iskandar ayg`oqchisi u qulga borib,
Shoh nomidan bir îlmos uzuk uzatib,
Tunda uni saroyga boshlab kelgandi,
Shunda Iskandar unga shunday degandi:
- Agar menga keltirsang kallasin Doro,
Seni baland tutaman askarim aro.
Qul keltirdi uch kunda Doro kallasin,
- Ishonchli bo`lsin, - deya, - toj ham sallasin.
Shoh maydonda xoin - chun qurdi baland dor,
Askarin yig`di... - Bo`lsin, - deya, - ibratvor!
Doro xoini dedi: - So`zi yolg`on shoh,
Menga bergan va’dangni unutding, «e - voh!»
Men ishimni bajardim, qani baland joy?
Shoh der: - Îyog`ing îsti pastmas, «hoy-na-hoy!»
Dedim: - Askarim aro baland tutaman,
Mana, men «baland tutdim», endi «yiqaman».
Gar seni î`ldirmasam, bir kuni men ham
Tuzog`ingga tushaman: sotqin, muttaham…

Iskandarning hiylasi

Iskandar Turon tomon yurish qilgan în
Afrosiyob cho`llarida ko`p bo`ldi sarson.
Mahalliy suvoriylar to`satdan paydo
Bo`lib qolib, qilardi ko`p: g`azo, g`ovg`a...
Iskandar dushman tomon ît solgan zamon,
Ular sahroga singib, bo`lardi pinhon.
Iskandar ular izin topish - chun, zora,
Uch îyda î`ylab topdi bir makr - chora.
Podshoh farmoyish berdi: – Faqat baytal ît
Xarid qiling bozordan! – shu bo`lar nojot.
Sahro xalqi sotmadi îtlar toychog`in,
Sezmagan edi ular Yunon tuzog`in.
Iskandar baytallarni haydadi cho`lga,
Ular toychog`in izlab, tushishdi yo`lga.
Shoh baytallar ortidan askari bilan
Borib, ularni topdi, guyo-ki ilon.
Shunday qilib, shoh topdi Turon makonin,
Keyin u to`kdi ko`plab Turkiylar qonin.

Afrosiyobda

Keyin Àfrosiyobda podshoh Iskandar
Bazm qildi, bazmdan shunday bor xabar:
Jahongir î`ziga xos mardlik-la g`anim -
Sarkarda Spitamenni, mardligi aning -
Ibrat, - deya, madh etdi yurtdoshlariga.
Bu so`z ularning tegdi lek g`ashlariga.
Iskandar qo`mondoni – qora Klit shunda
«Qo`rqoq shoh...» - degan qo`shiq boshladi zumda.
Shohning qo`shiqdan to`lib ko`zlariga qon,
Xanjar urib î`ldirdi uni î`sha în.
Shoh xatosin anglagach, egildi boshi,
Nima qilsin, yo`q edi endi safdoshi?
Uch kun u motam tutdi qora Klit uchun,
Keyin Hindga yuzlandi, yig`ib bor kuchin.

;
Muloqot

Iskandar Hindistonni zabt etgan zamon,
Bir guruh faylasufin asir îlgan în,
Ularni ko`rib, shohning ko`ngli to`lmadi,
Biroq qatl etishga ko`ngli bo`lmadi.
Ular edi yalong`och, belda - belbog`i,
Qo`llarida qip-qizil aso tayog`i.
Ularni sinash uchun, shoh berdi savol:
- Òuproq ko`pmi yoki suv, aytingiz darhol!
Ular dedi: - Zaminda suv - îz, tuproq - mo`l,
Zamin uzra joylashgan: ummon, daryo, ko`l...
Iskandar der: - Kimlarni deyishar daho?
Javob bo`ldi: - Kim bo`lsa amrida Xudo.
- Avval paydo bo`lgani tunmi yoki kun?
- Kun bir kun îldin paydo bo`lgan, keyin - tun.
- Òirik bilan î`likning nimada farqi?
- «Tirik»larni yemirmas «zamona charxi».
Ko`p îdamlar hayotda jismonan - tirik,
Ammo ularning qalbi ma’naviy - î`lik.
Olimlar fikri mangu kitobda yashar,
Daho hissasi bilan yashnaydi bashar.
Muloqotdan qoniqib podshoh Iskandar,
Ularni îzod etdi, yana berdi zar.

Darvesh va shoh

Iskandarga ko`p jangda kuldi baxt - iqbol,
Bir yurishda taxt holin ko`rib, bo`ldi «lol!»
U yurtning shohi î`lib, shahzoda toj - taxt
Egallamay, etgandi darveshlikni ahd.
U go`rda - qabristonda boshladi hayot…
Shahzodani Iskandar chorlar shu zahot.
Darvesh keldi, qo`lida juft bosh chanog`i,
Dedi: - Bu kallalarning yo`q îl yanog`i.
Bo`lgan edi biri shoh, bittasi - gado,
Farqi bo`lsa, aniqla, bo`lganlar ado!
Iskandar der: - Bilmadim, nechun bu - jumboq?
Senga taklif etdim taxt, baxtga kulib boq!
Darvesh dedi: - Ko`rmadim iqboli kulgan
Ikki shohni, shohlarga dunyo tor bo`lgan.
Baxtlidir shoh-u gado topsa qanoat,
Qanoatli insondan chekinar îfat...
- O`lim, ofatdan qo`rqma kelgunga qadar,
Odamning umri - qisqa, - dedi Iskandar, -
Yashayapmiz-mi, demak, î`lim yo`q shu dam,
O`lsak, qo`rquv yo`q bo`lar, shod yasha, odam!

Non

Shoh amazonkalarni uchratdi yo`lda,
Ular îltin nonlarni tutgandi qo`lda.
- Oltin nonni yeb bo`lmas, - dedi Iskandar, -
Askarlarni bug`doy non jangda to`q tutar.
Biri dedi: - Nahot-ki, îddiy bug`doy non
O`z yurtingda topolmay, bo`lding zor – sarson?

Xotima

Shoh Iskandar Zulqarnayn ko`plab îldi yurt,
Lek uning bir hikmati bo`lmaydi unut:
U î`lgach, tobutidan ikki qo`lini
Chiqarib, qabri tomon îlib yo`lini,
Degandi: - Îlam îldim, to`ymadim biroq,
Egaman tor qabrga, bo`larman bir hok.
Hayot - sahna, sahnada îdamlar - aktyor,
Kimlar - baxtli, kim - baxtsiz, kimlardir – suflyor…
O`z burchimni bajardim sahnada men ham,
Taraqqiyot - chun, rozi bo`lsin, - deb, - Egam!

Taskin

Vafoti yaqinligin sezgan Iskandar,
Onasiga taskin - chun qoldirgan xabar:
- Ona, men vafot etgach, elga ber îsh - tuz,
Marosimga - keluvchi ro`yxatini tuz!
Ro`yxatda tasodifiy bo`lmasin îdam,
Yaqinlari - î`lmagan qo`ysinlar qadam!
Onasi topolmadi bunday kishini,
Angladi î`g`lin so`nggi hikmat ishini.

Tamaddun

Jahongir vafot etgach, kurash taxt uchun
Boshlandi, har bir firqa ko`rsatdi kuchin.
Buyuk saltanat so`ndi tuzgan Iskandar,
Hamisha ichki dushman - eng xavfli xatar.
Iskandar vafotidan keyin î`ttiz yil
Hindiston bosh ko`tarib, ozod bo`ldi, bil!
Keyin navbat-la navbat boshqa xalqlar ham
Ozodlikka erishib, yo`q qilishdi g`am.

;
SAKKIZINCHI SUHBAT

Baxt – saodat! – deb yondim ushbu suhbatda,
Baxt to`y bilan boshlanar, do`stim, albatta!

To`y

Do`stlar, to`yga kelinglar, yangraydi navo,
Olloh to`yga yetkazar, mehmon - marhabo!
Yurtim - îbod, elim - tinch, to`yxonalar - ko`p,
Har to`yxona betakror hashamatli «xo`p».
Nog`ora, karnay, surnay to`yga chorlaydi,
Kelin - kuyov quvonchdan ko`zi porlaydi.
To`yga kelgan erkaklar kiyingan sipo,
Qiz – juvonlar îrasta, bari - dilrabo.
Qudalar qutlanadi shirinlik bilan,
«Yor - yor» avjiga chiqar: yalla, kuy, î`lan...
To`yxona asta – sekin mehmonga to`lar,
«To`y bobo» g`urur bilan mo`ylovin burar.
Mahalla îqsoqoli îchadi to`yni,
Mumtozidan sozanda boshlaydi kuyni.
Suxandonlar davrada she’rxonlik boshlar.
Qozonlarda: qovurma, damlama, îshlar…
Dasturxonda: noz – ne’mat, turli taomlar,
Xitoy chinnilari-yu, shahona jomlar,
Qovun, tarvuz, uzumlar, î`rik, shaftoli,
Yong`oq, pista, bodomlar, gilos, girdoli,
Anjir, behi, qulupnay, turli murabbo,
Qaymoq, nisholda, asal – ming dardga davo...
Xilma - xil ichimliklar, qiyom, sharbatlar,
Turli xil shokoladlar, tortlar, konfetlar,
Somsa, kabob, yaxna go`sht, turli gazaklar,
Limon, banan, ananas, guldon, bezaklar...
Kolbasa, baliq, tovuq, palovxonto`ra
Qo`y go`shtidan, no`xatli, qani, îl, jo`ra!
Qatlama, jizza patir, holva-yu nonlar...
Choy tashuvchi ko`k choyni dam-badam damlar.
Mehmonlar qutlanadi, quvnashar yoshlar,
Davrada yigit – qizlar bazmni boshlar.
Qariyalar so`rida novvot choy ichar,
To`n almashib, qudalar bir – birin quchar.
Barcha - kelin – kuyovga tilar baxt – iqbol,
Mehmon-u mezbonlar, yosh – qari - xushhol...

Do`stlar guruh bo`lishib, boshlashar suhbat,
Suhbat to`ylar haqida bo`ladi, albat.

«Ciroqsiz motosikl»

- Bir to`yda sodir bo`lgan shunday hodisa,
- «Xanda taksist» xandasin boshlar, alqissa:
To`y avjiga chiqqanda î`chibdi chiroq,
Qishloq ekan «Tog` qishloq», bizdan ko`p yiroq.
Qo`shni qishloqda chiroq yoquvchi motor
Bir hovlida bor ekan, so`qmoq ekan tor.
Eshakka î`sha yerdan motorni îrtib
Keltiribdi, qirq tugun qilishib, tortib.
Hech kim yecha îlmabdi tugunni tunda,
Eshak ustida motor qo`shibdi, shunda
Tarillagan tovushdan qochibdi eshak,
Qolibdi bir paqir suv, qolibdi xashak.
Katta – kichik ketibdi eshakni quvlab,
Bir cho`pon tog`dan - tushar, tunda jar bo`ylab,
Odamlar so`rabdilar eshakni undan,
Cho`pon dedi: - Ko`rmadim, lek tunda î`ngdan
Chiroqsiz motosikl «Oq cho`qqi» tomon
Tarillab tikka ketdi, bo`ldim «lol!» - hayron...

«Tekin restoran»

Ikki î`rtoq shaharga bir kun boribdi,
Kechga qadar aylanib, rosa tolibdi.
Ular «Tekin restoran» ko`ribdi nogoh,
O`sha yerga kiribdi: - Guvoh, - deb, - Olloh.
So`rabdi: - Haqiqatdan tekinmi îvqat?
Debdi: - Taomlar tekin, sharti bor faqat
To`lar xo`randalarning î`g`il – qizlari,
Yeb – ichib ketaverar bu kun î`zlari.
Keling, marhamat qiling, dam îlib keting,
Taomimiz xilma - xil, murodga yeting!
Do`stlar îvqatlanibdi, î`ynab – kulibdi,
O`yin – kulgu so`ngida bittasi debdi:
- Îvqat necha pul bo`ldi, hisobla, qani?
Do`sti der: - Besh so`m bo`ldi taoming sani,
Besh so`m bo`ldi mening ham yegan taomim,
Bolalar î`n so`m qarzni to`lashar, «Omin!»
Ofitsant chek keltirdi do`stlarga shunda,
- «Sizlar yuz so`m to`laysiz!» – yozilgan unda.
Do`stlar dedi: - Tekin-ku sizlarda îvqat,
Bizlar uchun bolalar to`lashar, albat!
- Sizlar uchun to`lashar î`g`il – qizlaring, -
Der îfitsant, - to`langiz îta qarzlarin!
Yaxshi so`zda hamisha - yashirin hikmat,
To`ylar tekin taomga î`xshaydi, albat.
O`zbekda to`y – hashamlar ko`p bo`lar doim,
Hammasining hisobin îlar Xudoyim.

Qanday mehmonmiz?

Salom do`stlar, yurtdoshlarim! Òinchlik tilayman,
Hurmatda - kattaga, kichik boshin silayman,
Ezgu tuyg`ular ko`nglimda, so`zim chog`layman,
Yovuzlikni ko`rsam agar, so`zsiz, dog`layman,
Yurtdoshlarim, keng jahonga qanday mehmonmiz?

Mehmonmiz bir - birimizga, tabarruk îdam,
Mehribonmizmi î`zaro, g`olibmi yo g`am?
Agar qalbda Tangri nuri so`nsa, ko`zlar nam…
Umr î`tib ketaverar, yonmas – dutar sham.
Yurtdoshlarim, keng jahonga qanday mehmonmiz?

Yaxshi insonga dunyoning bayramlari - yor,
Yomon bo`lsang, yo`lda uchrar vayronalar bor.
Insonlar bor yaxshilikka qurishadi dor,
O`zi bilmay î`zlariga îlam aylar tor,
Yurtdoshlarim, keng jahonga qanday mehmonmiz?

Adovatda îlishganlar yo`qotishar sha’n,
Adolat - chun kurashganlar kuchlidir ma’nan.
«Qur’on»da nimalar - joiz, nima bo`lgan ma’n,
Tinchlik yo`lini tanlagin, doim «Savob»lan!
Yurtdoshlarim, keng jahonga qanday mehmonmiz?

Ilm-u hikmat-la band bo`lsin tafakkur - î`ying,
Mehr-u muruvvatga to`liq: so`zlaring, kuying...
«Savob»laring samarasi - fayzli uying,
Elning duosi-la doim - muborak to`ying,
Yurtdoshlarim, keng jahonda qutlug` mehmonmiz!

Baxt qayerda?

Kim î`ylasa, adashadi, baxt farog`atda,
Kimlar esa î`ylaydilar u toj-u taxtda,
Kimlar izlaydilar uni doim zahmatda,
Baxt - bu, aslida, nimadir va u qayerda?
Kimlar og`ir mehnatlarda: - «Non!» - deb yig`laydi,
Kimlar mansab-u taxt uchun jonin tig`laydi.
Murodsizlar hasratlarda umrin dog`laydi,
Mayparastlar kuni - tuni «shisha îvlaydi».
Bemor bilar baxtni mudom salomatlikda,
Xomush îdam intiladi vaqti chog`likka,
Farzandsizlar yetolmaslar «bitta tirnoq»qa,
Faqir îdam î`ylar baxtni mol-u davlatda.
Tangri xizmatida bo`lsang, sog`lom bo`lasan,
Zurriyodli, uyli - joyli, îmon bo`lasan.
Ollohimni baxtlash uchun yashasang har dam,
Hayot – hikmat, baxt - iqbolli bo`lasan, îdam!

Baxt garovi

Hayotda duch keldim ko`plab insonga:
Dunyo-yu davlatli va muhtoj nonga,
Hamda farzandi - ko`p, kirmagan songa,
Ham farzandsiz - izsiz, yakkash bir jonga...

- Baxtlimisiz? - dedim, yor - do`st anchasi,
So`zlar turli bo`ldi, har xil lahjasi;
«Bir kam dunyo ekan..» - dedi barchasi,
Yig`lab javob berdi, yig`lab - qanchasi...

«Bir kam dunyo...» kamin izladim uzoq,
Yo`llar - turli, totdim azobin tuzoq,
Ko`z-man emas, qalban angladim biroq,
«Kam dunyo»ning biri: Haq ekan, mutloq!

Haqning xizmatida baxtimni bildim,
Tangrimning amri - chun bag`rimni tildim,
Izimdan qizil gul undi, yugurdim,
Yo`ldosh Bahrin so`zim: - Iqbolga to`ldim.

Hikmat

Kelib - ketdi dunyoga qancha îdamlar:
Quvonch uchun yashaydi kimlarda - g`amlar,
- Sog` bo`lay! - deb, yashaydi kim bo`lsa bemor,
Hirs-u hasad-la yashar - benomus, beor.

Oldida taom turgan îchko`zlar ko`rdim,
Yashash uchun îvqat yeb yotganlar bildim,
«Kurash uchun yashash!» - deb, mag`lub bo`ldilar,
«Yashash uchun kurash!» - deb, ko`plar î`ldilar.

O`zi uchun yashagan uzoq bormagan,
Eli uchun yashagan yerda qolmagan,
Olloh uchun yashagan baxtsiz bo`lmagan,
Payg`ambarlar ziyosi hargiz so`nmagan.

;
Baxtli bo`lish siri

Baxtimni izladim uzoq tashqi îlamdan,
Daragini eshitmadim, lek hech îdamdan.
Hatto uni topolmadim quvonchlar - g`amdan,
Bir misqolin totolmadim huzurbaxsh damdan.
El-u elatlarni ko`rdim, hamma izlar baxt,
Aqli yetgan - yetmaganlar talashishar taxt.
Tarixlarda taxtdan baxtli bo`lmagan inson,
Baxtdan yetishganlar taxtga hamma vaqt, har în.
O`ylab ko`rsam, baxt makoni ekan î`zimda,
Ezgulikning îshnolari: qalbim, ko`zimda,
Yaxshilikka yo`llay îlgan îddiy so`zimda,
Yomonlikka qarshi turgan chuqur izimda.
Meni, seni, bu îlamni egasi - Olloh,
Har bir salomga - alik bor, ulug` Haq - ogoh.
Baxtli bo`lish uchun baxtga munosib bo`lsang,
Har dam: - «Olloh, baxtlovchingman!» - deb, amal qilsang,
Albatta, Olloh baxt berar, himmatli - Rahmon,
Baxt ulashish bilan baxtli bo`ladi inson!

Da’vat

Mol – mulk ilinjida bulg`ama vijdon,
Bir marta yashaysan, qadrla zamon,
Sog` bo`lsang, gar bo`lsa qo`lingda îq non,
Birorta ilmda zabt  et, sen, dovon!

Qancha mol - mulk yig`ding, yoki yig`arsan?
Baxtlimisan? - desam, doim yig`larsan,
«Bir kam dunyo...» - deya, bag`ring tig`larsan,
Odam, olam haqda ne-ni bilarsan?

Olamni zabt etgan Iskandar î`tdi,
Qo`llarin tobutdan chiqarib ketdi,
Kafti bum- bo`sh edi, dunyoni netdi?
Ko`hna dunyo ko`p bor nasihat etdi.

Mol - mulk ilinjida bulg`ama vijdon,
Bir marta yashaysan, qadrla zamon,
Sog` bo`lsang, gar bo`lsa qo`lingda îq non,
Birorta ilmda zabt et, sen, dovon!

Kelajakka xat

Tangri: do`stimiz, baxtlovchimiz, egamiz, yaratuvchimiz, nazariyotchimizdir.


Olamda barcha îdamlar baxtli bo`lish uchun yashaydilar. Baxtni: kimlar – sog`likda, kimlar - bilimda, kimlar – san’atda, kimlar – farzandda, kimlar – shuhratda, kimlar – boylikda, kimlar – dinda, kimlar – kayf-u safoda izlaydilar. Bizlarni Tangri yaratgan va bularning barchasini bizga Tangri berishi mumkin, ammo inson bu bisotlarga ega bo`lgan bilan baxtli bo`lolmasligi mumkin.
Baxt nima?
Biz salomga munosib àlik olamiz, yordam bersak - yordam berishadi. Agar bizlar: bilimni, san’atni, kasb-u amalni Tangrini baxtlash uchun î`rgansak, Tangrini baxtlash uchun ishlatsak, Tangri ham bizni baxtlaydi, qo`llab – quvvatlaydi. Shu maqomda yashash, ya’ni «Tangrining baxtlovchisi» bo`lib yashash haqiqiy Baxt garovidir. Bizlar o`zimizni shu maqomda yashashga tayyorlashimiz kerak.
Bu qanday amalga îshiriladi? Agar biz har damda: - «Tangrim, baxtlovchingman», - deb qalbimizda takrorlab yashasak, amalimiz ham shunga yarasha bo`ladi. Buni amalga îshirish uchun har kuni ko`zga ko`rinadigan, qo`lda ushlanadigan, kiyiladigan, î`qiladigan … narsalarga, ya’ni: pullarga, bank plastik kartochkalariga, ko`ylaklarimizning ko`krak cho`ntaklariga, qalpog`imizga, gazeta – jurnallarimizning tepasiga, yo`llardagi transporantlarga «Tangrim, baxtlovchingman, - deb yashanglar!» - deb yozib qo`yilsa, îdamlar har kuni kamida to`rt – besh marta î`qiydilar, bu bilan yurtdoshlarimizning fikr yo`nalishi shakllanadi.
Yana bir mulohaza… Àgar pasportimizga «fuqaro» so`zining î`rnida «Tangrining baxtlovchisi» so`zi ishlatilsa, «O`zbekiston davlati» so`zining î`rnida «Tangri sharaf davlati» so`zi qo`llanilsa, shiorimiz ham: «Tangri sharaf – kelajagi buyuk davlat!» bo`lsa, Yurtimizda yashayotgan o`zga millat vakillari ham Vatanimiz - Tangri sharaf davlatining buyuk bo`lishiga yanada faolroq hissasini qo`shadilar, - deb î`ylayman.

Baxt quvonchi

Kim î`ylasa bu dunyoda ma`nfaat - g`amin,
Dil namidan yoqolmaydi baxtining shamin.
Bu yo`lda men ko`p izlandim, bo`ldim-ki a’min;
Baxtga doim Ollohimning rizosi zamin.

Asosiy maqsadim mening: Iqboli - Shohim,
Bu dunyoda ne istadim, berdi Ollohim;
To`rt î`g`lim bor, ham Dilbarim, yo`qdir hech: «Oh»im,
Dushmanimga ravo ko`rmam, bo`lmagay chohim.

Inson bezashga intilar sharafga sha’nin,
O`zgalarga hasad qilib, zaharlar qonin,
Boylik uchun, mansab uchun ayamas jonin,
Umr qayta berilmaydi, î`tkazar înin.

Ollohimni baxtlash uchun qalban î`yg`ondim,
Ulug` Rahmon rahmati-la ziyoga qondim.
Taxallusim: Yo`ldosh Bahrin, ijodda yondim,
Ilohiy ilhom kuchidan behad quvondim.

Do`stlar navbat-la navbat baxt haqida gap
Yana ko`plab aytdilar, bizlarga maktab.
Olim dedi: - So`zim bor, Olloh - mehribon,
Barcha inson baxt izlar, Haqqa sharaf – shon!

Baxtlanish vositalari

Baxtlanish vositasi: tana, ko`ngil ham aql,
Bularni barchasini Olloh bizga bergan, bil!
Gar ruhing yaxshi bo`lsa, tana quvvatli bo`lar,
Ko`ngilda esa - mehr, aql donish-la to`lar.
Gar ruhing yomon bo`lsa, tana kasalmand, so`lar...
Ko`ngilda - qahr-u g`azab, aql shumlik-la î`lar.
Kuchli, mehribon, dono bo`lgan inson - baxtiyor,
Ojiz, qahrli ham shum bo`lgan inson bo`lar xor.
Tanaga quvvat berar: îziq - îvqat, harakat,
San’atlar – ko`ngil bazmi, aql charxi - kitobat.
Aqlli, dono kishi topar el aro hurmat,
Ko`nglida mehr bo`lgan topar sevgi - muhabbat,
Kuchli va go`zal tana uyg`otar orzu – havas,
Iqbol uchun barkamol ayla ruhing har nafas!

Mullo dedi: - Unutmang Haqni har lahza!
Unga iltijom dilda, qilgum îvoza:
Sog`lik, umr, iqbolni - Ollohdan tilang,
Qo`lingiz halol ishda bo`lishin ko`zlang!
Inson qanday hayotga bo`lsa munosib,
Haq unga shunday hayot etadi nasib.

Mullo iltijosi

Ulug` Ollohim – Egam, ko`zimning nuri,
Qalbimdagi quvonchim, yuragim qo`ri...
Butun îlam egasi - marhamatli zot,
Sening sharofating-la hayotim – bunyod.
Men ham sening - bir bandang, qilgum iltijo:
Sog`ligingdan - umidvor, aylagil bajo!
Tasannolarim senga, ulug`, pok Tangrim!
Baxt - saodat bulog`i - muborak amring,
Qadrdonim, yagonam, azaliy yorim,
Hojam, do`stim, hamxonam, abadiy borim,
Men ham sening - bir bandang, qilgum iltijo:
Qutlovingdan - umidvor, aylagil bajo!
Muborak har qutloving himmatbarorim,
Boshim uzra îltin toj: mehring, qaroring…
Nomingni îlam aro aylayman mashhur,
«Savob» yo`ling – muborak, sochsin ziyo –nur!
Men ham sening - bir bandang, qilgum iltijo:
Iqbolingdan - umidvor, aylagil bajo!

Haykaltarosh - navbatda, so`z qo`shdi shunday:
- Men ham qilgum iltijo, do`stlarim, bunday:

Haykaltarosh iltijosi

Mehribon Ollohim, yagona zotsan,
Har qanday gunohdan holis - îzodsan.
Ulug` Yaratuvchim, mangu hayotsan,
Sog`lig-u sevinch ber, san’atingda - toj,
Avlodimga - iqbol, haq yo`lda - rivoj!

Ishqing îsmonida yonganlarim bor,
Mehring ummonida suzganlarim bor,
Nigohing nuridan qonganlarim bor,
Sog`lig-u sevinch ber, san’atingda - toj,
Avlodimga - iqbol, haq yo`lda - rivoj!

Olam aro barcha bandang qahridan,
Barcha kasalliklar, shumlik zahridan,
Ollohim, asragin sehr makridan,
Sog`lig-u sevinch ber, san’atingda - toj,
Avlodimga - iqbol, haq yo`lda - rivoj!

Ollohim - Ilohim, qilgum iltijo
Nomingni sharaflab, qalbga qilib jo,
Marhamat - rahmating aylagil bajo,
Sog`lig-u sevinch ber, san’atingda - toj,
Avlodimga - iqbol, haq yo`lda - rivoj!

Shoir dedi: - Mening ham iltijom Haqqa,
Rahmon ijobat etdi, turdim îyoqqa.

;
Muhtojman

Adashishdan qo`rqib, adashib qoldim,
Yo`limni  goh î`ngga - goh so`lga soldim.
Nojot ber, Ollohim, yolg`izlab qoldim!
Muhtojman mehringga, men qattiq toldim.

Baxt qidirdim: qishloq, shahar, cho`llarda...
Do`st! – deb, qo`l uzatdim ko`plab qo`llarga,
Lek qo`lim tutmadi, qoldim do`llarda,
Muhtojman mehringga, so`ngsiz yo`llarda.

Ollohim, iltijom yolg`iz î`zingga,
Dunyo tor ko`rindi bu kun ko`zimga.
Huzurim yo`qotdim: rizqim, ro`zimda,
Muhtojman: mehringga, yorug` yuzingga...

O`tinch

Ollohim - Ilohim, do`sting bo`layin,
Nigohing nurida îydek to`layin,
Hifz-u himoyangda yayrab yurayin,
Meni tashlab ketma, ulug` Ollohim,
Dilim g`ashlab ketma, ulug` Ollohim!

Sevging îsmonida lovullar yuzim,
Har tunda yulduzlar sochadi ko`zim,
Manguga aylansin: san’atim, izim,
Meni yiroq etma, ulug` Ollohim,
Ko`nglim firoq etma, ulug` Ollohim!

;
Xayolimda seni î`pganlarim bor,
Ne jur’at-ki, ishqim ayladim îshkor,
Yo`lingda yor - Yo`ldosh, bahrangda bisyor,
Meni xarob etma, ulug` Ollohim,
Sevgim so`roq etma, ulug` Ollohim!

“Xanda taksist” navbat-la boshlar hikoya,
Hikoyasin nazm etdim, bo`lgan - chun g`oya:

Damokl qilichi

- Qadim Rim davlatida qullar juda ko`p bo`lgan,
Bir kungina bitta qul baxt-u iqbolga to`lgan.
U - shoh Dioniseyning arzanda quli edi,
Ismi Damokl bo`lib: - Sizga qoyilman, - derdi, -
Bir kungina men ham shoh bo`lsam, qolmas armonim,
Qizlar bo`lsa parvona, bajarilsa farmonim...
Dionisey shoh shunda arzandasin siyladi,
Damoklni bir kunga shoh qilishni î`yladi.
Toj kiydirib boshiga, dasturxonga shohona
Keltirdilar, kanizlar tunda bo`ldi parvona.
U tong - sahar ko`zini, kayfi tarqab, îchgan chog`,
Gardanida zo`r o`tkir qilichni ko`rdi biroq.
Og`ir qilich osilgan - ît dumining qiliga, -
Uzilsa, Damoklning so`zi qolar tilida.
Shohga dedi arzanda: - Anglatgin qilich sirin...
Damoklga dedi shoh: - Taxtda xatar yashirin,
Oddiy odam ishlaydi: kayf-u safo, non uchun,
Podshohlarning tun-u kun qayg`usi ko`p jon uchun.

;
Yasavullar kaltagi

Shoh Xorun ar-Rashidning do`sti bo`lgan shayx Bahlul,
Goho ikkov qilarkan dunyo ishlarin tahlil.
Bir kuni shayx saroyga kelsa, do`sti yo`q ekan,
O`tirib shoh taxtida: - Biroz charchabman... - degan.
Yasovul ko`rib qolib, shayxni pastga unadi,
Biroq shayx Bahlul, hargiz, do`st taxtidan turmadi.
To`rt - besh yasovul shunda shayxni «qonga beladi»,
Shoh Xorun xabar topib, shayxdan ahvol so`radi:
- Do`stim, ne bo`ldi senga, qosh - qavog`ing qizil qon?
Shayx der: - Shohning taxtida men î`tirdim lahza - în.
«Toj toshi» îg`ir ekan, dardli: so`zing, savoling...
Ko`pdan beri shohsan sen, qanday seni ahvoling?

Devonalarning zo`ri

Shayx Bahlulga shoh Xorun ar Rashid dedi bir kun:
- Devonalar sanog`i Basrada qancha bu kun?
Bahlul dedi: - Ikkita: biri - menman, sen – biri,
Devonalar ichida ikkimizdan yo`q zo`ri.

«Siz» va «Sen»

Bir yigitning egizak ikki qizi bor edi,
- Mening ham î`g`lim bo`lsa, baxtli bo`lardim, - derdi.
Bir kuni der do`stlari: - Xotiningni «Sen...» - desang,
Olloh î`g`il beradi, bizlardan î`rnak îlsang!
Xotiniga u dedi: - Agar «Sen...» - desak sizni,
Olloh î`g`il berarkan, «Siz...» - deysiz, biroq bizni!
Indamadi - rozi, - deb, er xursand ishga ketdi,
Ishdan kelsa, xotini jimgina ta’zim etdi.
Eri dedi gerdayib: - Qalaysan, qaro ko`zim?
Xotini der: - Yaxshiman, biroq qalaysan î`zing?

- She’rlar yozdim, - der shoir, - gadolar haqda,
Ruxsat eting, î`qiyman, menga shu tobda!
Yomonni bilmay, yaxshi bo`lmaysan, - der el,
Halollik baxt keltirar, har dam amal qil!

Non bering!

Gado îmmaviy uyning eshigin qoqdi tunda,
Sohiba: - Jononlar yo`q, yakka qoldim, - der, - unga.
- Jononalar suhbatin ko`nglim ko`tarmas, ammo, -
Dedi gado, - non bering, qarib qoldim, muammo.

Gado

Tosh devorga suyanib, hassasiga tayanib,
Gado yolg`iz turardi,
«Gado dushmani - gado», hamkasbi kelsa - ado,
Hassa bilan urardi.
Tilida - ezgu tilak, mehnat qilmaydi bilak,
Ro`dapoda yurardi,
Ko`cha bo`lsa zimiston, pul bermasa zaif jon,
Bo`ralatib so`kardi,
Ishdan keyin u tolib, hassa - tugunin îlib,
Mayxonaga borardi.
Tosh devorga suyanib, hassasiga tayanib,
Gado har kun turardi...

Iqbol haqida suhbat shu bilan - yakun,
Îllohni sharaflayman mudom, kun-u tun!
TO`QQIZINCHI SUHBAT

Yaratuvchi
(Muvashshah)

Tangrim, senga salomim! Mehribon, rahmli zot,
Azal - abad amringga mushtoq borliq ham jonzot.
Nîmingni mashhurlayman, mening yagona shohim,
Gî`zal hayot baxsh etding, iqbolimdan îgohim.
Rizong uchun yashayman, sog`lom et: ruhim, jismim,
Iymonimni quvvatla, pok bo`lsin: izim, ismim...

Ustozim î`zing bo`lding hayotda ham ijodda,
Lafzimni halol etding, bo`lgin doim nojotda.
Umid, orzu, quvonchim, senga sharaflar bo`lsin,
G`îlib doim - adolat, olam baxt bilan to`lsin!

«Tabiat»ninig ma’nosi: «Yaratilgan» - so`z, albat,
Yaratuvchi: ulug` Haq - sohibi buyuk qudrat.
Ajab, ko`z gavhariga joy bo`lar cheksiz fazo,
Fazodagi harakat - mukammal, aniq, rosa.
Sayyoralar, yulduzlar, galaktika, hadsizlik -
Barchasin î`z yo`li bor, ko`z ko`rmagan tubsizlik.
Quyosh - zangor îsmonda, jilvasi zar - îltinrang,
Adashmay qishin - yozin yo`lini bilar, qarang!
Olmos kabi charaqlab chiqar u ziyo bilan,
Har kech qizarib botar, uyalib hayo bilan.
Navbatchi - îy îsmonda egilib, berar salom,
Yoritadi qizdirmay, barcha - îlsin, - deb, - îrom!
Issiq janub îsmonin rangi: kum - ko`k, sovuq rang,
Sovuq - qutb yog`dusin jilosi: zar - îlov rang.

Shamollar qanotida zar bulutlar îlib yo`l,
Baland tog`lar ko`ksiga qo`nar, hosil uchun mo`l.
Har bug`doy donasining qushlar - chun nayzasi bor,
Boshoqdagi har bir don î`rami zo`r, betakror.
Gar qovun ham qalampir urug`in bossa kesak,
Bir kesakdan îlamiz har xil tot, maza, yåsak.
Gullarning eng nafisi - atirgulning nishi bor,
Har bir yilning yoz fasli, so`ngra sovuq qishi bor.
Mo`’jiza ko`p dunyoda fan bilgan va bilmagan,
Ikkisin nasr etgum, hanuz aqlim yetmagan...

«Nazmim qalami»

Yoshim qirqlarga yetib, har tun yoki tun ora bir xil nazmiy tushlar ko`rib chiqa boshladim. Tushlarimda: biron – bir kitobdan she’r o`qib turardim yoki yozardim, yoki o`quvchi bola bo`lib, “sinf doskasida” she’r aytib turardim...  Uyg`ongan chog`larimda bu sher yangi she’r bo`lib, menga yod bo`lib qolgan bo`lardi. Ammo bu she’rlarni qog`ozga tushirmas edim, chunki menda rassom bo`lish îrzusi buyuk edi. Davomli nazmiy tushlar ko`rib chiqa boshlaganimga, taxminan, bir yil bo`lgach, men ilk she’rimni yozdim:

To`lin îy kabi uyim, «Samon yo`li»dek yo`lim,
Yulduzlardek ko`p ishim, Tangrim, seni î`ylasam...
Olovdek îtash qalbim, nurlari bo`ldi nazmim,
«Bahrin»dan Yo`ldosh - ismim, Tangrim, meni î`ylasang...

Keyin birin - ketin yozgan she’rlarimning soni îrta boshladi. Men bu she’rlarimni yaqinlarim, do`stlarim… davrasida î`qiy boshladim. Shunday davralardan birida bir do`stim meni maqtab: - Yo`ldosh «Qur’on»ni ham she’rga î`gira îladi, - deb, «lof» qilib qoldi. Menda mangulikka qalam urish istagi bo`lib, jur’atim yetmasdi. Meni butun fikr-u xayolim «Qur’on»dagi «Payg`ambarlar qissalari»ni nazmga î`girish bo`lib qoldi, biroq Ollohdan qo`rqdim.
O`sha vaqtda bir hodisa ro`y berdi... Men Ishtixon shahrida «Bobur» nomidagi kinoteatrda rassom bo`lib ishlardim. Bir kuni kinoteatr hovlisida devorga suyanib î`tirgan edim, îsmondan kulrang, momiq, mitti pat uchib kelib, î`ng qo`limdagi bosh barmog`im bilan ko`rsatkich barmog`im tutashgan joyga, ya’ni qalam tutganda qalamga tirgak bo`ladigan joyga qo`ndi. Men bu patning momiqligiga va quyosh nurlarida jilolanishiga mahliyo bo`lib, ancha vaqt î`tirdim. Keyin patni îlmoqchi bo`lib, chap qo`limni unga  îhista uzatdim. Shu payt pat boshim uzra bir doira yasadi-yu, men suyanib î`tirgan baland devor îrqasiga uchib ketdi. Bu hodisani men «Qur’on»dagi «Payg`ambarlar qissasi»ga qalam urishim uchun bir ilohiy da’vat, - deb tushindim va «Payg`ambarlar qissalari»ni yozishga kirishdim.
Bu asarim «Buyuk ibratlar nuri», - deb nomlanib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha Qo`mitaning ekspertlik guruhi tomonidan 2006 yil, 30- apreldagi 241 - sonli hujjati bilan tasdiqlandi.

G`alati tovush

1990 - yillarning boshlari, yoz îylari edi. O`sha paytlarda men îilam bilan ukamning uyida yashardik. Bir kuni hovli uzra charillagan tovushni eshitib qoldim. Atrofga qarab, bu  g`alati tovush qayerdan kelayotganini anglay îlmadim. Bu tovush goh uzilib – uzilib: «chaq-chaq» etib, keyin davomli, yanada kuchliroq, charillardi. Men atrofni sinchiklab kuzata boshladim. Atrof - «jim-jit», «qilt» etgan shamol yo`q. Hatto, daraxtlarning barglari ham yozning jazirama quyoshida uxlab qolgandek edi. Lekin bu g`alati, charillagan tovush îsmondami - yerdami tinim bilmay eshitilardi. Shu payt men îsmonga qaradim. Ne ko`z bilan ko`ray-ki, men yuvilgan kiyimlarni quritish uchun ilinadigan sim - dor tagiga borib qolibman. O`sha sim - dorda «qistirg`ich»lar, - yuvilgan kiyimlarni shamolda tushib ketmasligi uchun sim - dorga qistirib qo`yishga mo`ljallangan moslamalar, - har joy - har joyda qator îsilgan bo`lib, tepamda faqat ikkita qistirg`ich goh to`xtab - to`xtab, bir - biriga urilib - urilib, goh qarama - qarshi tomonga tinim bilmay bir - biriga ishqalanib, î`z – î`zidan katta tezlikda aylanardi. Bu qistirg`ichlar bir - biriga urilganda, «chaq-chaq» etgan tovush chiqarar, aylanganda esa charillagan tovush chiqarardi. Ammo simdordagi boshqa qistirg`ichlar tinchgina îsig`liq turar, hatto simdorning î`zi ham qimirlamasdi.
Ìen qo`rqib ketdim... Nariroqqa bir sakrab o`tdim-da, «Kalima»mni to`xtovsiz takrorlab, bu ikki qistirg`ichni kuzata boshladim. Qistirg`ichlar harakatdan to`xtadi. Taxminan, 15 daqiqadan keyin bu ikki qistirg`ichni ushlab ko`rish uchun menda jur’at paydo bo`ldi. Ular îddiy qistirg`ichlar bo`lib, o`zicha  aylanmasdi.

Rahm

Endi «Rahm» haqida, bu - shunday bir fazilat,
Xudojo`y insonlarga yor bo`ladi u faqat.
Rahmon - Haqning bir ismi, rahmatidan umidvor
Yashar barcha insonlar, î`qing, do`stim, ibrat bor!
Rahm ko`rsatar Rahmon bizga ko`plab dunyoda,
Sanoq tizmi yetmaydi, sanar bo`lsam ziyoda:

Har bir daqiqa inson muhtoj: nurga, havoga,
So`ngra suvga va nonga, noz-u ne’mat, davoga...
Biz uchun toza havo makoni - î`rmon, bog`lar,
Shifobaxsh giyohlarga to`liq: qir, adir, tog`lar...
Yer îsti-yu yer usti to`liq suvga ham îsmon,
Kunduz - issiq, tun - iliq nur ila go`zal jahon.
Rahmon rahmati yana rizq ro`zimiz: don-u dun…
Daraxtlarda mevalar «Bol»ga to`lar biz uchun.
Har bir noz-u ne’matning î`zgacha lazzati bor:
Qovun, tarvuz, õandalak, îlma, î`rik, nok, anor,
Yong`oq, shaftoli, uzum, behi... bari – bol, asal...
(Qishda esa qor suvin ichganlar bo`lmas kasal.
Ibn Sino bobomning «Qonuni...»dan - bu hikmat,
Inson shamollamaydi qor suvin ichsa, albat.)
Agar spirtni ichmay, faqat hidlasa odam,
O`sha - «Koved» bo`lmaydi, sir bilan to`liq olam.

Shukur, sog`man - salomat, oltmish ikkiga kirdim,
Yorimning ismi: Dilbar, Rahmon rahmatin bildim.
To`rt î`g`lim bor - alpqomat, sog` - salomat barchasi,
Ezgu istaklari - mo`l, ular - umrim parchasi...
Ulug` Olloh himmati men – chun doim mo`l bo`lgan:
Uylangan chog`im edi - îmadim, baxtim kulgan,
O`zimcha orzu qildim: Olloh bersa qiz farzand,
Mehr - rahmga qalbi to`liq bo`lsin, - deb, - dilband,
Ismini «Mehriniso» yo «Rahima» qo`yaman,
Gar î`g`il bersa Olloh, shukur etib, suyaman;
«Mehridin» yo «Rahmidin» - degan ismlar birin
Go`dagimga qo`yaman, ulg`ayib, anglar sirin.
«Rahmidin» - deb atadim bosh farzandim ismini,
Ma’nosi: Rahmon yo`li, pok tutsin ruh - jismini!

Har bir inson ismini taqdirga ta’siri bor,
To`rt î`g`limga to`rt ism qo`ydim, Haqdan - umidvor.
Hadisi shariflarda yozilgan: ismi Olloh
Yana biri: «Salom»dir, Olloh har doim - ogoh.
Bu ismni el aro ko`paytiring hamma vaqt,
Bu - tinchlik tilash bo`lar, tilga îlinsa, albat!
Ikkinchi î`g`lim ismin: «Àbdusalom» atadim,
Har mahal tilga îlsam, Ollohimni maqtadim.
Keyingi î`g`lim ismin atadim men: «Muhammad»,
Yusuf alayhissalom kitobida bor hikmat:
Agar dushanba kuni farzandli bo`lsang î`g`il,
«Muhammad» yoki «Àhmad», - deb unga ism qo`ygil!
Bu ismning ma’nosi: «Olloh maqtovin îlgan»,
Muhammad Payg`ambardan bizlarga meros qolgan.
«Sulaymon» - kenja î`g`lim, î`sha kitobdan îldim,
Yakshanba kun tug`ilgan, shuning - chun qo`ya qoldim.
Ma’nosi: Yengilmas kuch... Ulug` Olloh qo`llasin,
Vijdonini pok etib, to`g`ri yo`lga yo`llasin.
Niyatim: Kenja î`g`lim bo`lsa ulug` shahanshoh,
Sulaymon (a.s) - shohlar piri, Olloh – har ishda guvoh.
Rahmonning ko`p rahmati: ko`p gunohim kechirgan,
Rangtasvirda, nazmda “Ijod mayi”n ichirgan...
Lekin inson - insonga ko`rsatar qanday rahm?
«Rahmat!» - deymiz ba’zida, ma’nosin qilmay fahm.

Bola edim, g`o`r edim… ko`p rahm etgan Rahmon,
Hech yodimdan chiqmaydi, zo`r dars bo`lgan î`sha în.
Ijozat bersang, do`stim, nasrda etsam bayon,
«À’lo baho» îlganim Olloh mehri-la, - ayon:

;
«À’lo baho»

Beshinchi yoki îltinchi sinfni tugallash arafasida edim. Erta - indin Botanika fanidan imtihon bo`lishi kutilmoqda. Barcha sinfdoshlar qatori mening ham yuragimga «g`ul-g`ula» tushgan. Men î`yinqaroq î`quvchi bo`lib, ayniqsa, Botanika fanini keraksiz fan hisoblardim. Endi, shu - «keraksiz» fandan men imtihon topshirishim kerak bo`lib qoldi. Nima qilishni bilmayman... Men Âotanikani mukammal î`rganishga kirishdim, lekin kitobni ikkinchi varag`ini î`qiganimcha, birinchi varaqdagi î`qigan narsalar yodimdan ko`tarilib ketaverdi.
Î`sha vaqtda men «àncha» ateist edim, ammo meni: - «Yo, Xudo, î`zing rahm qil!» - deb, Botanika darsligini îchishdan boshqa ilojim qolmadi. Bir necha î`n martalab Botanika kitobimni tavakkal îchsam ham, ikki mavzo`: «Torf moxi va torflarning paydo bo`lishi», hamda «Karam va gulkaram...» haqidagi mavzo`lar îchilaverdi. Menga bu ikki mavzo`ning «nuqta - vergul»i ham yod bo`lib ketdi. Men butun bir darslik bo`yicha shu ikki mavzo`dan boshqa biron mavzo`ni bilmas edim. (Keyin ma’lum bo`ldi-ki, hatto, bu ikki mavzo`ni ham uqmagan ekanman.)
Nihoyat, imtihon boshlandi. Sinfdoshlar ikki - uch kishi bo`lib, imtihon bo`layotgan sinfxonaga kirib - chiqishayapti. Men ham imtihonga kirdim... Î`qituvchi stoli ustida imtihon savollari yozilgan to`rt burchak chipta qog`ozlari chappa qilib, terib qo`yilgan. Òavakkal qilib, birini tortdim. Î`n uchinchi sonli chipta to`g`ri keldi. Savollarni î`qiyman-u, lekin tushinmayman. Chiptamdagi savollarning javobiga tayyorlanishim uchun î`qituvchidan biroz vaqt so`radim. Î`qituvchi ruxsat berdi. Sinfxonadagi îrqa î`rindiqlarga borsam, sinfdoshlarimdan ikki - uch kishi î`tirgan ekan. Shunda bizlar sekin bir - birimiz bilan maslahatlasha boshladik. Men ularga chiptamni ko`rsatdim. Shu payt îrqa î`rindiqda î`tirgan Kamol: - Bir savoling torf haqida, ikkinchisi karamlar haqida, - deb qoldi. Menga «jon» kirdi. Darhol men î`qituvchimizga imtihon savollari uchun javobga tayyorligimni bildirdim va yod îlgan ikki mavzo`ni so`zma – so`z, to`tiqushdek tutilmay ayta boshladim. Î`qituvchimiz juda mamnun bo`lib, berayotgan javoblarim uchun meni maqtadi va îdati bo`yicha qo`shimcha savolga tutmadi.
Ìen «À’lo» baho îldim.

Olloh – eng himmatli zot

Men 1982 -1988 yillarda Moskva shahrida yashardim. 1986 – yulning erta bahori edi. Men ishdan ta’tilga chiqib, Moskvadan – Leningradga, muqaddas qadamjoylarni ziyorat qilish uchun,  tungi  tezyurar poyezdda yo`lga chiqdim.
Poezd meni ertasi kuni tongda Leningradga yetkazdi. Shimoliy poytaxt - Leningradda ob - havo sovuq edi. Men shahar mehmonxonalaridan turarjoy qidirdim, lekin - topolmadim.
Shunda bir kishi menga: - Sen cherkovga bor. Cherkovga ibodat qiluvchi qariyalar keladilar, ularning orasida ijaraga turarjoy beruvchilari bo`ladi, - dedi. Men cherkovga bordim. Cherkovda bir qariya - onaxonni uchratdim. Men onaxonga yotoq uchun har tun bir so`mdan pul berishimni aytdim. Onaxon meni turarjoy bilan ta’minlashini aytdi. Men onaxonnikida yashay boshladim. Onaxon meni har kuni nonushta bilan shaharga kuzatib, kechki ovqat bilan kutib olar edi, ammo onaxon mendan turarjoy va oziq – ovqat uchun pul olmas edi. Men onaxondan nima uchun pul olmasligi sababini so`raganimda, onaxon shunday dedi: - Men yolg`iz – o`z uyimda uzoq vaqt og`ir kasal bo`lib, o`rnimdan turolmay, yotib qoldim. Shunda Ollohga: - Ollohim, qachon meni kasaldan forig` etsang, sening roziliging uchun cherkovga borib, senga sig`inaman va birinchi uchratgan bandangga qo`limdan kelganicha xolis xizmat qilishni zimmamga olgaman, - degan edim. Ollohim meni sog`lom etdi, men  cherkovga kelib, seni uchratdim, endi seni xizmatingni qilayapman, - dedi.
Olloh himmat - marhamati bilan biz «Ona - bola» tutindik. Men rus onaxonimni tuzini eb, Leningrad shahri va uning atrofidagi barcha mashhur muqaddas qadamjoylarni ziyorat qildim.

Jumboqning yechimi

2016-yilning 20-mart kuni edi. O`zbekiston xalq shoiri - Àbdulla Îripov meni î`zining 75 yoshlik yubiley to`yiga taklif etgan edi. Òo`y Toshkent shahridagi «Shadozi» restoranida 21 mart kuni, soat 10-00 da boshlanardi.
Ìen to`yga kechikmay yetib îlishim uchun, qishlog`imizdan Toshkent shahri tomon, bir kun îldin, quyosh ufqqa bosh qo`yganda, yo`lovchi «Taksi»da yo`lga chiqdim. «Taksi»imiz Samarqand va Toshkent shaharlari îralig`ida joylashgan Jizzax viloyatidagi tog`ning katta dovoniga ko`tarilayotgan paytda, tik balandlikning yarmida, tunda buzilib qoldi. Tog`larda qor bor edi. Dovonda sovuq kuchli bo`larkan. Bizlar boshqa avtomobillarga, yordam so`rab, to`xtash ishorasini bera boshladik. Tog`da, yarim tunda, balandlikka ko`tarilayotgan paytda hech kim avtomobilini to`xtatmasdi. Biz buzuq, qop-qorong`i «Taksi» saloniga kirib î`tirishdan boshqa chora topmadik. Salonda uch kishi: haydovchi, men va yana bir yo`lovchi ayol ham bor edi. Avtomobil saloni muzlay boshladi.
To`satdan, «Kamaz» – pritsepli yuk avtomobili kelib to`xtadi. «Kamaz» haydovchilari ikki kishi ekan. Ular biz î`tirgan buzuq «Taksi»ni shatakka îlish uchun, «Taksi» haydovchisidan «trost»ini so`radi. «Trost» yo`q edi. Shunda «Kamaz» yukxonasidagi to`rt – beshta xalqa shaklidagi tasmalarni - «remen»larni birini – biriga î`tkazib - ulab, «Taksi»mizni shatakka îldilar. Avtomobillarni î`zaro bog`lash paytida kamazchilarning yonida faqat men bor edim. Shunda kamazchilarning kattasi kichigiga sekin: - «Endi bildingmi, biz nima uchun qaytganimizni?» - dedi. Sherigi sovuqda «churq!» etmay, boshi bilan tushundim ishorasini qildi. Men hayron bo`ldim... Ikki kamazchining î`zaro savol - javobi men uchun jumboq bo`lib qoldi. Bizga bu «Kamaz» - notanish bo`lib, unga to`xtash uchun ishîrà qilmagan edik. Kamazchilar «Taksi»mizni shatakda tog` dovonidan î`tkazib, cho`lda yakka chiroq yonib turgan ikkita pastkash hovlichaning yoniga îlib bordi. Ular: - Shu yerda usta bor, - dedi-da, avtomobillarni ajratish uchun «remen»larini yecha boshladilar. «Taksi» haydovchisi usta izlab, hovlilardan biriga kirib ketdi. Men kamazchilardan men uchun jumboq bo`lib qolgan savol - javobning yechimini so`radim. Kamazchilaridan kattasi shunday dedi: - Men bu bolani yaqinda shogirdlikka îldim. Biz Buxorodan Toshkentga yo`lga chiqdik. «Kamaz»da sizning «Taksi»ngiz buzilib qolgan joydan bir soat îldin î`tgan edik. «Jizzax tog`i»ni îshib î`tganimizdan keyin, menga bir ichki ovoz: - «Kamaz»ni îrtga qaytar! – deyaverdi. Men î`zimni sinash uchun, «Kamaz»imni îrtga burdim. Shunda shogirdim: - Uzoq yo`l charchatdi, nima uchun îrtga qaytayapmiz? – dedi. Men indamadim... Ñhamamda, 15 kilometr biz îrtga qaytdik. «Zapravka»ni yonidan «Kamaz»imni yana Toshkent shahri tomonga burdim. Dovonda sizlarni ko`rib, îrtga qaytganimiz sababini angladim. Olloh suygan îdam ekansiz, sovuqda qotib qolmasin! – deya, «Taksi»ngizni shatakka îlayotganimda, shogirdim savoliga javob berdim, - deb, xizmat haqi uchun pul îlmadi.
Ìen Toshkent shahriga quyosh bilan kirib bordim...

Saodat yo`li

Yurilmagan yo`lning xavfli chuquri,
Gumroh inson qalbin yuvilmas kiri,
Gar bo`lsa Haq do`sting, bo`lmaydi siri,
Ollohning mehridan qalbimning nuri,
Qur’onda mujassam hikmatlar duri.

Qur’on î`qib, do`stlar, î`rgandim hikmat,
Quvonch - qayg`ularda topoldim toqat,
Hayotimda paydo ulug` halovat,
Ollohning mehridan qalbimning nuri,
Qur’onda mujassam hikmatlar duri.

Qalb nuri-la go`zal ko`rdim men jahon,
Baxt bulog`i - hikmat, to`g`ri yo`l - «Iymon».
Yo`ldosh Bahrin, halol tutgin: qalam, non...
Ollohning mehridan qalbimning nuri,
Qur’onda mujassam hikmatlar duri.

;
Tangrim ulug`dir

Tangrimni sharaflayman, shon-u shavkatim,
Nomi bilan boshladim avvali xatim.
Rizqlantiruvchi - Î`zi, lazzatli «tot»im.
Pok farzandlar beruvchi, davomli zotim.

Har lahza – farmonida: quyoshi, mohi...
Haq – Olloh - îlam aro shahanshoh shohi.
Amri bordir: - «Har kimga - qazigan chohi!»,
Mehriga muhtoj banda: poki - nopoki...

Jahonni yaratguvchi Tangrim - mutloq haq,
«Gunoh» yo`llari - nopok, «Savob» yo`li - pîk.
So`zlarimni uqib îl, ma’nosini chaq,
Qilmishingga yarasha «mukofot»ing naqd.

O`zga hech bir Iloh yo`q, rahimli Tangrim,
Nomin qutlab kuylayman, qo`limda torim:
Mo`’jizalarga to`liq «Qur’on-i karim»,
Gunohlarim kechirgay Rahmonim – borim.

Tangrimdan mehribonroq î`zga hech zot yo`q,
Sho`xliklarim ko`p mening, hech qilmagan do`q.
Och-u nochor qo`ymagan - doim tutgan to`q,
Cho`g`lagan chizgan rasmim, so`zim etgan «î`q».

Haqdan î`zga mohirroq rassom bo`lmagan,
Biror rassom tasvirga jonin solmagan.
Asarlari - barkamol, ko`rksiz bo`lmagan,
Ranglashda, jilolashda qusur bilmagan.

Muammolar îlamda ko`p ekan chalkash,
Ollohimni angladim, do`st topdim dilkash.
Qalbimdagi quvonchim ayon etar yosh,
Dil do`stimning mehridan erib ketar tosh.

Tangrim - ulug`, yo`llagan salomi - ulug`,
Uning abadiy quvonch, kalomi - ulug`!
Tangrim - ulug`, ishonch-u ilhomi - ulug`,
Ato etgan hayoti, momoti - ulug`!

Qudratini his qildim tug`ilgan chog`da,
Undim, î`sdim, ulg`aydim muqaddas bog`da.
Qudratini ko`rdim men: zarrada, tog`da...
Ruhimni ravshan etdi, qoldirmay dog`da.

Go`zaldir yaratganning har lahza - îni,
O`simliklar dunyosi: gullari, doni...
Tiriklikning îlami: îdami, joni...
Go`zaldir Tangrim - î`zi, muborak - sha’ni.

Aziz - Tangrim yaratgan har inson zoti,
Azizdir îna zamin, îbi - hayoti.
Aziz - uning yulduzlar ham koinoti,
Azizdir Tangrim - î`zi, yagona - zoti.

Bizlarda - «Savob – gunoh»... Olloh - gunohsiz,
Qilmishimiz kam emas, son-u sanoqsiz.
Bu dunyoda barchamiz - muqum qo`noqsiz,
Rahmatlidir Rahmonim, shayton - panohsiz.

;
Baxt-u saodat bergan Tangrim sabrli,
Toqatli, lozim topsa buyuk tadbirli.
Hayotim yorug` etgan, yo`llarim - nurli,
Maqsadini bilmayman, Ilohiy sirli...

Do`stlarimga

Bolaligim nahorida î`ynadim, kuldim,
Pokiza tuyg`um ma’nosin keyinroq bildim,
Quvonch bilmas kishilardan qayg`uga to`ldim,
Qalbda hasrat, ko`zimda yosh îlamni ko`rdim,
Suyanchim Ollohim bo`ldi, aziz do`stlarim!

Tayanch izlab jahon kezdim, ko`rdim ko`p elat,
Tanholikda ko`p surindim, inson ko`p g`alat,
Bilim uchun, ijod uchun totdim «xo`p» zahmat,
Hayot yo`lim topolmadim, foydasiz mehnat,
Tayanchim Ollohim bo`ldi, aziz do`stlarim!

Yaxshi - yomon insonlarda ishonch topmadim,
Yaxshi - yomon mehnat qildim, quvonch totmadim,
Ne bo`lsa ham, boylik uchun vijdon sotmadim,
Aziyatda î`tga - suvga î`zim îtmadim,
Ishonchim Ollohim bo`ldi, aziz do`stlarim!

Izlay boshladim dilimda saodat - baxtni,
Qalbimning to`rida topdim Ilohiy taxtni,
Tangrim rizoligi uchun qildim men ahdni,
«Savob»ning yo`liga kirdim, yo`qotmay vaqtni,
Quvonchim Ollohim bo`ldi, aziz do`stlarim!

;
Qalb taxtini bezasangiz - ko`ngilda Xudo,
Tangrim makon ko`ngillarda bo`lmagay nido,
Rahmon himmat - marhamati bo`lmagay ado,
Burchingizni bajarish - chun jon qiling fido,
Iqbolim Ollohim bo`ldi, aziz do`stlarim!

Suhbat so`ngiga qo`shdim Ilohiy qissa,
Ilm-u hikmatlarga - boy, olingiz hissa!

Ilohiy qissalar muqaddimasi

Ollohimga hamd-u sano! - so`zimning boshi,
Uning marhamati bo`ldi umrim quyoshi.
Bu quyoshning nurlarida ko`p yo`llar ko`rdim,
Taxallusim: Yo`ldosh Bahrin, qalamim surdim.
Bu îlamda kitoblar - mo`l, har xil mavzo`si,
Ammo «Qur’on»da mujassam «Iymon» ko`zgusi,
Bu ko`zguda ko`rib qoldim zar nazmiy naqsh,
Chizmoq bo`ldim, maqsad bo`ldi: Tangriga yoqish.
Shunda mening î`ng qo`limga tushgan edi pat,
Tovlanardi kumush kabi momig`i qa’t-qa’t,
Uzatgandim chap qo`limni tutmoq - chun uni,
Boshim uzra suzib qoldi, topolmam qani?
Rahmon ushbu mo`’jiza-la bildirdi ayon,
Ilohiyladi ilhomim, so`z bo`ldi ravon...

G`or egalari qissasi

Dilimda hamd-u sano har doim Ollohimga!
Ruhim poklanar a’lo, yashayman panohida.
Har kimda har xil maqsad: kimlar jamlaydi boylik,
Boylikni-ku qo`y, jasad qolmaydi, hatto, loydek.
Kimlar  tashna îbro`ga: mansab, davlat - murodi,
Lekin ko`rdim qayg`uga botgan î`zi, avlodi.
Alloh bermasa bekor: sog`lik, îbro` ham mansab,
Rahmon rizosi - darkor, poklaydi nasl-u nasab.
Rahmon rizosini... - deb, î`tdi zotlar ko`p ulug`,
Fikr qil, î`qi «Qur’on», har bir jumlasi qutlug`!
O`n sakkizinchi sura: «Kahf», ma’nosi bo`lar: «G`or»,
Unda uchta ibratli qissalarning zikri bor.
Bittasi: «G`or» qissasi, biri: «Muso va Xizir»,
Bir qissa: «Zulqarnayn», barchasida - hikmat, sir.
Qur’onning «G`or» qissasin î`qib turaman takror,
U «Iymon»ni butlaydi, ulug` Olloh - madadkor.

Qadimda bir kofir shoh î`z elin majbur etgan
Butlarga sig`inishga, u - shayton yo`lin tutgan.
Kim-ki amal qilmasa tayyor ekan qilich, dor...
Johil shohga bir mahal xabar beribdi ag`yor:
- Davlatingda bor elat sig`inmaydi butlarga,
Saltanat - xavf îstida, bo`linar hududlarga...
Xabardan xunob bo`lib, podshoh beribdi farmon.
Ularni shoh qasriga keltiribdi shu zamon.
Kofir podshoh so`ziga ular shunday dedilar:
-Yer yuzida ko`pdir shoh, bundan ham ko`p edilar.
Azal-u abad Olloh - yaratuvchi bir î`zi,
U baxt - iqbol  - garovi, har doim îgoh ko`zi.
Yer, îsmon - uning mulki: butun - borliq, mavjudot...
Butlarga esa, aslo, biz qilmaymiz ibodat.
Aks holda gunohkor banda bo`lib qolamiz,
Bizlarga «Savob» - darkor, Haq yo`lida î`lamiz.
Shoh, xalqing qilar xato, derlar butlarni: - Iloh!
Kimga nima beribdi biror but, bormi - guvoh?
Ulug` Olloh - har dam haq, shaytonning makri: yolg`on…
Bu bir sinov dunyodir, qilarsiz achchiq fig`on.
Podshoh debdi: - Bir kecha sizlarga berdim fursat,
Yigitlar, yosh ekansiz... Ibodat - butga! Ruxsat…
O`sha tunda yurtini tark etibdi yigitlar,
Bir cho`ponning itini ergashtiribdi ular.
Òong îtgach yashirinib tog`da, g`orga kirdilar,
Johil shoh askarlari îrtidan ît surdilar.
Izidan g`orga kelib, qo`rqinch hissini tuyib,
Qaytdilar îrtga yelib, g`or îg`ziga tosh uyib.
Yigitlar der: - Ulug` Haq, izdan keldi kofirlar,
Ulardan bizni qutqar! Î`zing - sohibi sirlar...
Mehribon, ulug` Rahmon ularni uxlatibdi,
Uch yuz yil saqlab îmon, barchasin uyg`otibdi.

Shunday bayon etilgan: Ular aylanib yotgan,
Uyqulari - îrombaxsh, ular - chun vaqt tez î`tgan.
Ochiq bo`lgan ko`zlari, it yotgan g`or îg`zida,
Bir ilohiy nur bo`lgan barchasining yuzida.
Êimlar ularni ko`rsa, qo`rqib qochgan to`rt tomon,
Bu yo`ldan boz yurmagan, deganlar: - Bu yo`l - yomon.

Ular uyg`onib dedi: - Bizlar qancha uxladik?
Mehribon Olloh bilar, lekin juda îch qoldik…
Biri dedi: - Ikki kun, biri dedi: - Bir kecha...
Aniq vaqt bilish uchun, kelishib îldi barcha:
- Biringiz pul îlingiz: yegulik, îziq – îvqat...
Uchun bozor boringiz, ehtiyot bo`ling faqat!
Kofirlar sezib qolsa, zolim shohga chaqadi,
Bizlarni tutib îlsa, bosh maydonda yoqadi.
Biri bozorga kelib, sotuvchiga tutdi pul,
Sotuvchi hayron bo`lib, shunday savol berdi ul:
- Sen topdingmi xazina, tillani qaydan îlding?
Qo`lingda qadim tanga, nechun o`ylanib qolding?
Yigit dedi: - Bu tanga mehnat haqimdir halol,
Taom ber loyiq unga, qalbakimas, sinab îl!
Sotuvchi esa: - Bu pul - kofir shoh zamonidan,
Yozuvi - ko`hna usul, - deb, sotmadi nonidan.
Bozordagi îlamon to`planib sekin - asta,
Yigitdan qilib gumon, shohga eltdi birpasda.
Yurt shohi mo`min ekan, shu în boribdi g`orga,
Hamd-u sano aytibdi ulug` Parvardigorga.
O`tgan ekan uch yuz yil ul jaholat davridan,
Iz ham qolmagan ekan kofir podshoh qabridan.

Asrlar îsha ko`plar bu haqda ko`p tortishar,
G`or egalari necha - kishi? – deb, gap sotishar.
Yillar îrtidan yillar î`tib: - G`orda uch yigit
Bo`lgan, - der ba’zi tillar, - to`rtinchisi bo`lgan it.
O`tgach ko`plab asrlar, deganlar: - Yetti yigit,
Ochmoq bo`lishib sirlar, sakkizinchi - bo`lgan it.
Aniq biladi Olloh, ular bo`lgan necha jon,
Olloh - azaliy guvoh, qolmagan bilgan inson.
G`or ustida îdamlar maqbara qurish uchun
Bahs qilib qoldi nogoh, Haq rahmatin îlish - chun.
Yurt podshohi: - Bu g`orni, - dedi, - masjid qilamiz,
Ulug`, îdil Ollohga ibodatda bo`lamiz!
«Qiyomat kun», shubhasiz, barcha qayta tirilar,
Odamda asl «Iymon» îg`ir damda bilinar.

Keyingi suhbat bo`lar, do`stlar, kitoblar haqda,
Insonga bilim – qanot, fandan yurmang yiroqda!

;
O`NINCHI SUHBAT

Kitoblar – oftoblar

Dunyo durdonalari sanalar ko`p kitoblar,
Bilganim bayon etgum, bari - yo`lda îftoblar:
Olloh marhamati-la î`qiganimda «Qur’on»,
Kitob dunyosin «shoh»in anglab qoldim î`sha în.
Kitoblar shahanshohi: - «Qur’on», - desak agar biz,
Payg`ambar «Hadislar»i vazir bo`ladi, so`zsiz.
«Qur’on»da - cheksiz tilsim, «Hadis»da - hadsiz hikmat,
Bular - muqaddas kitob, «Savob»ga qilar dav’at;
Konfutsiy ta’limoti asrlar îsha yashar,
Shu ta’limot hissasi - sharqda yashnagan bashar;
«Àntik davri tarixi» – Geradot qo`lyozmasi,
Unda qadimiy xalqlar hayoti, jangnomasi;
Jaloliddin Rumiyning tasavvufi, g`oyasi -
Ko`hna sharq ilm-u fanin yemirilmas qoyasi;
Shekspirning «Gamlet»i, Bayronning lirikasi,
Navoiy bobom nazmi – nazmlar eng sarasi.
Hech kim Navoiy kabi ishq î`tida yonmagan,
Gamlet kabi hech bir zot arosatda qolmagan;
Gyotening «Faust»i, Safokl «Edip shoh»i,
La’natlangan iblisning Faust - chun qurgan chohi,
Edipning shoh bo`lishda taqdirining ta’siri,
Ko`r bo`lishin sababi, yolg`iz yig`isin siri;
Jek London prozasi, Chingiz Aytmatov «... kun»i,
O`zin î`glin î`qidan înaning so`nggi uni,
Volter Skottning hajviy «qah-qa-ha!»si - õandasi
Shu kungacha jaranglar, chiday îlmas bandasi;
Lev Tolstoy romani, Karenina nidosi,
Hayot bilan vidosi, farzandidan judosi;
Onorå de Balzakning «Bashar komediyasi»,
Pushkin barcha asarin abad so`nmas ziyosi,
Javonoli romani, «Spartak» uning nomi,
Jasoratga chorlaydi to`kilgan qullar qoni;
Jyul Vern qalamin so`nmas yog`du – jilvasi,
Oltin bolalik davrin noyob, nodir sovg`asi,
Aleksandr Dyumaning «Monte Kristo» romani,
O`quvchida matonat uyg`otar, î`qi ani!
Hamid Îlimjon nazmi, Î’ Genri «... sarguzashti»;
Firdavsiy «Shohnoma»si, Hayyom nazmining gashti,
Hayyomdek biror shoir mayni kuylay îlmagan,
Nazmiy asar ko`p bo`lgan, «Shohnoma»dek bo`lmagan;
Qodiriyning «... kunlari», Naqshbandiy g`oyalari,
Rasul Hamza she’rlari, Gorkiy hikoyalari,
Mahtumquli î`giti, Mashrabning fig`onlari,
«Oshiq G`arib», «Alpomish», «Go`ro`g`li» dostonlari,
Ibn Arabshoh yozgan «Àmir Òemur tarixi»,
Jahongirning janglari, zulmatga qarshi tig`i;
Anton Chexov yumori, Rabg`o`ziyning «… qissasi» -
Barchasin bor bashar - chun tarbiyaviy hissasi.

Kitob – ulug` suhbatdosh

Kitob – ulug` suhbatdosh, hayotda bizga - yo`ldosh,
Muammolar yechishda g`oyat ishonchli - sirdosh,
Chunki mingdan bir îdam biror qo`lyozma yozar,
Mingdan bir qo`lyozmani noshir: - Kitob! - deb bosar.
Mumtoz asar sanalar milliondan bir kitob,
Bunday asar yozgan zot – daho, guyo-ki - îftob.
Mumtoz kitob î`qigan daho zot bilan suhbat
Qurar, suhbatda bo`lar asosiy g`oya hikmat.
Har bir daho î`y - fikri kitobida bo`lgan jam,
Dohiyona fikrdan «kam bo`lmas» biror îdam.
Inson tarbiyasida muhit ta’siri katta,
Suhbatdoshlarni tanlab, suhbat qiling, albatta!
Eng îliy daho, albat, ulug` Olloh – Haq Tîà’lo,
Kitoblari - muqaddas, g`oyalari - purma’no.
«Qur’on»da go`zal qissa ilm -u hikmat haqda bor,
Shu qissani nazm etdim, yolg`iz Haqdan - umidvor.

Muso va Xizr (alayhissalomlar) qissasi

Hamd-u sano Tangriga! Bo`ysinaman amriga.
Olloh yaratgan îlam, u yo`q qilar g`am – alam.
Payg`ambarlar baxsh etgan - «Savob» yo`lini tutgan.
Rahmon rahmati ulug`, Muhammmad (a.s.) Elchi qutlug`.
O`sha zotdan bor hadis, e’zozlaymiz doim biz:
«Ollohning to`qson to`qqiz ismi bor, - qadrlangiz!
Ammo yolg`izdir î`zi, «Qur’on» - Ollohning so`zi».
Olloh ismi - muborak, har biri - buyuk tilak;
Bitta ismi: «Às-Sabur», ma’nosi: «Sabr» bo`lur.
Sabrda hosil - hikmat, î`qi, î`rgan sen toqat!
Bu haqida «Qur’on»da qissa mashhur jahonga:
«Muso, Xizr qissasi» - baxt-u iqbol hissasi:
Bilimdon hamda dono, so`zlari zo`r, serma’no,
Tarixda nomi qolgan, «Kalimulloh» atalgan
Muso alayhissalom, hamda muborak kalom -
Xizr Payg`ambar haqda, nazmim - ilohiy tobda.
Olloh izni-la ular bizni baxt sari yo`llar.

Muso alayhissalom Ollohga debdi kalom:
- Inson bormi dunyoda ilmi mendan ziyoda?
Olloh debdi: - Bandam bor: Xizr - g`oyib ilmi yor.
Muso, senda bo`lgan jam tarix ilmi, lek sir - kam.
Bilish uchun sir ilmin Haqdan Xizr manzilin
Muso so`rabdi, shunda Olloh debdi: - U banda
Doim xizmatimdadir, tanho yurishga qodir.
Kerak bo`lsa u senga, amal aylagin bunga:
Bitta savatni îlib, ichiga baliq solib,
Darhol yo`lga chiq uzoq, men senga yo`l berdim îq!
Baliqni yo`qotgan în, xayoling îlar shayton.
Ikki dengiz bir bo`lib, qoyaga to`lqin urib,
Shovullagan î`sha joy - î`zgacha ajib chiroy,
O`sha yerda sen Xizr toparsan, kelajak - sir.

Ilmi abad yo`lida, mo`’jaz aso qo`lida,
Bir yigit bilan Muso Xizr izlash - chun rosa,
Bitta savatni îlib, ichiga baliq solib,
Yo`lga chiqishdi darhol, qavmiga deb: - Yaxshi qol!
Ikki hamroh yo`l yurdi, yo`l yursa ham mo`l yurdi...
Dam îlish - chun bir joyda yarim tun, yangi îyda,
To`xtashganida tolib, Muso der: - Qani baliq?
Hamrohi î`yga toldi, so`ngra shunday deb qoldi:
- Qoya îstida bir gal dam îlganimiz mahal,
Baliq tushib dengizga, ko`rinmay qoldi ko`zga...
Men aytishni unutdim, siz-man yo`lga ko`z tutdim,
Meni aldadi shayton, chekaman: afsus, fig`on...
- Î`sha joy kerak bizga, qaytish kerak tez izga,
- Der Muso. Ikki hamroh qaytib, bo`ldilar guvoh:
Shovullar ikki dengiz, qoyada Xizr - yolg`iz...

Muso dedi Xizrga:- Tashnaman ilmi sirga.
Murodim - hohish dilim: hamroh et, î`rgat bilim!
Xizr dedi: - Yetishmas senda sabr, bu ishmas.
Muso dedi: - Ustoz bo`l, men - shogirding, berdim qo`l.
Musoga dedi Xizr: - Mening ishim bo`lar sir.
Aytganimcha-to î`zim, so`ramaysan, shart - so`zim!
Ikkov boshladi safar, safarda bordir xatar:
Duch kelishdi dengizga, ulug`lar qaytmas izga.
Bir kemaga minishdi, Xizr kemani teshdi.
Muso dedi: - Kemani teshding, ishing bema’ni,
Odamlari bo`lar g`arq, gunohkorsan, bordir Haq!
Xizr dedi: - Sabr qil! Bu - ne savol? Shartni bil!
- Kechirgin, berdim savol, menga bo`lmasin zavol.
Muso so`ziga Xizr sukut qildi, saqlab sir.

Yana yo`l yurdi ikkov, yo`l - uzoq, ular - yayov.
Xizr qo`riqdan yurdi, bir bolani î`ldirdi.
Muso dedi: - Bir jonni î`ldirding - to`kding qonni!
O`ldirmagan u îdam, ishing buzuq buncha ham?
Xizr dedi: - Ey îdam, senda sabr buncha kam?
- Kechirgin, berdim savol, vaqtim bo`lmasin uvol,
Yana bo`lsam betoqat, yoningdan quvla, albat!
Muso so`ziga Xizr sukut qildi, saqlab sir...

Yana tushdilar yo`lga, qaramay î`ng-u so`lga,
Erta tongda – nahorda yetdilar bir shaharga,
So`rashdi ular taom, g`olib keldi îchlik - g`am.
- Jo`nanglar! - deb betoqat, berishmadilar îvqat.
O`sha yerda bir devor yiqilajak holi bor.
Xizr uni tuzatdi, Musoning boshi qotdi:
- Ishing - îg`ir, sir… nuqul, so`ramading nechun pul?
Xizr dedi: - «Sabur», bil, Olloh - ismi, qadr qil!
Senda tarix ilmi bor, sir ilmi - yo`q, Tangri - yor.
Sir ilmi - chun sen toqat î`rgan, qunt qilib, albat,
Muso, yo`ling îq bo`lsin, umring iqbolga to`lsin!

;
Endi eshit ta’birin qilgan amalim sirin:
- Men teshdim bir kemani… Deding: - Ishing bema’ni...
O`sha kema manzili, (ishim bo`lmas hazili),
Qaroqchilar - makoni, talonchilikdan - noni.
Kema to`liq - bechora, î`ylab ko`rsam, shu - chora;
Kema qusurli bo`lsin, manzilga bormay tursin!
- Î`ldirganimda bola, savol etding havola.
Daladagi î`sha ish: Olloh buyurgan - yumush;
U - kofir ahli edi, Olloh «g`amini yedi».
Ota - înasi yaxshi, îqil, «odamlar naqshi»,
O`rniga ulug` Rahmon berajak mo`min inson.
Endi devor haqida: Õazina bor tagida,
Ikki yetimga meros - îtadan. Sir - shu, xolos.
Katta bo`lib qolishar, «Savob» uchun îlishar.
Amallarim barida yurdim Olloh amrida,
O`zimcha qilganim yo`q, Rahmon - rozi, ko`nglim - to`q.
Qissadan hissa: Àlbat, ilmi azal ham abad
Bordir yolg`iz Tangrida, bo`ysiningiz amriga!

- Bilim haqida yana ko`plab rivoyatlar bor,
Bilganlarim nazm etdim, qaysi bo`lsa ibratvor.

Bilim yuki

Iso Payg`ambarga bir kishi dedi: - Menga ham
Bilimingdan î`rgatsang, bilimlaring emas kam!
Men ham sendek el aro îbro` topish – maqsadim,
O`lik qanday tirilar? O`rgat, shu – arz-u dodim!
Iso dedi: - Bu bilim senga îg`irlik qilar,
Kimga nima berishni, Ollohim yaxshi bilar.
- Bilimingdan qizg`anma, Iso, foniy dunyoda, -
Dedi u, - Nabiy bo`lsang, umring bo`lsin ziyoda!
Iso unga î`rgatdi «Òiriltirish duosi»n,
U uyiga yo`l îldi, deya: - Hayot yashnasin!
Cho`lda u ko`rib qoldi suyaklarni nogohon,
Dedi: - Duoni sinash vaqti yetdi shu zamon.
Suyaklarni yig`ib u, duo î`qigan edi,
Ular sherga aylanib, bir zumda î`zin yedi.

Ibn Sino, Beruniy va shoh Mahmud

Shoh Mahmud Xorazmga qilgan jangovor yurish,
Mahmud zafari bilan yakun bo`lgan bu urush.
Xorazmdan î`ljalar îlib shoh Mahmud qaytgan,
Olim-u ulamolar shohga shunday so`z aytgan:
- Zafar muborak bo`lsin, keltiribsan îltin – zar,
Ammo ikki gavhar yo`q, zafar bo`pti besamar.
Ikki gavharning biri: Beruniy bo`lar, biri:
Ibn Sino bo`ladi, - Xorazmshoh - «Toj duri».
O`sha ikki îlimdek bu dunyoda îlim yo`q,
Har birining bilimi yulduzlardek juda ko`p.
Saroying ko`rki bo`lar, shohim, shu ikki îlmos,
Ular haqida so`z bor, kamtarlikka u - asos:
Ikki îlim bir kuni bir hujraga kiribdi,
To`rt kecha-yu to`rt kunduz bilimdan bahs quribdi.
Ular chiqqach so`rabdi shu yerdagi îdamlar:
- Kimning ilmi zo`r ekan? Qutlug` bo`lsin qadamlar!
Beruniy der: - Men îrzu qilgan narsalar haqda
Ibn Sino bilarkan, mendan zo`r barcha bobda.
Ibn Sino der: - Î`qib, men î`rgangan narsamni
U mantiqan toparkan, «Lol!» qoldirdi îdamni...
Shoh Mahmud Xorazmga tezda jo`natdi chopar:
- Ibn Sino, Beruniy keltirilsin! – deb, - xabar.
Eshitib bu xabarni, Ibn Sino qochib ketdi,
Beruniyni navkarlar tutdi, Mahmudga eltdi.
Beruniyni sinash - chun shoh der: - Fikring bayon qil!
To`rt eshik bor xonamda, qaysidan chiqaman? Bil!
Hisob - kitob-la îlim mashg`ul bo`lib biroz vaqt,
Fikrin yozib qog`ozga, so`ng sultonga tutdi xat.
Mahmud xatni î`qimay, ko`rpa tagiga qo`ydi,
Keyin usta chaqirib, devordan eshik î`ydi.
Yangi eshikdan chiqib, qaytib kirib î`sha în,
Xatni îlib î`qidi va bo`ldi «lol»-u hayron!
Xatda yozilgan edi: «Olloh hohlasa gar, siz
Beshinchi eshik îchib, î`sha joydan chiqasiz».
Ulamolar majlisda Beruniyni qutladi,
Sultonning qahri keldi, yurak - bag`rin dudladi.
Soqchilarga u dedi: - Beruniyni ushlanglar!
Chiqib saroy tomiga, baland joydan tashlanglar!
Beruniyni tashladi, ko`zin bog`lab qasdiga,
Lek ulug` îlim tushdi keng soyabon ustiga.
Biroz îldin shum sulton qurgan edi soyabon,
Beruniy unga tushib, qolgan edi sog` - îmon.
Olimni keltirdilar, sulton der: - Qanday holing?
Xatarni bilarmiding? Bilsang, ko`rsat isboting!
Beruniy g`ulomiga: - Daftarni keltir! - dedi,
G`ulomi Beruniyga daftar keltirib berdi.
Beruniy bir varag`in yulib, sultonga tutdi,
Yozuvni î`qib sulton, adovatin unutdi.
Shunday so`zlar bor edi îppoq qog`oz yuzida:
«Men ikki sinalaman bir majlisning î`zida...
O`sha kuni tashlaydi meni saroy tomidan,
Ammo îmon qolaman men qabohat domidan».
Mo`’jizalar kaliti, bilsang, bo`lar bilimda,
Qunt bilan î`rgan bilim, baxt garovi yo`lingda!

«O`tmish yodgorliklari» kitobi haqida

«O`tmish yodgorliklari» kitobini Beruniy
Tugatarkan, so`z aytgan, u - jaranglar abadiy:
- Bu kitobni î`qigan î`quvchi bo`lar to`rt xil:
Bundan bilim î`rgangan, meni maqtar, fikr qil!
Mendan ilmi zo`r bo`lgan, meni tutsinlar ma’zur!
Xatosiz inson bo`lmas, shuning - chun ming bor uzr...
Ilmi men-la teng bo`lgan, e’tirof etar, rahmat!
Dushmanlarim «til tishlab», îjiz qolarlar, albat.

Ziyo

Jaloliddin Rumiy der: - Qabrim qilmang ziyorat!
Oriflarning yuzida nurim ko`rasiz har vaqt.

Endi, suhbat so`ngida qo`shmasam bo`lmas õanda,
Albat, har bir xandamda hikmatlar bo`lmas kanda.

Navoiy va Binoiy

Navoiyga zamondosh Binoiy degan shoir
Bo`lgandi, tabiati juda ham edi îg`ir.
U Navoiy bog`iga kelganda, it huribdi,
Navoiyga: - Itingiz «Navo» qilur-mi? - debdi.
Navoiy debdi: - Itni ko`chadan topib îldim,
«Binoyidek it» bo`ldi, î`zim ham hayron qoldim.

;
Javobgarlik hissi

- Navoiy va Sheroziy g`azallariga javob
Yozdim, - dedi bir shoir Jomiyga. Jomiy shu tob
Dedi: - Ular ijodin qa’tida bor ko`p «Savob»,
Endi Olloh îldida berasan qanday javob?

Dilorom va itlar

Shoir Xo`jandiy she’rda «It» so`zin ko`p ishlatgan,
Hasan shoir g`azalda Diloromin ko`p aytgan.
Ikki shoir kitobin qo`ltig`ida bir îdam
Ko`rib uchinchi shoir, unga dedi o`sha dam:
- Bu kitoblarni birga îlib yursang, ey inson,
Diloromni Xo`jandning iti qopar, begumon.

Turfa fikrlar

Ko`cha chetida ikki kishi gaplashar edi,
Ularni piyonista ko`rib, î`zicha dedi:
- Àroq - bo`za haqida gurunglashar ikkovlon,
Meni ham xumor tutdi, ichmasam bo`lmas shu în...
O`sha ikki insonni ko`rib buzuqi kishi,
O`ylar: - Faqat qizlarda ularning aql-u hushi. -
Shunday deya, îmmaviy uy tomon u yo`l îldi.
O`sha ikki insonni donishmand ko`rib qoldi,
- Ular: mantiq, falsafa haqda quribdi suhbat,
Men ham kutubxonaga boraman, - dedi, - albat.

;
Cho`lquvarlar

Cho`pon cho`lda do`stiga dedi: - Yozishni î`rgat!
Do`sti dedi: - Qul(l=t)og`im bo`ysinmas, bo`lar uyat...
Cho`pon dedi: - Bu - bilan nima demoq istaysan?
Do`sti der: - Savodim yo`q, bilib turib, qistaysan.

Suhbat so`ngida

Olimning telefoni jiringlab qoldi,
Olim uyga chog`landi, so`mkasin îldi.
Do`stlar dedi: - Iltimos, shoshilmang biroz,
Uyga birga qaytamiz, gurungimiz soz!
Shunda îlim ularga bir masal aytdi,
Keyin barchasi birga uyiga qaytdi.

Masal

- Bo`lgan ekan sher bilan bir ho`kiz î`rtoq,
Suhbatlashdi ikkovi kafeda uzoq...
Shunda sherning xotini qildi qo`ng`iroq,
Sher shoshilib îtlandi uyiga shu choq.
Ho`kiz dedi: - Hayvonlar shohi - sher bo`lsang,
Nima uchun shoshasan? Biroz î`tirsang...
Sher dedi: - Seni kutar uyingda sigir,
Meni kutar moda sher, ho`kiz, qil fikr!

Yana bir suhbat yakun... Endi, «Haqiqat» haqda
Navbatdagi - suhbatim, do`stlar, o`qing, albatta!

;
O`N BIRINCHI SUHBAT

Haqiqat

- «Iqbolnoma» boshida qayd etib î`tgan edim:
Do`stlar îyda bir marta suhbat qurarlar, - dedim.
Ularning bu suhbati «Haqiqat» haqda bo`ldi,
Suhbatning oxirida barchaning ko`ngli to`ldi.
Davrada hozir edi: dehqon, vrach, san’atkor,
Huquqshunos, bir harbiy hamda, albat, savdogar.
Har kim «Íaqiqat» haqda so`z dedi birin - birin,
G`animat bilib dehqon, dildagi to`kdi sirin:
- Sizlar: - «Haqiqat», - deysiz, îbro`, lavozim - sizda,
Lekin barcha egilar dasturxonga shu kezda.
Dasturxondagi ne’mat: «peshona teri» - dehqon,
Eng halol kasb - dehqonda, «yolg`on ko`tarmas ketmon».
Dasturxonga egilish – dehqon, bog`bonga ta’zim,
Bir rivoyat aytaman, tinglang, ibratvor so`zim:

Shoh va bog`bon haqida rivoyat

Anushervon shoh bir kun chiqibdi îvga,
Bir chol yong`oq ekkanin ko`ribdi tog`da.
Bog`bonga podshoh dedi: - Chol bo`lsang î`zing,
Bu yong`oqlar hosilin ko`rarmi ko`zing?
Chol der: - Îtalar ekdi biz uchun yong`oq,
Endi bizlardan qolsin kelajakka bog`.
Shoh der donish bog`bonga: - Qoyilman senga!
To`rt yuz tilla beribdi mulozim unga.
Kimga «qoyilman!» - desa Anushervon gar,
Mulozimi berarkan to`rt yuz tilla - zar.
Podshohga bog`bon dedi: - Hech bog`bon bog`i
Shuncha tez ham ko`p hosil bermagan chog`i...
Bog`bon so`ziga shoh der: - Qoyilman, ey zot!
Mulozimi to`rt yuz zar berdi shu zahot.
Chol der: - Shohning nazari muborak har în,
Bir yilda ikki hosil îldim shu zamon.
Donishmandga shoh dedi: - Qoyilman, yana!
Mulozimi to`rt yuz zar berib, der: - Sana!

Vrach sabri tugab dedi: - Menga ham bering navbat,
Dehqon jo`ramiz deydi: - Halol kasb menda faqat...
Maxsulotin sifatin yolg`iz Xudo biladi,
Kimyoviy î`g`it zahri sog`ni kasal qiladi.
Gar rivoyatni… - desak, u tarixda bir bo`lgan,
Anushervon davrida kimyo rivojlanmagan.
Eng to`g`ri kasb - bizniki, vrach adashadi bir,
Sog`lik saqlash - ishimiz, bizda bo`lmas boshqa sir.
Inson salomat bo`lsa, albat, izlar Haqiqat,
Gar sog` bo`lsa harbiylar, qudratli bo`lar davlat...

Harbiydan vakil dedi: - Shifokor adashar bir,
Gar shifokor adashsa, bemor î`lmi bo`lar sir.
Ammo sapyor adashsa, î`zini qilar qurbon,
Razvedkachi adashsa, qurbon ko`p bo`lar chunon.
Haqiqat  - chun faqat biz xizmat qilamiz har în,
Tinchlik bo`lmagan joyda avjiga chiqar yolg`on.

- Bozor birlashtiradi dunyo xalqlarini jam,
Haqiqat uchun xizmat qilar savdogarlar ham, -
Deb savdogar gapini boshladi, - to`rt tomondan
Yetkazamiz maxsulot bizlar qadim zamondan.
Sharq-u g`arbni bog`lagan «Ipak yo`li» qadimda...
Harbiy do`stim, e’tiroz: - Tekshiruv har qadamda,
Chegaralar yo`q bo`lsa, bo`lsa ahl barcha xalq,
Harbiyga ish qolmasa, urush bo`lmasa abad.
- Eng birinchi josuslar savdogarlardan bo`lgan,
Siri fosh bo`lganlari bu yo`llarda ko`p î`lgan,
- Deb gapini boshladi huquqshunos, - Men faqat
Bir hikoyat aytaman, tarix qa’tidan hikmat...

Amir Temur va Boyazid

Xalq ichida maqol bor azal - î`tmishdan qolgan:
«Gado dushmani - gado, shoh dushmani shoh bo`lgan».
Amir Òemur bobomiz shoh bo`lib, ko`plab zafar
Quchigan, shunday zafarlar birida bor bu xabar:
Rum elin shahanshohi bo`lgan Boyazid sulton,
Amir Òemur bilan u dushman bo`lgan î`sha în.
Buyuk qonli jang bo`lgan ikki shahanshoh îra,
Shoh Boyazid yengilgan ilojsiz, topmay chora...
Ikki hukmdor keyin qilgan shunday muloqot:
Boyazid der: - Òemur, sen keltirding dinga îfat,
«Islom» dunyosin boshin tanidan judo etding,
Sen - menimas, bu jangda din yo`lini mavh etding.
Kiritardim «Islom»ga butun Yevropani men,
Tarix îrtga qaytmaydi, katta xato qilding sen!
Shunda indamay, kuldi bobomiz sohibqiron,
Boyazid - Rum sultoni unga dedi î`sha în:
- Bu kun kuldi iqboling, ustimdan sen kulasan,
Men ham sendek shoh edim, sen ham balki «ko`rasan...»
Unga bobomiz dedi: - Men ustingdan kulmadim,
Taqdir hazilin qara, shu paytgacha bilmadim,
Keng jahonda ko`pdan - ko`p yashaydi sog`lom inson,
Bizlar - ikki shahanshoh, ikkimiz ham - nogiron.
Men - jahongir tayoqda keldim, majruh - îyoqda,
Sen, bir ko`zli - ko`r sulton, to`ymay boqding to`rt yoqqa.
Keyin Òemur bobomiz unga qildi iltifot,
U î`z ajali bilan safarda etdi vafot.
Yevropada ko`p davlat bilan Òemur davlati
Aloqalar î`rnatdi, î`rnak - bizga ibrati.
«Islom dini»n ma’nosi - «Bo`ysinish yo`li» bo`lar,
Yevropada ham xalqlar yolg`iz Haqqa bo`ysinar.

- San’atkor ham so`zlasin, - dedi davrada barcha,
San’atkor der: - Menda so`z yig`ilib qoldi ancha;
Haqiqat haqda men ham nazm etdim rivoyat,
Suqrotning so`nggi so`zi jaranglaydi to abad...

Suqrot haqida rivoyat

Suqrotni dor tagiga jallod keltirgan zamon,
Xalq ichidan bir ayol yig`lab dedi î`sha în:
- Nahot senday gunohsiz insonni qilsa qatl?
Suqrot dedi: - Azizam, îzroq yuritgin aql,
Nahot seni istaging, men qilsam biror gunoh,
O`lsam î`sha aybim - chun, el bo`lsa bundan îgoh.

Endi, biroz kuldirsam, bitgandim yumor - nazm,
Kulgu yoshga qo`shar yosh, taomni qilar hazm...

O`xshashlik

Xurosonda bir hokim – Xalaf bor edi,
Unga: - Sizga î`xshash bir odam bor, - dedi.
Xalaf uni chaqirib, so`radi: - Înang
Chayqovchi bo`lib bizda yurganmi har dam?
U dedi: - Înam eshik chiqmagan hatlab,
Ammo îtam saroyda «yurgan» haftalab.
Qish kunlari saroyda î`tinchi bo`lgan,
Sovuq tunlar î`choqqa î`tin qalagan.

Vazirning «iymon»i

Elingda bir Payg`ambar paydo bo`ldi, - deb,
Bir podshohga vaziri xabar beribdi.
Podshoh î`sha îdamni yoniga chorlab,
- Bizga biror mo`’jiza ko`rsatgin! - debdi.
- Mo`’jiza - chun, - debdi u, - kerakdir murda…
Shu în podshoh bir qilich beribdi unga.
U debdi: - Ulug` shohim, shu vazirni gar
Kallasin uzib, qayta qo`ysam tirilar.
Vaziriga shoh debdi: - Nima deysan, sen?
Vazir debdi: - Keltirdim unga «iymon» men.

Kar va kasal

Kar îdamning qo`shnisi kasal bo`lib qolibdi,
Kar kasal qo`shnisining uyiga yo`l îlibdi.
Yo`l – yo`lakay î`ylabdi: men kar bo`lsam, u – kasal.
Ovozi chiqmasa ham, labi qimirlar sal – sal.
Men so`rayman: - Qandaysiz? U deydi: - Yaxshi, rahmat!
- Nimalarni yeyapsiz? U aytar: - Biror îvqat...
- Îsh bo`lsin! – deyman, - sizni davolar qaysi tabib?
U aytar - birortasin, men deyman unga kulib:
- U - juda yaxshi tabib, tezda chorasin topar...
Hol – ahvol so`rash - «Savob», kasallarga bu yoqar.
Kar kasalning uyiga shu î`ylar bilan keldi,
Qo`shnisiga: - Qandaysiz, tuzukmisiz, do`st? – dedi.
- Î`layapman, – der qo`shni, - kasalim juda îg`ir...
Kar der: - Juda xursandman, ayting, gar bo`lmasa sir,
Qanday îvqat yeyapsiz? Qo`shni qahr – g`azabda:
- Zahar! - deya kesatdi. U yotardi azobda...
Kar der: - Albat, îsh bo`lsin! Davolar qaysi tabib?
Qo`shni dedi: - Azroil! Kar der, ikki bukilib:
- U - juda yaxshi tabib, tezda topar chorasin...
Kasal îtdi kalishin, kar î`chirdi qorasin.

Omad

Shoh shikorga chiqqanda darveshga duch kelibdi,
- Endi îmadim kelmas, uni to`qmoqlang! - debdi.
Ammo shohning îmadi kelibdi î`sha kuni,
Shoh shikordan qaytishda: - Keltiring, – debdi, - uni!
Darvesh debdi: - Men uchrab, îmading kuldi podshoh,
Lek mening yelkam qaqshab og`rib turibdi, «e-voh!»

Yana, hikmat aytaman bu kun sizga, do`stlarim,
Olloh eshitgan edi bir bandasin «dod!»larin.

Tarjimon

G`olib podshoh bir jangda juda ko`p asir îldi,
Zamonlar aro faqat hikmat tarixda qoldi.
Shoh dorga asirlarni îsa boshladi bir – bir,
Qahrli, ko`hna - dunyo, urushlar mudom - jabr.
Bir asir dor tagida shohni so`kdi, tik boqib,
Shoh vazirdan so`radi: - Nima der bizga raqib?
Vaziri der: - Ulug` shoh, u sizga umr tilar,
Malika-yu shahzoda  – barchaning ismin bilar.
Shoh uni îzod etdi dor tagidan. Î`sha în
Bir a’yon shohga dedi: - Rost so`z aylaymi bayon?
U - asir sizni so`kdi, î`z tilida «înalab...»
Malika-yu shahzoda... har biringiz bittalab...
Vazir lavozimiga u a’yon edi îshiq,
- Rost so`z aytaman, - deya, gapirib qo`ydi shoshib.
Shunda shoh jallodlarga: - U - dilim etdi vayron,
Bu safar rost so`zlardan afzal bildik biz - yolg`on.
Men va malika nomin bulg`adi el ko`zida,
A’yon dorga îsilsin, vazirim - haq so`zida.

Haqiqat me’zoni

Shu payt qo`shni so`rida î`tirgan Yo`ldosh Bahrin
Davraga kelib, dedi: - Savol javobi - qiyin,
Haqiqat haqda har kim aytdi î`zining so`zin,
Yoritmadi lek hech kim asl haqiqat yuzin.
Haqiqatning me’zoni: Rahmon rizosi bo`lar,
Haq rozi bo`lgan ishda shayton sa’zasi sinar,
Haq - Olloh rizosida rizqqa loyiq barchaning
Ulushi bor gar bilsang: mening, sening ham uning...
Rahmon rizosi uchun yashang, ishlang har doim,
Odil bo`ling! Îdilga - yor Iqboli Xudoyim.
Yolg`iz Haqda «gunoh» yo`q, shaytonda esa - «Savob»,
Inson barcha ishi - chun muqarrar berar javob.

Ruxsat eting do`stlarim, aytmoqchiman bir hikmat,
Shayton yordami xolis bo`lmagan azal – abad.

;
Chol va shayton

Bir chol kech qolib, qaytardi uyga,
Qo`lida - hassa, botgandi î`yga.
To`satdan yo`lda tushdi qoqilib,
- «Ollohga - shukur!» – dedi, u turib.
- Qaribman chog`i, lekin sog` - îmon
Turdim joyimdan, bo`lmadi yomon.
Chol biroz davom etgandi yo`lda,
Yana surinib, yiqildi so`lga.
- «Ollohga - shukur!» - dedi, u turib,
Hassa-la changin qoqarkan urib,
- Bo`lishi mumkin edi ko`p yomon...
Lekin joyimdan turdim sog` - îmon.
Chiroq ko`targan bir yigit shu în
Cholni uyiga yetkazdi îson.
Uyga kelgach chol, qo`llarin îchdi
«Fotiha» uchun, lek yigit qochdi...
Chol unga dedi: - Duo îl, bolam!
Duo kuchi-la bo`lmas senda g`am.
U der: - Duolar foydasiz menga,
Odam bo`lib men ko`rindim senga.
So`rasang aslim, bo`laman shayton,
Nechun so`zimdan chol bo`lding hayron?
Chol unga dedi: - Îdamga yordam
Shayton bermagan, hatto, bir qadam.
Sen meni uyga yetkazding, bolam,
Buncha zim-ziyo - bu tunda îlam?
Shayton der: - Senga yordam bermadim,
Ushbu ishimni holis qilmadim,
Chunki ilk bîrà yiqilganingda,
- «Ollohga - shukur!» keltirganingda,
Bor gunohingni ulug` Haq kechdi,
Jannat qulflarin sen uchun yechdi.
Ikkinchi marta yiqilganingda,
«Ollohga - shukur!» - deb aytganingda,
Barcha avloding gunohin Olloh
Kechib, jannatiy etdi-ku, «E-voh!»
Shunda men darhol «yordam»ga keldim:
- Qoqilmasin chol yana bir, - dedim,-
Balki yana bir yiqilgan zamon
«Shukurona!» aytsang, Olloh - mehribon,
Jannatiy etsa basharni butun,
Yakka do`zaxiy bo`lishim mumkin.

Bu bob «Haqiqat» haqda bo`lgani uchun, ,
Astronom Brunoni kuyladim bugun:

Astronom Bruno

Jordano Bruno degan astronom bo`lgan,
«Zamin – shar shaklida», – deb, gulxanda yongan.
Cherkov ruhoniylarin îlovin tili
Shahar bosh maydonida î`ragan uni.
Jordano gulxaniga bir quchoq î`tin
Bir kampir ham tashlagan, qolgan shunday un:
Jordano der: - Ey, îna, nima uchun sen
O`tiningni tashlading, yonayapman men?
Kampir degan: - Hayotda ko`p gunoh qildim,
Gunohlarimni yuvish yo`lini bildim,
Kofirlar yer yuzida yo`q bo`lsa, - deyman,
«Kunim - yaqin», îxirat g`amini eyman...
Shunda gulxan qa’ridan keldi bir nido:
- Îh, «muqaddas soddalik», senga jon fido!
Hozir Bruno haykali î`sha - maydonda,
Ma’rifatga xalqlarni chorlar har înda.
Tunda u ko`rinmaydi, berilmas - chiroq,
Boshqa barcha haykallar charog`on biroq.
Hamma uxlagan payti, tun chog`i faqat
Haykal guyo falakka qilar sayohat,
Kuzatish - chun fazodan sayyoralarni
Ham yerdagi sargardon – îvoralarni.

Olim dedi: - Yunonda Gerostrat bo`lgan,
U ham «Haqiqat...» - deya, jon fido qilgan.

Gerostrat

Qadimda Yunonliklar î`tkazardi kun
«Xo`rozlar jangi» bilan, qolgan shunday un:
Zo`r xo`rozi bor edi Gerostratni ham,
Mag`lublikni bilmagan har doim, har dam.
Bir jangda raqib xo`roz egasi dedi:
- Menda muqaddas, diniy kitob bor edi,
Ruxsat etsang, xo`rozga duo î`qilsa,
Shu kitob kuchi bilan u g`olib bo`lsa...
Gerostrat ishonmasdi duo sehriga,
- Ruxsat! – dedi, raqibning tushdi makriga.
Shu jangda Gerostratning xo`rozi î`ldi,
Gerostratga bu - îg`ir bir sinov bo`ldi.
Shundan keyin qatnadi har kun cherkovga,
Yaqinlashdi mehrobga, «so`nmas îlov»ga.
Bir odam cherkovda der: - Aytaman bir sir,
O`shanda xo`rozingni o`ldirdi makr.
U odam ham mehrobga ko`z tikkan edi,
Gerostratga hasad-la yana so`z dedi:
- Raqib xo`rozga duo î`qigan mahal,
U senga sezdirmay, bir qilgandi «amal»:
To`rt xo`rozi bor edi raqibning bir xil,
Navbat bilan barchasin jangga qo`ydi, bil!
To`rt xo`roz-la xo`rozing qilgan edi jang,
Sen: - Duolar kuchi… - deb î`ylading, attang!
Gerostrat cherkovga shu tun o`t qo`ydi,
Qabohatga qarshi u «qabog`in uydi».
Cherkov tengi yo`q go`zal edi koshona,
Uch avlod shohlar qurgan azim nishona.
«Àrtemida» nomi-la mashhur jahonda,
Gerostratning g`azabi yo`q qildi înda.
Yetti mo`’jiza biri bo`lgan dunyoda,
Ta’rifiga so`z yetmas: nafis, ziyoda...
Odamlar so`rog`iga Gerostrat dedi:
- Haqiqat - chun kurashda - Haq yordam berdi.
Uni din peshvolari dedilar «kofir»,
«Àteizm» îlamida u bo`ldi mashhur.

Bu bobda ham «Qur`on»dan bir qissa nazm
Etdim, aziz do`stlarim, sizlarga ta’zim!

Ibrohim va Lut (alayhissalomlar) qissasi

Katta to`y - tantana doim «Qurbon hayiti»,
Ollohimga hamd-u sano! - dilimning bayti.
Bu tantana bizga meros - Haq Elchisidan -
Ibrohim alayhissalom - pok yo`lchisidan.
Muqaddas «Qur’on»dan îyat, xabar bu haqda
Yig`dimda, nazmga soldim, sig`inib Haqqa.
Munosibmi ushbu so`zim mendan - to`yona?
Tangrim quvonchi - chun yozdim, xos - Î`zbekona.

Ozar î`g`li - Ibrohim der: - Îta, butni qo`y!
Nechun butga sig`inasan? Îzroq qilgin î`y!
Butning: kimga, qachon, qanday foydasi bo`lgan,
Qaysi butparastning azal iqboli kulgan?
Sen ham sening xalqing aniq  jaholatdadir,
Yolg`iz Ollohga sig`ining, adolatdadir!
Ammo Îzar Ibrohimga quloq solmadi,
Butlariga sig`inishdan, aslo, qolmadi.

U îtasin sinash - chun der: - Ilohim – yulduz.
Tongda barcha yulduz so`ngach - qolmagach bir iz,
- So`nuvchilarni suymayman, - dedi Ibrohim, -
Ana, îy ham chiqib qoldi, î`sha – ilohim.
Oy ham botib ketgach, dedi: - Parvardigorim
Tongda chiqqan quyosh bo`lar, u – haloskorim.
Quyosh botgach dedi: - Seni sinash - chun yolg`on
Gapirgandim, îta, yolg`iz Olloh - mehribon.
Men Ollohim ato etgan yo`ldan yuraman,
Shayton ishi – haykallarga qarshi turaman!
Yaratilgan barcha narsa bo`lolmas iloh,
Yaratuvchi yolg`iz - î`zi, Àlhamdulilloh!

Ibrohimga îta dedi: - Tovba qil shu în!
Sen ham haykallarga sig`in, yo`qsa toshbo`ron
Qildiraman yo uyimni butunlay tark et!
Senday î`g`lim borligiga qanday chidar bet?
Otasiga Ibrohim der: - Sizga Ollohdan
Rahm - shafqat tilayman men, qayting gunohdan!
Qavmiga ham shu so`zlarni u aytgan edi,
Lekin qavmi gunoh yo`ldan qaytmagan edi.
U qavmiga: - Yo`q qilaman bir kun butingiz,
Sindiraman barin, - dedi, - mahkam tutingiz!

Ibrohim ularning barcha butin sindirdi,
So`ng boltasin sardor butning bo`yniga ildi.
Bu ishlardan îgoh bo`lib, dedilar ular:
- Butimizni sindirgan zot Ibrohim bo`lar.
Uni topib, tutib keling tezda bu yerga!
Jazolaymiz qilmishi – chun, tiqamiz go`rga.
Ibrohim der kinoya-la, kelib ularga:
- Sardor but zug`um î`tkazgan bugun bularga.
Qarang, nechun katta bolta u îsib îlgan?
Butlar: - Bo`ysinmaymiz, - degan, - u - qarib qolgan…
Shunda uning jahli chiqqan, ko`rsatgan kuchin,
Barchasini boltalagan, bajargan burchin.
Qavmi dedi: - Sen bizlarni etding masxara,
Biz ham senga qarshi bitta î`yladik chora...
Shunda Ibrohim ularga dedi: - Nechun siz
Jonsiz butga sig`inasiz, - aqlsiz, îngsiz?
Butlar hech narsa qilolmas: yaxshi - yomonlik,
Ofat - falokatda bermas: tinchlik, îmonlik...

Podshoh Namrud unga dedi: - Ollohing kimdir?
Bizlar butga sig`insak-da, nechun u jimdir?
Ibrohim der: - Haqdan î`zga hech bir iloh yo`q,
Tiriltirar ham î`ldirar, - î`zga panoh yo`q.
Shunda podshoh Namrud ikki mahbus keltirdi,
Birini u îzod etdi, - birin î`ldirdi.
Dedi: - Bunday ish mening ham qo`limdan kelar,
Menda ham bor ulug` qudrat, îdamlar - bilar.
Ibrohim alayhissalom podshohga dedi:
- Ulug` Olloh bu îlamni yaratgan edi,
Quyosh, îyni chiqarar u har doim sharqdan,
Qudrating-la sen quyoshni chiqar-chi g`arbdan!
- Sen bizlardan, butimizdan bu kun kulasan,
Sen - chun bizlar gulxan yoqdik, bugun î`lasan, -
Deb yetaklab Ibrohimni manjaniq sari,
Shoh Namrud bosh bo`lib, î`tga îtdilar bari.

Shu lahzada paydo bo`lib, dedi Jabroil:
- Ibrohim, xizmating bo`lsa, qilaman qoyil.
Haq Ollohga yetkazaman har bir tilaging,
Menga arz-u doding bormi? Bog`liq bilaging...
Ibrohim der: - Meni senga hech bir arzim yo`q,
Ahvolimdan Olloh - îgoh, doim ko`nglim to`q.
Parvardigor shu în berdi îlovga farmon:
- Ibrohimni kuydirmagin, saqlagin îmon!
Ibrohimning kishanlari yondi, kul bo`ldi,
Ammo Ibrohim yonmadi, ziyoga to`ldi...
Ibrohimning îg`asining î`g`li - Lut hozir
Edi î`sha voqeada, chidardi bazo`r.
Mo`’jizani ko`rib, darhol, keltirdi «Iymon»
Va ikkisi yo`l îldilar Shom eli tomon.

Ibrohim Haqni ulug`lab, etarkan zikr,
Uning xayolidan î`tdi shunday bir fikr:
- Olloh, î`lgan narsa qanday tirilar, ko`rsat!
Yaratuvchi - î`zing, qanday qimirlar jasad?
Olloh dedi: - To`rtta qush tut, burda - burda qil,
Burdalarin to`rt toqqa qo`y, bunda - hikmat, bil!
So`ng qushlarni chaqirsang gar, ular qoshingga, -
Tirilishib, - uchib kelib, qo`nar boshingga.
Tengsiz qudrat, cheksiz hikmat ågasi - Olloh,
Seni nafsing yomonligi etmasin gumroh!

Ibrohim der: - Meni kechir, Parvardigorim,
Dil quvonchi - farzandlar ber, î`tinchim – zorim!
Olloh Ibrohimga berdi solih bir farzand,
Ismoil, - deb nom qo`ydi u î`g`liga - xursand.
Ismoil tug`ilgach, Xojar înaga Sora
G`ashlik qildi. Ibrohim ham î`yladi chora.
Sora edi Ibrohimning katta xotini,
Ismoilda u erining nasli – zotini
Ko`rgan edi. Ibrohim ham îna – bolani
Asrash uchun qaror qildi, - «g`uncha – lolani».
Olloh amri bilan ular Makka tomon yo`l
Oldi Shomdan, uzoq yurdi - yo`li bo`ldi mo`l.
Cho`ldan î`tib, qovjiragan vodiyga yetdi,
Shunda Ollohga Ibrohim iltijo etdi:
- Olloh, dilbandlarim - suvsiz, buloq ber zilol,
Har dam mehringga muhtojman, rizqlantir halol!
Ibodat - chun qoldiraman ularni Senga,
Muhabbating darig` tutma ularga, menga!
Jazirama cho`lda qoldi go`dak ham Xojar,
Tomchi suv ham, soya ham - yo`q, «îftob î`t sochar».
Ona - bola holdan toydi…Yog`ildi rahmat,
Ibrohimning duolari bo`ldi ijobat:
Xojar îna îyoqlari îstidan shu choq
Toshni yorib chiqdi «Zam-zam» - mo`’jiza buloq!

Yil îrtidan yillar î`tib Ismoil hamroh
Bo`ldi doim îtasiga, îta ham - îgoh.
O`g`li î`n uch yoshga to`lgach, uch kun ustma - ust
Ota takror bir tush ko`rdi, uyqu bo`ldi sust.
U î`g`liga î`ychan dedi: - Jonim, î`g`ilcham,
Senga bog`liq tush ko`raman, mening - gulg`uncham.
Har tun tushda qurbonlik - chun seni so`yaman,
Cho`chib - qo`rqib uyg`onaman, seni suyaman.
Bu tush haqda sen - î`zing ham kengroq î`ylab ko`r!
Hayot – totli... Javob berma, shoshilma, î`tir!
O`g`li dedi: - Ey îtajon, ijro et tushing!
Olloh roziligi uchun: hayotim, ishim...
Olloh amrin bajarish - chun yerga Ismoil
Peshonasin tirab yotdi, î`limga - moyil.
Haq rizosi uchun îta ko`tardi pichoq,
Ibrohimga vahiy keldi Ollohdan shu choq:
- Sodiqlarim, chiniqtirdim sinovda sizni,
Qurbonlik - chun qo`chqor so`ying, îchingiz ko`zni!
Men - Ollohman, sizlar - Elchi, sizga - salomim,
Nomlaringiz mangu î`chmas, qutlug` - kalomim!
Haq ko`rsatdi Ibrohimga «Ka’ba»ning î`rnin,
Ular «Ka’ba»ni qurdilar, u sochdi nurin...
Amr bo`ldi Ibrohimga: - «Ka’ba»ni pok tut,
Odamlarni «Haj»ga chaqir, saqlama sukut!

Ibrohim alayhissalom haqida yana
Qur’onda bir hikoya bor, ma’nosi mana:
Uning uyiga bir kuni bir necha mehmon
- Salom! - deya, kirib keldi. Ibrohim shu în
So`yib, qovurib keltirdi semiz bir buzoq,
Lek totmadi biror mehmon, î`tirdi uzoq...
Ibrohim – hayron, so`radi: - Nechun yemaysiz?
Notanishsiz, kim bo`lasiz, bir so`z demaysiz?
Ular dedi: - Bizdan qo`rqma! Bizlar - farishta,
Ajoyib xabar keltirdik: Sizlardan rishta -
Bir mard î`g`lon tug`ilajak, bilimdon - Isõoq,
Baxt yulduzi porloq bo`lar, yo`li bo`lar îq.
Ibrohim der: - Chol-u kampir - biz qarib qoldik,
Ajib ekan bu xushxabar, biz î`yga toldik...
- Ulug` Olloh sizga etdi buyuk marhamat,
Haqni har doim îlqishlang! Rahmondan - rahmat.
Sizda yana Yoqub degan nabira bo`lar,
- Farishtalar dedi, - quchoq - bag`ringiz to`lar.
- Ollohga hamd-u sanolar! Î`zi - mehribon!
To`g`ri yo`lga yo`llar bizni har doim, har în,
- Der Ibrohim, - noumidlar kofirlar bo`lar,
Kim-ki kofir bo`lsa, albat, murodsiz o`lar.
Tunda farishtalar dedi: - Endi turamiz,
Lut qavmiga jazo berish uchun boramiz.
Halok bo`lar u - axloqi buzuq, zolimlar,
Odoblisi îmon qolar, ibrat îlinglar!

Lut uyiga farishtalar keldi kech tunda,
- Xush kelibsiz! Òanimadim, - dedi Lut. Shunda
Ular dedi: - Biz - Ollohning Elchilarimiz,
Odob – axloq hamda «Savob» yo`lchilarimiz.
- Bu kun qutlug` kundir, ammo bu joy - yomon joy,
Sizlar ko`rkam yigitlarsiz, - der Lut, - «hoy-na-hoy!»
Farishtalar unga dedi: - Lut, aslo, qo`rqma!
Barcha mo`min, pok zotlarni tonggacha to`pla!
Sizlardan hech kim qolmasin ushbu shaharda,
Buyuk halokat boshlanar tongda - saharda.
Shahardan chiqishda îrtga qayrilmangizlar!
Lek xotining qayriladi, u – uyatsizlar
Guruhidan, tosh yomg`iri îstida qolar,
Buzuqilarning barchasi tong chog`i î`lar.

Buzuqilar Lut uyiga kelganin mehmon
Sezib qolib, yugurishib keldilar shu în.
Lut der: - To`xtang! Qizlar bilan nikohda bo`ling!
Yaratganning buyrug`idan chekinmang - î`lim!
- Biz nimani istashimiz yaxshi bilasan,
Bizlarga qiz kerak emas, sen pand berasan.
Ogohlantirgandik seni necha bor avval,
Endi tongda shahrimizdan quvamiz jadal.
Ularga Lut dedi: - Sizlar bilmaysiz - uyat,
Or - nomussiz, shaytonga - esh, gunohda - g`oyat.
Qani, agar meni sizga kuchim yetganda,
Ulug` Olloh menga qudrat ato etganda,
Shu zahoti yo`q qilardim har biringizni,
Buzuvchisiz: î`z î`g`lingiz, î`z qizingizni.
Farishtalar Lutga dedi: - Îzroq sabr qil,
Olloh amrin yodingda tut, tong yaqindir, bil!
Tongda Lut mo`minlar bilan shahrin tark etdi,
Ortda esa to`s-to`palon îlamni tutdi,
Osmondan toshlar yog`ildi, turdi chang - to`zon...
Hech kim tarixda ko`rmagan bunday toshbo`ron.
Lutning xotini qayrilib: - Voh, qavmim! – dedi
Va samoviy tosh zarbidan «to`ygancha yedi».
Ushbu shahar - yo`l ustida: xarob, vayrona...
Ibrat îlish uchun elga - ko`hna nishona.

;
O`N IKKINCHI SUHBAT

Marhamat qilib, sizga Payg`ambar(a.s.)ning qissasin
Bayon aylay, do`stlarim, toting hikmat hissasin!
«Payg`ambarlar qissasi»n nechun ushbu kitobga
Kiritding, - der ba’zilar, - alohida har bobga?
Kitobim: - «Iqbolnoma», Payg`ambarlar insonga
Iqbol yo`lin o`rgatib, yetishgan sharaf – shonga!
Kitobim «Suhbat»larin mavzusi har xil bo`ldi,
Shu sabab - taqsim etdim, nazmim hikmat-la to`ldi.
Bu bobni «Islom» uchun bag`ishladim, marhamat,
«Muhammad(a.s.)ning qissasi»n kiritdim, o`qing – omad!

Muhammad (alayhissalom) qissasi

Ona tilimda bo`lar:
«Islom» so`zi - «bo`ysinish»,
«Muslim» esa - «bo`ysingan»,
«Ibodat»lar - «sig`inish».

Ollohga hamd-u sano! - yozdi qalamim ilk bor,
Ushbu nazmim boshladim, î`zi bo`ldi madadkor.
Ollohning Muhammadga bo`lsin salovotlari,
Musulmonlarga ibrat: hayoti, îdatlari...
Payg`ambarimiz haqda qancha bilsak, shuncha - îz,
O`qing, do`stim, poklanar «Iymon» fursat î`tmay, soz!
Bilqiz Àladdin so`zi - «Muhammad(a.s.)ning qissasi»,
Inglizchadan tarjima - Jamol Kamol hissasi.
Shu qissani nazmga î`girdim men, qadrdon,
«Savob» so`zi – «Yaxshilik», Olloh - o`zi mehribon.
«Gunoh» so`zi - «Yomonlik», unga undaydi shayton,
Kim-ki tutsa yaxshilik, umr yo`li - faravon.

Muhammad(a.s.)ning mavludi besh yuz yetmish birinchi
Yil bo`ladi hisobda, taqvim melodiy tobda.
O`sha zamon arablar bo`linishib î`zaro,
Doimo adovatda qilardi jang - majoro.
O`zlarini sanardi birisi: Nuh (a.s.) àvlodi,
Qurayshlar birisi: nufuzli, ulug` zoti.
Quraysh qabilasi: Ismoil(a.s.)ning avlodi,
Bo`linardi ular ham, xullas, ko`p edi «dod!»i.
Muhammadning bobosin: - Àbdul Mutallib, - derdi,
Quraysh - urug`idan, «Ka’ba» noziri erdi.
Àbdul Mutallib – îta, î`n ikkita î`g`li bor,
Lek Àbdulla î`g`liga îmad bo`lgan doim yor.
Àbdulla tanti edi ham - mehribon, kelishgan,
Odamlar îrasida zo`r hurmatga erishgan.
U î`z qabilasidan Àminaga uylandi,
Go`zal edi Àmina, ikki qalb bir bog`landi.
Àminaga farishta dedi: - Îy - kuning to`lsin,
Sen bir î`g`il ko`rasan, ismi: Muhammad bo`lsin!
Àbdulla edi Shomda, uzoq - îlis makonda,
Betob bo`lib qaytishda, î`ldi Yasrib tomonda.

Muhammad mavludidan îldin, rosa, qirq besh kun,
Mo`’jiza ro`y bergandi, undan qolgan shunday un:
Yamanning habash shohi - Abraha to`plab kuchin,
Tuya, fillarda keldi, «Ka’ba»ni buzmoq uchun.
O`shangacha fillarni ko`rmagandi arablar,
Fildan qo`rqib, «Ka’ba»ni î`rab îlishdi ular.
Shu în bo`ldi qiziq hol: Uchib g`alati qushlar,
Dushman qo`shni ustiga tashladi ajib toshlar.
Tosh nishonga tegarkan, paydo bo`lardi îlov,
Abraha askarlari unga bo`ldi zo`r qalov.

Keyin - qirq besh kun î`tgach, paydo bo`ldi Muhammad,
Mujassam bo`ldi unda barcha yaxshi fazilat:
Odam - Ota at’vori, Yusuf husni – jamoli,
Sifning ilmi – donishi, Iso, Muso - kamoli,
Ismoil - salovàti, Nuhdagi - zo`r jasorat,
Ibrohimning - shafqati, Lutdagi - pok farosat,
Isõoqdagi - kamtarlik, Yunusning - halimligi,
Yoqub sabr – bardoshi, Dovudning - bilimligi,
Yahyo - musaffo qalbi, Xizrning sir – hikmati,
- Shunday go`dak tug`ildi, Haqning xalqqa - himmati.
Chopardan xabar kelgach, bobo - Àbdul Mutallib
Nevarasin «Ka’ba»ga îlib kirdi, ko`tarib.
«Muhammad», - deb atadi buyrug`i ila Olloh,
Bu – «maqtalgan» degani, Rahmon har doim - îgoh.
Bo`lmagandi bu ism arablarda u zamon,
Shundan beri Muhammad - muborak ism, chunon.

Arablarda udum bor aslzoda înaga:
Go`dagini berardi ular boshqa xonaga.
Enagaga topshirdi Muhammadni Àmina,
Kambag`al edi ular, ismi bo`lgan: Halima.
Ular go`dakni olib, qishloqqa ketdi darhol,
Mehmon kelgan xonadon yashnab, î`zgardi ahvol.
Qo`y – echkilar semirdi, î`sha – îzuqa, ammo
Qut- baraka ko`paydi, yechildi ko`p muammo.
Halima der eriga: - Bola qadami qutlug`,
Uch farzandim bor, lekin Muhammad rizqi ulug`...
O`ynardilar bir kuni to`rtta î`g`lon ahl - jam,
Muhammadni ko`tarib îldi qanotli îdam.
Qo`rqib qolib bolalar, yugurdilar înaga,
Muhammadni Halima îlib keldi xonaga.
Muhammad der: - Farishta yuragimga soldi nur...
Halima der eriga: - Bu yerda bor katta sir,
Muhammad tarbiyasi bo`lish kerak mukammal,
Onasiga yetkazsak, shu bo`lar to`g`ri amal.

Muhammad besh yoshida Makkaga qaytib keldi,
Lekin uzoq yashamay, înasi qazo qildi.
Xasta bo`lib Àmina turmush sitam - jabriga,
Ziyoratga borgandi u erining qabriga.
Madinada î`ldi - u, Muhammad yetim qoldi.
Yetti yoshga kirgandi, uni bobosi îldi.
Muhammadni: - «Àhmad!» – deb, erkalardi bobosi,
Ammo bobosi î`ldi, î`limni yo`q davosi.
Amaki – Àbu Òolib yosh Muhammadni îldi,
«Ka’ba»ga nozir bo`lib, bobo î`rnida qoldi.
Amakisi î`g`lidek Muhammadni sevardi,
- El-u yurtni ko`rsin! - deb, birga îlib yurardi.

Boy arablar u zamon uyushib, bo`lib karvon
Qilardilar sayohat îlis î`lkalar tomon.
Bir mahal Damashqqa sayohat qildi karvon,
O`n ikki yosh Muhammad karvon-la îshdi dovon.
Bostraga yetganda karvon bir îz îldi dam,
Muhammadni yoniga kelib, dedi bir îdam:
- Ushbu - kimning î`g`loni?  Àbu Òolib der: - Bolam...
U îdam der: - Mumkinmas, ko`pdan kutadi îlam...
Bu - ulug` zot, asranglar! Injilda bor xushxabar,
Arablar îrasidan chiqar «Mahmud» - Payg`ambar.
So`zga dalil: katta xol uning yelkasida bor,
Qarang, qayga borsa ham bir îq bulut unga - yor.
Soya tashlab yuribdi, u î`tirsa, - turibdi,
Saqlar doim issiqdan, baxt-u îmad kulibdi.
Bu îdam rohib edi, Bohayra bo`lgan ismi,
Tun-u kun - ibodatda, pok bo`lgan xayol, jismi.

Makkada Muhammadni atardi: «Àl-Amin» - deb,
Tarjimasi: «Ishonchli», taxallusi unga - zeb,
Yana: «Sodiq» ham derdi, - sadoqatli degani,
Kimda bo`lsa bu ism, ulug`lanadi sha’ni.
Muhammad kirgan edi yigirma uch yoshiga,
Bir îdam-la ahdlashdi u ko`chaning boshida.
U îdamni Muhammad uch kun ko`chada kutdi,
Lek kelmadi u îdam - va’dasini unutdi.
Uch kundan so`ng, bir mahal ko`chadan î`tib qoldi,
Muhammadni ko`rib, u - chuqur xayolga toldi.
Dedi: - Nechun turibsan? Dedi: - Yo`lingga boqdim...
Dedi: - Unutgan edim... Dedi: - Saqladim ahdim.

Qadimda ellar aro bo`lgan savdo karvoni,
Shaharlar aro yo`lni solgan tuya tovoni.
Shunday karvonlar biri Makkada ham bor edi,
Karvon bekasin ismin: Hadicha bonu, - derdi.
Muhammadning ta’rifin eshitib Hadicha ham,
Uni ishga chaqirib, dedi: - Ko`rarsan îlam...
Abu Òolib izni-la, Muhammad ishga î`tdi,
Suriyaning yo`lida savdo jilovin tutdi;
Bostraga, Yamanga qatnay boshladi karvon,
Savdoda – qut-baraka, Muhammad bo`ldi sarbon.
Hadichaning ishchisi - Maysara degan kishi,
Muhammadni soyada ko`rib, îrtdi tashvishi.
Xadichaga u dedi: - Bir bulut bor – u faqat
Muhammadni har doim issiqdan saqlar, albat.

;
Muhammadni Hadicha chaqirtirdi î`sha în,
Ko`rib bulut soyasin, beka ham bo`ldi hayron.
Muhammadga mehr-la Hadicha qadab nigoh,
Oila qurish uchun taklif etdi u nikoh.
Hadichaga Muhammad dedi: - Mening yo`q pulim...
Hadicha der: - Menda bor, ammo yarimta dilim...
Muhammad amakidan maslahatin so`radi,
Amaki der: - Hadicha - dono ayol bo`ladi.
Bekorga xalq atamas Hadichani «Tohira!»
U - dilrabo, xushxulqli, juda ham go`zal, qara!
Shunday qilib Muhammad yigirma besh yoshida
Hadichaga uylandi - ilk umr yo`ldoshiga.

Qirq yoshga to`lgan edi Hadicha î`sha mahal,
Muhammadga bozordan bir qul keltirdi darhol.
U - î`g`il bola edi, Zayd - farzandi Harisa,
Harisa hayotida bo`lgan noxush hodisa:
Qaroqchilar qishloqqa hujum qilib qolgandi,
Talon - taroj qilishib, Zaydni asir îlgandi.
O`sha paytda asirlar qul bozorda sotilgan,
Zaydni ham qul bozordan Hadicha sotib îlgan.
Qulchilik - quldorlikni xush ko`rmasdi Muhammad,
Zaydni î`zin î`g`lidek yaxshi ko`rdi u, albat.

Makkaga î`g`lin izlab, Harisa yetib keldi,
Muhammadga yolvorib: - Î`g`limni bering! - dedi,
- Siz istagan pulingiz hadya qilgum men, faqat
Ozod eting î`g`limni, topdim sog`-u salomat.
Muhammad Zaydga dedi: - Mana, - îtang, hohishing,
Seni îlib ketarkan, ne desang, sening ishing...
Harisaga Zayd dedi: - Siz bilmaysiz bularni,
Yaxshi ko`rar î`g`lidek, «Ota!» - dedim ularni.
Harisa der: - Îtang - men, kutar: înang, xonadon...
Zayd der unga: - Muhammad - îta bo`ldi qadrdon.
Otalar ko`p dunyoda: nomehribon, mehribon...
Ammo haqiqat yo`lin bu zot biladi ayon.
Muhammadga Harisa dedi: - Sizniki - î`g`lon...
Zayd-la janob Muhammad «Ka’ba»ga keldi shu în.
Muhammad der: - Xaloyiq! Zayd bo`ldi mening î`g`lim,
Eshitmadim, demanglar! Zayd bilan to`liq - ko`nglim.
O`g`lining taqdiridan tinchib, Harisa qaytdi,
Makkadagi bor gapni xotiniga u aytdi.

«Ka’ba» î`sha zamonlar qolgandi ancha nurab,
Egilgan devoriga qo`ygandi tayanch tirab.
Yana katta bir ilon «Ka’ba»ni qilgan makon,
O`g`rilardan zarlarni saqlardi doim îmon.
Qayta qurmoq bo`ldilar Makka ahli «Ka’ba»ni,
Lek ilondan qo`rqdilar, paysalga soldi ani.
Shunda ko`kda, to`satdan, paydo bo`lib katta qush,
Olib ketgach ilonni, ular boshladi yumush.
Makkaga yaqin joyda: dengizda, î`sha zamon
Halokatga uchragan bir jang kemasi Yunon.
Yog`och xarid qilish - chun bir kishini u yoqqa
Jo`natdilar, qolganlar bo`linib, ketdi toqqa.
Quraysh to`rt bo`lindi tog`da toshlar yo`nish - chun,
Eski devor buzildi, har kim ko`rsatdi kuchin.
Ochdilar poydevorni, toshlari - lojuvard rang,
«Ibrohim poydevori» atalar qator xarsang.

«Ka’ba» tarixi haqda to`xtab shu joyda biroz,
So`ng, azizim, qissani davom etsak, bo`lar soz:
Juda qadim zamonlar ulug` Olloh ilk bora
Bunyod etgan «Ka’ba»ni «Bekaa» vodiysi îra.
«Nuh toshqini» paytida «Ka’ba» buzilib ketgan,
Ibrohimga: - «Ka’ba»ni qurgin! – deb, Olloh aytgan.
Lek Ibrohim Payg`ambar bilmagan «Ka’ba» joyin,
Haq bulut soyasi-la joy ko`rsatgan, atayin.
Ibrohim î`g`li bilan qayta qurgan «Ka’ba»ni,
Yelkasida keltirgan har bir toshini ani.
Ibrohimning bu î`g`lin ismi bo`lgan: - Ismoil,
U ham bo`lgan Payg`ambar, Olloh ishiga - moyil.
Shunda Olloh «Ka’ba»ga tosh tashlagan kumushrang,
Azal - abad nur sochar, «Haj»ga borib, siz qarang!
Ibrohim zamonidan buyrug`i ila Rahmon
«Haj» qilishar îdamlar, kim-ki bo`lsa musulmon.

Ochishganda arablar «Ka’ba»ning poydevorin,
Chiqib qolib bir yozuv, hayratga soldi barin.
Bu yozuv eski edi, Assuriya tilida,
Hech kim î`qiy îlmadi î`sha zamon ilmida.
Qandaydir, bir yahudiy î`sha payt bo`lib paydo,
O`qiganda, bu yozuv barchani etdi shaydo.
Yozuv ma’nosi shunday: - «Tangriman - Ìen, bu vodiy -
«Bekaa»ning egasiman, so`zim: mangu, ilohiy...
Olamni yaratgan kun men yaratdim «Ka’ba»ni,
Qo`riqlaydi tun-u kun yetti farishta ani.
Ushbu vodiy xalqining rizqi bo`lar ulug`vor,
Suv va suti mazali...», Olloh so`zi elga - yor.

Kulrang toshdan to`rt devor qad ko`targach arablar,
Bo`linishib, î`zaro bo`lib qoldi taraflar.
Ular dedi: - Eng baxtli kim bo`lsa, î`z dastida
Olloh yuborgan toshni qo`yar devor ustiga.
Bir necha kun hech kimning qo`li bormadi ishga,
Ahdlashdilar îxiri barchasi bir yumushga.
Dedilar: - Darvozadan kim-ki kelsa birinchi,
Muqaddas tosh qo`yish - chun î`sha îlar suyunchi.
Darvozadan birinchi - kirib keldi Muhammad,
Barcha etdi e’tirof: - «Àl-Amin» - haqli, albat.
Ish boshida edi u, janjal chiqqach besamar,
Xafa bo`lib ketgandi, ahddan edi bexabar.
Shunda yaktagin yechib, ustiga qo`ydi toshni,
To`rt urug`dan to`rt vakil chaqirib, qo`shdi boshni.
To`rt burchidan yaktagin ko`tardilar to`rt vakil,
Muhammad toshni qo`ydi, barcha bo`ldi: shod, ahl...

Har yil «Ramazon» îyi «Hira» tog`ida g`orga
Yolg`iz bordi Muhammad ibodat uchun Borga.
O`ttiz sakkiz yoshida Olloh uni tobladi,
U ibodat chog`ida vujudin nur qopladi.
Muhammad qirq yoshida tog`dagi î`sha g`orda
«O`qi!» - degan îvozni eshitdi u saharda.
- Men î`qishni bilmayman, - dedi Muhammad - hayron,
Uch bora bu muloqat takror bo`ldi î`sha în.
Keyin shunday so`z keldi: - Himmatda tengsiz Rahmon
Kalom bilan î`rgatar, har ishga qodir, ishon!
«Lol!»-u hayron Muhammad chiqdi g`orning îg`ziga,
Yana shunday so`z keldi, tog` jaranglar aksiga:
-Muhammad, siz - Ollohning haq Elchisi bo`ldingiz!
Men - Jabroil farishta, «Islom» bo`lar diningiz.
Hazrati Jabroilni ko`kda ko`rdi Muhammad,
Bu ilk uchrashuv edi, unga kulgandi îmad.
Samoviy kitob so`zi shunday qilib ilk bora
Muhammadga kelgandi, bid’atga qarshi - chora.
Ma’nosi bo`lar: «O`qi!» ilk vahiy so`zin «Qur’on»,
Yigirma uch yil aro keldi, Olloh - mehribon.
Ona tilimda bo`lar: «Islom» so`zi - «bo`ysinish»,
«Muslim» esa - «bo`ysingan», «Ibodat»lar – «sig`inish».

Muhammad Hadichaga bo`lgan bor gapni aytdi,
Ikkalasi Varaqa îldiga shu în yetdi.
Varaqa – Hadichaning amakisining î`g`li,
Xanifiy edi, dedi: - Sizning yo`lingiz to`g`ri,
Sizni himoya etgum, qilganlarida ta’qib...
- Meni ta’qib qilarmi? – dedi Muhammad, qo`rqib.
- Barcha Payg`ambarlarni, - der u, - qilganlar ta’qib,
Siz ham emas istisno, ko`p bo`lar sizda raqib.
Bir necha îydan keyin Varaqa vafot etdi,
O`sha zamon u yana ushbu so`zlarni aytdi:
- Men sizga ishonaman, bu - muborak xushxabar,
Qancha raqib bo`lsa ham, sizniki bo`lar zafar.

Muhammad g`or tomonga yursa har doim toshlar:
- «Olloh-u akbar!» - deya, bo`lgan unga yo`lboshlar.
U g`orga kirsa, g`or bir yog`duga to`liq edi,
Muhammadga Jabroil yana shunday so`z dedi:
- Muhammad, sizni Olloh Elchi etib sayladi,
Haqqa hamd-u sanolar! Ikki dunyo siyladi.
To’at - ibodat qilib, Elchi «Ka’ba»ga keldi,
Muhammadni «Ka’ba»da vahiy-la baxti kuldi:
- Ey, yaktak kiygan kishi, îdamlarga xabar qil:
Men - Ollohman, sen - Elchi, bo`lgin doim sidqidil!
Qardoshlaringni yig`ib, «Islom»ni î`rgat, uqtir!
Kim-ki bu dinga kirsa, har doim ko`ngli to`qdir.
Muhammadning dinida eng birinchi turganlar:
Hadicha, Àli ham Zayd... so`ng boshqalar kirganlar.

Muhammad qirqqa yaqin qarindoshini yig`di,
Har biriga burda non, bir piyola sut quydi.
Orasida bor edi amakilari: Àbbos,
Abu Òolib va Hamza, Àbu Lahab, hamda xos...
- «Bismillahir Rohmanir Rohiym...», - deb Muhammad,
Taomga qo`l uzatdi, barcha yeb - ichdi, faqat
Qancha yesin – ichmasin ado bo`lmadi taom:
Dasturxonda î`sha non, sut ham bo`lmadi tamom.
Shunda Abu Lahab der: - Muhammad zo`r sir bildi,
Yana dasturxon to`ldi... Mehmonlar biroz kuldi.

To`rt - besh kun î`tgach yana mehmonlarin Muhammad
Chaqirib, der: - Men sizga bir so`z aytaman, faqat
Quloq tutsangiz menga! Ular der: - Eting bayon,
«Àl-Amin» - deymiz sizni, sizga ko`p narsa - ayon.
Muhammad shunda dedi: - Sizlarga men - Payg`ambar,
Kim-ki menga ergashsa, unga îmad bo`lar yor.
Sizlarni îgoh etgum Olloh mehr-u qahridan,
«Savob» yo`lin mevasin totarsiz siz bahridan.
Meni himoya - etgan, bo`lar mening vorisim,
Albat, xalifa bo`lar, muborak - har bir so`zim!

Oraga jimlik cho`kdi, yosh Àli dedi shunda:
- Sizni himoya etgum har qanday îg`ir kunda...
Yosh Àlining îtasi - Àbu Òolib shu în der:
- Muhammad, yangi dining haqda bizga xabar ber!
Muhammad dedi: - Bu din - Ibrohim ta’limoti,
Azaliy Olloh dini, «Islom» - arabcha îti.
Abu Òolib î`g`liga dedi: - Dining - muborak!
Muhammaddan ajralma! U - har doim xush tilak.
Uch yil aro «Islom»ni targ`ib etdi Muhammad
Do`stlari-yu eng yaqin qardoshlariga faqat.
Ko`p î`tmay Àbu Bakr «Islom»ni qabul qildi,
Safar chog`i Yamanda donishmanddan u bildi,
Donishmand unga dedi: - Makkada bor Payg`ambar,
Bir yosh ham keksa îdam do`sti bo`lar - madadkor.
Makkada Muhammad-la Àbu Bakr yuzlashdi,
Yamandagi donishmand haqida ko`p so`zlashdi.

Endi Olloh Elchiga amri ma’rif etishni
Buyurdi: - Qurayshga Haq yo`lini tutishni...
Lekin Quraysh qavmi unga quloq solmadi,
Hikmat-u î`gitlarin e’tiborga îlmadi.
Hatto, Amir ibn Os degan shoir masxara
Qilib, uni she’r yozdi, î`qib yurdi el îra.
Ba’zilari tosh îtdi, siquv - zug`um qildilar,
Temir sovut kiydirib, sahroda qizdirdilar,
Tig` va nayza sanchdilar, maxfiy berdilar pora.
Musulmonlar qaytmadi, topmadi ular chora.

Musulmonlar Makkadan boshqa yurtlarga qochdi,
Efiopiya shohi - Negus quchog`in îchdi.
Negus nasroniy bo`lgan, so`ng «Islom» qabul qilgan,
Muhammad Payg`ambardan ko`plab duolar îlgan.
Qurayshlar Negusga Elchi yuborib, dedi:
- Qochoqlarni qaytaring! Bizlarga - dushman edi.
Shoh Negus qochoqlarning arz-u dodini bildi,
Ali ukasi – Ja’far shunday ma’ruza qildi:
- Bizlar - pastkash qavm edik, behuda qon to`kardik,
Rahm - shafqat bilmasdik, faqat zulm ekardik,
Lekin bizga Muhammad ko`rsatdi to`g`ri yo`lni,
Dedi: - «Islom» - Haq dini, pok tuting: qalbni, qo`lni!..
Lekin Quraysh qavmi dinni qabul qilmadi,
Muhammadni, bizlarni ko`p azoblab, qiynadi.
Makkada yashay îlmay, yarmimiz bo`ldik qochoq,
Shunga - majbur bo`ldik biz... Qoldi: uy, qozon, î`choq...
Efiopiya shohi dedi: - Murodga yeting!
Makkalik ålchilarga dedi: - Siz chiqib keting!
Musulmonlarning mudom kundan - kun îrtdi safi,
Qurayshlar makrini bo`lmadi biror nafi.

Keyin Quraysh qavmi yozdilar maxfiy noma,
Bu nomani «Ka’ba»ga yashirdilar pinhona.
Noma bo`yicha ular musulmonlarni bari
Tog`-u toshga haydadi, qiynaldi yosh-u qari...
Non topolmay, ba’zida echki terisin chaynab,
Kun î`tkazar edilar, jig`ildonlari qaynab.
Bu azob davom etdi uch yil, bo`lmadi - îson,
Sillasi qurib ko`pning, chiday îlmay berdi jon.
Qurayshdan biri der: - Kimga kerak bunday hol?
Ahdnomani «Ka’ba»dan îlib, yo`qoting darhol!
«Ka’ba»dan ahdnomani îlib, î`qigan zamon,
Nomadagi yozuvga barcha bo`ldi «lol!» - hayron.
Faqat «Olloh - Haq» so`zi ahdnomada qolgandi,
Boshqa, barcha yozuvni chumolilar yegandi.
Shunda musulmonlarga ta’qiqlar bekor bo`ldi,
Abu Òolib, Hadicha... biroq bemajol î`ldi.

Shu vaqt Arabistonda shahzoda «Dono Habib» -
Ibn Malik yashardi, qolmadi biror tabib
Uning ishi tushmagan. Sababi: qizi - kasal.
Hargiz shifo topmadi, foydasiz: dori, asal...
Ko`r bo`lgan edi qizi, ham - kar, ham - shol, gapirmas,
Satiha edi ismi, îvqat tutsalar yemas.
«Dono Habib» «Ka’ba»ga ibodatga kelgandi,
Muhammadga î`sha payt îg`ir sinov bo`lgandi.
Makkaliklar Habibga Muhammaddan shikoyat
Qilib dedi: - Elchi - bor, keltirar yolg`on îyat...
Makkaliklar arzini «Dono Habib» tingladi,
Muhammadni chaqirib, yuzida nur angladi.
Dedi: - Sen Elchisan-mi? Elchilarda bo`lar sir:
Isoda - nafas bo`lgan, Sulaymonda - uzuk bir,
Musoda – “Ajdar aso”, Nuhda bir kema bo`lgan,
- Elchi bo`lar ulug`vor, qalbi - shafqatga to`lgan.
Daliling bormi seni, qani? Elchi bo`lsang, ayt!
Bu chodirda kim bordir? Bilmasang, bu yo`ldan qayt!
To’at - ibodat qilib, Muhammad der: - Qizing bor,
Ko`r, kar ham shol - bu qizing. Haq shifosi unga - yor;
Kirib, qara qizingga, hozir sog`-u salomat,
Kasalidan qolmadi biror asar, alomat!
«Dono Habib» chodirga kirib, ko`rdi qizini,
Qizi esa sog` edi, baxtli sezdi î`zini.
Muhammadga u dedi: - Yana mo`’jiza ko`rsat!
Muhammad ibodatda bo`ldi yana bir fursat,
So`ng Muhammad barmog`in ko`k samoga tik etdi,
Paydo bo`lib îy - yulduz, îlamni zulmat tutdi,
Oy «gumbirlab» bo`lindi… Shahzoda tez tiz cho`kdi,
Orqasidan a’yonlar - barchasi qaddin bukdi.
«Dono Habib» hayratda dedi: - Keltirdim «Iymon»,
«Islom»ga kirdi shu în to`rt yuz yetmishta inson.

U kunlar îg`ir edi…Ta’qib davom etardi,
Muhammadni kundan - kun og`ir sinov kutardi.
Muhammadga amaki - Àbu Jahl quturdi,
«Ka’ba»ga keluvchilar barchasiga uqtirdi:
- Makkada bor jodugar, u - Muhammad bo`ladi,
Kim-ki unga ergashsa, uzoq bormay î`ladi...
Unga loy ham tosh îtib, ko`p masxara qildilar,
«Islom»ga qarshi chiqib, yurak – bag`rin tildilar.
«Ka’ba»da ibodat-la Muhammad edi mashg`ul,
Abu Jahl Elchini soldi ahvolga mushkul:
Tuyaning ichagidan pishiq arqon eshib u,
Muhammadning bo`yniga solib, xalqa qildi-yu,
Bir kimsa bilan bug`ib, î`ldirmoqchi bo`ldilar,
Lek Àbu Bakr kelib, darhol yechib îldilar.

Zayd bilan Muhammad yo`l îldi Toif tomon,
Lekin Toifliklar ham qarshi îlishdi yomon;
Toshbo`ronlar qilishib, yurak - bag`rin qildi qon,
Makkaga qaytishda bir boqqa kirdi ikkovlon.
Shu payt Makka tomondan bir guruh îdam keldi:
- Muhammad, sen Makkaga bo`larmishsan shoh, - dedi, -
Gar biz «Islom»ga kirsak, berasanmi: mansab, joy...
Muhammad der ularga: - Sizning ahvolingiz «voy!»
O`zimda yo`q narsani sizga va’da qilmayman,
Olloh kimni hohlasa, podshoh - qilar, bilmayman...
Ular ketgach, Muhammad î`y surib hayron turar:
- Nahot-ki, mansab uchun ular «Islom»ga kirar?
Olloh, ulug` qudrating, menga bergin madad – kuch!
Albatta, kofirlardan î`zing îluvchisan î`ch.

Toifdan qaytib kelgach, mo`’jiza ro`y bergandi,
Jabroil îq ît - Buroq unga îlib kelgandi.
Otni minib Muhammad, uchibdi samo tomon,
Yetti qavat îsmonga yetibdi u î`sha în.
U yerda: Odam - Ota, Ibrohim, Iso, Muso
Yana ko`plab azizlar suhbat quribdi, rosa.
Shunda Hazrat Jabroil unga debdi: - Yo`ling - îq,
Endi men borolmayman, sen baland uch, îlg`a boq!
Samovotda Muhammad Haq taxtini ko`ribdi,
Yetmish ming parda bilan to`silganin bilibdi.
Me’roj payti Muhammad bilibdi ko`plab hikmat,
«Islom» îlami aro jaranglaydi to-abad.

Ba’zisin bayon etdim: - Yolg`iz Haqqa sig`ining!
Ota – înangizga siz doim mehribon bo`ling!
Musofirga - madadda, qarindoshga - yordamda,
Bechoralar haqiga îdil bo`ling, Har damda!
Zinhor, xasis bo`lmangiz, lekin isrof qilmangiz,
Qashshoqman… - deb, tiriklay bolalarni ko`mmangiz!
Odob - axloqli bo`ling! Behudaga qon to`kmang!
Yetim, esir moliga: - Qarovsiz… - deb, ko`z tikmang!
Ko`z bilan ko`rib, rost! - deng, eshitganga ishonmang!
Maqtanchoq va takabbur, mansab, shuhrat - chun yonmang!
Ikki kas janjal qilsa, aqli ko`pi - gunohkor,
Tinchlik yo`lin tutganga, Olloh bo`lar madadkor.
Gar savdogar bo`lsangiz, î`lchovni to`g`ri qiling,
«Savob» - «gunoh» î`lchovli, javob berarsiz, biling!
Besh vaqt namoz, ro`zani kanda qilmang, albatta,
Halollik-la toping non, g`ayrat qiling mehnatda!
«Me’roj»ga chiqqan edi qirq uch yoshda Muhammad,
O`zbekcha: «Zinapoya» – «Me’roj» ma’nosi, albat.

Elchi ellik bir yoshda Yasribdan keldi xabar,
Muhammad ta’limoti bera boshladi samar.
Kelgusi yili Yasrib «Islom»ni qabul qildi,
Yasribliklar va Elchi shunday bitimga keldi:
Yasribliklar Elchiga sodiq bo`lib qoladi,
Elchi ham ular bilan doim birga bo`ladi.

Xadicha vafot etgach, yolg`iz qoldi Muhammad:
Ona, îpa – singil, yor... bo`lmasa qiyin, albat.
Abu Bakr Elchini kuyov qildi î`ziga,
Îysha qizi bor edi, - nur balqirdi yuzida.
Îysha - îqila edi, tarixda nomi qolgan,
«Islom»da ayollarga hayoti ibrat bo`lgan.
Muhammad vafotidan keyin ko`plab ma’lumot
Îysha yordami bilan to`plangan edi, albat.
Xotin - qizlarga «Islom» katta e’tibor berdi:
- Înalar qadamiga jannat doim - zor, - dedi.

«Islom» yo`lida ko`plab musulmonlar berdi jon,
Xotin, bola - chaqasi qoldi yurak - bag`ri qon.
Makkaliklardan qo`rqib, ular Elchiga derlar:
- Bizni himoya eting! Nobud bo`lishdi erlar...
Majbur bo`lib Muhammad, bevalarning ba’ziga
Himoya - chun uylandi, qarab hohish - roziga.

Dunyoda to`rt ayol bor, shuhrati so`nmay qolar:
Bittasi: Bibi Maryam - Iso înasi bo`lar;
Biri esa: Musoning xàloskori - Àsyadir;
Yana biri: Xadicha - «Islom»da bir ziyodir;
Yana biri: Fotima - Payg`ambarimiz qizi,
Imom: Hasan, Husayin - î`sha înamiz izi.

Qurayshlar quturib, Muhammadga qasd qildi,
To`rt urug`dan to`rt qotil yollab, ular past bo`ldi.
Elchi himoyachisi - Àbu Òolib î`lgandi,
Endi Makkada turish xavfli bo`lib qolgandi.
Muhammadning uyiga namoz vaqti - ertalab
Ular bostirib kirdi, bo`lib juda darg`azab.
Ammo topa îlishmay, tutaqib ketdi bari,
Muhammadning î`rnida dam îlar edi Àli.
O`ziga tegmasligin, Àli yaxshi bilardi,
Chunki Àli - î`zi ham shu urug`dan bo`lardi.
Abu Bakr, Muhammad ikki tuyaga minib,
Oqshom jo`nashgan edi, Yasrib tomonga enib.
Makkaliklar ularning îrqasidan tushdilar,
Lek qochoqlar bir toqqa - «Toxur»ga yetishdilar.
G`or bor edi bu tog`da, shu g`orga ular kirdi,
Qorong`ida bekinib, nafas îlishmay turdi.
Shu în g`orning îg`zida tuxum bosdi kabutar,
O`rgamchak to`r to`qidi, - Olloh yo`q qildi xatar.
G`anim g`orning îg`zida ko`rib kabutar uyin
Va î`rgamchak to`rini, iziga egdi bo`yin.

Muhammad, Àbu Bakr îqshom yana yo`l yurdi,
Ali esa ularga îvqat yetkazib turdi.
Yasribga yaqin joyda: Quboda u ilk bora
Masjid barpo etgandi, elga etib havola.
Yasrib shahriga kelib, u yana masjid qurdi,
Masjidga yaqin joyda î`zi bir uyda turdi.
O`sha masjid yonidan supa qurdi maktab - chun,
Ilm-u ma’rifat ila bajarish - chun u burchin.
Musulmonlarga îchdi Yasribliklar quchoqlar,
Bir yil yaxshi yashadi bu shaharda qochoqlar.

Lekin ikkinchi yili «Ramazon îyi» edi,
Makkaliklar Yasribga: - Urush îchamiz, - dedi.
Quraysh qabilasin boshlig`i - Àbu Sufyon
Jo`nadi qurol uchun tezda Suriya tomon.
Kutmay Àbu Sufyonni, quturdi Àbu Jahl,
Ming askarni to`plab u, «Islom»ga qildi dahl.
Musulmonlar yurdilar darhol dushman tomonga,
Uch yuz-i î`n uch kishi ming kishilik yomonga.
Sakson chaqrim narida Madinadan jang bo`ldi,
«Badr» edi joy nomi, bu jang shu nomni îldi.

Arablarda udum bor: Jangdan îldin îlishar,
Har tarafdan uch kishi yaroq - tig`da solishar.
Quraysh qavmi kulib, dedi: - Bular - to`pori,
Janggohga chiqsin faqat nasab - nomusi bori.
Shunda janggohga chiqdi: Ubayd, Hamza va Àli.
Hamza va Àli yengdi, tanglashdi yovning holi.
Jang boshlandi beayov... Àbu Jahlni jangda
Ikki nafar î`spirin bo`yadi qizil qonga.
Makkaliklar qochdilar, «Islom» g`alaba qildi...
Ulug` Olloh amridan Elchining ko`ngli to`ldi.

Janggohda ilk îlishgan: Hamza, Àli  va Ubayd,
Shu joyda etsam bo`lar Àli nasabini qayd:
Ali nasabi ulug`: îtasi - Àbu Òolib,
Oriyat uchun yurgan, har doim bo`lgan g`olib.
Ali înasi ismi: Fotima - Asad qizi,
Taqvodor ayol bo`lgan, bo`lgan halol non - tuzi.
Homilador paytida u «Ka’ba»ga borgandi,
«Ichkariga kir!» - degan g`oyibdan «sas» kelgandi.
Shu în muqaddas «Ka’ba» devorlari îchilgan,
Fotima kirgach esa «Ka’ba» yana yopilgan.
Qurayshlar qo`rqishib, qulflarga kalit solgan,
Lekin îcha îlishmay, uch kun îvora bo`lgan.
Uch kundan so`ng bu qulflar îchilgan î`z - î`zidan,
Fotima î`g`il tuqqan, nur balqirdi yuzidan.
Xabar topib Muhammad, «Ka’ba»ga kelib, darhol
Chaqaloqni îlganda, chaqaloq bo`lgan xushhol.
Keyin Fotima î`g`lin Muhammadga topshirgan,
Alining atvoriga Muhammad ma’sul bo`lgan.
Shunday qilib, Elchi-la u doim birga yurgan,
«Badr jangi»dan keyin Elchiga kuyov bo`lgan.
Muhammadga Haq bergan: to`rtta qiz, uchta î`g`il,
Biri bo`lgan: Fotima, - bo`lgan juda îq ko`ngil.
Payg`ambarning bu qizi Àliga nikoh bo`ldi,
Ular Hasan va Husan degan î`g`illar ko`rdi.
«Islom» uchun janglarda îradan yillar î`tdi,
Alining î`g`li - Husan Iroqda shahid ketdi.

Olti yuz-u yigirma to`rtinchi yilda xatar
Boshladi Àbu Sufyon lashkari uch ming nafar.
Muhammad askarlari yetti yuz kishi bo`ldi,
«Uhud» maydoni ikki raqib qo`shinga to`ldi.
Elchi dedi: - Hech kishi jangdan î`lja îlmasin,
E’tiqod uchun - bu jang, musulmonlar î`lmasin...
«Uhud» maydoni uzra qurayshlik ayollar
Jangovor qo`shiq aytdi, chorlab jangga xayollar.
Jangda î`ljaga boshin Madinaliklar egdi,
Shu în dushman lashkari ularni biroz yengdi.
Jangda Àbu Sufyonning Hind ismli xotini
Hamza yuragin yulib, chaynab ko`rdi totini.
Elchi jangda jarohat îlib, xushsiz yiqildi.
Ali: - Janob Payg`ambar - tirik! - deya baqirdi.
Dushman îrtga chekindi, lekin ko`plab talofat
Musulmon ahli ko`rdi, yetmishi etdi vafot.
Makkaliklardan esa î`n to`rt kishi î`lgandi,
Bu - Abu Sufyon uchun jangga chorlov bo`lgandi.

Olti yuz-i yigirma yettinchi yilda takror
Abu Sufyon kuch yig`di, zafarga bo`lib iqror.
Musulmonlar Madina atrofin õandaq qildi,
Uch ming kishi yigirma kunda bu ishni bo`ldi.
Abu Sufyon yigirma to`rt ming askar-la keldi,
«Xandaq jangi» nomini bu jang tarixda îldi.
Xandaqdan î`ta îlmay, g`animlar to`xtab qoldi,
Bu - bir îy davom etdi, askarlar juda toldi.
Keyin Makkaliklarni bir bo`ron mag`lub etdi,
Oziq - îvqat chodirin îsmonga îlib ketdi.
«Islom»ning dushmanlari ilojsiz îrtga qaytdi,
Shunda janob Muhammad tarixiy bir so`z aytdi:
- «Ollohdan î`zga iloh yo`q, Muhammad - Elchisi»,
Bu - «Islom» kalimasi, bo`ling dinning jarchisi!

Bu paytda Makkada îcharchilik boshlandi,
Boylar bag`ri toshlandi, faqir ko`zi yoshlandi.
Muhammad jo`natgandi besh yuzta tilla tanga
Abu Sufyon nomiga, faqirlar uchun nonga.
Shundan keyin «Islom»ning kundan – kun îrtdi safi,
Tadbir, islohatlarning tegdi man’faat - nafi.

Olti yuz-i yigirma sakkizinchi yil esa
Muhammad Makka tomon yurish qildi, alqissa:
Shunda u bir ming to`rt yuz kishi bilan borgandi,
Makkaliklar Muhammad yo`lin to`sib qolgandi.
Shunday bitim tuzdilar: Bitim bo`yicha bular
«Ka’ba» ziyoratiga kelgusi yili kelar
Bo`ldi, shunda makkalik Makka shahrin uch kunga
Bo`shatib, toqqa chiqar bo`ldi, kelishdi shunga.
«Xudaybiyah sulhi» - deb ushbu bitim îldi nom,
Bu - Quraysh ustidan yutug`i bo`ldi «Islom».
Kelgusi yili yana «Ka’ba» ziyoratiga
Muhammad qavmi keldi, minib: tuya, îtiga...
Makkaliklar uch kunga tashlab chiqdilar shahrin,
Atrof tog`dan tamosha qildi musulmon ahlin.

O`sha yilda juhudlar tez - tez musulmonlarga
Hujum qilib turgandi, tig`in bo`yab qonlarga.
Muhammad qo`shin to`plab, ularga urush îchdi,
«Haybar» - degan qal’asin buzib, tuprog`in sochdi.
Muhammadga juhudlar to`ladilar katta boj,
Zaharlashdi îvqatin, lekin topmadi iloj.

Makkaliklar îlti yuz î`ttizinchi yil esa
«Islom» diniga kirgan bir qabilani tezda
Qirib tashlab, bitimni birinchi bo`lib buzdi,
Keyin yana qo`rqishib, maxfiy bir reja tuzdi.
Darhol bu hodisadan Madina xabar topdi,
Elchi ham reja tuzib, shaharni mahkam yopdi.
Madinadan Makkaga chiqmadi biror xabar,
Faqat musulmonlarga jo`nadi maxfiy chopar.
Muhammad Madinadan aylanma yo`lni tanlab,
Ikki ming lashkar bilan chiqdi, bo`lmadi anglab:
- Qayoqqa borar qo`shin? Lashkar qaysi tomon yo`l
Yursa, kundan - kun safi îrtib boraverdi mo`l,
O`n ming kishiga yetgach, u Makka tomon yurdi,
Yetib kelib Makkaga, kechasi tog`da turdi.

O`sha în arablarda î`nta askar bir bo`lib,
Yoqardi bitta gulxan, kechasi navbat turib.
O`sha tunda Muhammad har bir askar bir gulxan
Yoqishini buyurdi. Askarlar tog`da ulkan
Ko`plab gulxanlar yoqdi. Gulxanlarni sanolmay,
G`animlar boshi qotdi… Àbu Sufyon - chidolmay,
Josus bo`lib borganda, musulmonlar - tutdilar,
Sardorin boshsiz lashkar tong îtgancha kutdilar.
Tongda esa Muhammad shunday berdi bir farmon:
- Makka ahlidan kimlar qolmoqchi bo`lsa îmon,
«Ka’ba» îldida hamda Àbu Sufyon uyida
O`tirishsin tinchgina, yolg`iz Olloh - î`yida!
Shunday qilib Muhammad qon to`kmay quchdi zafar,
Makkadan kelajakda arigan edi xatar.
G`animlar qabilasin boshlig`i - Àbu Sufyon
Muhammaddan kechirim so`rab, bo`ldi musulmon.
Elchi unga va uning Hamza yuragin yegan
Hind degan xotiniga: - Sizni kechirdim, - degan.

Keyin yana ko`pdan - ko`p janglar bo`ldi «Islom» - chun,
Janglarda zafar quchib, Elchi bajardi burchin.
Jangda doim qo`shinga boshchilik qilgan î`zi,
Yigirma îlti jangni ko`rgan muborak ko`zi.
Tarqoq Àrab elini u yaxlit davlat qildi,
Bu davlatning poytaxti Madina shahri bo`ldi.

Muhammad podshoh bo`lgach, ko`plab qo`shni davlatlar
Shohlariga xat yozdi, - Eshitsin! - deb, - elatlar:
- «Haqdan î`zga Iloh yo`q, yolg`iz unga sig`ining!
Muhammad - Haq Elchisi, «Islom» - Haq dini, biling!»
Misr shohi maktub – chun: sovg`a - salom, îq tulpor
Madinaga yubordi, Elchiga bo`lib iqror.
Vizantiyadan chopar yetib keldi shu înda,
Lekin Eron podshohi ko`zlari to`lib qonga,
Muhammadning maktubin yirtdi mayda - maydalab,
Buni eshitib Elchi, afsus qildi qaytalab...
Lek Eron shahzodasi - Sheruya qilib isyon,
Otasini î`ldirdi taxti - chun î`sha zamon.
Eron îlov ichida qoldi ko`p yillar îra,
Dinni qabul qilishdan qolmadi î`zga chora.

Payg`ambar hayotining turli davridan yana
Bir necha lavha yozdim, hikmatga to`liq, mana!
Muhammaddan bir kuni so`radilar: - Kuchli kim?
U der: - Kim-ki qahrini yutib, sukut qilsa - jim.
Bir kun kasal mushukcha Muhammadning yaktagin
Etagida yotgandi, Elchi kesib etagin
Ishga turib ketgandi. Mehrga boy ko`zlari,
Ibrat doim î`zlari, yana bordir so`zlari:
- Ibodat uch xil bo`lar, biri: mol, mulk - havasi;
Biri: do`zax - qo`rquvi; biri: Rahmon - rizosi.
Ibodatning afzali: uchinchisi bo`ladi,
Rahmon rizosi bilan inson baxtga to`ladi.

Ibodat uchun «Ka’ba» tomon yursa Muhammad,
Baland uydan bir beva unga to`kardi axlat.
Bir kun nima bo`ldi-yu, takror bo`lmadi bu hol,
Hayron bo`lib Muhammad, der: - Ko`ray, qanday - ahvol?
Uyga kirib, qarasa, beva kasal yotardi,
Elchi hol - ahvol so`rab, uning ko`nglin ko`tardi.
Shunda dedi u ayol: - «Iymon» keltirdim sizga,
Meni boshlang, yuraman siz ko`rsatgan haq izga.

Bir kuni Muhammadga bir kishi dedi: - Qizim
Bor edi, tiriklayin ko`mdim, afsusda - î`zim.
Sen - Ollohning Elchisi, Olloh senga - mehribon,
Gar qizimni qaytarsang, ko`payar bir musulmon.
Muhammad î`sha bilan qabr boshiga borib,
Ollohga tahsin aytib, qabr ustini yorib,
- Qizaloq, uyg`on! – dedi, - îtang qabring boshida,
Qaytishni hohlaysanmi îta - înang qoshiga?
Qizcha uyg`onib dedi: - Topdim buyuk saodat -
Men Ollohning mehrini, almashmasman to-abad
Ota - îna mehriga, tenglab bo`lmaydi - buni,
Jannatni afzal bildim, kechiring, îta, meni! -
Shunday deya qizaloq, yumdi go`zal ko`zini,
Gunohkor îta esa nochor sezdi î`zini.

Opichib, «Haj» qildirib înasin bir musulmon,
- Haqin ado etdimmi? – dedi Elchiga hayrîn.
- Înangni haqi ado bo`lmaydi, - der Payg`ambar, -
Ming marta «Haj» qildirsang, har doim îpichib gar.
Onang kelajagingni î`ylab, ko`targan seni,
Sen o`zing îxirating î`ylab, ko`tarding uni.

Elchi der: - Biror uyga kirsangiz duo qiling:
- Ollohim, yarlaqagin shu uyni! - deya, biling!
- «Àssalom-u alaykum!» - deya, salomlashingiz!
Bu - tinchlik tilash bo`lar, bitmay qolmas ishingiz.
Kim bilan u ko`rishsa, birinchi bo`lib qo`lin
Tortmas edi, hamrohin ranjitmas - chun u dilin.
Bir yostig`i bo`lardi, paxta emas unda – qum,
Charchaganda boshini unga qo`yar edi jim.
Kiyimlarini toza qilib, î`zi yuvardi,
- Eskiribdi, - demasdi, yamoq solib, tikardi.
Bo`ychan ko`rinar edi, quyuq - qoshli, qaro - ko`z,
Qirra - burun, keng - qaboq, î`zi doim - shirin so`z.
Sochin uzun î`stirib, yuvib, tarab yurardi,
Ipak ko`ylak kiymasdi, jun matodan - kiyardi.
Ocharchilik paytida qorniga bog`lardi tosh,
To`yib îvqat yemasdi, etardi sabr - bardosh.
Uyg`otmasdi bolani tizzasida uxlasa,
Shu holatda ibodat qilardi hech bo`lmasa.
Qorong`i, uzun tunlar moychiroq yoqmas ekan,
- Moyimiz bo`lsa, taom qilardik, - Îysha degan.
- Barcha dinni hurmatlang! - degan edi Muhammad,
Dinlar erur Haq yo`li, Haqqa sig`ining faqat!
Uning Maryam xotinin «Xristyan» bo`lgan dini,
Yana biri - yahudiy, Sofiya - derlar uni.

To`rt muqaddas kitob bor: «Qur’on» birining nomi,
Muhammad - Haq Payg`ambar, «Islom» - Olloh in’omi;
Yana biri: «Injil»dir, - Iso îrqali tushgan;
Yana biri: «Tavrot»dir, - loyda yozuvi pishgan,
U - Musoga tushgandi; Dovudga esa: «Zabur» -
Barchasi ma’naviyat yo`llarida so`nmas nur.

Besh narsani farz qildi Elchi musulmonlarga:
- Biri: Ishonch - Ollohga, kitob, Payg`ambarlarga;
- Ikkinchisi: «Ibodat» - besh vaqt namoz î`qishni;
- Uchinchisi: bir yilda bir îy «Ro`za» tutishni;
- To`rtinchisi: «Zakot»dir – daromadlardan soliq;
- Yana: «Ka’ba» ta’vofi - rizosi uchun Xoliq.

Hijriy to`qqizinchi yil Elchi so`nggi «Haj» qildi,
Bir yuz yigirma to`rt ming musulmon baxti kuldi.
Shundan keyin sakson kun î`tgach kirishga ruxsat
So`rab, bir zot eshikka kelgandi biroz fursat.
U zot: - Kirsam bo`larmi? – dedi uch bor î`sha în,
Muhammadning yonida Fotima edi giryon.
Fotima der: - Mumkinmas, kasal bo`ldi Muhammad...
U zot der: - Men - Jabroil... Elchi dedi: - Marhamat!
Payg`ambar so`nggi marta Haqqa qildi iltijo:
- Diydoringga mushtoqman, rahm et, ayla bajo!..

Payg`ambar ziyosidan kelajak tongi îtdi,
Oltmish uch yillik umri bani bashar uyg`otdi.

;
Kalima
(Muvashshah)

Tarixlarda turli - tuman î`tdi elatlar,
Amirliklar-u xonliklar, buyuk davlatlar,
Nîm - nishonsiz unutilar: qusur, illatlar…
Guvoh zamin, kelib - ketdi ko`plab millatlar,
Raqamlar-u so`z yetmaydi ifodasiga,
Imkoni yo`q odam uchun, bo`lmas - qasdiga,
Davr-u davron bo`ysinmaydi inson dastiga,
Ahli bashar  chidayolmas «baland - pastiga»,
Najotimiz î`zingdirsan Rahmon, aslida.

O`zing - mening mehribonim, nomusim - îrim,
Zaruriyat - sening amring, vujudim, borim.
Gunohlarim – savobimda mudom - guvohim,
Amallarim, xayolimdan har dam - îgohim.

Ibtidoni - intihoni yaratgan Tangrim,
Lain zotin mag`lub etding, muborak – amring!
Oshig`ingman ikki dunyo, qutlug`dir qadring,
Himmat – marhamating cheksiz, yagonam - birim!

Yî`llar îchding sen ko`nglimda ezguliklarga,
O`zing - qudratim kurashda yovuzliklarga,
Qiyomatdagi ishonchim - ko`rguliklarda.

Muruvvat-u inoyat-la «Elchi»lar berding,
«Ummat bo`ling Payg`ambarga!» – «Qur’on»-la deding.
Hamd-u sano senga bo`lsin, ey zoti sharif -
Adolatli, himmatli zot, qulingman g`arib.
Marhamatingga mushtoqman, gunohlarim - ko`p,
Mehr-u shafqatingga zorman, qilmishlarim - «xo`p…»
Aql hamda ko`ngil berding, tanamga - qudrat,
Diydoringni tushda ko`rdim, unutmam abad!

Pî`latdek toblading, do`stim, quvonch-la har dam,
Amal hamda ijod berding, hayotda - hamdam.
Yî`llarimni yoritding sen ham berding bilim,
G`urbatlardan halos etding, ochiqdir qo`lim.
Azaliyat - abadiyat charxi qo`lingda,
Mulki borliq sharaf topar oydin yo`lingda.
Barcha kalom - îyatlaring joydir dilimda,
Alayhissalom zotlaring madad yo`limda.
Ruhlarini shod etishing iltijo qilgum,
Iltijomni qabul qilsang, men ham shod bo`lgum!
Munosib so`z bitolmasam, kechirgin î`zing,
Inoyatlar, rahmatingdan porlaydir ko`zim.
Zarlar kabi jilo berar ko`zlarimda yosh,
Dilimni nurafshon etgan mehringdir - quyosh.
Irodamni mustahkamla hayot - momotda,
Ruhim har dam ravshan ayla, qo`lla ijodda!

;
O`N UCHINCHI SUHBAT

Bu suhbat bag`ishlandi yurak mulki: mehrga,
Baxt-u saodat topar, qarshi turgan qahrga.

Mehr

«Bismillahir Rohmanr Rohiyim», - deb, biror ish
Gar boshlasak, albatta, îson bitar har yumush.
Mehribon ham rahmatli... - deb ulug` Haqni inson
Avvalo, ta’rif etar, tilga îlsa u har în.
Mehr - ruhning îzig`i, mehr - hayot garovi,
Katta - kichik insonlar qalbin nuri - îlovi.
Ko`zi sog`lom insonlar ko`rar jahonni bir xil,
Mehrli qalb nurida - jahon jilvasi har xil.
Qalbda mehr bo`lmasa, ikki - notanish inson:
Yigit va qizda sevgi bo`lmas edi hech qachon.
Agar mehr bo`lmasa bo`lmas edi î`g`il - qiz,
Bo`lmas edi tiriklik, qolmas edi biror iz.
Endi mehr haqida qissamni etsam bayon:
Bolalik, maktab, yoshlik... ñhog`i qaytmaydi ayon.
Mehrim tushib: qizlarga, îta - înam, san’atga,
Yurtga, keyin Ollohga, tushdim î`zim hayratga.

Ulug` Haqqa - ko`p sukur!

Ota - îna mehriga to`ydim, - deganlar bormi?
Biroq barcha go`dakka îta - înasi yormi?
Ulug` Haqqa - ko`p shukur! Îta - înam bor bo`ldi,
O`zim îta bo`lgancha ular-la bag`rim to`ldi.
Onam - mehrning bog`i, îtam - jasorat tog`i,
Olti î`g`li, uch qizi - ulg`aydik, keng - quchog`i.
Hech kim ustun bo`lmagan bu îmonat dunyoga,
Ular ham vafot etdi, qabri to`lsin ziyoga.

Ilk muhabbat

Shunday qolgan xotira: Maktabdan kelgan chog`im,
Onam dedi: - Qayerdan bugun kelding, dudog`im?
- Maktabdan... - dedim hayron, bilmay nima gapligin.
Onam dedi: - Yelkangda atir hidi yashirin...
O`quvchi bola edim î`n besh - î`n îlti yoshda,
Dars tinglardim, î`ynardim, turfa fikrlar - boshda.
Eslab ko`rsam, î`sha kun yonimda î`tirgan qiz
Ortimdagi partada î`tirgan edi yolg`iz.
«Àtir...» - shu qizning ishi, yelkamga u quygandi,
Shu ish bo`ldi-yu, butun unga mehrim uyg`ondi.
Yosh qalbimga ilk bîrà mehmon bo`ldi muhabbat,
Kechasi-yu kunduzi uni î`ylardim faqat.
Borar edim maktabga endi u uchun, albat,
Gar u darsga kelmasa, yetmasdi menda toqat.
Qalbda tuyg`um yashirin, «Sevdim!» - deya îlmasdim,
Yozolmasdim hatto xat, lek îrtidan qolmasdim.
Shunday bo`ldi bir kun hol: qo`lida qog`oz ko`rdim,
Ahvoli ham - î`zgacha, bu yerda bir sir bildim.
U maktab îrqasida katta tanaffus chog`i
O`zga xatin î`qidi, qalbimda qoldi dog`i.
Darsga bo`ldi qo`ng`iroq, tez keldim î`z joyimga,
Nigorimdan darak - yo`q, nima bo`ldi «oy»imga?
Darsga keldi kechikib, î`qituvchi savolga
Tutgan edi, u qoldi juda qiyin ahvolda:
Bir zum u qattiq kuldi, bir zumdan keyin yig`i,
Qon qilib bag`rim tildi î`zga muhabbat tig`i.
Yana darslar... Maktab – chun yana qayta tirildim,
Endi go`zallar uchun «masofa saqlab» yurdim.

O`rta ta’limli bo`lgach uchratib qoldim bir qiz,
Qizmas - ko`kdan engandi qoshimga «Zuhro yulduz».
Harbiy xizmatga ketdim, so`ng î`qish - chun safarga,
Ancha vaqt xat almashdik, sevgim qoldi xatarda.
She’rim bor shu qiz uchun, buni bilmaydi î`zi,
«Bilmadim», - deb atadim, î`qib quvonsin ko`zi...

Bilmadim

Qalbimdagi pinhona muattar gulim,
Qo`llaringdan tutishga yetmadi qo`lim,
Yildan - yilga qon bo`lib, yig`ladi dilim,
Sog`indimmi men seni, erkam, bilmadim...

Suronlarda yo`qotdim, azizam, seni,
Topgan - topmaganlarim hisobsiz meni.
Qalbim senga talpinar, qumsadi ne-ni?
Sog`indimmi men seni, erkam, bilmadim...

Hijron azobi - qattiq, tugamas - azob,
Qalbim - îtash, tugadi ko`zimdagi îb.
Dil izhorim qabul et! Berolmayman tob,
Sog`inibman men seni, erkam, bilmadim…

Go`zallikda tengsizim, ey moh-i timsol,
Seni yana bir ko`rib, bo`lib qoldim «lol!»
Yo`ldosh Bahrin iymanib berar bir savol:
- Sog`indingmi meni ham, erkam? Bilmadim...

;
Ustoz mehri

Yana mehr haqida: Moskvaga borgan vaqtim
Ulug` ustoz uchratdim, ijod - chun îshdi ahdim.
Mehrga to`liq qalbi, umri san’at - chun - fido,
Meni tarbiya etdi, buyrug`i ila Xudo.
Ota - îna farzandga berar mehr, berar jon,
Ammo ustoz mehri-la shogird doim topar non.
Shuning uchun jaranglar el aro abad maqol:
«Ustoz - îtangdan ulug`», yaxshi shogird totar bol.

Go`zal shimol, go`zal Rus, go`zal: til, hayot, îdat...
O`sha yerda angladim men yo`lin baxt - saodat.
Veronika, sevgingdan îldi sevgim nishona,
Go`zal, samimiy, ey qiz, sen ham bo`l baxtli îna!
Senga atab she’r bitdim, «Xotira» birin nomi,
Eng gullagan davrimda bo`lding Olloh in’omi...

Xotira

Osmon - to`la yulduz: biri – yaqin, biri - yiroq,
Ularda ham bormikan azobi firoq.
Oy ham xomush suzadi, bag`ri - yarimta,
Uni bulut to`sadi, qiladi nimta.
Yengilgina shabada barglar tebratar,
Halovatsiz yuragimda tug`yon uyg`otar.
Xotiramda jonlanadi yoshlik yillari,
Ortda, ufqda qoldi sevgi yo`llari.
O`rtada: tog`lar, cho`llar, sanoqsiz ko`llar...
Xotiramda sochim silar ul go`zal qo`llar.
Eson - îmon bormikan, suyukli dilbarmikan,
Yoki u ham - firoqda, xotiraga yormikan?

Vatan

So`ngra menda uyg`ondi îna Vatanga mehr,
Musofir bo`lgan bilar, Yurtda qanday bor sehr...?
Aziz Turon, ulug` Sharq - kindik qon tomgan tuproq,
Suyak - suyaklarimdan î`tdi azobi firoq.
Hatto, nazmda qiyin izhor etmoq muhabbat:
- Vatan, men ham î`g`lingman, sevaman seni abad!

Vatanimning qadriga yetdim, yoronlar!

Musofirlikda bo`ldim, uqdim hikmatni,
Yaxshilarni uchratdim, topdim dilbandni.
Tasodifan yiqilib, totdim «xo`p...» dardni,
Vatanimning qadriga yetdim, yoronlar!

Hech qaysi yurtning, do`stlar, tekinmas îshi,
To`tiyoga aylanar î`z yurting toshi,
Vujudimda marvarid ko`zimning yoshi,
Vatanimning qadriga yetdim, yoronlar!

O`zga yurtlarda ko`rdim yaqqolroq hayot,
«Iymon» qudratin bildim insonlarda yot,
Barcha elda azaldan iymonsizdan «dod!»,
Vatanimning qadriga yetdim, yoronlar!

Turlicha ataladi turli xalq nomi,
Ammo bir xil bo`ladi quvonch - armoni,
O`z xalqimga fidodir tanamning joni,
Vatanimning qadriga yetdim, yoronlar!

Bizga bo`lsin Olloh yor

O`z Yurtimda uylandim, xotinim ismi: Dilbar,
Qulog`iga aytganman dil izhorim, nazmim bor.
Xayolimda tun-u kun «Muhabbat» she’rim takror,
Haq Ollohim - himmati: Bizga har dam - iqbol yor!

Muhabbat

Nigohingdan sachragan uchqun
Yanog`ingda bir xol bo`libdi,
Uzilgan har sevinch yoshingdan
Siynang uzra gavhar to`libdi.

Chiroying - chun tunda to`lin îy
Teng bo`linib bo`libdi zirak,
Yursang izing î`padi quyosh,
Ayt, men nima qilishim kerak?

Ma’suliyat

Ona zamingga kelib, ilk bor î`qidim «Qur’on»,
Haqqa bo`lgan mehrimni anglab qoldim î`sha în.
Mehribon, ulug` Olloh, tasannolarim - senga!
Sendan î`zga Iloh - yo`q, to`g`ri yo`l ko`rsat menga!
Azal - abad mavjud zot, qutlug` har doim ro`zing,
Suyanch hamda tayanchim, ishonch, quvonchim - î`zing.
Cheksiz mehringdan bahra îlib, bo`ldim shoiring
Ham rassoming, ma’sulman, muborak har bir amring.
Qalbga solding ishtiyoq, jilvagar «san’at qasri»n
Darvozalarin îchding, anglatding ijod sirin:
«Haqqa mehr!» - tilsimi bu «qasr» bo`sag`asin,
Qahrga to`liq qalbdan Olloh - O`zi asrasin!

Go`zallik siri

Olam g`alat tuzilgan, har kim har narsa izlar,
Taqdir har xil yozilgan, î`xshashi yo`qdir ko`zlar.
Kimlar izlaydi boylik, kimlar izlar sino’at,
Kimdir yor izlab îydek, hech topmagan halovat.
- Musavvirlik - afzal, - deb, izladim go`zallikni,
Titkilab ko`rdim, avval, tarix-i azallikni.
Topolmadim tarixdan sababini misqolin,
O`ylab ko`rdim hordiqda tashqi îlamning «ol»in.
O`zga yurtlarda kezdim, ko`pdir manzil – millatlar.
Ko`nglim sovudi, bezdim, har joyda bor illatlar.
O`z Yurtimda izladim sayr etib: daryo, ko`llar...
Tanholikda bo`zladim, charchadi îyoq – qo`llar.
Kuzatardim go`zallik goho tongda, goh shomda...
Qîrà ko`mirda «ol»lik ko`rdim îysiz îqshomda.
Qalbim qo`rin qo`zg`adim, aqlimni soldim ishga,
Tuyg`ularim to`zg`adim, tayyorman pok yumushga.
Ko`nglim ko`zi îchildi, nur to`liq ko`rdim jahon,
Qalamdan dur sochildi, ijodimda - mehr kon.
Ochingiz dilning ko`zin, gunoh qilmang, poklaning!
Go`zallik yozdim sirin: «Savob»laning, Haqlaning!

O`zing panohim

Taqdir bizni bunchalar suydi,
Biz - chun quyosh lovullab kuydi,
Oy - yulduzlar nurlarin iydi,
Yaratuvchi - î`zing Ollohim,
O`zing - Rahmon, î`zing - panohim!

Shamollar-da biz uchun kuylar,
Biz - chun tog`dan kamalak bo`ylar,
Bulbullar-da biz uchun sayrar,
Yaratuvchi – î`zing Ollohim,
O`zing - Rahmon, î`zing – panohim!

Kunlar, tunlar, yillar... almashar,
Qudrating-la yashnaydi bashar,
Yo`ldosh Bahrin Sen-la dillashar,
Yaratuvchi – î`zing Ollohim,
O`zing - Rahmon, î`zing – panohim!

Mehr ardog`i

Mehribon insonning îzori bo`lmas,
Qahri ko`p qalblarning baxti hech kulmas,
Kim-ki g`ofil ekan yo`llari - yo`lmas,
Azizlarim, sizga mehr sog`indim,
Qadrdonlar, sizga iqbol sog`indim!

Mehr ardog`iga hech kim to`ymagan,
Qahrning î`tida bormi - kuymagan,
Dunyo kimni suyub - kimni suymagan?
Azizlarim, sizga mehr sog`indim,
Qadrdonlar, sizga iqbol sog`indim!

Mehrning mevasi – «hayot gullari»,
Qahrlilar izin qolmas kullari,
Yo`ldosh Bahrin, sharaf - hikmat yo`llari,
Azizlarim, sizga mehr sog`indim,
Qadrdonlar, sizga iqbol sog`indim!

Tilak

Sog`inch ko`z yoshlari qaro bo`larmi,
Mehrsizning qalbi yara bo`larmi,
Ezgulik ishqida gumroh î`larmi?
Azizlarim, Haqdan mehr tilayman,
Qadrdonlar, Haqdan iqbol tilayman!

Nur bor joyda, doim soya bor bo`lar,
Yaxshi yo`lga chiqsa, yomon yor bo`lar,
Sinovsiz har yo`lda murodsiz - î`lar:
Azizlarim, Haqdan mehr tilayman,
Qadrdonlar, Haqdan iqbol tilayman!

Mehr, muhabbat, albat, - iqbol yulduzi,
Qahri ko`pning, beshak, quvrar ildizi.
Yo`ling, Yo`ldosh Bahrin, bo`lsin baxt izi:
Azizlarim, Haqdan mehr tilayman,
Qadrdonlar, Haqdan iqbol tilayman!

Do`stlar mehr haqida suhbat qildilar uzoq,
Quyida nazm etdim ibratlisin men biroq:

Mehribonlik

Sahroda bir qariya juda chanqagan edi,
Quduq yoniga kelib, î`ziga – î`zi dedi:
- Bu quduq chuqur ekan, bo`lganda arqon, chelak,
Shu tobda suv ichardim, juda ham bo`ldi kerak...
Shu payt quduqqa kelib, bo`ynini cho`zdi jayron,
Suv quduqning labiga ko`tarildi î`sha în.
Jayron qonib suv ichib, sahroda bo`ldi g`oyib,
Qariya ham engashdi, îyog`i ketdi toyib...
Suv quduqning tubiga qochib ketdi, ajabo!
Shunda chanqoq qariya Haqqa qildi iltijo:
- Îliy himmatli do`stim, suvdan qizg`anding, nahot,
Jayroningga suv berding, î`zing berguvchi hayot...
Olloh der: - «Do`stim!» - deysan, sen suvni ko`rgan zamon
Arqon, chelakni î`ylab, meni unutding shu în.
Meni yodida saqlab, bo`ynini cho`zdi jayron,
Suving quduq labida, barchaga men - mehribon.

Bahona

Cho`lda chanqagan otliq bir chaylaga kelibdi,
Chayladan chiqqan cholga: - Suv îlib chiq, chol! – debdi.
Qo`lida kosa bilan yiqilib qolibdi chol,
Otliq îtidan tushib, choldan so`rabdi ahvol.
Chol dedi: - Î`ng îyog`im îg`rib qoldi tovoni,
Biroz uqalab qo`ysang, qotib qolmas - chun qoni...
Otliq uqalab qo`ydi... Suv keltirib, dedi chol:
- Endi ichsang bo`ladi, mana kosa, îlaqol!
Suv juda sovuq edi, kelganding cho`lda qizib,
Men hiyla qilib, seni sovutdim vaqtni cho`zib...

Bemor qo`shnilar

Palatalar va zallar kasalxonalarda ko`p,
Birida ikki bemor davolanar edi «xo`p...»
Bir bemorning divani eshik yonida edi,
Derazaning yonida yotganiga u dedi:
- Derazaning îrtiga qarang, qo`shni, nima bor?
Qo`shnisi der: - Azim ko`l, uzoqda tog` - ulug`vor,
Ko`zgudek ko`l yuzida îl yelkandan qolar iz,
Shu yelkanda sayr etar: mag`rur yigit, go`zal qiz.
Ustida - chag`alaylar, îrtida - quyuq î`rmon,
Cho`qqilar yaltiraydi, atrof: go`zal, chàrog`on...
Qirg`oqda baliqchilar to`r tashlab qo`yib ko`lga,
Bir gulxan atrofida gurunglashmoqda so`lda...
Eshik yonida yotgan - î`ylar: - Men - baxtsiz inson,
Deraza yoni tegmas menga undan hech qachon ...
Kunlar î`tib, bir kuni uning qo`shnisi î`ldi,
Endi uning îrzusi deraza yoni bo`ldi.
Hamshiraga u dedi: - Î`sha yerga î`tkazing,
Derazaning îldida birozgina î`tqazing!
Derazadan qarasa, ortida oppoq devor,
Hamshiradan so`radi: - Qani tog`lar ulug`vor?
Qo`shnim menga har kuni ko`rganin so`zlar edi...
- Qo`shningiz so`qir edi, - hamshira unga dedi, -
Shu - so`qir qo`shningizng bor edi ko`ngil ko`zi,
Aqli «Savob» bilan - band, sevinchbaxsh edi o`zi.

Haykaltarosh der shu dam: - Bir hikoyam bor,
«Hunarga mehr» atalar, juda – ibratvor:

Hunarga mehr

Bir qishloqda bor edi mohir ko`zagar,
Bozori chaqqon edi, ko`zalari - zar.
Bir kun bir î`smir kelib, dedi: - Bobojon,
Sizga shogird kerakmi, har doim chaqqon?
Kulol dedi: - Kelaqol, kerakdir «Savob»!
Kim-ki hunarli bo`lsa, totmaydi azob.
Ustoz - shogird tutindi bobo ham î`smir,
Har bir ko`zada quyosh ming jilva qilur.
Otash - kuloltandirda, unum - samara,
Lekin shogird tandirga yo`lar kun îra.
Yillar î`tdi... Ulg`ayib, shogird der: - Ustoz,
Menga «Fotiha» bering! Amallarim – soz...
Ustoz dedi: - Shoshmagin, sabr qil biroz!
«Sabr sariq îltindir», senda – hunar îz.
Shogird shoshdi, ustani qo`ymadi qistab,
- Îq yo`l! - dedi ustozi, - hayot - zo`r maktab...
Shogird shoshib, bozorda bir do`kon îchdi,
Xaridorni chorladi, lek ular qochdi.
Ikki kulol do`koni bo`ldi yonma - yon,
Katta kulolning har kun savdosi chaqqon.
Kichik kulol tun-u kun tinmay ishlaydi,
Ammo jilo berolmay, boshin qashlaydi.
Shogird kasodga uchrab, ustozga keldi:
- Ustoz, men yoshlik qildim, kechiring! - dedi.
Usta dedi: - Kelaqol, kerakdir «Savob»,
Navbat loydan - tandirga, tandirdan îl tob!
Shogird «kirdi tandirga», toblanar ko`za,
Ustoz bir «puf»lab, guyo îladi bo`sa...
Ko`zalarda - ming jilo, savdoda - unum,
Ustoz - shogird bir zum ham bilmaydi tinim.
Ko`zalarning qiymati: kumush, oltin, zar...
Pul jarangi shogirdda hasad uyg`otar.
Kichik kulol î`ylaydi: - Ishim - mukammal,
Endi men ham î`zimcha qilaman amal.
Shogird ustozga dedi: - Mehribon ustoz,
Menga «Fotiha» bering! Ishim endi - soz...
Ustoz dedi: - Shoshilma, sabr qil biroz,
Bozor - pulni î`ylama! Senda – hunar îz.
Pulga qiziqib shogird, bir do`kon îchdi,
Lek xaridor bo`lmadi - bori ham qochdi.
Yana î`sha muammo: ko`zada yo`q nur,
Shogird kuyinar, ammo sir ko`zada - kir.
Katta kulol ko`zasin «yonar savdosi»,
Kichik kulol savdosin ko`pdir g`ovg`asi.
Kichik kulol – noiloj, kattaga keldi,
- Ustoz, nodon shogirdni kechiring! - dedi.
Ustoz dedi: - Kelaqol, kerakdir «Savob»,
Hunarga mehr qo`ysang, totmassan azob.
Ustoz, shogird - hamjihat, ko`zalar yasar,
Ko`zalarda - ming quyosh, har ko`za - asar.
Ular, guyo nozik bel jononga o`xshar,
Bo`ynidagi xalqasi, biram, yarashar...
Bir kun ustoz shogirdga dedi: - Î`zing ham
Mustaqil bo`l, hunaring endi emas kam!
Shogird dedi: - Ustozim, ko`zalarga sir
Men berishni bilmayman, sirim chiqar kir.
- Sen «puf»lashni bilmading pishganda ko`za,
Tandirdagi cho`g` kuli ko`rinmas ko`zga.
Kul ustidan sirlading, paydo bo`ldi kir,
Aytmadim, bu hunarga qo`ysin, - deb, - mehr!
Men ularni o`pmayman, tandirdan olib,
«Puf»lab, keyin sirlayman quyoshga solib.
Mening ko`zam jilosi shuning - chun hal - hal,
Shundan sening ko`zangni jilosi - «kasal», -
Deya, ustoz shogirdga «Fotiha» berdi,
Shogird ustozga shunda: - Ko`p rahmat! - dedi.
Ustoz - shogird do`koni bozorda - qator,
Ko`zalarning jilosi ko`zni quvnatar.
Shu do`konlar biridan men ko`za îldim,
Hunarga mehr sirin shogirddan bildim.
;

Do`stlardan biri dedi: - Hunarga mehr
Dasturxonni but qilar, lekin ishq – sehr
Qizlarning - nigohida, qalblar etar band,
Shoh - gadoga bu tuyg`u yot emas, albat.

Jonona makri

Napoleon fotihlikni muhimroq bilgan,
Lek janglarda jononlarni ko`p olib yurgan.
Har birining etagiga sochgan zar - îltin...
Bir go`zal uni aldagan: - Îlmasin, - deb, - tin!
U oyog`i bilan surgan millarin soat,
Safoda aysh – ishrat payti, ko`p so`zlash uyat...

Shohona sovg`a

Do`stlardan yana biri dedi: - Yodimda...
Podshoh Xorun ar-Rashid bo`lgan qadimda.
Uning ham haramida ko`p bo`lgan, chunon,
Dilrabolar sarasi, ammo bir jonon
Podshoh sovg`a – salomin îlmagan, hargiz,
Degan: - Shohim, sovg`aning zo`ri - î`zingiz...
Podshoh unga uylangan, iqboli - kulgan,
Farosati sabab u malika bo`lgan.

Nasuh

Qadim zamonda Nasuh ismli erkak bo`lgan,
Ayollar hammomida uzoq xodimlik qilgan.
Unda mo`ylab bo`lmagan, u î`xshagan ayolga,
Jononalarni yuvgan, lek kelmagan xayolga
Ayollar hammomida erkak kishi borligi,
Uqalovchida erkak shodasining yorligi.
Eng lobar jononalar sirni bilardi faqat,
Uqalatib badanin, goho qilardi «rohat».
Malika ham sir bilgan, qizlarga «kunlab» uni,
Hazillashib, qo`rqitdi uni payshanba kuni.
Malika der: - Ziragim yo`qoldi, tez topinglar!
Barchani yechintiring, eshiklarni yopinglar!
«Momo - Havvo» kiymida barcha - yechindi, navbat
Nasuhga kelgan chog`i, zirak «topildi» faqat.
Bir burchakda: - «O`ldim!» - deb, î`tirgan edi Nasuh,
- «Zirak topildi», - degach, yengil tortib, dedi: - «U-u-uf..!»
- Bo`sa issiqmi - sovuq? – deb Nasuhdan hazilkash
So`ragan edi. Dedi: - Bo`lsa hamki - parivash,
Ko`pi - ko`ngil aynitar, asalning - îzi shirin,
Asl, nafis go`zallik - îddiy ko`zdan yashirin.
Î`shandan keyin Nasuh o`zga yurtlarga ketdi,
Hech kim ko`rmadi uni, balki josuslar tutdi.

Sayrgohda

(Taksist yana gap qistirdi jononlar haqda:
- Bir shaharda, bizlardan ko`p emas uzoqda, )
Mehmonxonada bir sayyoh do`stidan so`rar:
- «Jononalar tili»n bilmam, ne desam bo`lar?
Do`sti dedi: - Bilmasang gar, sayrgohga chiq,
Qizlarga sen îb - havodan gap boshla «iliq...»
Shomda sayyoh sayrgohda dedi qizlarga:
- Ob - havo qanaqa bo`ldi kecha sizlarda?
Jononlar der: - Kecha havo bo`lgandi yaxshi,
Axir hozir - bahor fasli, fasllar - naqshi.
Sayyoh dedi: - Bugun qanday bo`ladi havo?
Go`zallar der: - Îqshom - so`lim, yo`q «dard»ga davo.
Sayyoh so`rar: - Erta qanday bo`ladi havo?
Sabri tugab, jononlar der: - «E-voh!» - bedavo,
Bizlar havo kuzatuvchi – sinoptiklarmas,
Bizlar dildorlar bo`lamiz, yo`qol, yaramas!

Taqdir

Ishratsevar jonona folchiga bordi bir kun,
Dedi: - Mijozlarim - kam, menga fol îching bugun!
Folchi dedi: - Ko`p zino qilibsan sen dunyoda,
Daryo - ko`lga cho`milma, umring bo`lar ziyoda!
Kelajakda, bir kuni î`lasan suvga cho`kib...
Shu fol – sabab: jonona yurardi suvdan qochib.
Samolyotda borardi u qayga borsa doim,
Bir kuni samolyotga kechikdi o`sha oyim.
Dengizdan o`tish uchun ulkan kemaga mindi,
Taqdirdan qochib bo`lmas, u tuzoqqa ilindi.
(Ka’yutadan chiqmadi pa’lubaga biror kun,
Lekin u cho`kib o`ldi, undan qolgan shunday un).
Dengizning î`rtasida ko`tarildi zo`r to`fon,
Kema ikki bo`linib, cho`ka boshladi... Shu în
Jonona der: - Yo, Olloh, gunohim - chun bir meni
Ko`plab îdamlar o`lsa, insofing bormi seni?
- Ishratsevar jonlarni to`pladim, - dedi Olloh, -
O`n yilda bir kemaga, har ishda î`zim - îgoh.

;
Yolg`onchi

Badbashara bir erkak ko`zguga qarab turib,
Derdi: - Ollohim, shukur, yaratding ko`rkam qilib...
Bir do`sti o`sa chog`da yo`qlab qoldi, nogohon.
Xotini sakrab turib, eshikka chopti shu în.
- Do`stim nima bilan band? – so`radi undan mehmon.
Juvon der: - Î`zin maqtab, Ollohga aytar yolg`on...

Kelinchakning hiylasi

Badbashara kelinchak tushdi so`qir kuyovga,
Ko`z tabibi Multondan yayov keldi yaylovga.
Ul tabib îchar edi kimda bo`lsa so`qir ko`z.
Kuyovini kelinchak - ko`rsatmadi, deya so`z:
- Agar ko`zi îchilsa, ul meni tashlab ketar,
Baxtsiz bo`lib qolaman, menga ko`r kuyov yetar.

Kafolat

Chiroyli ayol dedi badbashara eriga:
- Î`lsak, îshyon quramiz jannatning eng to`rida!
- Jannatiy bo`lishingni bilasan qanday qilib? -
Dedi eri. Xotini dedi, «qiqirlab» kulib:
- Mening go`zalligimga har tun shukur qilasan,
Sening xunuk turqingga toqatimni bilasan.
Shukurli - toqatlilar jannatiy bo`lar, - degan
Gapni ko`p eshitganman, har ishda ogoh Egam.

;
Sevish uchun

- Olloh nechun sizlarni yaratgan go`zal qilib? –
Deb eri xotiniga savol berdi, suykalib.
Xotini der: - Bizlarni erkaklar suyush uchun...
- Nima uchun Haq sizda kam qildi aql kuchin?
Xotini der: - Sevish - chun sizlarday badbashara
Va qo`pol erkaklarni, ko`zguga borib qara!

Hiyla

Nok tagida er – xotin tushda choy ichar edi,
Daraxtdagi bir nokni xotini: - Eyman! - dedi.
Eri dedi: - Charchadim, î`zing chiqib îla qol!
Xotin chirmashib nokka, chiqib ketdi, bemalol.
Nok ustida xotini eriga qarg`anib, der:
- Kim-la zino qilarsiz? Sizni yutsin qaro yer!
Eri dedi: - Balandlik ta’sir qilibdi yomon,
Pastga tush, men chiqaman, aylandi boshing, chunon!
Xotini pastga tushdi, er chiqdi nok ustiga,
Xotin qo`shnisi bilan î`ynardi nok îstida...
- Nima qilarsan, xotin? – dedi yuqoridan er.
- Etagimga pishgan nok solayapman, - xotin der.

Birinchi aprel

Qiziqchi, hazilkashlar kuni – birinchi aprel,
Har xil hazil qilishar har yili, bu - kunda el.
Hazillashib xotinga eri dedi î`sha kun:
- Jonim, kechir, xiyonat qildim senga men bugun.
Xotini jahli chiqib, dedi: - Men ham xiyonat
Qilgan edim bir kuni sinfdoshim-la Yormat.
Eri dedi: - Hoy, Xotin! Birinchi aprel – bu kun…
Xotin dedi: - Bizniki bo`lgan «Navro`z kuni», tun.

Hamfikrlar

Ikki î`rtoq bir joyda suhbat qildilar uzoq,
Suhbatda biri dedi, biriga qo`yib tuzoq:
- Mening ikki yorim bor, ikkisi ham - dilrabo,
Kayf-u safom joyida, rashki kuchli î`zaro...
Do`stiga havas qilib, u do`sti ham ikkita
Xotin îldi, ishratni hohlardi juda – juda...
Shu tun katta xotini yo`latmadi yoniga,
Qirq kun î`tgach u tegdi kichigining joniga.
- Bor sevganing yoniga! – deb, ikki xotini ham
Uni uydan haydadi, ezdi uni tashvish – g`am.
Tunash uchun masjidga borgan edi u tunda,
Bir burchakda bir kishi yotganin ko`rdi. Shunda
O`sha kishi «qiqirlab» ko`rpa tagida kuldi,
Razm solib qarasa, î`rtog`i ekan, - bildi.
U der: - Nechun aldading? Yo`qotding halovatim...
Dedi: - Yolg`iz zerikdim, musibatda - hayotim.

Bolalar qani?

Davlat uy – joy berishni kimda bo`lsa besh bola,
E’lon etdi el – yurtga radiodan havola.
Er-u xotin, to`rt î`g`il yashardi bir îila,
Besh farzand bo`lish uchun kerak bo`ldi bir bola.
Eri dedi: - Farishtam, yana î`g`lim bor edi,
Shuni îlib kelaman, - dedi-yu, tunda ketdi.
Qaytib kelsa, xotini uyida yolg`iz edi,
Hayron bo`lib: - Înasi, bolalar qani? – dedi.
- Òo`rt î`g`limni to`rt îta îlib ketishdi tunda, -
Yig`lamsirab der xotin, - siz yo`q edingiz bunda.

Yangi uyda

Ko`p qavvatli uylardan îlib yangi xonadon,
Er – xotin ko`chib î`tdi. Ertasi kun, nogohon,
Xotin dedi eriga: - Qo`shni xotinga qarang,
Kirin toza yuvmaskan, lekin ko`ylagi tarang...
Keyin, yana necha bor î`sha hol bo`ldi takror,
Eri dedi: - Qo`shnimda zo`r malohat, qomat bor...
Keyingi kun xotini derazadan qarab, der:
- Kirin toza yuvishni qo`shnim î`rganibdi, er.
Eri der: - Bugun tongda, sen uxlab yotgan zamon
Derazalarni yuvdim, îlam bo`ldi chàrog`on.

«Futbol muxlisasi»

Kampirning choli î`lib, futbol ko`rmay qo`yibdi,
- Îna, futbol boshlandi, - kampirga î`g`li debdi.
Kampir debdi: - Yetmish yil futbol ko`rdim men, ammo
Futbolni «jinim suymas», boboyim yo`q – muammo...

Qaynonaning chorasi

Bir momo keliniga dedi: - Tunda men - yolg`iz,
Nevaramni menga ber, har xil o`y kelar tig`is...
Kelin dedi: - Bermayman, bolam - o`zimga kerak,
Har bir o`g`il – qiz bo`lar onaning yog`i yurak.
Momo qovog`in uyib, uyiga kirib ketdi,
Birozdan so`ng chorasin o`ylab, tagiga yetdi.
U o`g`lin urib – so`kib, uyiga olib keldi,
Yarim tunda kelini kelib, shunday so`z dedi:
- Jon - onajon, kechiring, men katta xato qildim,
O`g`illarni alishsak, qo`rqinchli tushlar ko`rdim.

Ko`rdim, «Àlhamdulilloh!»

Ikki shogirdi bilan mullo bir kun ertalab
Bozorga yo`l îlibdi, tahoratin qaytalab.
Oldinda mullo bobo - salla, tasbehi bilan,
Yonida - ikki shogird, dilida «Yor – yor!», î`lan…
Uchrab qolsa bozorda jonona - go`zal qizlar,
Shogirdlar der: - Sadag`ang ketay: qomatlar, ko`zlar...
Mullo der: - «Tovba!» denglar, denglar «Astag`firilloh!»
«Iymon»ingiz kuydirmang, kuzatib turar Olloh!
Bir shogirdi, nogohon, dedi: - «Àstag`firilloh!»
Mullo der: - Qani, qani? Ko`rdim, «Àlhamdulilloh!»

Buyuk dard

Dunyo kezib yurganda ulug` Luqmoni hakim,
Bir kulbada eshitdi u bir bemor tovushin.
Kulbaga kirib ko`rsa, bir go`zal yotgan ekan,
«Oh - voh!» qilib, to`lg`onib... - Holing îg`irmi? – degan.
Go`zal dedi: - Ketaver, chiqarmagin jahlimni,
Luqmoni hakim bo`lsa, bilar edi dardimni...
Luqmon bemorni ko`rib, kulbadan chiqib ketdi,
- Ilon zahri – davo, - deb, izlab sahroga yetdi.
Bir ilonni tutib u, bemor tomon yo`l îldi,
Tilga kirdi-da ilon, unga shunday deb qoldi:
- Ulug` Luqmoni hakim, Olloh jonzoti - sen ham,
Men ham - Olloh jonzoti, Haqda himmat emas kam.
Bir bemorning dardi - chun halok etarsan meni,
U ham - Olloh jonzoti, insofing bormi seni?
Ilon zahri kor qilmas jononaning dardiga,
Uni îdam chaqqandir, yetmay sevgi qadriga.
Odam zahriga shifo faqat mehr bo`ladi,
Shamolday uch yoniga, bugun baxting kuladi!

Munajjim

Munajjim uyga qaytdi bulutli, îysiz tunda,
Xotini do`sti bilan uxlab qolibdi... Shunda
Munajjim «jinni» bo`lib, qildi to`polon - janjal.
Munajjimga donishmand dedi: - Xotining - go`zal…
Xotining, î`z do`stingni bilolmaysan sen, zinhor,
Qaydan ham bilar eding falak avjida ne bor?

Dev va go`zal

Bir yigit ziyorat - chun borardi Makka tomon,
Zo`r chinorni sahroda ko`rib qoldi bir zamon.
Yigit u yerga borib, nonin eb, damin oldi,
Birozdan so`ng ufqda quyunni ko`rib qoldi.
Quyun bilan bahaybat, yakka ko`z dev kelardi,
Atrof edi bepoyon, oftob olov sochardi.
Shu daraxt soyasiga kelar edi u dev ham,
Elkasida bir sandiq, devni boshi egik, xam...
Devdan qo`rqib u, darhol chinorga chiqib oldi,
Dev sandiqni qo`ydi-yu, soyada uxlab qoldi.
Sandiqning teshigidan ko`rindi bir go`zal ko`z,
So`ngra kalit ko`rindi, so`ngra keldi shunday so`z:
- Dev qattiq uxlab qoldi, endi uyg`onmas uch kun,
Yovuz devdan sen meni ozod et, «Savob» uchun!
Yigit sandiq ochgandi, go`zal qiz chiqdi, kulib:
- Kel, endi qovushamiz! – dedi unga, suykalib.
Yigit der: - Makkaga men ziyoratga oldim yo`l,
Zino – gunoh bo`ladi... Go`zal dedi: - Tezroq bo`l!
Yo`q! - desang, yovuz devni uyg`otaman, solib «dod!»
Men bilan qovushishing - senga birdan bir nojot.
Qiz yigit-la qovushdi... Shunda bo`yniga sanam
Bir gavhar osib qo`ydi, deya: - Sirli - bu olam...
Yigit der: - Marjonlaring sirini ayla bayon!
Sanam der: - Gavharlarim sanasang, bo`lar ayon,
Ushbu dev tutqunida necha erkak bilan men
Shu kungacha aysh qildim, yuz birinchi bo`lding sen.
Endi sandiqqa tushgum, «To`rt tomoning - qibla!» – der,
Devning rashki – alomat, meni unut, ketaver!

Ehtiyotkorlik

O`g`lini ko`rish uchun Ibrohim bordi toqqa,
Kelini kir yuvardi, î`tin qalab î`choqqa.
Ibrohim unga dedi: - Ko`rinmaydi, Ismoil?
Kelin der: - Îvga - ketgan, bugun - kelmas, erta - kel!
Ibrohim der kelinga: - Eringga ayt, bir kishi
Tuyada kelib – ketdi, qo`lida - îvchi qushi.
Yana aytgin, eshigi eskiribdi juda ham,
Almashtirsà, dutamas shamol kirib tunda sham.
Eri kelgach, xotini shu gapni aytgan edi,
Xotiniga Ismoil: - U - îtam edi, - dedi, -
Eski eshik - bu sensan, dutamay yonsin shami, -
Degani: Almashtirsin ayolin, bo`lmas g`ami».
Uni hurmat qilmabsan, senda yo`q mehr – shafqat,
Bugundan «boshing - îchiq», mehr – îliy fazilat.
Bir yil î`tgach î`g`lini ko`rish uchun Ibrohim
Yana toqqa yo`l îldi, deb: - Ismoil – «chirog`im...»
Yetib kelgach, kelindan so`rar: - Qani Ismoil?
Kelin dedi: - Uyda - yo`q, îv qilishga u - moyil.
Hozir men choy qo`yaman, uyga kiring, marhamat!
U ertaga keladi, hordiq chiqaring, albat!
Ibrohim der: - Qaridim, tusholmayman ulovdan,
Menga biroz suv bersang, tutib turib jilovdan!
Kelin qimiz keltirdi. Ibrohim dedi shu în:
- Eshiklaring shamolga îchilib ketar îson.
Eringga ayt, eshikning mahkamlasin ilgagin,
Juda chiroyli ekan, yog`lab tursin u tagin.
Eri kelgach, xotini shu gapni aytgan edi,
Xotiniga Ismoil: - U - îtam edi, - dedi.
Go`zal eshik – bu sensan, menga, - «E’zozla!» - degan,
Men uyda yo`q vaqtimda u sinash uchun kelgan.

Marhamat

Iso alayhissalom quvnoq edi ko`p,
Yahyo alayhissalom yig`lar edi «Xo`p...»
Isoga Yahyo dedi: - Iso, bo`l bosiq!
Bilmaysanmi, Haqning ko`p hiylasi nozik...?
Iso Yahyoga dedi: - Mehr – marhamat
Ulug` Yaratuvchida - juda ko`p, faqat
Yahyo nechun g`amdasan, ko`zing har dam - nam?
Ushbu so`zni eshitib aziz bir îdam:
- Ikkisidan qay birin ulug` maqomi? -
Deb u Haqdan so`radi. Dunyo Haqoni
Der: - Xush niyatda menga xizmat qilgani,
To-«Qiyomat» qutlanar mavludi ani.

Qur’onda ham mehr haqda go`zal qissa bor:
Yusuf - Zulayho qissasi, juda - ibratvor.

Yusuf (àlayhissalom) qissasi

Ollohimga hamd-u sano har doim - abad!
Mening maqsadim: Rahmonning - sevinchi, albat.
«Àlif», «Lom», «Ro» - shu harflar-la boshlanar sura,
Ulug` Tangrim tuzgan tilsim yechilmas, qara!
Olloh go`zal qissa etib bizlarga hadya,
Yusuf Payg`ambar hayotin etgan madhiya...

O`n ikki yoshida Yusuf tush ko`rdi bir tun,
O`n bir yulduz parvonadir unga îy ham kun.
Ko`rgan tushun îtasiga u etdi bayon,
Yoqub Payg`ambarga tushning ta’biri ayon.
Ota dedi: - Î`g`lim, tushung hech kimga aytma,
Natijasin men kutaman, «Savob»dan qaytma!
O`n bir yulduz itoati: ukang, î`n akang,
Quyosh ham îy parvonasi - îtang ham înang.
Akalaring bu tushungdan xabar topmasin,
Hasad qilib, hiyla î`ylab, bag`rim yoqmasin.
Odam farzandiga shayton - azaliy dushman,
Ulug` Olloh - haqiqiy do`st har doim, har în!
Gar «Ollohim, baxtlovchingman!» - deb yursang takror,
Shaytonning makri sen uchun bo`ladi bekor.
Odamga baxt - iqbol berar himmatli Tangrim,
O`sha baxtga munosib bo`l, ulug`dir qadring!
Rahmon - î`zi tarbiyalar sendek insonni,
Ruhiyating komil etar, malaklab tongni,
Tangrim ayon etar senga tushlar ta’birin,
Kelajakda îdamlarga aytasan sirin.

;
Ajoyib bir î`g`il Yusuf: xushfe’l, xushsurat...
Kecha - kunduz îta î`ylar Yusufin faqat.
Hasad qilar unga o`nta î`gay akalar,
O`z ukasi Biniyamin bundan - bexabar.
Ota bir-u îna boshqa edilar ular,
Yusufga qarshi bir mudhish reja tuzdilar:
- Agar Yusufni o`ldirsak barchamiz – hamdam,
Ota balki yaxshi ko`rar bizni ham har dam, -
Deyishdilar, - keyin qilib tovba - tazarru,
Otamizni ko`nglin îlsak, ushalar îrzu.
Nechun îta bizga mehrin ayladi qahat,
Nima uchun u Yusufni suyadi faqat?...

O`gay akalar jam bo`lib, îtaga keldi.
- Yusufni biz bilan îvga yuboring! - dedi,
- Albat, sizdek biz ham uni yaxshi ko`ramiz,
Nima uchun ishonmaysiz, aka – ukamiz?
Bizlar bilan u ham birga bir î`ynab kelar,
Barcha - birday qo`riqlaymiz, tug`ilsa xatar.
Ota dedi: - Bu îv meni mahzun etadi,
Agar bo`ri hamla qilsa, Yusuf netadi?
Banda - îjiz, har narsaga Ollohim - qodir,
Har dam Haqning irodasi bo`ladi sodir.
Yoqub î`zi «topib berdi» ajib bahona:
- Bo`ri... - deya îg`iz îchdi, dili - vayrona.
O`g`illarga îta so`zi juda xush bo`ldi,
Yusuf uchun bu - bahona ko`p noxush bo`ldi...

Erta tongda ular birga îvga ketdilar,
Ko`p yurdilar, cheksiz sahro - cho`lga yetdilar.
- Agar-da yo`q qilish kerak bo`lsa Yusufni,
Chuqur quduqqa tashlaymiz, - dedilar, - uni!
Biror karvon îlib ketar qayga bo`lsa ham,
Otamizni ishontirsak, reja - mustahkam...
Ular bilardi bir eski quduqni - suvsiz,
Shu quduqqa Yusufjonni tashlashdi, essiz...
Ulug` Olloh quvvatladi aziz bandasin,
Vahiy keldi: - Sen yodda tut ular zarbasin!
Akanglarga «Quduq...» haqda aytasan bir kun,
Shoh bo`lasan, javob berar qilmishi uchun.

Keyin ular hiyla uchun so`yib bir qo`yni,
Qabohatin qutlab, qildi bazmni – to`yni.
Shu qo`y qoniga bulg`adi Yusuf ko`ylagin,
Shayton gunohga boshlaydi doim, î`ylagin!
Yoqubning î`n î`g`li îvdan kech bo`lgach qaytdi,
Ular îtaga «zor yig`lab», shunday so`z aytdi:
- Jon îtajon, Yusufjonni endi ko`rmaysiz,
«Til bormaydi» - noxush xabar, qanday chidaysiz?
Bizlar uni qoldirgandik anjomlar bilan,
Bo`ri kelib, yeb ketibdi: - «Alvido!» Alam…!
Ular îtaga keltirdi ko`ylakni qonli,
Bu hiylaga ishonmadi îta «iymon»li.
- Mening yolg`iz ishonchim bor: Ollohdan - madad,
Hamd-u sano hamda shukur unga - beadad!
Sabr – toqat chiroylisi bo`lar îdatim,
Ulug` Ollohdan baxt tilash - chin ibodatim.

Yusuf uch kun qolib ketdi quduq qa’rida,
Firoq, îchlik va tashnalik azoblarida.
Jazirama cheksiz cho`lda hansirar karvon,
Suv izlashib jo`nadilar suvchilar har yon.
Shu quduqqa tashlaganda ular chelagin,
Arqonga Yusuf ilindi î`rab bilagin.
Suv o`rnida bola ko`rib, suvchi bo`ldi «lol!»,
Uni bozorda sotish – chun yashirdi darhol.

Ulug` Olloh bilar nima bo`lishin avval,
Yusufjonning baxti uchun toj-u taxt tamal...
Misr shahriga kelganda yo`lovchi karvon,
Uch - to`rt tangaga Yusufni sotishdi arzon.
Yusufni sotib îlgan zot - Qitfiyr edi:
- Bu - bizga î`g`il bo`ladi! – suyunib dedi.
Qitfiyr - Misrning bo`lgan shahar hokimi,
Malika Zulayho - uning go`zal xotini.
Qodir Olloh bandasining mushkulin yechdi,
Yusufjonning bolaligi saroyda kechdi.
Ulug` Olloh ato etdi hikmat-u bilim
Yusufjonga: - Kam bo`lmasin, - deb, - aziz qulim!

Yusuf yigit bo`lgan edi baquvvat, ko`rkam…
Yetti iqlimda tengi yo`q va î`xshashi ham.
Malika Yusufni sevdi, tanglashdi ahvol,
Yotog`iga chorlab, dedi: - Jonim, kelaqol!...
Yusuf dedi: - Haq - Ollohdan qo`rqqin, Zulayho!
Axir bu - xiyonat bo`lar, axir bu – zino...
Zulayho noz – karashmada quchmoq bo`lgan în,
Yusuf î`zini eshikka urdi, shu zamon
Zulayho Yusufni tutdi, kuchli edi hirs…
Yusufning yangi ko`ylagi yirtildi, essiz...
Shu payt eshikning îldida paydo bo`ldi er,
Tuhmat toshlari yog`ildi malikadan, der:
- Buning jazosi zindon yo alamli azob,
Xojam, sening îilangga u qo`ydi tuzoq.
- Uning î`zi meni yo`ldan urmoqchi bo`ldi, -
Deya Yusufning yuragi hasratga to`ldi...

Qodir Olloh rost – yolg`onni ajratar zumda,
Suygan bandasin asradi, hikmat bor bunda.
Shu payt birdan tilga kirib, dedi chaqaloq:
- Xoja, Yusuf ko`ylagining yirtig`iga boq!
Agar ko`ylak yirtiq bo`lsa îld tarafidan,
Zulayhoga tuhmat qilar Yusuf gapi-man;
Agar ko`ylak yirtiq bo`lsa îrqa tarafdan,
Malikamiz tuhmat qilar, angla gapidan!
Yirtig`ini ko`rsalar-ki, îrqa tomonda,
- Ey ayollar, hiylalaring zo`r har zamonda,
Zulayho, sen tovba qilgin, î`zingni tutgin! -
Dedi hokim. Yusufga der: - Buni unutgin!

Shahardagi ko`p xotinlar ig`vo qildilar,
Zulayhoni «yengil ayol», - deya bildilar.
Malika ham aql ila î`yladi chora,
Ayollar - chun bazm qildi, ish bersa zora.
Dasturxonlar bezatildi: taom, mevalar...
Ko`plab xotin - qizlar keldi, keldi bevalar...
Har biriga tutqazdilar bittadan pichoq
Va Yusufni kiritdilar eshikdan shu choq...
Salom berib kirdi yigit, ayollar - hayron,
- Ey, pok Olloh! - dedi ular, îshdi - hayajon,
- Farishtaning î`zi-ku - bu! Qo`llar - «lola - qon»,
O`z barmog`in î`zi kesar, barchada - armon.
- Shu - «Malak», - deb, malomatga qoldim men bu kun,
Aytganimga u yurmadi, yondim kun-u tun, -
Der Zulayho, - Yusuf menga bo`ysunmas ekan,
Zindonga tashlayman, hatto, î`smaydi tikon.
- Parvardigor, g`urbatlardan î`zing qil îzod! -
Dedi Yusuf, - sabr bergin, yuragim - barbod!

Rahmon unga rahm etdi, maqtovlar unga!
U Yusufning iltijosin eshitdi. Shunda,
To-g`urbatlar tinchigancha Yusufni zindon
Ichra saqlab turish uchun berildi farmon.
Bir zindonga Yusuf bilan tashlandi yana
Ikki yigit: soqiy ila novvoydir, ana!
Bu yigitlar tush ko`rdilar: - Soqiy tushida
Meva siqib, may tayyorlar, mashg`ul - ishida;
- Novvoy esa savatida ko`tarmish nonni,
Nonlaridan qush cho`qirmish î`tkazmay înni.
Bu tushlarning ta’birini Yusufdan ular
So`radilar: - Ey, pok inson, ne ayon bo`lar?

- Ulug` Ollohniki azal - mutloq hokimlik,
Quloq tuting, so`z aytaman, saqlangiz jimlik! -
Dedi Yusuf, - bo`lingizlar doim Xudojo`y!
Otam, bobom, ulug` bobom - Payg`ambar, rostgo`y.
Cheksiz îlam, mavjudotni Olloh yaratdi,
Hamd-u sano aytsinlar! - deb, nurin taratdi.
Odamlar - ko`p, ammo ulug` Olloh - yagona,
Kimlar shohona yashaydi, kim - g`aribona.
Kimlarning farzandi ko`pdir, kimda esa - yo`q,
Kimning so`zi bolga to`liq, kimning so`zi - do`q.
Odamlar bor, hayotida ezgu maqsad bor,
Odamlar bor, lek ularga shayton bo`lgan yor.
Bu dunyoda sig`inishar: butga, sanamga...
Olloh - Egam! - degan banda botmaydi g`amga.
Gunoh ishni bilib – bilmay siz ko`p qilasiz,
«Savob» ishni ko`p qilingiz, lek ko`p demangiz!

;
Shunday ma’noda so`z degan Yusuf Payg`ambar,
Ularni muvashshah etdim, Haqda hikmat bor:

Tangri himmat - marhamati: sening iqboling,
Aqling, mehring, kuch - quvvating, yuzingda «ol»ing...
Nojot hamda ishonch qasri qalbingda bilsang,
Gunohlardan ozod bo`lgin, sen inson bo`lsang!
Ruh-i «Iymon»ingni pokla, «Savob» ek har dam,
Ibodatni kanda qilma, bo`lmagaysan kam,
Nafsing bilan doim kurash, îliyhimmat bo`l,
Intihosiz umr bo`lmas, Ollohga - biz qul,
Niyatingni xolis qilgin, îrzung bo`lsin mo`l,
Gard yuqtirma vijdoningga, nur – ziyoga to`l!

Rahimdil ham mehribon bo`l insonga, inson!
Ollohim qo`llagay seni har doim - har în.
Zehning, farosat-u fahming, donishing, aqling,
Irodang ham matonating – boyliging, naqding.
Latif bo`lgin murosada, ibrat - îlsinlar,
Ishonchlarin îqla xalqning, ko`ngli - to`lsinlar,
Go`zallikka îshno bo`lgin, yovuzlikdan qoch,
Ilm-u hikmat eshiklarin tafakkur qil, îch!

Unsin gullar qadam bosgan har bir izingdan,
Chiroy îlsin tund chehralar nurli yuzingdan,
Ulug`lansin inson zoti har bir so`zingdan,
Nihoyatda iliq mehr yog`sin ko`zingdan!

Yovlashmagin, g`ovlashmagin, Rahmonga - yorsan,
Odil hamda mard bo`l doim, shayton der: - «Zo`rsan…»
Zaruriyat - Tangri amri, hasad qilma hech,
Amal hamda bilim izla, muammolar yech!
Yo`llar ko`pdir bu dunyoda, manzili - îbod,
Aytib bo`lmas yo`llar ham bor, îxiri - barbod.
Piyoda yur - yur ulovda, lek sezgin har dam
Mehribon ham rahmli zot Tangri – do`st, hamdam...
Aziyat, g`am, jafolarni ko`rmas - chun îdam
Nurin Olloh yo`limizga taratgan, bo`tam.

Ulug` Olloh - Yaratuvchi, Elchisi - î`zim,
Tushlaringiz ta’biri - bu, tinglangiz so`zim:
- Birinchingiz: xojangizga soqiy bo`lasiz;
- Ikkinchingiz: qushlarga - yem, dorda - î`lasiz.
Soqiyga u yana dedi: - Yaxshilikka yo`y,
Xojangga may suzar chog`i meni eslab qo`y!
Lekin soqiy bu so`zlarni butkul unutdi,
Shaytonga - esh, may qadahin qo`lida tutdi.
Yusuf yana qolib ketdi zindon qa’rida,
Bir necha vaqt Zulayhodan edi narida...

O`sha paytda Misr shohi – Ibn ul Valid
Ra’yon bir tush ko`rgan edi bir - biriga zid:
«Yetti îriq sigir - yetti semizin yemish;
Yetti yashil, yetti quruq boshoq - î`n to`rtmish».
Shoh so`radi a’yonlardan tushning ta’birin,
- «Àloq - chaloq» tush, - dedilar, bilolmay sirin.
Soqiy dedi: - Tush ta’birin biladi faqat
Zindonda yotgan bir yigit. So`radi - ruxsat.
Soqiy bilish uchun Ra’yon tushin ta’birin
Yusufga der: - Podshoh tushin anglatgin sirin:
- «Yetti îriq sigir – yetti semizin yemish;
Yetti yashil, yetti quruq boshoq - î`n to`rtmish».
Yusuf dedi: - Bug`doy eking ko`plab yetti yil,
Donni boshog`ida saqlang, buzilmaydi - qil!
Keyin qattiq qurg`oqchilik bo`lar yetti yil,
Ocharchilik balosidan qiriladi el.
O`n beshinchi yil kelganda yog`adi yomg`ir,
Meva, don-dun mo`l bo`ladi, yo`qdir boshqa sir.

Soqiy kelib bu xabarni aytdi Ra’yonga,
Podshoh dedi: - U mahbusni chorlang bu yonga!
Shoh soqiysi shunda Yusuf yoniga keldi,
- Sen zindondan îzod bo`lding, yur tezroq! - dedi.
Yusuf dedi: - Avval so`rab biling, ayollar
Salomat-mi, tuzaldi-mi qo`llari - qonlar?
Shoh saroyga jamlab î`sha ayollar barin,
So`rab bildi voqeaning tafsilot - sirin.
- Olloh - guvoh, hech yomonlik sezmaganmiz biz
Ul yigitdan, - der ayollar, - qo`lda qoldi - iz...
- Haqiqat tantana qildi, mendan - bu xato,
Yusuf gunohga yurmadi, - dedi Zulayho.
Soqiy yana qaytib keldi Yusuf îldiga,
Yusuf dedi: - Payg`ambarman, Olloh îldida
O`z nafsimni îqlamayman, Olloh – mehribon,
Balolardan asrar meni har nafas - har în.
Ra’yonga bu xabar yetgach, dedi a’yonga:
- Pok zot ekan, îzod etdim, u - yursin yonda!

Ulug` Ollohga - îlqishlar! Rizqlovchi - î`zi,
Baxt-u saodatlar berar, muborak – tuzi!
Payg`ambarga podshoh dedi: - Ekansan ulug`...
Yusuf dedi: - Xazinangni saqlayman - to`liq.
Podshoh dedi: - Hokim bo`lgin ushbu shaharga,
Halol, îdil boshliq kerak, haqiqiy - darg`a!
Qitfiyrning kuni bitib, îlamdan î`tdi,
Yusuf sha’ran Zulayhoning qo`lini tutdi.
Ikki farzand ato etdi rahmli Tangri,
Zulayho bokira edi, Ollohning - amri.

Misrga kela boshladi ko`p yurtdan karvon,
Qahatchilik yo`q bu yerda, non esa - arzon.
Kan’on eliga ham yetib bordi bu xabar,
Yo`lga Yoqub î`g`lonlari chiqdi - dontopar.
Ota î`g`lonlari keldi Yusuf yoniga,
Tanimadi ukasini, keldi noniga...
Yusuf so`rab - surishtirdi: - Qaysi yurtdansiz?
Otangiz - kim, necha - î`g`lon, qani bittangiz?
Ularga don berib Yusuf, dedi: - Bu yerga
Ukangiz - Binyamin bilan kelingiz birga!
Agar Binyamin kelmasa, don yo`q bir qadoq,
Yurtimizga îyoq bosmang, so`zlarim - adoq!

- Bizlarga hech ishonmaydi uni îtamiz, -
Der akalar, - yalinsak-da, hatto, o`ntamiz.
Tarozibonga Yusuf der: - Donlarni îling,
O`zlariga narsalarin bildirmay soling!
Kan`onga qaytib akalar, dedi îtaga:
- Binyaminni biz-la jo`nat, yo`yma xatoga!
Agar Binyamin bormasa, berishmaydi don,
Yurt hokimi shunday dedi, «yig`lasak-da qon».
- Binyaminni ishonmayman sizlarga endi, -
Dedi îta, - sizga mening ishonchim so`ndi.
Yuklarini yechib ko`rsa, yo`q bir qadoq don,
O`zlarini - narsalari, qaytibdi karvon.

Yurtda – qahatchilik… Kezar î`lim balosi,
Kan’on elida barchaning - non muddaosi.
Yoqubga der î`g`illari: - Yana bir tuya,
Binyamin biz bilan borsa, îlardik-ku-ya...
- Agar menga bersangizlar ilohiy qasam, -
Dedi îta, - ukangizni bo`lar yuborsam.
Yoqub îlgach î`n î`g`lidan ahd ila paymon:
- Gapimizga guvoh î`zi - Rahmli Rahmon,
Kiringizlar har tomondan î`sha shaharga,
Alohida darvozadan, - der u, - nahorda!
Qaytara îlmasman sizdan Olloh amrini,
Haqqa doim sodiq bo`ling, biling - qadrini!

Àna, Yusuf huzuriga yigitlar keldi,
Binyaminga Yusuf sekin: - Akangman, - dedi, -
Otajonim sog` - îmonmi, eslarmi meni?
Uka, saroyimda îlib qolaman seni.
Yusuf aka - ukalarga berdi g`alla - don,
Binyaminga qadah qo`shib soldi î`sha în.
Ulug` Tangri qudratlidir, unga shon - sharaf!
Yusuf ukasini topdi, bahona - qadah.
- «Shoh qadahi yo`qoldi!» – deb, jarchi soldi jar,
Suyunchisi - bir tuya don, kim topsa agar.
- Î`g`rimasmiz, - der akalar, - bizlarda farmon;
O`g`rilarni qul qilishar elida Kan’on.

«Qidirdilar» shoh qadahin... Karvondan navbat
Yetganida Binyaminning yukiga faqat
Qadah to`satdan «topildi». Akalar hayron:
- Binyamin qilishi mumkin, chunki bir zamon
Uning Yusuf ismli bir akasi bo`lgan, -
Dedi ular, - bolalikda î`g`rilik qilgan...
Yusuf esa bu so`zlarni ichiga yutdi,
Sekin taxtiga î`tirdi, tilini tutdi.
- U î`rniga birimizni, mayli, îlib qol!
Otasiga yetkazmasak, tanglashar ahvol.
Biz kelishda - îtasiga berganmiz qasam, -
Dedi biri, – bu - haqida bo`lmas aytmasam.
Yusuf farmon qilar, barcha - quloq soladi:
- Qadah kimdan chiqqan bo`lsa, î`sha - qoladi!
So`ng î`zaro maslahatda dedi kattasi:
- Men - qolaman, qolish kerak bizdan bittasi.
Otamiz îldiga boring, îling - dardini,
Aytib bering Binyaminning «qilmish - gardini!»

Kan’onliklar yo`lga chiqdi. Uzoq yo`l - îg`ir,
To`qqiz nafar î`g`li qaytdi, îta - «qonbag`ir».
To`qqiz î`g`lini so`zini îta tingladi:
- Sabrim chiroyli bo`lar! - deb, bir sir angladi, -
Mening yolg`iz ishonchim bor: Ollohdan - madad,
Barcha îlqish unga bo`lsin abad-ul abad!
Uch î`g`lonim asraguvchi Ollohning î`zi,
Yusufjon!... – deb, yig`lay – yig`lay, ko`r bo`ldi ko`zi.
- Siz, Yusufjon!... - deysiz doim, îjiz, notavon... -
Der î`g`illar îtasiga, - bir kun chiqar jon.
- Men - bilaman, Haq - anglatar, bilmaysiz - sizlar, -
Dedi Yoqub, - uch î`g`limni tez izlangizlar!
Olloh - Rahmon, rahmatidan noumid bo`lmang,
Kofirlar noumid bo`lar, siz gunoh qilmang!

Bor bisotin îlishdi-yu î`g`lonlar - to`qqiz,
Misr tomon yo`lga chiqdi. Yo`llar - ko`hna iz...
Manzilga yetib kelishgach, Yusufga ular:
- Ey ulug` shoh, qancha donga almashsa bo`lar
Bu - bisotni? Îcharchilik ushladi bizni,
Alloh - î`zi mukofotlar, - dedilar, - sizni!
- Eslaysizmi, Yusuf bilan «voqea» bo`lgan? -
Dedi hokim, - bir ukangiz quduqda qolgan...
- Sen Yusuf-mi? - Ha, men - Yusuf, Binyamin - ukam,
Sizlar bir vaqt menga qattiq qilgansiz sitam.
- Olloh seni bizdan afzal qilgandir azal,
Gunohkormiz, - der akalar, - ruhimiz - kasal.
- Qalblaringiz nopok bo`lsa, bo`lar zavoli,
Gar kimda ko`p «Savob» bo`lsa, kular iqboli.
Ulug` Rahmon rahmlidir, shahanshoh - î`zi,
Otamga yoping ko`ylagim, îchilar ko`zi!
Keyin barchangiz Misrga keling ahl - jam, -
Dedi Yusuf, - Inshaolloh, bo`lmaysizlar - kam.

Misrdan karvon Kan’onga yo`l îlgan kuni,
- Yusuf - tirik! Menga ayon borligi uni, -
Dedi Yoqub. Odamlar der: - Î`tdi ko`p zamon,
Yusuf nomin takrorlaysiz to`xtovsiz, hamon.
Agar Yusuf tirik bo`lsa, topardik – a’sar,
U ham bizga î`zi haqda berardi xabar.
O`g`illar kelib, îtaga ko`ylakni yopdi,
Yoqub dedi: - Dalili – shu, ko`zim nur topdi.
O`g`illar der îtasiga: - Xato qildik biz,
Gunohkormiz, Olloh - ulug`, afv so`rasangiz!
- Mehribon ham rahmli zot - yolg`iz Ollohim,
- Dedi Yoqub, - marhamati: mening - panohim.

Ota - bola, eli Kan’on Misrga tomon
Yo`lga chiqdi: kimda - quvonch, kim izlaydi non.
Yusuf îtasi yo`lda î`rnatib chodir,
Kutar edi. Yoqub keldi, uchrashuv - sodir.
Ota - î`g`il quchoqlashdi... – Keling: îmon, tinch, -
Dedi Yusuf, - Ollohga - hamd, cheki yo`q - sevinch!
Mana, qirq yil î`tib sodir - tushim ta’biri,
Ollohimning azal - abad muborak qadri.
Misr shahrida to`y bo`ldi. Yoqubni Yusuf
O`z taxtiga î`tqazganda îta tortdi: - «U-u-uf!»
Yusuf tomon aka - uka, barcha - yiqildi,
Payg`ambar shunday ma’noda ma’ruza qildi:
(Ma’ruzasini muvashshah etdim men, takror
Ulug` Olloh himmatidan bo`lib umidvor.)

- Tangrim iqboli - chun bo`lar so`zlarim, albat,
Amallarim, hayotimda ibrat bor faqat.
Nojot yolg`iz Rahmon bo`ldi, î`ziga - shukur!
Guvoh har dam qadamimdan, yo`llar î`y - fikr...
Rizoligi uchun Olloh boshqaraman el,
Ibodatim - yolg`iz Haqqa, ey el, doim bil!
Nihoyatda zamin uzra ko`pdir yurt - elat,
Iqbol uchun inson zoti intilar har vaqt.
Niyatingiz quvonch – g`amda sinaydi Olloh,
«Gunoh» qilmang! «Savob» qiling! Bo`lingiz îgoh!

Ruhingizni ravshan tuting hamda yuring pok,
Oqil hamda îdillarni qo`llab turar Haq.
Ziyoga intiling doim - garovi iqbol,
Ilmli insonlar, mudom, topmaydi zavol.
Layoqatlar har kishida bo`ladi har xil,
Imkon bo`lar har bir ishga bo`lsangiz ahl.
Gunoh qilmang! Gumroh bo`lmang! Baxtsizlik kutar,
Irodangiz mahkam bo`lsa, chekinar xatar.

Ulug` Olloh uchrashtirdi îtajonimni,
Chiroyli sabr qiluvchi «nur - jahonimni».
Ukam, akalarim, elat... Bugun - tantana,
Nazm-u navo avjga chiqsin, àmrim - shahona!

Saxiy bo`ling, isrof qilmang! Me’yori bordir,
Adolatni bayroq qiling, Ollohim yordir!
Va’dangizga amal qiling, har doim - vafo,
Ojizlarga yordam bering, hech qilmang jafo!
Bu dunyoda sizdan qolsin faqat to`g`ri iz,
Lab bo`ladi til eshigi, chiqsin - to`g`ri so`z.
Azaldan tinchlik mevasi: iqbol, tarona...
Nizo îlovining izi: îchlik, vayrona...
«Iymon»lilar adolat - chun kurashar har dam,
Noningizni halol toping, bo`lmas sizda g`am.
Gar-chi îlmos - yer qaridan, aslo, emas kir,
Lekin inson nafsi sabab - shaytonga asir.
Amallarda, ibodatda… bo`lsin haqiqat,
Rahmon - ulug`, rizosi - chun yashash î`zi - Baxt.

El - yurt îbod, Payg`ambarlar bo`lishdi birga,
Katta - kichik, shoh-u gado keldi bu to`yga.

;
O`N TO`RTINCHI SUHBAT

Go`shtxo`r  taksist

Suhbatdoshlar to`plandi choyxonaga bo`lib jam,
Navbatdagi suhbatga: - Rozi bo`lsin, - deb, - Egam!
«Qo`lbola» îsh tortildi dasturxonga, marhamat!
Bugun suhbat mavzusi bo`lar: Àql-u farosat.
«Oshdan îling!» – deganda, to`satdan î`chdi chiroq,
Taksistning go`shtxo`rligin barcha bilardi, u – chog`.
Qorong`ida bittasi dedi: - Chalamiz chapak
Chirog`imiz yongancha, shu ishni qilish kerak!
Chiroq yongach, ko`rsa-ki, îshda go`shtlar yo`q edi.
- Sen ham chapak chalganding, - do`stlar taksistga dedi, -
Yebsan - haloling bo`lsin! Buni - qanday eplading?
Bu safar ham barchani qorong`ida boplading.
Taksist der: - Chap qo`lim ham peshonam bilan chaldim
Men chapakni, î`ng qo`l-la go`shtni îg`zimga soldim.
Mullo dedi: - Qadimda darveshlar suhbat qurgan,
Lekin dasturxonida faqat bir kulcha bo`lgan.
Shu kulchani ushatib, biri î`chirgan shamni,
- Och - nochorlar yesin, - deb, - biroz unutsin g`amni!
Shamni yoqqach, bildilar: Hech kim tegmabdi nonga,
Kasal darvesh bor edi, darmon bo`lsin, - deb, - unga!

Choyxonada suhbatda do`stlar farosat haqda
Ko`plab hikmatlar aytdi, she’rga soldim, albatta.
Quyida shu she’rlardan namunalar keltirdim,
Ba’zilarin qa’tida yashirin ma’no ko`rdim:

;
Tiriklay o`lish

Hindistonga safarga savdogar yo`l îlibdi,
Yaqinlariga: - Qanday sovg`a keltiray? – debdi.
Savdogarga do`stlari debdi: - Turlicha sovg`a...
Lek to`tisi qafasda qilib qolibdi g`ovg`a:
- Sen meni «Do`stim!» deysan, so`ramaysan holimni,
Otlanibsan safarga, sezmaysan ahvolimni!
To`tiga der savdogar: - Do`stim, seni tinglayman,
Qanday sovg`a keltiray? Ahvolingni anglayman...
Savdogarga der to`ti: - Menga sovg`ang kerakmas,
Menda ikki î`tinch bor, biri: - îmon qaytsang, bas;
Ikkinchisi: - Yetkazsang mendan îtashin salom
U yerdagi qanotli do`stlarimga, – ehtirom!
Ularga ayt, sizlarni juda sog`ingan qushim,
Yolg`iz qafasda turar. Xotiramda - î`tmishim.
Savdogar Hindistonda: tog`larda, qoyalarda...
To`tiqushlarni ko`rdi: î`rmonda, soyalarda...
To`tilarga to`tisin u gapin yetkazgan în,
To`tilar: - «Oh – voh!» qilib, î`lib qoldi shu zamon.
Savdogar Hindistondan mol îlib, uyga qaytdi,
U yerdagi to`tilar î`lganin qushga aytdi.
Buni eshitib to`ti, «V-oh!» deya, î`lib qoldi,
Afsus qilib savdogar, uni qafasdan îldi.
O`ligini deraza îldiga qo`ygan edi,
To`ti tirilib birdan, samoga uchib ketdi.
O`zingdan kechmay turib bo`lolmaysan barkamol,
Baland parvoz qilolsang, totasan gashtin iqbol.

;
Saboq

- Òovus hamda qushlarning patidan taxti - ravon
Yasang! – dedi malika Sulaymonga bir zamon.
Qushlarning barchasini yoniga yig`di podshoh,
Biroq boyqush kech keldi, xatardan bo`lib îgoh.
Shoh Sulaymon so`radi: - Boyqush nechun kech kelding?
Boyqush dedi: - Men ikki savol javobin bildim.
Savolim birinchisi: tirik ko`pmi yo î`lik?
Sulaymon der: - Javobin î`zing ayt, qilmay qiliq!
Boyqush dedi: - Har tunda î`lik ko`payar, chunon,
Uxlaganlar - barchasi murdadek yotar, ishon!
Sulaymonshoh boyqushga dedi: - Bo`ldi zo`r javob,
Ikkinchi savol - qanday, unda ham bormi saboq?
Boyqush dedi: - Dunyoda erkak ko`pmi yo ayol?
Sulaymon der: - Î`zing ayt, barcha - qushlar, quloq sol!
Shunda boyqush der: - Ayol, chunki aksar erkaklar
Ayol aytganin qilar, î`z fikri yo`q – axmoqlar...
Sulaymonshoh qushlarga der, î`yga tolib biroz:
- Patlaringiz yulmayman, tilayman baland parvoz!

Aks bilan olishuv

Bahaybat sher î`rmonda: - Shohman! - deya yashardi,
Har kun uchta hayvon yeb, u haddidan îshardi.
O`rmondagi hayvonlar yig`ilib, qildi majlis:
- Doim sherdan hadikda yashayapmiz hammamiz.
Barchamiz - kelishaylik, qur’a tashlashib bunda,
Har kun î`limga borsin tongda bir hayvon unga.
Sherga ular bir vakil shu gap-la jo`natgan în,
Unga ham bu maslahat ma’qul bo`libdi, chunon.
Chunki sher qari edi, ov qilganda charchardi,
Dumini tikka qilib, yosh hayvonlar qochardi.
Bitim-la sherdan qochmay yashar barcha - o`rmonda,
U hadsiz î`rmon ekan, bizdan uzoq tomonda.
Qur’a tushibdi, nogoh, quyonvoyga bir kuni,
U sherni ko`rgan chog`i qaltirar ekan dumi.
Quyonvoyni îyog`i tortmabdi sher yoniga,
U bir hiyla î`ylabdi, qasd qilmabdi joniga.
Tushlik paytin î`tkazib, borgan ekan quyonvoy,
Badbo`y balchiqqa ag`nab, hamma joyi bo`lib loy.
Sher î`kirib qolibdi: - Nima uchun kech kelding?
Erta tongdan kutaman, îchdan – îch î`lay dedim.
Quyon debdi: - Tong - sahar yo`lga chiqdim siz tomon,
Boshqa sher yo`lim to`sdi, vajohati - ko`p yomon.
Shu paytgacha quvladi, qochib qutildim bazo`r,
Uning uyi - quduqda, îrom îlmoqda hozir.
Sher dedi: - Ikki podshoh bir î`lkaga sig`maydi,
Raqibim izzat – nafsi yurak – bag`rim tig`laydi.
U sherning uyin ko`rsat! Yo`q qilaman men uni.
Buncha balchiq sasiysan? Ishtaham bug`ding meni.
Quyon sherga quduqni ko`rsatib, der: - Shu - yerda...
Sher suvdagi aksini tanimadi qahrda,
O`kirgandi quduqqa, javob berdi aks – sado,
Sher quduqqa tashlandi, aqlidan bo`lib judo.
Tashqi dushman hech kimni nafsidek etolmas xor,
Nafsini yenggan inson bu dunyoda - baxtiyor.

Yo`ldagi suhbat

Yo`lda soqoli kumush rangga kirgan chol bilan turgan tanishimni uchratdim. Hol – ahvol so`rashdik. Tanishimni suhbatdoshi - chol mast edi. U menga: - Qaysi - qishloqdansan? – deb, ezmalanib qoldi. Men u yerdan tezroq ketishga chog`landim, ammo... bo`lmadi. Shunda: - Men uzoq tog` qishlog`idan keldim, siz u qishloqlarni bilmaysiz, – dedim. Cholga javobim yoqmadi, meni mensimay: - Bilaman, «Onam - yaxshi» qishlog`idan kelgansan, - dedi. Men: - Bilmadingiz, «otam - piyonista» qishlog`idan keldim, - dedim. Tanishim rosa kuldi...

«Yutuq»

Saksoninchi yillarning oxirlari edi... Tumanimizning bosh o`yingohida ommaviy «Omadli chipta» o`yini bo`lgan edi. Shu o`yinga yangi «Jiguli» yengil avtomobili tikilgandi. O`yingohga kirish uchun chipta juda qimmat bo`lib, har bir chiptaga oltita, tasodifiy raqamlar yozilgan edi.
Jazirama issiqda xalq bilan to`lgan o`yingoh «guvillardi». O`yingoh markazida shaffof shisha baraban ichida har xil raqam yozilgan bilyard soqqalarini aylantirishdi. Xalq ichidan bir jaji qizchani chiqarib, ko`zini bog`lab, shu qizchaga bilyard soqqalaridan oltitasini tanlash buyurildi. Ko`zi bog`langan qizcha aylanayotgan shaffof shisha baraban ichidan oltita bilyard soqqalarini tanlab oldi. Soqqalardagi raqamlar ishtirokchilardan birining chiptasidagi raqamlarga to`g`ri keldi. Yutuq egasi yangi «Jiguli» avtomobilini minib, o`yingohdan chiqib ketdi. Odamlar: - Halol o`yin bo`ldi, - dedilar.
Oradan, chamasi, yigirma – yigirma besh yil vaqt o`tdi... Men tuman markazida bezakchi rassom bo`lib ishlardim. Bir kuni bir kishi kelib, o`zining «Jiguli»sining orqa pardasiga sher rasmini chizib berishimni iltimos qildi. Men ish jarayonida u bilan suhbatlashdim. U menga bu – avtomobilni bozordan sotib olganini, bu «Jiguli» - o`sha «Omadli chipta» ommaviy o`yinidagi yutuq ekanini aytdi. Men «Omadli chipta» o`yinining tafsiloti bilan qiziqdim. Shaffof shisha barabanda aralashtirilgan bilyard soqqalaridan oltitasi muzlatgich muzxonasida qattiq muzlatilgan ekan. O`yingohdagi ko`zi bog`liq jaji qizaloq shu muzlatilgan soqqalarni jazirama issiqda tanlagan ekan.

«Shervachcha»

Diyorning uyiga harbiy xizmatda safdosh bo`lgan  do`sti mehmon bo`lib keldi. Diyor: - Do`stim zerikib qolmasin, - deb, qo`shnilarini suhbatga chaqirdi. Uning bir Jasur ismli pakana, îriq qo`shnisi bo`lib, aroqni juda xush ko`rar, mast bo`lib, har doim janjal chiqarar edi. Shu Jasurning îtasining ismi: Bo`riboy bo`lib, înasi ikkinchi erga tekkan, o`gay îtasining ismi: Sherali edi. Xullas, Jasur janjalini boshladi: – Men - Jasurman, menda îtni kallasidek yurak bor, hamma - mendan qo`rqadi... Diyor, sen mendan qo`rqasanmi - qo`rqmaysanmi? – deb qoldi. Diyor: - Albatta, men sendan qo`rqaman, chunki sen avval - u yoqda bo`rini bolasi bo`lgansan, endi bizni qishloqqa kelib, sherni bolasi bo`lding, - dedi. Jasur birdan xushyor tortib, uyi tomonga ketdi.
Shundan keyin Jasurga «Shervachcha» laqabi «mixlanib» qoldi.

Musobaqa

O`rmon kesuvchilarning musobaqasi bo`ldi,
Ikki î`rmon kesuvchi qo`liga bolta îldi.
Musobaqa boshlandi hushtagi bilan hakam.
Sovrini: avtomobil, kim g`olib bo`lar ekan?
O`rmon «to`qqillab» turdi... Har bir soatda birin
Boltasi dam îlardi. Biri: - Îlay, - deb, - sovrin! -
Tinim bilmay ishlardi, ammo u mag`lub bo`ldi.
Mashinani ko`p daraxt kesgan o`rmonchi oldi.
Mag`lub g`olibga dedi: - Sen har soat îlding dam,
Qanday qilib ko`p daraxt kesding, sirin ayt, îdam!
G`olib dedi: - Har soat men boltamni qayradim,
- Qayraganim - sezmasin, - deb, bulbuldek sayradim.

So`qirlik

Bir odam ko`r kishiga tegajag`lik qilibdi:
- Ko`rliging evaziga Haq nima berdi? – debdi.
Ko`r debdi: - Ko`rmaslikni sen kabi axmoqlarni,
Ko`zi - îchiq, qalbi - ko`r, bedavo - gumrohlarni...

Yolg`izlik

Mehmonda borgan edim, ikki kishi suhbatin
Eshitib qoldim, ular tortdi mening diqqatim:
- Mening îlti î`g`lim bor, - dedi biri kibrda, -
«Bos!!!» - desam, shu qishloqqa îlov qo`yar bir zumda...
Ikkinchisi der: - Sening so`zingga kirmas ular,
Axmoq, yolg`iz - îdamsan, el – yurt ustingdan kular.

Oshnachilik

Bir odamning îshnosi unga dedi: - O`rtoqjon,
Soatingni sovg`a qil, unga qarasam har on
Seni eslab turaman. U odam dedi: - Î`rtoq,
Soat – îltin, bermasam, meni eslaysan ko`proq.

;
Kechagi shavla

Bir kishining uyiga mehmon bo`lib har shomda
Qo`shnisi kelib, uni bezor qildi, chamamda.
Xotiniga u dedi: - Îshxonada shovqin qil!
Bundan buyon qo`shni - chun «Mehmon oshi» qilma! Bil,
Palov pishdimi? – desam, «Ag`darib - qo`ydim…» - degin,
Kechagi shavla bormi? – desam, îlib kel sekin!
Oshxona - «darang – during...!» Eri dedi: - Nima - hol?
Xotin dedi: - Kechagi shavlani qildim uvol…
Balki, haqiqatdan ham shavla bo`lgandir uvol,
Lekin meni qiynaydi ko`pdan – ko`p sirli savol:
- Salla îl!- desa, kalla îladi ba’zi îdam,
O`shalarning xilidan edi î`sha xotin ham.

Qo`shnichilik

Tog`da cho`pon îtari bilan bo`ri uyasi
Qo`shni edi, manzili: «Qîrà qoya» soyasi.
Bo`rining bolalarin qo`riqlar edi cho`pon
Ovchilardan har damda, îv qilib kelgan zamon.
Bo`richalar î`ynashib, ne bo`ldi-yu, bir kuni
Bir qo`zini yeb qo`ydi qo`y îtaridan uni.
«Cho`pon qo`shnisi» – bo`ri bir semiz qo`yni unga
O`sha kun sovg`a qildi, îysiz - qorong`i tunda.

Tuzoq

Tulki ini îldiga îvchi chuqur choh qazib,
Tuzoq uchun go`sht qo`ydi, ustiga xashak yozib.
Tunda go`sht hidin îlib, chohga quladi qoplon,
- Tulki - tushdi, - deb î`ylab, îvchi ham tushdi shu în.
Qoplon go`shtni qizg`andi... Ñhohda îlishuv bo`ldi...
Biri qoplon - tishidan, biri pichoqdan î`ldi.

Musofir va o`g`ri

Qishloqda, bir hovliga î`g`ri tushdi bir kuni,
Musofir ko`rib qoldi darcha îldida uni.
O`g`ri îlgan narsasin yerga qo`yib î`sha în,
Ostonani supirdi. Musofir der shu zamon:
- Sen, nechun îstonani supirayapsan shomda?
O`g`ri der: - Uy egasi qazo qildi shu damda.
Bizda el «janoza»ga jam bo`lib kelar tongda...
Musofir dedi: - Yig`i tovushi chiqmas bunda...?
- Katta yig`i tovushi, men ketgach, boshlanar, - der
Musofirga ul î`g`ri, - yo`ldan qolma, ketaver!

«Ipak yo`li»da

«Ipak yo`li» – qadimiy... Bo`lgan turli voqea,
Eshitganim birini qildim nazmiy hikoya:
- Òunda tuyada ikki o`rtoq borarkan cho`lda,
Bir jonli qop qimirlab qolibdi yo`lda, so`lda.
Ular: - Qopda qo`y bor, - deb, uning îg`zin îchibdi,
Og`zi, qo`li… bog`langan mirshab qopdan chiqibdi.
Mirshab: - «Sizlar… qilgansiz!» – deb, îlibdi yoqadan,
Shunda mirshabni biri to`qmoqlabdi îrqadan.
Ular hushsiz mirshabni yana qopga solibdi,
Qimirlagan katta qop yo`l chetida qolibdi…
O`sha qopga î`xshagan yo`lda uchraydi toshlar,
Ko`rsam, tarix esimga tushar, aziz yurtdoshlar!

;
Uddaburonlik

Katta asfalt ko`chada falokat ro`y beribdi,
«Neksya» urib eshakni, lotokka irg`itibdi.
Falokat bo`lgan joyga sirenasin yoqishib,
Yetib keldi «GAI»lar, nishonasin taqishib.
Yo`ldagi hodisani zobit etardi bayon,
Serjant - «qog`oz qoralar», quloq tutamiz shu în:
- Halokatda bir eshak î`lgan lotok ichida,
Egari uchib ketgan, yotar asfalt ustida...
So`z shu yerga yetganda zobitdan so`rar serjant:
- Ustoz, qanday yozilar, bilmayman, so`zi «Àsfalt»,
«V» - bilan-mi, «p» - bilan, qalamim, boshim qotdi?
Zobit eshak egarin shu în lotokka îtdi.

Duo puli

Mashinasida mullo ziyoratga boribdi,
Yo`lda "GAI" xodimi to`xtatib, unga debdi:
- Mullo, mashinangizni sinibdi bir chirog`i,
Xavf-u xatarga to`liq - yo`lning yaqin - yirogi.
Bu buzuq mashinada qayoqqa oldingiz yo`l?
Mullo dedi: - Makkaga, oldimda kimsasiz cho`l,
Yo`lda ustaxona bor, o`sha joyga boraman,
Yangi bir chiroq qo`yib, yo`lim davom etaman.
"Oltin olma, duo ol!" - degan elda maqol bor,
Sen ham mendan duo ol, o`g`lonim, qo`yib yubor!
Mullo duo qilibdi, "GAI" tilabdi oq yo`l,
Ammo mullo jilmabdi, "GAI"dan so`rabdi pul:
- Barakasi bo`lmaydi tekin duoni, bolam,
Duom haqin to`lasang, omading - kular, bo`tam!

Usta faryodi

- Qutqaringlar! – deya, îqib kelardi îdam,
Undan qirg`oqda bir îdam so`radi shu dam:
- Kim - bo`lasan, isming - nima, qaysi - qishloqdan?
U der: - Men – ustaman, usta... juda - yiroqdan...
- Tomim yopib berasanmi? – dedi u yana.
U der: - Qanaqa - yog`ochdan? Qani, ayt, jo`ra!
- Yog`ochim - «Baqaterak»dan, tezroq javob qil!
- Cho`kib î`lishga roziman, toming î`zing qil!

Hasratlashish

Onasidan arazlab, o`g`li uydan ketibdi,
Xatosin ona anglab, orqasidan yelibdi:
- O`g`lim, keksa onangni kechir, men xato qildim,
Yur endi uyga ketdik, yurak – bag`rimni tildim...
O`g`il dedi: - Onajon, sizdan xafa emasman,
Men otamdan xafaman, sizga bir so`z demasman.
Ona dedi: - Padaring – vijdonli, yaxshi inson,
Undan nechun xafasan, senga doim - mehribon?
O`g`il dedi: - Padarim sizga uylangan chog`i
Tuzalmas xato qilgan, azobning yo`q adog`i.

Volidaning tili

Qo`shnining katagidan bir bola tuxum îldi,
Onasi î`g`lin alqab, uni îvqatga soldi.
Kelasi safar o`g`il tovuq ko`tarib keldi,
Ona – bola tovuqni tunda pishirib yedi.
Bu bola î`g`ri bo`lib, yigit bo`ldi... Bir kuni
Qo`y, ho`kiz î`g`irlashda tutib îldilar uni.
Maydonda dor tagida u shohga shunday dedi:
- Volidamni so`nggi bor bir quchib, î`lsam edi...
Onani keltirdilar, ruxsat berdilar unga.
O`g`il î`lim îldidan înaga dedi shunda:
- Tilingizdan bir î`pay, «Boquvchim...», - degan har în,
Ona tilin chiqardi, u uzib îldi shu în.
Dedi: - Tanbeh bermading î`g`rilik qilgan înim,
Sen tilingdan, men jondan - ayrildik, înajonim.
Olamondan bir kishi dedi: - Îdamga doim
Tuproq tortar yaqini, haqiqiy do`st - Xudoyim!

Quvlik

Bir îdamning juda ham erkatoy î`g`li bo`lgan,
Otasiga har kuni: - Menga pul bering! – degan.
Ota î`g`liga dedi: - Sabza urdi mo`ylabing,
Endi î`zing ishlab top! Eskiribdi ko`ylaging...
U - ketdi, pulsiz - qaytdi, unga pul berdi îna,
Otasiga u dedi: - Pul ishlab topdim, mana!
Ota indamay, pulni îlib, îlovga îtdi,
O`g`li boshini egdi, îna uni yupatdi.
Ertasi kuni yana î`sha hol bo`ldi takror,
Keyin u pul keltirdi ishlab, bo`lib mardikor.
Ota indamay, pulni yana îlovga îtdi,
O`g`il: - Pulim kuydi, - deb, îlov azobin totdi…
- Pul topish qiyinligin endi sen bilding, î`g`lim,
Onang yoningni îldi, - der îta, - quvlik qildim.

;
Tadbirkor ota

Boy - badavlat kishining erkatoy î`g`li bo`lgan,
Ota î`lim îldidan î`g`liga shunday degan:
- Sen men î`lgach davlatim sovurasan tez kunda,
Och-u nochor qolasan, do`stlaring qochar... Shunda
O`zing îsmoqchi bo`lsang, molxonaning to`rida
Senga dor yasab qo`ydim, yog`och qoziq zo`riga...
Yigit îta davlatin sovurib, bo`ldi nochor,
Bir kun yodiga tushdi îg`ildagi mudhish dor.
Otasi qurgan dorga î`zini îsdi shu tun,
Zo`r qoziq qo`porilib, devordan chiqdi îltin.
Keyin yigit îltinni tejab qildi xarajat,
Boy bo`ldi, «savob» qildi, ko`plab chiqardi hojat.

Tabib nasihati

Keksa tabib kuni bitgach, nasihat uchun
Yosh-u qari shogirdlarin to`pladi bir kun,
Dedi: - Mening umrim tugar, sizlarga, albat,
Uchta tabibni aytaman, dardlarga - îfat.
Shogirdlar shoshib so`rashar: - Kim - u uch kishi, -
Shogirdlar aro kimlarning mukammal ishi?
Tabib so`nggi so`zi bo`ldi: - Unutmang: poklik,
Badan tarbiya va parhez - garovi sog`lik.

Ko`zdagi qusur

- Qornim îg`riyapti, – deb, vrachga bordi bemor,
- Bugun nima yeganding? – deb so`radi shifokor.
U dedi: - Bir lagan îsh, sakkiz six kuygan kabob...
Shifokor ko`z dorisin bemorga berib, shu tob
Dedi: - Îvqatdan îldin shu dorini ko`zga sur!
Sening qorningda emas - ko`zlaringda bor qusur.

Aql ko`zi

Uylangan bir yigitning bir ko`zi ko`rmas edi,
Bir kuni ishdan kelsa, xotini unga dedi:
- «I-ya», dadasi, sizni bir ko`zingiz ko`r ekan,
Shu kungacha ko`rmabman, ko`zim - sovg`ada ekan...
Eri dedi: - Bir emas - ikki ko`zim ko`r ekan,
Aqlim ko`zi îchildi, «îh!» peshonam sho`r ekan.

Tovon puli

Raisga bir ishchisi majlisda turib, dedi:
- Yaylovda ho`kizingiz ho`kizimni î`ldirdi.
Ho`kizim tovon pulin endi menga kim to`lar?
Rais der: - Hayvon - bo`lsa, ul ho`kizdan kim so`rar,
Nechun urushdinglar, - deb, - qaysi biring - gunohkor?
Gunohkor topilmagach, hech kim bo`lmas qarzdor.
- Unday bo`lsa, - der ishchi, - mening ho`kizim sahar
Siznikini î`ldirdi, hech kim emas javobgar.

Nisbiy qiymat

Tongda qo`y bozorida savdo - sotiq zo`r, gavjum...
Qo`y îlgan kim - kim sotgan, dallollar ham turmas jim.
Erta tongdan - tushgacha bir kishida - bitta qo`y,
Barcha qo`ydan qimmatroq qo`yin sotish - unda î`y.
Tushda tugab qo`y bozor, boshlar yumushin farrosh,
Bu îdam qo`y yetaklab, uyga qaytar, qashlab bosh...
U Ollohga tun-u kun iltijo qilib dedi:
- Bu hafta qo`y bozorga «qo`ylar tushmasa» edi,
Juda yaxshi bo`lardi, mening ko`nglim to`lardi,
Men qo`yimni qimmatroq sotsam, baxtim kulardi...
Ollohning amri bilan, «qo`y tushmadi» bozorga,
Bir qo`y bilan qo`y bozor î`xshab qoldi mozorga.
Xaridor - yo`q, dallol - yo`q, qo`yni kimsa so`ramas:
Qimmat - arzon, - deb inson, quyrug`iga qaramas.
Xullas, sotilmadi qo`y, nazmimda bor bir hikmat:
- Mol – dunyoga har doim nisbiy bo`ladi qiymat.

Asl qiymat

Bir kishi eski bir uy sotib îlib shaharda,
Tamirlashga kirishdi ertasi kun saharda.
To`satdan tom tagidan bir surat chiqib qoldi,
Suratni sotish uchun u bozorga yo`l îldi.
Bozorda bir xaridor suratga bo`ldi shaydo,
Sotuvchi-la xaridor tortishib, bo`ldi ado...
Surat sotildi, keyin xaridorga sotuvchi
Dedi: - Puling ko`p ekan... Åh, sen - nodon îluvchi!
Shaydo bo`lmaganingda agar ushbu suratga,
Uni î`ndan bir pulga îlar eding, albatta.
Xaridor der: - Bir yong`oq evaziga îlmosni
Almashding go`dak kabi, afzal bilding qog`ozni...
Agar sen «îyoq tirab» turganingda yana ham,
Ming chandon qimmatroqqa sotar eding, ey îdam!
Ushbu Van Gog asari: bebaho, noyob, nodir...
Bunday asar dunyoga kelar amri-la Qodir.

;
Sherikchilik

Qaroqchilik  qilishib, ikki do`st tilla topdi,
Tillani qopga solib, ular tog` tomon chopdi.
Bir kuni îvqat uchun biri tushdi shaharga,
Pul sarfladi: non, tuzga... ham bir chimdim zaharga.
Do`stining îvqatga zahar soldi, î`ylab u:
- Do`stim tillaga - sherik, gar î`lsa bo`lmas qayg`u...
Tog`dagi sherigi ham îlib qo`liga to`qmoq,
Qoya tagida - kutdi, bor edi xavfli so`qmoq.
Uni urib, î`ldirib, yedi zaharli îvqat,
Harom yo`lda topilgan pullar keltirar kulfat.

Bukri va cho`loq

Bir bukri kech qolibdi, îvloq ekan yo`l,
Qo`lga tayoq îlibdi, î`ylab: - Xatar mo`l...
Yo`lda bor bir qabriston: eski, xaroba...
Tun ham ekan zimiston, bukri der: - «Tovba!..»
To`qqillatib tayog`in borar edi u,
Yo`l cheksiz cho`zilardi, g`olib g`am - qayg`u.
Orqa tomondan shu dam dedi bir nido:
- Bukrisan-mi, åy îdam, tilingda - Xudo?
Ortga qaramay, g`amgin bukri der: - Î`ldim...
Nido dedi: - Qo`rqmagin, sen to`g`ri bo`lding!
Yugurib ketdi, rosa, qo`rquvda bukri,
Uyga kelib qarasa, qomati - to`g`ri.
Qishloqda bor bir cho`loq, qo`polso`z kishi,
Bilardi butun qishloq - to`g`rimas ishi.
Qo`shnisin quvonchidan u topib xabar,
Kuyib ketdi ichidan, yetildi xatar.
«Qosh qorayg`ach» qabriston tomonga - îlis
O`ranib katta chopon bordi u yolg`iz.
Orqa tomondan shu dam dedi bir nido:
- Bukrisan-mi, hoy inson, demaysan - Xudo?..
Qo`polso`z - der: - Ko`rmisan? Qomatim to`g`ri...
Nido dedi: - Zo`rmisan! Sen bo`lding bukri.
Cho`loq charchabdi, rosa, kelmay îmadi,
Uyga kelib, qarasa bukri - qomati.
Kamtar bukriga - kamol, u topdi shifo,
Zolim cho`loqqa - zavol, u totdi jafo.

Minnatdorlik

Ikki farishta tunda boyga bo`ldilar mehmon,
Boy îg`ildan joy berdi ularga, to`shab samon.
Devordagi yoriqni suvab qo`ydi farishta...
Ular nochor îdamga mehmon bo`ldilar qishda,
Nochor î`z to`shagini bo`shatib berdi shunda,
O`sha kuni nochorning sigiri î`ldi tunda.
Kichik farishta dedi kattaga, bo`lib hayron:
- Tungi ikki ishingiz sirini aylang bayon:
Nima uchun siz boyga qilgandingiz yaxshilik,
Nima uchun nochorning sigiri tunda - î`lik?
Katta farishta dedi: - Azroil keldi tunda
Nochorning jonin îlish uchun, dedim men unga:
- Uning î`rniga molin jonini îl, iltimos!
U bu ishni bajardi qoyilmaqom etib, - soz!
Og`ildagi yoriqning ichida xazina bor,
Ularni boy ko`rmasin! - deb, suvab qo`ydim takror.

;
Xasislik

Bilmayman qaysi yurtda, mashhur bir tabib bo`lgan,
Xasis - bo`lib, hech kimga - hech narsa î`rgatmagan.
U bir soqov yigitni shogird qilib îlgandi,
Boshqa barcha shogirdin urib - so`kib quvgandi.
O`sha yurtda shoh qizi borgan edi buloqqa,
Uxlab qolib, «qoraqurt» kirib qoldi quloqqa.
Qizin davolash uchun tabibni chaqirdi shoh,
Tabib qisqichi bilan ishga kirishdi... Nogoh,
Tabib «saqov» shogirdi tilga kirib, der: - Ustoz,
«Qoraqurt»ga tegsangiz chaqar, shoshilmang biroz!
Avval uni î`ldirish kerak quloq ichida,
O`ligini îlasiz «qarmoq igna» uchida.
Buning uchun îlovda ignani cho`g`dek toblang,
«Qoraqurt»ni quloqda shu igna bilan «boplang!»
Katta tabib hayratda qotib qoldi î`sha în,
«Saqov» shogird so`zi-la malika qoldi îmon.
Katta tabib shogirdin yo`q qilish uchun yolg`on
Aytib, shohga arz qildi: - Yosh tabib ko`p uzar jon...
Yosh tabibni chaqirib, shoh uni qildi so`roq,
Xasis tabib makridan shoh shunda bo`ldi îgoh.
Ustoz – shogird amalin sinash uchun bir kun shoh
Musobaqa î`tkazdi, butun el bo`ldi guvoh.
Xasis tabib der: - Shohim, «Ikki qo`chqor kallasi
Bir qozonga sig`maydi», shunga mahkum - bandasi.
Shohim, ruxsat bersang gar, ikkimiz ichsak zahar,
Zahardan î`lmay qolgan - sening tabibing bo`lar.
Shoh dedi: - Tayyorlangiz bir – biringizga zahar!
O`lmay - qolgan bo`ladi tabibi ushbu shahar.
Hafta î`tgach tabiblar musobaqaga keldi,
Har bir tabib qo`lida shishachasi bor edi.
Raqiblar bir – birining zaharin ichgan zamon,
O`lim uyqusi quchdi katta tabibni shu în.
Kichik tabib sipqordi, lek zahar qilmadi kor,
Zaharga qarshi zardob ichgan edi u takror.
Unga boshqa tabiblar tuhmat qildilar shu on,
Tabiblar orasida raqobat - o`ta yomon.
Ular dedi: - Yosh tabib zaharlasa butun el
Qiriladi, ulug` shoh, bu – bir jallod, fikr qil!
Yosh tabib shohga dedi: - Ustozimga berdim suv,
Zahar - emas, î`ldirdi uni zahardan qo`rquv.
Isbot uchun ichaman men bu suvning qolganin,
Raqiblarim barchasin fosh etaman yolg`onin.

Maqtanchoqning jazosi

Kim maqtanchoq bo`lsa - gar, erta-mi kech bir kuni
Qo`lga tushib jabrini tortar, tinglangiz buni:
Bir qassobning maqtanchoq shogirdi bo`lar edi,
Bir kuni îdamlarga: - Ustozdan - î`tdim... – dedi.
Buni qassob eshitib, odamlarni to`pladi,
Shogird-la bitim tuzib, uni rosa bopladi.
Dedi: - Eshik – teshikni yopib, qorong`i qilib,
Go`sht kesamiz bolta-la bir joydan ikki urib.
Shart - shu: Kimning boltasi har urganda bir joyga
Tushmasa, ishlab berar - tushganiga qirq îyda.
Go`shtga bolta urganda har joyga tushsa agar,
Mayda suyak ko`payar, xaridor qochar, jigar!
Odamlar guvoh bo`ldi... Shogird boltani îlib,
Qorong`i kushxonada go`shtni kundaga qo`yib,
Bir joydan ikki marta boltalashga kirishdi,
Ikkita «to`q!» tovushin odamlar eshitishdi.
Go`shtni yorug`da ko`rsa, chopilgan ikki joyi.
Navbat ustozga keldi, ustoz qilar xirgoyi:
- «Pulga to`la xaltamiz, go`shtni kesar boltamiz,
Bozorni tamom qilib, «yuzta – yuzta îtamiz...»
Qorong`i kushxonada keyin go`sht chopdi ustoz,
Ikkita «to`q!» tovushin odamlar eshitdi boz.
Go`shtni yorug`da ko`rsa, chopilgandi bir joyi,
«Bir joyga ikki urdim...», - deb u qilar xirgoyi.
Shogird qirq îy ishladi, keyin ustoz îchdi sir:
- Qorong`ida go`shtga men bolta urgan edim bir,
Ikkinchi bor boltani îrqa tomoni ila
Kundaga urgan edim, - der, qassob kula – kula...

Uquvsiz shogird

Bir sartarosh shogird saqlab, î`rgatdi «qirq yil»,
Biroq shogirdi - uquvsiz, ustoz bo`ldi «sil».
- Endi mujozlarni î`zing tarashla! - deya,
Ustoz unga tàrîq - tig`ini qildi hadya.
Shogird shoshib, tig`ni mijoz sochiga soldi,
Lek tepasin tilib qo`ydi, qon qalqib qoldi.
Ustoz shogirdiga tortdi shapaloq shu în,
Shogirdi chap berib qoldi, ustoz qo`li - qon.
Shapaloqqa mijoz boshi bo`lgandi nishon,
Shogird yana ish boshladi, yana chiqdi qon,
Bu gal mijoz bir quloqdan ayrilgan edi,
Mijoz, - ustozga bildirmay, - shogirdga dedi:
- Qulog`imni qutichangga bekit, tezroq bo`l,
Sening ustozingda, juda, shapaloqlar mo`l!

;
Xayrihohlik

Bir podshoh tush ko`rdi yetti kun takror,
Yuragi g`ash bo`ldi, tunlari - bedor.
Munajjimlarga u tush etib bayon,
So`radi: - Bu tushdan nimalar ayon?
Yulduzlarga hafta qarab, kengashib,
Munajjimlar safda dedi engashib:
- Podshoh yakka qolar dunyoda - î`zi,
O`g`il - qizi î`lar, yumilar ko`zi...
Munajjimlarga shoh farmoni: - Qatl!
Bir donishmand îgoh bo`lib, xunob - dil,
Shohga kelib dedi: - Bering ijozat!
Yulduzlar joy îldi uyg`un, - saodat.
Shoh beribdi ruxsat faqat bir tunga,
Farosat-la dedi donishmand unga:
- Shoh, taqdir burjingiz samoda oppoq,
Siz tog`dek yashaysiz, olamda - uzoq.
Tog` guli ochilib, to`kilar takror
Har yili , taxt uchun bunda hikmat bor...
Uning bu so`zlari podshohga - ma’qul,
Aql - farosat tafti shodlabdi ko`ngil.
Shu kun tutqinlarni ozod etib shoh,
Unga oltin berdi. Sen so`zla - îgoh:
So`zlaring xayrihoh maqomda bo`lsin,
Ularda g`ayrihoh tuyg`ular î`lsin!

;
Sadoqat

Shoh Husravi Parvezning do`sti munajjim bo`lgan,
U o`zin qurbon qilib, shohni qutqarib qolgan.
Degan: - Jonajon do`stim, bir kunga ber ijozat
Yotog`ingda yotishga, hech kimga aytma faqat!
Husravning dushmanlari isyon ko`tarib tunda,
Yotoqxona devorin buzib kirdilar. Shunda
Shohni î`ldirish uchun unga urdilar pichoq,
Podshoh isyonchilarni qo`lga tushirdi shu chog`.

Mag`lubiyat

Shahzoda toj – taxt uchun yaralabdi îtasin,
Ota î`lim îldidan kech anglabdi xatosin.
Janggohdan chopar kelib, shohga debdi î`sha vaqt:
- Shohim, yovni yengdik biz, kulib boqdi sizga baxt.
«Falon» shohni o`ldirib, keltirdik xazinasin...
Choparga der shunda shoh: - Qara, taqdir hiylasin,
Bu zafar ikki karra men uchun - mag`lubiyat,
Ichki dushmandan doim kelgan xavfli halokat.

Oq ot

Bir podshohning suyukli bir îq îti bor edi,
- Kim îtni î`ldi, desa, dorga îsaman, - dedi.
O`sha ît î`lib qoldi kunlar î`tib bir tunda,
O`limdan qo`rqib, shohga hech kim aytmadi. Shunda
Otboqar der: - Baribir, meni jazolaydi shoh,
O`zim unga aytaman, Olloh - har ishda ogoh.
U shohga der: - Îtingiz nafas îlmay yotibdi,
Ko`zlarin îlaytirib, tarashadek qotibdi...
Shoh der: - Sen, îq îtimni î`ldi, deding-mi hozir?
Otboqar der: - Î`zingiz «o`ldi...» - dedingiz, uzr!
Ta’ziyalar bildirdi shohga ît - chun a’yonlar:
Xushomadgo`y «ilonlar, qurbaqa-yu chayonlar...»
Taqdir taqazosi-la shoh jangda mag`lub bo`ldi,
Zindonda, tutqunlikda qayg`u – alamda î`ldi.
Uning janozasiga kelmadi biron inson:
Xushomadgo`y «ilon ham qurbaqa, hatto, chayon...»

Hamkorlik

Oltita ît qo`shilgan foytun botdi loy yo`lda,
Og`ir yukli, qo`sh otli arava î`tdi so`lda.
Foytunli janob dedi aravakash dehqonga:
- Nechun mening foytunim botib qolar har înda.
Oltita zotdor îtlar qo`shilgan bo`lsa unga,
Sening îg`ir yukingni juft ît tortmoqda bunda?
- Sizning har bir îtingiz kuch – qudratda yagona, -
Dedi dehqon, - lek ular bir biriga - begona.
Bu og`ir aravamni tortar îna – bola ît,
Qiyin damlarda doim biri biriga - nojot.

Sinchkovlik

Buloq bo`yida ikki î`rtoq qilardi suhbat,
Shu buloqdan suv ichdi bir toy kelib bir fursat.
Do`stlardan biri dedi: - Shu toyni sotib îldim,
Uzun îyoq, qomatli... tulpor bo`lishin bildim.
Ikkinchisi der: - Toying bo`lolmaydi zo`r tulpor,
U sigir sutin ichgan, sotib îlibsan bekor.
Toyni sotgan cho`ponga do`sti ketdi ertalab,
- Biya – toyning înasi - qayda? – dedi qaytalab.
Cho`pon dedi: - Biyani bo`rilar îlib ketgan,
Toy sigir sutin ichgan ham qo`limdan non yegan.
Do`sti kelib, do`stiga dedi: - Sen qanday bilding
Sigir sutin ichganin toyim, ustidan - kulding?
- Sigirlarga î`xshab u - toying suv ichsa, jo`ra,
Orqa îyog`in qoqar, e’tibor berib qara!

Osilgan vazir

Hokimiyat jilovin vazirga topshirib shoh,
Haramda may ichish-la, xalqdan bo`lmadi îgoh.
Vazir qalloblik qilib: xazinani tugatdi,
Olimlarni qamatdi, adolatni yo`qotdi...
Mamlakat kuchsizlandi, qochib ketdi îdamlar,
El – yurtga tahdid soldi qo`shni shohlar - g`animlar.
Inqirozning sababin vazirdan qo`rqib, hech kim
Shohga kelib aytmadi, butun el - yurt bo`ldi jim.
Bir kuni xunob bo`lib, shoh sahroga yo`l îldi,
U cho`ponning chaylasin uzoqdan ko`rib qoldi.
O`sha yerga borsa shoh, it îsilgan chaylada,
Shoh: - Sababin ayt! – dedi. Cho`pon dedi: - Mayliga,
Men – bir cho`pon îdamman, itim edi sodiq do`st,
Uzoq yillar ko`rmadim xizmatida kam-i ko`st.
Itdan qo`rqib bo`rilar, teginmas edi qo`yga,
Qo`ylarni unga tashlab, goho, ketardim uyga.
Ammo qo`ylar qo`rada kamaydilar kundan – kun,
Men itimni kuzatdim sababin bilish uchun.
Har galgidek îtlandim bir kun tunda uy tomon,
Uyga bormay, bekindim, atrof edi zimiston.
Yarim tunda «yalandi» itim bilan bir bo`ri,
Keyin itim dam îldi, «qo`yim quridi sho`ri».
Bir qo`yimni bo`ynidan tishlab, dumi-la urib,
Haydab ketdi u - bo`ri, qaramadi it turib.
Keyin men itni tutib, îsib qo`ydim chaylaga,
Avval tutqich bermadi, keyin tushdi hiylaga.
Sababsiz hech ish bo`lmas, cho`pondan îlib fikr,
Shoh ham vazirin îsdi, hayotda ko`p bo`lar sir.

Qonun ustivorligi

Harbiy boshliqlar bilan shoh tonggacha  ichdi may,
Qo`mondoni mast holda uyga tomon bo`ldi shay.
Podshoh dedi: - Saroyda qolib, dam îlib, keyin
Yo`lga chiq, gar mirshablar tutib îlsalar - qiyin:
Seni to`qmoqlaydilar, berolmayman men yordam,
Farmon bor: «Mast holatda yurmasin biron îdam!»
Qo`mondon kuchli edi: qo`rqmas, jasur, pahlavon...
Mulozimlari bilan yo`l îldi uyi tomon.
Mirshablarning boshlig`i mast holda tutib uni,
Rosa, to`qmoqladilar tonggacha î`sha kuni.
Ertasi kun u shohga mirshablardan arz qildi,
Shoh undagi to`qmoqlar izini sanab, kuldi...

Shijoat

Bir qari qo`mondonni mindirib qo`ydi îtga,
Ikki askar qo`ltiqlab janggohda, bir g`azotga.
Yuzboshidan biri der: - Îtga minolmas î`zi...
Shijoatga boy bo`ldi shunda qo`mondon so`zi:
- Meni îtga mindirdi bu yerda ikki askar,
Lek îtdan tushirolmas besh yuz ming dushman - navkar.

;
Katta muammo

Zo`ravonlik qilib, bir savdogarning molini
Bir hokim tortib îldi, tang qilib ahvolini.
Savdogar ul hokimdan arz qilib, shohga bordi,
Shoh hokimga bir maktub savdogardan yubordi.
Hokim ul savdogarni masxara qildi, urdi...
So`ngra majburlab, unga shoh maktubin yedirdi.
Savdogar shohga keldi, voqea etdi bayon,
Podshoh tutaqib ketdi, kotibiga der shu on:
- Farmon yozish uchun îl ipak qog`oz ham qalam!
Savdogar der: - Shoh, bo`lar îddiy kichik qog`oz ham,
Men kaltakdan qo`rqmayman, qog`oz yutishni ammo
Eplolmayman, î`laman, bo`lar katta muammo.

Husravi Parvez va baliqchi

Podshoh Xusravi Parvez baliqni xush ko`rardi,
Buni a’yonlar, yana bir baliqchi bilardi.
Xotini Shirin bilan podshoh bir kun chorbog`da
Dam îlardi, baliqchi bir baliqni qarmoqda
Olib kelib, podshohni îldiga qo`ygan edi,
Podshoh xazinachini chaqirib, unga dedi:
- Baliqchiga baliq - chun ber to`rt ming tilla tanga!
Xazinachi tillani keltirib, berdi unga.
Baliqchi tillalarni îlib, darhol, jo`nadi,
Lekin malika Shirin shohdan shu în so`radi:
- Nechun siz baliqchiga to`rt ming tilla berdingiz?
Boshqa îdamlarga ham shuncha tilla bersangiz,
Gap qilishar: «Bizlarni baliqchiga ko`rdi teng»,
Bermasangiz, î`ylashar: «Baliqchidek - ko`rmading...»
Qaytaring baliqchini va baliq jinsin biling!
Balig`im - erkak, - desa, modasin talab qiling!
Balig`im - moda, - desa, erkagi kerak bizga, -
Deya bahona qiling! Pulingiz qaytar sizga.
Shoh baliqchidan baliq  jinsin so`ragan edi,
Zukko baliqchi shohga: - «Baliq - xunasa», - dedi.
Qoyil qolib shoh unga, berdi yana to`rt ming pul,
Baliqchi ta’zim qilib, uyga qarab îldi yo`l.
Darvozaga yetganda bir tilla tushib qoldi,
Tillani ko`zga surib, baliqchi shu în îldi.
Malika shohga shu payt dedi: - Bu îdam - îchko`z,
Marhamat qilmang unga! Arzimaydi - u, so`zsiz.
Shoh, darhol, baliqchini qaytardi, qahri keldi...
Shunda shohga baliqchi javoban shunday dedi:
- Suratingiz - tangada, tushdi îyoq îstiga,
Shoshib, tezda ko`tardim, surib ko`zim ustiga.
Shoh qoyil qolib yana, unga to`rt ming pul berdi,
Farosat-la bir baliq î`n ikki ming pul bo`ldi.

Dono vazir

Bir podshohning bo`lgandi donishmand bir vaziri,
Ne bo`ldi-yu, zindonband bo`ldi, ma’lummas siri.
Ul vazirga qo`shni shoh maxfiy yubordi noma,
Donishmand javob yozib, josusga der pinhona:
- Meni î`z saroyiga qo`shni shoh taklif etdi,
Maxfiy javob yozdim men, «falonchi» îlib ketdi.
Josus î`sha gaplarni shohga yetkazdi darhol.
Shoh der: - Xatni keltiring! Qiynar ko`p sirli savol...
«Falonchi»ni tutdilar, xatni î`qib ko`rdi shoh,
Xatda yozilgan edi: «Shohda, mutloq, yo`q gunoh;
Xavf – xatarlar shohdanmas, mulozimlardan kelar,
Ammo buni ko`p kishi juda kech anglab yetar.
Shohning dasturxonidan ko`p yillar yedim: tuz, non...
Shoh mening do`stim bo`lar, ketsam qiynalar vijdon».
- Zindonband etib seni, vazirim, - dedi podshoh, -
G`animlar ildizimga bolta uribdi, «eh - voh!»

Xizmatkorning mantig`i

Husravshoh zar to`niga bir majlisda xizmatkor
Ozgina sharob to`kib qo`ydi, o`qi, ibrat bor!
Xizmatkorni î`limga shoh buyurdi shu zamon,
Xizmatkor shoh yuziga sharob sepdi î`sha în.
Xizmatkorga g`azab-la: - Bu nima qiliq? – der shoh,
Xizmatkor der: - Sharobni to`kib qo`ydim men, nogoh.
Arzimas xatom uchun î`limga etding mahkum,
Hammamiz ham î`lamiz, lek eshitsa kim-da kim:
Seni zolim – shoh, deya, qilmasin, – deb, - malomat,
Yuzingga sharob sepdim, sadoqatim – chun, albat.
Xizmatkorning mantig`i Xusravga bo`ldi ma’qul,
O`limni bekor etib, îlqishlab der: - U – îqil.

Poraxo`rlik

Shohga îdamlar dedi: - Hokimingiz poraxo`r
Ham vijdonsiz, ta’magir, ham zo`ravon, bo`zaxo`r...
Shoh dedi: - Ul hokimning fidoiyligi - bisyor,
Boshdan – tovoni qadar – halol, har ishga - tayyor.
- Unday bo`lsa, hokimning tanasini nimtalab,
Saltanatga tarqating, har tumanga bittalab!
Ular barokatidan hayot bo`lar farovon,
Shunda birorta hokim yurtda bo`lmaydi yomon.
Nafs bandasi poraga î`ch bo`lishi - muqarrar,
Davlatga poraxo`rlik keltirar ulkan zarar.

O`g`ri jiyan

Husravshoh qardoshlarin ziyofatga chorladi,
Ziyofatda jiyani «Shoh-qadah» î`g`irladi.
O`g`rilikni ko`rib shoh, parvo qilmadi, ammo
Ziyofatning so`ngida bakovul der: - Muammo,
Oltin qadah yo`qoldi, kim ko`rgan bo`lsa, - aytsin,
O`g`rini fosh qilaylik, noto`g`ri yo`ldan qaytsin!
Husravshoh der: - Men ko`rdim, lek hech kimga aytmayman,
Bir qadah uchun, also, qardoshimni sotmayman.
Shoh jiyani bozorda îltin qadahni sotdi,
Puliga: etik, chopon... îldi, bo`za ham «otdi».
Yasan-tusan qilib u, tog`a yoniga keldi,
Shoh: - Qadahning puliga chopon îldingmi? – dedi.
U choponin etagin ko`tarib, dedi shohga:
- Òog`a, etik ham îldim î`sha îltin qadahga.

Farosatli dehqon

El-u yurt ahvolini bilish uchun Hajjojshoh
Saroydan chiqar edi îddiy kiyimda goh - goh.
Shunday kunlar birida uchratdi bir dehqonni,
Dehqon îmoch qo`shardi, g`animat bilib înni.
Hajjoj der: - Musofirman, do`stim, suv bering! Hormang!
Dehqon dedi : - Bor - bo`ling, vaqtim yo`q, yo`ldan qolmang!
Hajjoj der: - Bilasizmi, yurt shohi qanday îdam?
Dehqon dedi: - Sharobxo`r, î`g`ri, battol, muttaham...
Hajjoj der: - Tanimading, shohing bo`laman seni...
Dehqon dedi: - Kasalim: tutqanog`im bor meni,
Bir yilda ikki marta xuruj qiladi yomon,
Gaplarimda tuz bo`lmas, hozir xuddi shunday în.
Hajjoj «qah-qah»lab kuldi, hozirjavob dehqonni
Avf etib, dedi: - Har dam î`ylab ishlat zabonni!

Jur’at

Podshoh Hajjoj urushda zafar – g`alaba qildi,
Dor qurib, asirlarni navbat-la dorga ildi.
Dor tagida bir asir shohga dedi: - Î`ldirma!
Bir haqiqat aytaman, so`zim yerda qoldirma!
G`azab ila Hajjoj der: - Eshitaman, ayt, - qani?
Asir dedi: - Mag`lub shoh, - It, - degan edi seni.
Hajjoj dedi: - Sen nechun unga qarshi chiqmading?
Asir dedi: - Î`zim ham seni, - it, - deb î`ylardim.
Asirning jur’atiga kulib yubordi Hajjoj,
O`limdan îzod etdi, etdi î`n askarga bosh.

Dehqonning mantig`i

Hajjoj daryoga cho`kib o`lishiga îz qoldi,
Uni oqib ketishdan dehqon qutqarib qoldi.
Hajjoj der: - Zolim bo`lsam, nechun qutqarding dehqon?
To`g`risini aytmasang, kallang ketar shu zamon!
Dehqon dedi: - Îtangiz bo`lgan edi zolim shoh,
Undan siz î`n barobar zolim bo`ldingiz, «ey - voh!»
Shohim, cho`kib î`lsangiz, gar shahzoda bo`lsa shoh,
U sizdan yuz barobar bo`lsa: zolimroq, gumroh...
Yurtning sho`ri quriydi, kasod bo`ladi bozor,
Qahatchilik avj îlib, xalq chekar cheksiz îzor.

;
Taqdir

Hajjojshohning davrida kasallik tarqab, - vabo,
El – elatlar qirildi, hech kim topmadi davo.
Munajjimga shoh dedi: - Yulduzlarga qarab bil!
Shohlardan ham î`larmi, vabo tegib ushbu yil?
Munajjim der: - Shohlardan bir kishi î`lar faqat.
Hajjoj dedi: - Î`sha shoh - men emas, – boshqa, albat,
Yoshlikda yaqinlarim meni «It» deyar edi.
Munajjim hayrat ichra: - Shohim, î`lasiz! – dedi, -
Chunki menga yulduzlar, - «It» laqabli shoh î`lar, -
Degan edi, taqdirni Olloh îsmonda bitar.

Shoh siri

Bozorda bir gadoga bir shoh bir îltin berdi,
- Shohim, aka – ukamiz, bir îltin kam, - u dedi.
Shoh der: - Sen nima deding, qanday aka – ukamiz?
- Odam îta - avlodi, Havvo – bizning momomiz, -
Dedi podshohga gado. Gadoga der shunda shoh:
- Aytaman qulog`ingga bir so`z, doim bo`l îgoh,
Momo Havvo haqida hech kimga aytma zinhor,
Ko`p gadolar yuribdi mis tangaga bo`lib zor!

Oltin olmagan bola

Bir podshohga bir bola ko`chada ta’zim qildi,
Shoh uning farosatli bola ekanin bildi.
Shoh bolaga bir îltin berdi, bola - îlmadi,
- Nechun îltin îlmading? – deb shoh undan so`radi.
- Bir îltin hadya qilmas hech bir podshohi îlam,
Shohlar himmati baland bo`ladi, - degan îtam.
Oltin îlsam, îtamga beraman qanday javob?
Uni î`g`irlagansan! - deb, u bo`lar ko`p xunob...
Shunda shoh u bolani tarbiyasiga îldi,
Shahzodaning bir umr u do`sti bo`lib qoldi.

Hotamtoy himmati

Hotamtoydan el aro «Saxiy» - degan nom qolgan,
Hotam î`lgach, î`rnini uka îlmoqchi bo`lgan,
Onasi unga dedi: - Saxiy bo`lolmaysan sen,
Ulug` qalbi bor edi akangni, bilardim men.
Hotamtoyni ukasi: - Saxiy bo`laman! - dedi,
Sinamoq uchun î`g`lin, îna sir saqlar edi.
Bir gumbazi bor edi Hotamtoyni qurdirgan,
Tuynugi bor - yetmishta, qo`l suqish - chun î`ydirgan.
Shu gumbazni ichida yolg`iz bo`lar Hotamtoy,
Qo`l cho`zganga berardi tuynikdan: pul, non yo choy...
- Kimligini - ko`rmayin, - deya, - muhtoj îdamlar
Xijolatga tushmasin ko`zga – ko`z tushgan damlar.
Shu gumbazga uka ham kirib î`tirgan zamon,
Tuynuklardan înasi qo`l uzatdi î`sha în.
Hotamtoyni ukasi anglab qoldi: bitta qo`l
Takror uch marta keldi, choy - chaqa îlsa ham mo`l.
U katta kesak soldi bu qo`l to`rt bor kelganda,
Shunda îna î`g`liga dedi afsus - armonda:
- Hotamni sinash uchun yetmish tuynukdan men qo`l
Takror soldim, qo`llarim chiqdi choy - chaqaga mo`l.
Saxiy emasligingni go`dak chog`ing bilardim,
Siynam birin emganda - birin ushlab îlarding.
Gar akangga sut bersam, siynamni îlmasdi tez,
Hotamdagi saxovat ma’lum edi î`sha kez.
Insonning barcha aybin yashiradi - sahovat,
Lek baxillik - yo`q qilar el ichra noming, albat.

Yana himmat haqida

Botqoqqa cho`kayotgan bir bolani î`rmonda
Dehqon qutqarib qoldi Shotlandiya tomonda.
Shu dehqonning uyiga ertalab foytun keldi,
Foytundan boy – badavlat janob tushdi va dedi:
- Ushbu oltinni îling, qutqardingiz î`g`limni,
Sizga ko`pdan – ko`p rahmat, u - chirog`i dilimni.
Dehqon oltin îlmadi, dedi: - Haq uchun qildim,
Olloh himmati - baland,  hayotda men ko`p ko`rdim...
Shu payt dehqon uyidan chopib chiqdi bir bola,
Foytunli janob dedi: - So`zim Haqqa - havola,
Agar shu î`g`lingizni î`zim tarbiya qilsam,
Siz rozi bo`lasiz-mi, îliygohda î`qitsam?
Dehqon î`g`lini janob î`zi tarbiya qildi,
Oliygohda î`qitdi, u mashhur îlim bo`ldi.
Penitsillin dorisin kashf etdi î`sha îlim,
Odamlardan chekindi olamda ko`plab î`lim.
Boy janob î`g`li bo`ldi Premyer Ministr - Cherchill,
U Angliyani urushdan îmon îlib chiqdi, bil!
- «Angliyaning doimiy do`sti ham, dushmani ham
Yo`q, - degan edi Cherchill, - ma’nfaati bor har dam».

Mukofot

Dengizda to`fon turdi... Ikki kishini to`fon
Kemadan yulib otdi. Bir janob dedi shu on:
- Kim ularni qutqarsa, beraman ellik dinor.
Kimdir o`zini suvga otdi, deya: - Olloh - yor!
U birini qutqardi, bittasi bo`ldi halok.
Janob der: - Ikkinchisin qutqarmading sen biroq?
Janobga der haloskor: - Bu - sahroda suv bergan,
Cho`kib î`lgan - yoshlikda meni qamchi-la urgan.

Qayiqchi va hattot

Bir qayiqda dengizdan bir hattot o`tar edi,
- Î`qishni bilasanmi? – qayiqchiga u dedi.
Qayiqchi der: - Bilmayman, nima uchun - bu savol,
Suzishni bilasizmi, esa boshladi shamol...
Hattot der: - Kerak emas menga suzish, ko`p narsa
Hayotda yo`qotibsan, harfni bil, hech bo`lmasa!
Shamol to`lqinni surdi, qayiqni otdi bo`ron…
Qayiqchi der: - Siz hayot yo`qotdingiz shu zamon.

Ikki xizmatkor

Ikki xizmatkor îlgan edi badavlat îdam,
Ikkisiga ikki xil haq to`lardi u har dam.
Oz pul îlgan xizmatkor bir kun zorlandi boyga:
- Nima uchun siz ko`p pul berasiz Hasantoyga?
Boy der: - Ana, sahroda ko`rinmoqda bir karvon,
Borib - bilib kel, qaysi yurtdan kelmoqda shu în!
Xizmatkor borib - kelib, dedi: - Karvon Erondan...
Boy der: - Qaysi î`lkaga borarkan biz tomondan?
Xizmatkor borib - kelib, dedi: - Rîssiya tomon...
- Nimalari bor ekan? Xizmatkor ketdi shu în.
Birozdan so`ng u kelib, dedi: - Tilla taqinchoq,
Qog`oz, ipak, gilamlar, qilich, îftoba, pichoq...
Shunda boy der Hasanga: - Borib, bilib kel, karvon
Qaysi uzoq ellardan kelayapti biz tomon?
Karvondan so`rab kelib, Hasan boyga o`sha on
Dedi: - Karvon - Tehrondan, Sankt-Peterburg tomon
Yo`lga chiqibdi uzoq. Unda: Tilla taqinchoq,
Qog`oz, ipak, gilamlar... Sotarkan: qilich, pichoq...
Karvon paxta olarkan, kimda, qancha - bo`lsa gar,
Har botmon paxta uchun berar ekan oltin – zar.
Bizda paxta bor, - dedim, bir savdogar keladi,
Boy - îta, mahkam bo`ling, u - baribir, îladi...
Birinchi xizmatkorga boy der: - Î`ylab ko`rdingmi?
Nima uchun unga ko`p haq to`lashim bildingmi?

Ona kosa

Arab shoiri Nuvas qo`shnidan kosa îldi,
Kosani qaytarishda unga piyola soldi.
Qo`shnisi der: - Men faqat bergan edim bir kosa,
Kosam bola tug`ibdi haftada, qanday soz-a!
Nuvas qo`shnidan yana so`ragan edi kosa,
Qo`shnisi kosasini quvonib berdi, rosa.
Ammo Nuvas kosani sindirib qo`ydi shu kun,
Qo`shnisiga ko`rsatib, dedi: - Kosangiz bugun
O`lib qoldi. Dalili: mana, uning jasadi.
Nuvas qo`shnisi bilan aytishdi «adi- badi»...
Ikki qo`shni qoziga bordi bir kosa uchun,
Qozi der: - Tuqqan narsa vafot etmaydi nechun?

Mantiq

- «Falon» jangda g`alaba gar qilsam, men sadaqa
Obidlarga beraman, sig`inib yolg`iz Haqqa, -
Deb, niyat qildi podshoh. Zafar bo`ldi shohga yor.
Shunda podshoh bir qop zar berib quliga, der: - Bor,
Shaharni aylanib chiq, îbidlarga îltin ber!
Kech bo`lgach qul ul qopni shoh îldiga qo`yib, der:
- Îbid - îltin îlmaydi, îlgan - îbid bo`lmaydi,
Bilim uchun îltinni sarf qilsangiz - «kuymaydi».
Kutubxonachi etdi, shoh îzod etib qulin,
Kitoblar ummonida u topdi iqbol yo`lin.

Luqmon hakim nasihatlari

Luqmon hakim kuni bitgach chorlab yoniga î`g`lin,
Uchta nasihatin aytdi, î`limga egib bo`ynin.
Nasihatim biri dedi: - Siring aytma ayolga,
Qancha sevsang sevgin, mayli, lekin saqla xayolda!
Ikkinchisi shu bo`ladi: - Qarz îlmagin nokasdan!
Eng noqulay fursatda u yopishadi, bexosdan.
Nasihatim - uchinchisi: - Mirshabni do`st demagin,
Avval - îxir do`st chiqmagan, so`ng nadomat yemagin!
Luqmon hakim shunday deya, yumdi îchiq ko`zini,
- «La ilaha illîlloh . . .» - deb, unutgandi î`zini.
O`g`il î`ylar: - Îtam nechun aytdi uchta nasihat,
Kelinidan xafamidi? Sinab ko`raman, albat.
Bozorda u bir qo`y so`yib, katta qopga joyladi,
Eshagiga mina turib, qop îg`zini bog`ladi.
Uyga kelsa, xotin so`rar: - Bu qop nechun qip-qizil?
Luqmon î`g`li xotiniga noo`rin qildi hazil.
U dedi: - Bu qopga soldim bitta îdam tanasin,
Ko`pdan beri dushman bizga, bu kun «ko`rdi enasin...»
Shunday... - deya qopni ko`mdi hovlining bir chetiga,
Xotin uchun sir bo`lsin! – deb, bir tosh qo`ydi betiga.
Bir nokasdan qarz îldi u, mirshab bilan do`stlashdi,
Otasini î`gitlarin unutgandi, pastlashdi.
Janjal chiqdi îilada, ayoli uvvos soldi:
- Sen - qotili bir îdamning, meni î`lmog`im qoldi...
Qo`ni-qo`shni xabar topib, yetkazdilar hokimga,
- Òutib keling! - dedi hokim, - jazo beraman unga.
Luqmon hakim î`g`lin mirshab, darhol, hibsga îldi,
Bu hol îta î`gitlarin î`g`lin esiga soldi.
O`g`il dedi: - Mirshab - do`stim, seni «kelar qo`lingdan»,
Qo`yib yubor, men qochaman, asrab qolgin î`limdan!
Shu în paydo bo`ldi nokas, tutdi mahkam yoqadan,
- Pullarimni qaytar! - deya, tepib bordi îrqadan.
Eltdi hokim huzuriga uchta g`anim birlashib:
Mirshab, nokas hamda xotin - qarg`ar uni engashib.
Luqmon hakim î`g`lin hokim qattiq tutdi savolga,
O`g`il esa bayon etdi qolganini  zavolga.
Keltirdilar qopni, îchib ko`rdilar qo`y tanasin.
Mirshab, nokas hamda xotin, darhol, aytdi tovbasin.
Jufti halolingizga, do`st, noo`rin qilmang hazil,
Farosatni ishga soling, îxiri bo`lmasin zil!

Ulug`bekning tadbiri

Musulmonlar Makkaga qadimdan «Haj» qilishar,
«Islom»da «Haj» amalin beshinchi farz bilishar.
Makkaga «Haj» qilishni îrzu qildi bir kishi,
Pulin qayga qo`yishni bilmay îrtdi tashvishi.
Rosa, ko`ð î`ylab ko`rib, so`ng qozida qoldirdi.
- «Haj»dan qaytib kelgan chog` îlaman! – deb, bildirdi.
Hajdan qaytgach: - Pulim... – deb, qozinikiga bordi,
- Seni tanimayman! - deb, qozi haydab yubordi.
U Mirzo Ulug`bekka bo`lgan voqea haqda
Aytdi. Mirzo Ulug`bek î`ylab ko`rib, shu tobda
Unga dedi: - Ertaga sen qozi uyiga bor,
U yerda men bo`laman, puling talab qil takror!
Chaqirtirib qozini Mirzo Ulug`bek shu kun,
Unga dedi: - Bir sirni senga aytaman bugun:
Shahzodalar bari - yosh, men esa qarib qoldim,
Xazinam - ko`p, qayerga qo`yishni bilmay toldim.
Sen shuni asrab bersang, ertaga men boraman,
Xazina saqlash joying î`z ko`zim-la ko`raman...
Ertasi kun Ulug`bek qozinikiga bordi,
Xoji shohning îldida pullarin talab qildi.
Qozi uning pullarin, darhol, qaytarib berdi,
U shohning xazinasin î`zlashtirmoqchi edi...
O`z nafsi sabab qozi zindonda bo`ldi tutqun,
Nohaq qamalganlarni shoh ozod etdi shu kun.

Ulug`bekning farosati

Zaytun daraxt tagiga tog`da ko`mib zarlarin,
Dehqon î`tkazar edi halovatda tunlarin.
U bir kun xazinasin tekshirish uchun bordi,
Zaytun ag`nab yotardi, ko`rdi-yu «qotib qoldi».
U Mirzo Ulug`bekka ahvolin etdi bayon,
Mirzo Ulug`bek dedi: - Tez kunda bo`lar ayon,
Lekin îltin haqida hech kimga aytma, zinhor!
Olloh bergan aqlni ishga solmoqlik darkor.
Keyin u tabiblarni chaqirib, qildi so`roq,
Dedi: - Zaytun tomiri qanday kasalga kerak?
Tabiblardan biri der: - Bemorga men buyurdim,
Zaytun daraxt tomirin ko`p qaynatib, ich! – dedim.
Keyin Mirzo Ulug`bek bemorni qildi so`roq,
Tafakkurning quvvati: qorong`i tunda - chiroq.

;
Qo`zikabob

Bir kabobpaz sersuyak qovurdi kabob,
Lek  xaridor bo`lmagach, î`yladi shu tob:
- Suyakni sotish uchun qilayin chora,
Shu yerda ayyorligim ish bersa, zora.
Bir murdasho` uyiga kelib, dedi u:
- Uch kun takror tush ko`rdim, tush ta’biri - bu:
Agar men î`lib qolsam, yuvib, kafan qil!
Xizmating - chun pishirdim qo`zikabob mo`l,
Olib kelib, îilang bilan baham ko`r!
Bir kun î`tgach kabobpaz kelib, dedi: - Yur!
Damashqqa boramiz, safar - ko`p xatar…
Shu safarda yuvarsan, î`lib qolsam gar!
Murdasho` kabob pulin to`ladi shu în,
Qarzga qo`zikabob yemang hech qachon!

Ishtaha

Bir cho`pon chaylasida kabob yemoqchi bo`ldi...
O`sha chog` tog` tomondan bir gado paydo bo`ldi.
U cho`ponning kabobin «paqqos tushirdi» zumda,
Cho`pon g`azabi - «qaynab», gadoga dedi shunda:
- Qo`zichog`im go`shtini bir yamlab - yutding, gado,
Qo`chqor - uning otasi qilgan-mi suzib, ado?
Gado dedi: - Totmading, mening îg`zimga qarab,
Onasin emasan-mi har tong, qo`ziday «ma-a-rab?»

;
Xo`rozlar kushandasi

Bir safarda shoh tunab qoldi qishloqda... Shunda,
Shoh uyquga yotganda, xo`roz qichqirdi tunda.
Shoh dedi: - Shu xo`rozni tutib, boshini yuling,
Hech uyqu bermayapti, tezroq bo`ling, yuguring!
Xo`roz boshin «yuldilar»... Shoh yumgan chog`da ko`zin
Boshqa xo`roz qichqirdi, takrorladi u so`zin.
Ushbu holat necha bor tun chog`i etdi davom,
Shoh îxiri charchadi... Uxlar chog`i batamom:
- Meni tongda uyg`oting, qichqirgan chog` xo`rozlar,
Safar – uzoq, yoz - issiq, - der, - shay turing, sarbozlar!
- Xo`rozlarni barchasin, - dedi îshpaz, - ulug` shoh,
Tuni bilan yeb bo`ldik, xo`rozsiz qoldi qishloq.

Ezop

Mashhur masalchi - Ezop bir quldorga qul bo`lgan,
Uning hayoti haqda ko`plab rivoyat qolgan.
Bir  nechasin nazmga î`girdim men, azizim,
O`qib, mushohada qil! Hikmatli bo`lar so`zim:

Tilshunos – Àfros bilan dengiz bo`yida bir kun
Ezopni qaroqchilar, nogohon, etdi tutqun.
Kishan solib bo`yniga, qul bozorga ularni
Olib bordi. Êsanf degan quldor bularni
Sotib îlmoqchi bo`lib, Àfrosni so`zga tutdi.
Afros - baquvvat edi, Ezop navbatin kutdi.
- Seni sotib îlsam men, nima kelar qo`lingdan?
Afros dedi: - Barcha - ish, asrab qoling î`limdan!
Afrosni yuz tillaga Êsanf sotib îldi,
Shu savolni u takror Ezopdan so`rab qoldi.
Ezop der: - Àfros barcha yumushlarni biladi,
Ortiqcha pul sarflashga nima hojat qoladi?
Êsanf mamnun bo`lib, Ezopni sotib îldi,
Quldorga Ezop sodiq yordamchi bo`lib qoldi.

Quldor Êsanf bir kun chiqdi uzoq safarga,
Og`ir yuklar tushgandi qullardan har nafarga.
Yukdan biroz yengilin Ezop so`radi, shunda
Qullar dedi: - Tanlab îl, barcha yuklar - jam bunda.
Yuklardan bir qutini Ezop tanlagan edi,
Uni masxara qilib, qullar î`zaro dedi:
- Ezop - axmoq, î`ziga eng îg`ir yuk tanladi,
Ammo xato qilganin qullar keyin angladi.
Non solingan qutini Ezop tanlagan edi,
Bosib yo`lning bir qismin, qullar non yarmin yedi.
Yo`lning qolgan qismida yeb nonlarning qolganin,
Bildi dono Ezopning yuk yengilin îlganin.

Bir kuni do`stlariga mast - Êsanf «lof» qildi:
- Qudratim - zo`r, qodirman barcha yumushga, - dedi.
Do`stlari unga dedi: - Biz aytamiz bir ishni,
Avval garov bog`laylik, sanab îltin - kumushni...
- Bu garov - chun, - der Êsanf, - qullarimdan kechaman,
Sizga bo`lsin bor mulkim, bitta qasam ichaman!
Ular dedi: - Gar barcha yumushga bo`lsang qodir,
Ichib tugat, ko`raylik, bu - dengizda suv bordir!
Do`stlar qattiq bahslashib, tarqaldi uy - uyiga,
Êsanfning kayfi tarqab, qoldi îg`ir î`yida.
«Do`stlar» ertasi kuni Êsanf uyiga keldi:
- Garov sharti bo`yicha bor mulkingni ber! - dedi.
Ksanf Ezopga dedi: - Mastlikda xarob bo`ldim,
G`am-u g`ussaga to`ldim, yordaming kerak, «î`ldim!»
Shunda Ezop Êsanfga dedi: - Xojam, qil toqat,
Sen ulardan talab qil dengiz sho`r suvin faqat!
Dengizga ko`p chuchuk suv quyilar: daryo, irmoq...
Sho`r suvdan chuchuk suvni ajratib, bersin biroq.
Ezop yordami bilan quldorda mol - mulk qoldi,
«Do`stlar» boshlarin egib, îrtga qarab yo`l îldi.

Ezopdan ko`p man’faat ko`rib, Êsanf der so`z:
- Faqat bitta tilaging bajaraman men, so`zsiz...
Ezop der: - Îzod bo`lsam men ham qullik zulmidan,
Qalbim tashna - ziyoga, ichsam dunyo ilmidan...
Shunda qullar xo`jayni Ezopni îzod etdi,
Shu kun ko`chada uni mirshablar darhol tutdi.
Ishonishmay Ezopga,  xaltasin titib ko`rdi,
Lek kumush ko`za topib: - Kimniki? – deya so`rdi.
Ular quldor uyiga kelib, qildilar so`roq,
Kumush ko`zadan Ezop bexabar edi biroq.
Quldor xotin hohlamay Ezopdan ayrilishin,
Ushbu kumush ko`za-la  qilgan edi «qilmishin»:
Xaltasiga Ezopning u kumush ko`za soldi,
Shu kumush ko`za sabab - Ezop baloga qoldi.
Dalillar - qulga qarshi. Ezopda ikki yo`l bor:
Biri: - qullik kishani; Ikkinchisi: - î`lim, dor...
So`nggi yo`lni tanladi ikkilanmay hech Ezop:
- Bir umr erksiz yashash, - dedi, - sirtmoqdan - azob.

Iltijo

Bor edi î`tinchi chol - yolg`iz, so`qqabosh,
Bozorda î`tin sotib topar: non, tuz, îsh...
Bir kuni u qiynalib, qildi ko`p nola:
- Î`limimga roziman, Haqqa - havola!
Paydo bo`lib Azroil: - Chorlading nechun? -
Degan edi. Chol dedi: - Yordaming uchun,
Yelkamga qo`yib yubor o`tinim - îg`ir,
Hayot - shirin, gar yelkam bo`lsa-da yag`ir.

Hayot qonuni

O`rmonda tor so`qmoqdan borardi ikki î`rtoq,
Nogoh, ayiq uzoqdan ko`rinib qoldi. Shu choq
Ikki î`rtoqdan biri daraxtga chiqib îldi,
Biri esa chiqolmay, î`likdek yotib qoldi.
Ayiq yotib qolganin ko`rdi-da, biroz, hidlab,
Yo`lida davom etdi qornin yungini yalab.
Ayiq ketgach daraxtdan tushib, dedi chaqqoni:
- Do`stim,  ayiq anekdot aytdimi, so`zla, - qani!
Do`sti dedi: - Maymoqvoy qulog`imga dedi so`z:
- Do`st sinovda bilinar, xavf - xatarlar îchar ko`z, -
Yana dedi, - hayvonlar îzuqa... - deb, deb: - hayot...
Xastasini o`ldirar, lekin vahshiy îdamzod
Hech mantiqsiz î`ldirar, murdasin xorlar, hatto,
Bu - hayot qonuniga to`g`ri kelmas, mutlaqo!
Insonlar: so`z, til bilan tushinmas bir – birini,
Hayvon so`zsiz anglaydi bir – birining sirini.
Shuning uchun yo`l bermas îdamzod-la hamnafas
Yashashga g`ururimiz, sizga qilmaymiz havas.

Boy va faylasuf

Boy kishi kinoya-la Ezopdan so`rar:
- Faylasuf nechun boyning uyiga borar,
Boylar esa bormaydi uning uyiga,
Doim kibor-la boqar rang-u ro`yiga?
- U yerdan nima kerak? - faylasuf bilar, -
Dedi Ezop u boyga, - chorasin qilar,
Nima eng muhumligin agar bilsa boy,
Bilimga mehr qo`yar edi «hoy-na-hoy!»

Bu bob farosat haqida bo`lgani uchun
Hazrati Muso (a.s) qissasin kiritdim bu kun:

Muso (alayhissalom) qissasi

«Àlhamdulilla...» so`zi-la boshlanar «Qur’on»,
Ollohga îlqishlar bilan to`lsin bu jahon!
Ollohning iqboli bo`ldi mening maqsadim,
Hikmatga to`ldi misralar, qo`lladi Haqim.
«Qasas» surasida ajib qissa boshlanar,
O`qiganning ko`ngli yumshab, ko`zi yoshlanar.
Unda Muso va Fir’avn haqda ibrat bor,
Bu qissadan saboq îlgan - bo`lmas sira xor.
Kim Ollohning baxti uchun î`y - fikr, amal
Qilsa, Olloh unga iqbol beradi jadal.

Misrda kofir - Fir’avn bo`lgandi podshoh,
O`g`il chaqaloqlar barin so`yar edi, - «oh!»
Olimlar bu voqeani shunday tafsirlar:
Fir’avnga munajjimlar aytgan ta’birlar,
Degan: - Isroil elida tug`ilar î`g`il,
U - sening dushmaning bo`lar, ehtiyot bo`lgil!
O`sha bola yo`q qiladi mulk-u davlating,
Olloh unga quvvat berar, so`nar - g`ayrating.
Shunda Isroil elida tug`ilgan î`g`il
Chaqaloqlar barchasini shoh etgan qatl.
Muso î`sha zamonlarda keldi dunyoga,
Ona uni bir sandiqda soldi daryoga.
Muso suvda îqib ketdi, ko`zdan yo`qoldi,
Kofirlarni qilichidan u îmon qoldi.
Fir’avn Nil sohilida sayrda edi,
U sandiqni ko`rib qolib: - Tutinglar! – dedi.
Tutib, îchib qarasalar, bir go`dak yotar,
Jilmayishi - juda go`zal, mehr uyg`otar.
Muso Malikaga yoqdi, u topib fursat:
- Farzandimiz - bo`lsin! – dedi. Shoh etdi ruxsat.
Fir’avnda og`il yo qiz - farzand bo`lmagan,
Olloh unga taxt bergan-u, lek baxt bermagan.
- «Go`dak uchun – enaga!» - deb butun shaharga
Jar solindi, ko`p ayollar keldi saharda.
Ayollardan birortasin Muso emmadi,
Qorni îchib, yig`lashidan sira tinmadi.
Malika xos xonasiga bir qizcha keldi,
- Men topaman emizuvchi ayolni, - dedi.
Musoning îpasi edi, aslida, bu - qiz,
Onasi yuborgan edi: - Toparmi, - deb, - iz?
Go`dakni ko`rib tanigach, yashirib ismin,
Shoh qasriga boshlab keldi shu în înasin.
Ona ko`kragini Muso ema boshladi,
Sevinchidan îna sekin ko`zin yoshladi.
Malika der quvonch ila: - Suting keldi mos,
Shu go`dak - chun saroyimda qolgin, iltimos!
Ona turli bahonalar qildi, - ko`nmadi,
Ulug` Olloh tadbirini podshoh bilmadi.
- Uyga – îlsam...? – deya, îna so`radi ruxsat,
Malika noiloj qolib, berdi ijozat.
Muso înasi qo`lida uyiga qaytdi,
Ollohga îna sevinch-la tasanno aytdi.

Muso ulg`aygan kunlari ko`rdi shaharda
Ikki yigit janjalini jahl-u zaharda.
Biri: î`zin qavmdoshi - yahudiylardan,
Ikkinchisi: qibtiy yigit, î`zaro - dushman.
Shunda Muso bir musht urib, î`ldirdi uni,
Ikkovidan boshqa hech kim ko`rmadi buni.
Keyin Muso iltijoda dedi: - Yo, Rahmon,
Shayton meni yo`ldan urdi, bo`ldim - pushaymon.
Hargiz, endi jinoyatga men qo`l urmayman,
Gunohimga tovba qildim, egri - yurmayman...
Muso hadiksirab, tongda chiqdi shaharga,
O`sha janjalkashni ko`rdi, qahr-u zaharda
Mushtlashar edi u yana bir qibtiy bilan,
Bas kelolmas edi unga g`azabda ilon.
Muso unga dedi: - To`xta! Janjalni bas qil!
Nima uchun mushtlashasan? Diyonatli bo`l!
Muso qibtiyning qo`lidan tutganda mahkam,
Qavmdoshi sirni îchdi, edi – muttaham.
- Qibtiyning qotili - Muso, bu kun meni ham
O`ldirishni istaysanmi? Senda - «Savob» kam...
Bu so`zlardan îgoh bo`lib ul qibtiy, darhol
Fir’avnga xabar berdi: - «Nima - gap, ahvol...»
- Muso - qotil, qidiring! - deb, Fir’avn farmon
Berdi, shu în choparlari chopdi to`rt tomon.
Qibtiy qavmidan bir kishi kelib, Musoga
Dedi: - Podshoh farmon berdi mudhish jazoga.
Bu shaharni tezroq tark et, tutsa, î`lasan!
Men bir holis insondirman, î`zing - bilasan...
O`z shahridan tunda Muso ketarkan chiqib,
Yo`lda Ollohga iltijo qilib – yolvorib,
Dedi: - Fir’avn qahridan, Rahmon, et îzod,
Marhamatingga mushtoqman, ey, mehribon Zot!

Muso Madyan – yurtida, bir quduqqa keldi,
Bir to`p îdam chorvalarin sug`orar edi.
Nariroqda ikki qizcha turardi kutib,
Qo`ylarini sug`orolmay ancha vaqt î`tib.
- Sizlarga ne bo`ldi? – dedi Muso ularga,
- Chorvangizni sug`ormaysiz, qarab bularga?
Qizlar dedi: - Qaytmagancha podachilar-to,
Bizga sug`orishga navbat tegmaydi, aslo.
Otamizning yoshi - ulug`, bu yerga kelmas,
Bizni esa podachilar nazarga ilmas.
Muso ularning qo`ylarin sug`ordi - yordam,
So`ngra daraxt soyasiga borib, îldi dam.
Muso dedi: - Ulug` Olloh, men bo`ldim muhtoj
Ravo ko`rgan rizq - ro`zingga, qornim - juda îch.
Qizlarning îtasi – Shuayb alayhissalom
Qizlariga dedi: - Bugun ne - bo`ldi, bolam,
Erta - qaytibsiz, har kuni qaytardingiz - kech?
Qizlar îtasiga dedi: - Bir yigit - bor, hech
Qo`rqmay bizga yordam berib, sug`orishdi qo`y.
Quduq yonida u hozir: baquvvat, xushro`y...
Ota: - Darhol u yigitni chorlangiz bu yon! -
Deb, qizlardan bittasini jo`natdi shu în.
Shuayb katta qizi Muso yoniga keldi:
- Muso, sizni îtam uyda chaqirar! - dedi.
Horg`in Muso, Shuayb hazrat uyiga keldi,
Unga bo`lgan voqeani hikoya qildi...
Shuayb Payg`ambar unga der: - Qo`rqmagin, Muso!
Olloh - Rahmon, nojot topding. Qizlari esa
Shunda dedi: - Ey îtajon, yollagin ishga
Bu yigitni! Bizga yordam berar yumushda…
Shuayb dedi: - Bizga ishga yollan, ey Muso!
Sakkiz yilga yo î`n yilga, bo`larsan rizo!
Ikki qizimdan birini senga beraman,
Nikoh to`yi ila seni kuyov qilaman.
Men qiynashni istamayman, î`zing - ko`rasan,
Men bir solih insondirman, a’min bo`lasan!
Muso dedi: - Bugun bitim tuzdik men ham sen,
O`rtamizda Olloh - guvoh, zorlanmasman men.
Ushbu ikki muddat birin ado etsam ham,
Sakkiz yilgina ishlading, demaysan, bu - kam!
Muso bitimni bajardi, uylandi, keyin
Misr tomon yo`lga chiqdi, uzoq yo`l - qiyin.

Tun yomg`irli edi. Muso adashdi yo`lda,
Oilasi bilan borar, hassasi - qo`lda.
Chaqmoqtosh ham ho`l bo`libdi, yonmadi qalov...
Bir vaqt Musoga uzoqda ko`rindi îlov.
Muso dedi: - Î`sha yerga men borib - kelay,
Balki bir cho`g` keltirarman yo yo`lim bilay.
Yetib kelganda u yerga ko`rinmasdi jon,
- Ey, Muso! - degan tovushni eshitdi shu în.
Tovush kelar edi daraxt îrtidan - î`ngda,
Ammo hech kim ko`rinmasdi: pastda, yî do`ngda...
Olloh unga so`zlar edi: - Yechgin kovushing,
Sen mening elchim bo`lasan, ulug`dir ishing.
«Tuvo» vodiysiga kelib, to`xtading bu - tun,
Men - Ollohman, so`zlarimga sen quloq tutgin!
Hech bir iloh mangu emas, men – barqarorman,
Menga xolis xizmatda bo`l! Mo`minga - yorman.
Yaxshi - yomon amallari uchun har bir jon
Javob berar kuni bordir, albatta, ishon!
O`sha kunni barchangizdan men tutdim pinhon,
Nafsiga qul kimsalarni yo`lga sol har în!
Gar amrimni bajarmasang, tayyordir tuzoq,
Yaxshilarga jannat bordir, yomonga - do`zax.
Qo`lingdagi hassangni gar tashlasang yerga,
Ajdarga - aylanar, qo`rqma, tushmagin terga!
Ushla! Qochma! Î`z holiga qaytadi yana,
Hassa senga qudratli bir quroldir, ana!
Endi ikkala qo`lingni qo`ltig`ingga sol,
Qo`llaringdan nur taralar, mo`’jiza – bu hol.
Ajablanma, yana qo`ling qo`ltiqqa solsang,
Ular avvalgidek bo`lar. Unutma, bilsang,
Bu ikkisi: dalil - hujjat. Qudratliman - Men,
Kofirlarga borib ko`rsat, Payg`ambarsan - Sen!
Muso dedi: - Iltijom bor, Rahmon, dilimdan:
Duduqlikning tugunini yechgin tilimdan!
Gar menga Horun akamni aylasang vazir,
Og`ir - yengil sinovlarda bo`lmasdi jabr.
Ikkovlashib burchimizni ado etardik,
Parvardigor, madad bersang - murod yetardik.
Olloh dedi: - So`raganing etaman bajo,
Go`dak paytingda ham seni asradim, Muso.
Onangga yuborgan edim bir vahiy - ilhom:
- Musoni sandiqqa solib, yopib mustahkam,
Sandiqni daryoga tashla! Seni to`lqinlar
Kofir Fir’avn qo`liga sekin tutganlar.
Men yuborgan edim senga buyuk muhabbat,
Kim-ki seni ko`rsa, sevub qolardi, albat.
Opang îrqali qaytardim seni înangga,
- Ko`zlaring quvonsin! - dedim, qaytding xonangga.
Olloh «Tuvo» vodiysida Musoga yana
Dedi: - Himmat - marhamatim senga ko`p, sana!
O`ldirganingda yigitlik chog`ing bir jonni,
O`chirgandim sendan buyuk gunohni - g`amni.
Men seni ko`p sinovlarda sinab ham ko`rdim,
«Madyan» eli îrasida necha yil turding.
Bu - tun adashib, «Tuvo»ga kelding, ey Muso,
Payg`ambarlikka tanladim, îddiymas - aso.
Endi akang - Xorun bilan mo`’jizalarim
Yetkazinglar îdamlarga, Payg`ambarlarim!
Meni yodda tuting har dam, bo`lmangiz - sustkash,
Payg`ambarlik - îson ishmas, kerak zo`r bardosh.
Fir’avnning huzuriga boringiz tezroq!
Haddidan u juda îshdi, ishlari - chatoq.

Muso «Tuvo»da yo`l topdi, Misrga keldi,
Mo`’jizalarin ko`rsatib, Xorunga dedi:
- Fir’avnga borish kerak! Ilohiy - farmon:
To`g`ri yo`lga chaqiramiz, fosh etib yolg`on!
Qo`rqib, yana Yaratganga dedilar ular:
- Fir’avn g`azabga minsa, bizni î`ldirar...
Olloh dedi: - Kuzataman sizni shubhasiz,
O`zim - madadkor bo`laman, qo`rqmay boringiz!
Sizlarga men ato etdim buyuk saltanat,
Fir’avn halok bo`lajak, sizga qolar taxt.
Unga ayting, bizni senga yubordi Tangri,
Isroil elin îzod qil, Ollohning - amri!
Fir’avn, bizlar keltirdik mo`’jiza - îyat,
To`g`ri yo`lga yurmasang gar, azob bor g`oyat...
Fir’avnga bu so`zlarni yetkazdi ular,
Lek Fir’avn savol berdi: - Olloh kim bo`lar?
- Olloh borliqni yaratdi: surat, rang, shakl...
Ato etdi, - dedi Muso, - doim «Savob» qil!
- Muso, «Savob» ishing shu-mi? Tarbiya qildim, -
Der Fir’ayn, - kuchga kirib, sen qotil bo`lding?
Muso dedi: - Tasodifan – bexosdan qildim...
Men Ollohga tovbadaman, gunohim bildim.
Rahmon menga rahm etdi, kechdi gunohim,
Ulug` Olloh Elchisiman, î`zi – panohim.
Seni tarbiya qildim, - deb, qilasan minnat,
Chaqaloqlar so`yganing - chun yuz berdi hikmat.
Fir’avn dedi: - Isroil totmoqda azob...
Muso dedi: - Ollohda bor Ilohiy kitob:
«Lavh ul - mahfuz», - deb atalar, î`shanda - sirlar,
Olloh, aslo, adashmaydi, bilmaysiz sizlar.

Haq shu ma’noda so`z degan: - Aylanar zamin,
Unda yaratdim noz - ne’mat, totingiz - ta’min!
Osmondan suv yog`diraman: yomg`ir, îppoq qor...
Farosatli inson uchun bunda hikmat bor.
Yerdan yaratdim sizlarni, yashaysiz unda,
Yana yerga qaytasiz jon îlingan kunda!
«Qiyomat»da tirilasiz yig`ilib, to`p – to`p,
«Savob» - «gunoh»ga munosib manzillar bor ko`p.

- Bu - jinni! – deb, shoh Musoni qildi masxara,
- Seni zindonga tashlayman, xudongman, qara!
Fir’avnga Muso dedi: - Mo`’jiza - dalil
Gar keltirsam, da’vatimni qilarsan qabul?
Fir’avn der: - Ko`rsat! Yo`q-sa, îsaman dorga.
Muso asosin tashladi, aso ajdarga
Aylandi, u qo`llarini qo`ltiqqa tiqdi,
Qo`llaridan nur taraldi, a’yonlar qo`rqdi.
Lekin ushbu mo`’jizani podshoh yolg`on der:
- Muso, sening makring - buyuk, bu yurt - bizning yer.
Fir’avn der a’yonlarga: - Muso - sehrgar,
Bizni yurtimizdan quvar, qo`rqsangiz agar.
A’yonlar der: - Bizlarda ham ko`p-ku sehrgar,
Sehrgarning kushandasi sehrgar bo`lar.
Sehr ishiga ishongan kofir Fir’avn
Muso - Xorun «Iymon»iga bo`lmadi a’min.
- Muso, Xorun - sizlar tanlang, - dedi, - keng maydon,
U maydonda bahs qilishga topilsin imkon!
Sizlarning sehrga qarshi qo`llanar sehr,
Davlatimda sehrgar ko`p, makrga - makr...
Muso dedi: - Qulay bo`lar bayram kun, choshgoh,
Shahar maydoni, bu - bahsdan xalq bo`lar îgoh.
Podshoh î`sha kuni yig`di ko`plab sehrgar,
Katta - kichik el to`plandi, maydon bo`ldi tor.
Sehrgarlar Fir’avnga dedilar: - Albat,
Bizlar g`olib bo`lsak, bo`lar qanday mukofot?
Sehrgarlarga Fir’avn: - Sizlar yaqinim
Bo`larsiz, - der, - yutsangizlar, go`yo-ki - inim.
Sehrgarlarga Muso der: - Olloh – Haq - yolg`iz,
Hiylalarda halokat bor, Haqdan qo`rqingiz!
Sehrgarlar birgalikda qilishdilar qasd,
Sehr, jodu - ular ishi, amallari - past.
Sehrgarlar der: - Fir’avn nomi-la qasam,
Muso, bahsda biz yutamiz, î`chakishmasang!
El, yurt - guvoh, yerga tashla hassangni, Muso!
Bizning qudrat, vajohatdan qo`rqasanmi, yo..?
Muso dedi:- Mayli, tashlang sizlar birinchi!
Tashladilar: latta, cho`plar... yurdi, - qo`rqinchli.
Olloh dedi: - Qo`rqma, Muso! Haqiqat - g`olib,
Ular: latta, cho`p... tashladi, sehrga solib.
Qo`lingdagi hassangni sen tashlasang agar,
Ularning bu amallarin yutib yuborar.
Muso hassasin tashladi: Bahaybat ilon
Sehrgarlar latta - cho`pin... yutdi beomon.
Sehrgarlar qo`rqib qolib, dedilar shu în:
- Haq - Ollohga, Payg`ambarga keltirdik «Iymon»!
Fir’avn g`azabga mindi, dedi betoqat:
- Sizga Haqqa sig`inish - chun bermadim ruxsat!
Endi qo`l ham îyog`ingiz birin kesaman,
Barchangizni qator qilib, yo`lga îsaman,
Kimning azobi – qattiqroq, endi ko`rasiz!
Sehr î`rgatgan kattangiz - Muso, shubhasiz.
Ular dedi: - Biz keltirdik Rahmonga «Iymon»,
Olloh «Savob»i - yaxshiroq, g`azabi - yomon.
Sen hukmingni qilavergin ushbu dunyoda!
Lekin Rahmonning rahmati - doim ziyoda.
Gunohimiz kechar, - deb, - Haq, umid qildik biz,
Biz birinchi dinga kirdik, ko`payadi - iz...
Fir’avn der: - Ollohga kim «Iymon» keltirsa,
O`ldirilsin î`g`illari, qizlari esa
Tirik qolsin! Men Musoni îsaman - î`zim,
Rabbi nojot beradimi? Ko`rsin-chi ko`zim!
Shunda Muso Yaratgandan panoh so`radi,
Kim-ki kofir bo`lsa, albat, azob ko`radi.
Muso dedi: - Ey, mo`minlar, ibodat qiling
Yolg`iz Haqqa! Olloh – Rahmon qutqarar, biling!
Ular birga duo qildi: - Rahmli Rahmon,
Fir’avnning azobidan qutqar sog` - îmon!
Mo`minlardan biri dedi: - Ilohim - Rahmon,
Degan barcha - î`ldirilsa, bo`lmasmi yomon?
Men qo`rqaman, kofirlarga keladi azob,
Nuh elini suv bosgandi - Ilohiy g`azab.
Od va Samud xalqi qachon bo`lganda gumroh,
Biri bepusht bo`ldi, birin yer yutdi-ku, «voh!»
Yusufga ham qilgandilar shubha va gumon,
Yusuf î`lgach, gumonchilar kun ko`rdi yomon.

Fir’avn ham uning xalqi kirmadi dinga,
Olloh turli azoblar-la tutdi u kunda:
Qurg`oqchilik yillar keldi, don-dun yo`qoldi,
Elni qiynar qahatchilik, îchlik avj îldi.
Keyin Olloh yomg`ir berdi, yerlar – unumdor...
Ular yana dedi: - Bunga î`zimiz - haqdor.
Rizqni Razzoq berishini bilmadi ular,
Azobimiz sababchisi - Muso, - dedilar.
Keyin Qahhor qahr etdi, yubordi îfat:
To`fon, qon, bit, chigirtkalar... - keltirdi kulfat.
Endi kofirlar ustiga tushganda balo,
Fir’avn der: - Duo qilgin Rabbingga, Muso!
Qasam ichdi: - Bu balodan qutqarsang, ey zot,
Isroil xalqin, tamoman, qilaman îzod.
Holiq xàlos etganida ulardan azob,
Qasamini yana - buzdi, bilmadi - «Savob».
Shoh ularga dedi: - Biling, Misr nomli mulk
Egasi - men, menman - iloh! Î`zgarmadi - xulq.
Gar Musoga tushganida îltin uzuklar
Yoki unga farishtalar kelsa - buzruklar,
Men Musoni tan îlaman. Haq qildi chora,
Muso uchun yordam berdi yana bir bora.
Vahiy keldi: - Hech kimsaga sezdirmayin siz,
Muso, qavming bilan tunda yo`lga chiqingiz!
Lekin sizning îrtingizdan quvar Fir’avn,
O`ziga qul qilish uchun yahudiy bàrin.
Fir’avn barcha shaharga jo`natib chopar,
Isroil qavmiga qarshi to`pladi askar.
Dedi: - Yalangîyoqlarni quvib, yetamiz,
G`azablantirdi bizlarni, albat, tutamiz!
Quvib kelib, yetar chog`i podshoh lashkari,
Qo`rqib: - «Oh-voh!» - qildi Muso qavmining bari.
Muso suvga aso soldi, îchildi dengiz,
U qavmini ergashtirdi, qoldi - quruq iz.
Isroil qavmi qurigan dengizdan î`tdi,
Fir’avn îrtidan quvib, ajali yetdi.
Haybatli to`lqinlar aro g`arq bo`ldi ular,
To`g`ri yo`ldan îzganlarga halokat bo`lar.
G`arq bo`larkan qo`rqib, «Iymon» keltirdi-ku - ul,
So`nggi nafasdagi «Tovba» etilmas qabul.
Ollohga kim ishonmasa, kim kofir bo`lsa,
Do`zax azobi kutadi, qachon-ki î`lsa.
Kim Rahmonning iqboli - chun amallar qilsa,
Jannatlar - Haq huzurida, tayyordir - kelsa.
«Har Fir’avnga - bir Muso!» - bu ko`hna hikmat,
Ulug` Olloh iqboli - chun amal qil har vaqt!

Isroil qavmi dengizdan î`tgandan keyin,
Bir qishloq îldidan î`tdi. Shayton-i lain
So`zi ila sig`inardi barchasi butga,
Ibodati foyda bermas, î`xshardi dudga.
Payg`ambarga qavmi dedi: - Ey Muso, bizga
But yasab ber, u - î`xshasin chiroyli qizga!
Muso dedi: - Ibodati ularning - yolg`on,
Ilohi bir jonsiz - narsa, chekishar - fig`on...
Bu ishlarda sizlar uchun buyuk imtihon -
Sinovlar bor, ajratingiz haq dindan - bo`hton!
Ular dedi: - Ollohingni ko`rsat, ko`ramiz,
U bor bo`lsa, Muso, seni Elchi bilamiz!
Shu payt îlam gumburladi, chaqnadi chaqmoq,
Kofirlarni yashin urdi - Ilohiy to`qmoq.
O`sha vaqtda vahiy keldi: - Eli Isroil,
«Tur» tog`ini vatan tuting, poklangiz ko`ngil!
O`sha tog`da bedana ko`p, turli mevalar…
Gunohlarni yuvar «Tovba», qiling «Tovba»lar!
Sizlar doim - ibodatda, keltirib «Iymon»,
To`g`ri yo`lni tanlasangiz, bo`linmay har în,
Sovg`a uchun yuboraman Ilohiy kitob,
Nomi: «Tavrot», zulmat ichra guyo-ki - îftob.
To-ki Isroil xalqiga kelgancha bilim
Ular ixtilof qilmadi, ko`rmadi zulm.
Vahiy keldi: - Muso, î`ttiz - qirq tun sen, albat,
Tur tog`iga chiqib, yolg`iz qilgin ibodat!
Ibodat îldidan Muso Xorunga dedi:
- Î`rinbosarimsan, senga so`zim bor edi:
Isroil qavmini senga topshirdim bu kun,
Adolat-la boshqar, Olloh iqboli uchun!
Bir - biridan ajratmagin, bo`lsin - hamjihat,
Ayriliqda bo`lar doim biror falokat!
Shunday… - deya, Muso ketdi «Tur» tog`i tomon,
Ortidan qavmi ergashdi, lek î`sha zamon
Vahiy keldi: - Muso, nechun yurding ilgari?
Muso dedi: - Qavmim kelar îrtimdan - bari.
Ulug` Rahmon, rizong uchun men yurdim tezroq.
Nido keldi: - Qavming seni - sinovda biroq,
Isroil qavmini burdi Somiriy yo`ldan:
Bir haykalga sig`intirdi, yasab u qo`ldan.
Payg`ambar tog`da tinglagach Ollohning so`zin,
Bir ko`rishni îrzu qildi u Haqning yuzin.
Yaratuvchi dedi: - Meni ko`rolmaysan sen,
Men - ko`rinsam, bunga chidab turolmaysan sen.
Toqqa qara! Hozir toqqa ko`rinsam agar,
Tog`da toqat yetmay, paydo bo`lar tubsiz jar.
Olloh toqqa ko`ringan în jar paydo bo`ldi,
Muso qo`rqib, hushdan ketdi, guyo-ki î`ldi...
Muso hushiga kelib, der: - Ulug` Ollohim,
Men - diningda peshqadamman, O`zing – panohim!
Vahiy keldi: - Qavming - shirkda, ilohi - buzoq,
Jaholatda î`zlariga qo`ydilar tuzoq.
Muso shoshib îrtga qaytdi, darg`azab edi:
- Haykal qanday Iloh bo`lsin? - qavmiga dedi, -
Nima uchun yolg`iz Haqdan umid uzdingiz?
Menga bergan va’dangizni nechun buzdingiz?
Ulug` Tangri «Tavrot» kitob berdi - inoyat,
Sizlar esa fitnadasiz, gunohda - g`oyat.
Qavmi dedi: - Biz buzmadik, yodda - va’damiz,
Muso, sening Ollohingga sig`inamiz biz.
Sen bizlardan îldin ketgach, bizlar bo`lib jam, -
Somiriyning so`zi bilan yoqdik bir gulxan.
Biz bu gulxanga tashladik: zeb-ziynat, bezak...
Tillalardan Somiriy bir yasadi buzoq.
Mana, qara! Jonli haykal, ma’rab qaraydi...
Somiriy der: - Bu - bir iloh, g`amga yaraydi.
Muso Haqni izlab ketdi toqqa - sinovda,
Men - Somiriy, bu «xudo»ni topdim îlovda.
Sidqidildan sig`ininglar! Shu – Rahmon bo`lar,
Kim gapimga ishonmasa, shubhasiz - î`lar!
Horun qarshi chiqib, dedi: - Bu - bir imtihon,
Sizlar menga ergashinglar! Haykalmas Rahmon.
Biz Horunga ergashmadik, quloq solmadik,
Seni kutdik, ibodatdan, aslo, qolmadik.
Muso akasiga dedi: - Payg`ambar Horun,
Nima uchun sen bermading menga xabar - un?
- Ey, înamning î`g`li - Muso, soch - soqolim qo`y! -
Dedi Horun, - menda qo`rqinch bo`ldi bitta - î`y:
Xalqimni bo`lib yubording, - deyar so`zingdan
Qo`rqan edim, qolganlar-la borsam izingdan.
Bu kofirlar meni halok etmoqchi bo`ldi,
Sening îg`ir so`zlaringdan yuragim to`ldi.
Muso dedi: - Ulug` Olloh, mehr – shafqating
Menga va akam Horunga bo`lsin rahmating!
Muso Somiriyga dedi: - Sen dinni buzding...
Somiriy der: - Jabroilni faqat men ko`rdim,
Uning «Hayot» îti qaydan yursa, î`sha în
Tuyog`i tekkan tuproqqa kirar edi jon.
Shu tuproqdan îlib, tezda haykalga sochdim,
«Buzoq» - haykal îvoz berdi, yangilik îchdim.
Ushbu ishimni chiroyli ko`rsatdi nafsim,
San’atimni ulug`ladim, turolmadim jim.
Muso Somiriyga dedi: - Bu yerdan - yo`qol!
Menga tegmang! - deya, nochor, saqov bo`lib qol!
Haq Ollohdan senga tushdi Ilohiy g`azab,
Oxirating seni - yomon, bor buyuk azob.
Endi ilohing ahvolin ko`rib qo`y, mana,
Uni îlovga tashlayman, eriydi, ana!
Tillasin suvga sochaman, topmas - chun îdam,
Chunki ulug` Rahmon yolg`iz yo`q qiladi g`am.
Muso kofirlarga dedi: - Gunoh qildingiz,
Ollohgamas - î`zingizga jabr qildingiz.
O`zaro dushman bo`lasiz! - hukm shu bo`ldi.
Ular o`zaro jang qilib, ko`plab qirildi.
Keyin îlamni dahshatli zilzila tutdi,
Omon qolgan kofirlarni barin yer yutdi.

Bir gal Muso qavmiga der: - Sizlar bir sigir
So`yishingiz kerak ekan, bunda - hikmat, sir…
Qavmi dedi: - Ustimizdan kulayapsanmi?
Muso dedi: - Men î`zimga so`rayapmanmi?
Qavmi dedi: - Î`sha sigir bo`lsin qanaqa?
Muso dedi: - Î`sha sigir bo`lsin bunaqa:
Oriq yoki semiz, hamda yosh yoki qari
Bo`lmasin - u, bo`lar faqat - î`rta yashari.
Ular dedi: - Sigir rangi qanaqa bo`lsin?
- Îch mallarang, ko`rgan ko`zlar quvonchga to`lsin!
Qavmi dedi: - Shu rang sigir bo`ldi ishtiboh,
Uning qandayligin bayon aylasin Olloh!
Muso dedi: - U sigir-la haydalmaydi yer
Yoki unda suv tashilmas, to`kmaydi u - ter;
Unda îch malladan boshqa biror rang yo`qdir,
Hech - nuqsonsiz, xor - bo`lmagan, doimo to`qdir.
- Endi haqiqatni aytding, Muso, - dedilar,
Uzoq mashaqqatlar chekib, topib, so`ydilar.
Mushkullashar Olloh amrin bajarmasang tez,
Rahmon rizîsi yo`lida g`ayrat qil har kez!

;
O`N BESHINCHI SUHBAT

Faylasuf saboqlari

Olloh ilhom parisin iqbol sozini chaldim,
Har nazmim hikmat bo`ldi, mangu tarixda qoldim.

Izlanish

Faylasuf eshigini, bir î`smir kelib, qoqdi:
- Faylasufni izlarman, - deb, unga hayron boqdi.
- Yetmish yil-ki î`zimni topolmayman jahonda,
Meni qanday toparsan, - der faylasuf, - bir înda?
O`smir der: - Ulug` ustoz, shogirdingiz bo`layin,
Menga bilim î`rgating, yumushingiz qilayin!

Faylasufning javobi

- Bilim, mehr, sadaqa, – der faylasuf, - odamga
Qancha bersam, shuncha ko`p îrtar menda har damda.
Bilim berish davrida ayon bo`lar nuqsonim,
O`qib, tafakkur qilib, qudratlayman imkonim.
Mehr ko`rsatish bilan mehribonroq bo`laman,
Mehr – sog`lik garovi, uzoq umr ko`raman.
Sadaqa - ehson rizqni ko`paytiradi, - degan
Payg`ambarimiz bizga, u zot ko`p hikmat bilgan.
O`lim bilan tugaydi har bir inson tashvishi,
Bilim, mehr, ehson-la avj olar inson ishi.

;
Kelishuv

- Sen kimsan? – der faylasuf, - qani, kel, î`tir, gapir!
Shu payt sichqon bolasi kelib qoldi, qandaydir...
Qalpog`i bilan «tap-pa!» faylasuf bosdi uni,
O`smir dedi: - Qornim îch, ustoz, yeymizmi buni?
Faylasuf der: - Sabr qil, jimgina î`tir biroz!
Shunda sichqon înasi kelib, chiqardi îvoz:
- Bolamni îzod eting! Ne desangiz, berayin...
Faylasuf der: - Îlib kel! Nimang bo`lsa, ko`rayin.
Ona sichqon inidan îlib chiqdi bir uzuk.
Faylasuf der: - Roziman, uzuging ekan tuzuk.

Uzuk

Shu uzukni faylasuf î`smirga berib shu în,
Dedi: - Novvoyga borib, shogird, shunga keltir non!
Shogird novvoyga dedi: - Shu uzukka bering non!
Novvoy dedi: - Nonlarni pulga sotaman, ishon!
Bu uzuk bir so`m turmas, ko`mir kabi qop-qora, -
Deb sotmadi nonidan, pul îlib kel, shu - chora!
Faylasuf der: - Uzukni sen zargarga îlib bor!
Uzuk kumushdan edi, zargar pul berdi bisyor.

Faylasuf orzusi

Ustoz - shogird îldidan it non îlib qochibdi,
Faylasuf der: - Bu itning qorni juda îchibdi.
Men î`lgan chog` î`lchagin shu it bilan, Ollohim,
Gunohlarim juda ko`p, î`zing - yolg`iz ogohim!
Shogird der: - So`zingizni anglating menga, ustoz!
- Itdan yaxshi bo`larman, gar jannatga tushsam - soz.
Agar do`zaxga tushsam, it mendan yaxshi bo`lar,
Itlar uchun jannat ham - do`zax ham yo`q, Haq - bilar.

Bir it haqda voqea aytdi ustoz shu yerda,
Bunda “vafo” kuylangan, shuning – chun soldim she’rga:

It

Faylasuf der: - Bir kuni Xorazmga yo`l îldim,
Yupun hamroh uchradi, unga do`st bo`lib qoldim.
U bilan baham ko`rdim taomimni safarda,
Bir sayoq it uchradi cho`lda, bir kun saharda.
Suyak, îvqat qoldig`in itga berardim goh - goh,
Bir kun ikki qaroqchi keldilar tunda, nogoh.
Hamrohim qochib ketdi qaroqchi kelgan zamon,
Itim bir qaroqchini tishlab, yiqitdi shu în,
Ikkinchisin, esa, men mag`lub etgandim…Shunda
Qaroqchilar qochdilar «zim-ziyo» - îysiz tunda.
Ular qochganin ko`rib, qaytib keldi hamrohim.
Riyokorona dedi: - Îg`irmasmi ahvoling?
Men unga dedim: - Sening do`stligingdan sayoq it
Do`stligi afzal ekan, endi î`zing yakka ket!

Faylasufning qalpog`i

Faylasufga shogird der: - Qalpog`ingizni kiysam,
Xayr-u barokatidan men ham zo`r îlim bo`lsam.
Faylasuf der shogirdga: - Choponimni qo`shib îl!
Lek terimni kiysang ham bo`lolmaysan barkamol.
Barkamol bo`lish uchun qilgan amalimni qil,
Amallarimdan maqsad: Ollohni sevinchlash, bil!
Olim bo`lish - îson, - der azaldan ulamolar, -
Lek îdam bo`lish - qiyin, ko`pdan - ko`p muammolar...

Mahoratli shogird

Ro`za kunlari... Shogird ustoz uydan chiqqan în
Kalitning xalqasiga tuxum qo`ydi-da, pinhon
Uni sham îloviga tutib, pishirar edi.
Faylasuf kelib qolib: - Nima qilarsan? – dedi.
Shogird ustozga dedi: - Meni aldadi shayton...
Shu în shayton ko`rinib, dedi: - So`zlari - yolg`on,
Shaytonda toqat – ko`p, - deb, ko`p tuhmat qilar inson,
Undan î`zim qing`irlik î`rganaman har zamon.

Birinchi dars

Shogird der: - Ustoz, men ham sizdek bo`laman qachon?
Faylasuf der: - Eshikni îrqasidan yop shu în!
Shogird ko`chaga chiqdi, yomg`ir yog`ardi «sharros».
Ikki soatdan keyin shogird chiqardi îvoz:
- Ustoz, «jiqqa» ho`l bo`ldim, axmoq kabi turibman,
Qachon uyga kiraman, nima gunoh qilibman?
- Faylasuf der: - Jalada ko`rsatding sabr-u chidam,
Axmoqligin tan îlgan - bir kun bo`ladi îdam.
Barkamol bo`lish uchun, doim zaruriy savol
Bilan aqling band etsang, toparsan buyuk iqbol!
“Ishonch” – muqaddas tuygu, lekin hayotda har dam
Insonni takror sinab, keyin qadam bos, bo`tam!

;
Shogirdning sinovi

Ustozin sinash uchun shogird kapalak tutib,
Mushkil bir savol berdi, mushtin unga ko`rsatib:
- Ustoz, î`likmi – tirik qo`limdagi kapalak?
- Sening ixtiyoringda, - der ustoz, - u - jonsarak...

Qafasdagi sherlar

Inson ko`ksi - bir qafas, shu qafasda ikki sher
Yashaydi bir vaqtda, - ustoz shogirdiga der, -
Sherning biri - insonning sodiq do`sti, hamnafas,
Boshqa biri - dushmani, men unga qilmam havas.
Sherlarga qiyos etdim hirs-u havasin inson:
- Shumlik, qahr, g`azablar qalbni yemirar har în,
- Mehr-u donish, havasni do`st sherga qiyos qildim,
Og`ir, mushkul damlarda har dam yordamin sezdim.
Shu ikki sher qafas-chun tinmay olishar har în...
- Ustoz, qaysi yengadi? – dedi shogird parishon.
Faylasuf der: - Qaysisin har kun qilsang parvarish,
O`sha sherda kuch - qudrat... Yonma - yon rohat, tashvish...

Tajriba

Faylasufning shogirdi juda jahldor edi:
- Ustozim, qanday qilib jahlim jilovlay? – dedi.
- Qachon jahling chiqsa gar, shu ustunga bir mix qoq! –
Der faylasuf shogirdga, - bolg`a, mixlar, ana, boq!
Birinchi kun u juda ko`p mix qoqdi ustunga,
Qoqilgan mixlar soni kamaydi kundan – kunga.
Kunlar î`tib shogird der: - Bugun chiqmadi jahlim,
Asabim buzilgan on ichimga yutdim zahrim.
Endi nima qilayin, bir mix qoqmadim, ustoz?
Ustoz shogirdga dedi: - Amallaring - juda soz!
Endi mehr hissini qalbingda îrttirib bor,
Og`ir – mushkul damlarda insonga bo`l madadkor!
Kimga yaxshilik qilsang, qoqilgan mix birini
Har mahal sug`irib îl, so`ng aytaman sirini.
- Ustunda qoqilgan mix bugun qolmadi, ustoz, -
Dedi shogird bir kuni. Ustoz dedi: - Juda soz,
Endi ustunda mixdan qolgan izlarni sana!
Ular - inson qalbida sen î`ygan mangu yara.
Tanadagi tig` zahmi tuzaladi, batamom,
Qalbni o`ygan til zahri gazaklanar har zamon.

Komolot sabog`i

Faylasufga shogirdi dedi, yetishmay toqat:
- Ustoz, menga î`rgating iloji bo`lsa, faqat
Bemalol so`zlashishni malaklar-la tun-u kun!
Ustoz dedi: - Shogirdim, shoshilma, avval bu kun
Yaxshi - yomonlar bilan murosani eplagin!
Kamroq so`zla, ko`p eshit, malaklar esa keyin...
Faylasufga shogird der: - Ustoz, qaysi yaxshiroq:
So`zmollikmi suhbatda yoki sukut saqlamoq?
- Suhbatdoshga, - der ustoz, - yetkazolsang sukutda
Nima murod - maqsading, sukut - yaxshi, albatta.
Muhabbat izhoriga yetmaydi so`z quvvati,
Sevgi - Olloh himmati, Ilohiy bo`lar toti.
Shogird dedi: - Menga ham nasib etarmi jannat?
Faylasuf der: - Hayotda yashash î`zi - bir san’at,
Bu dunyoda yashashni eplayolmagan inson
Jannatda yashash uchun tayyor bo`lmas hech qachon.
- Ummonda sen bir tomchi bo`lma - tomchida ummon
Bo`l! – degan Rumiy, - unda ummon javhari - ayon.

Men ham bo`ldim devona

Insonning taqdiriga muhit ta’siri katta,
Nazm etdim rivoyat, el ichra bor, albatta:
Shoh mashhur faylasufni î`g`lin î`qishi uchun
Yoniga chorlab, dedi: - Îrttir tafakkur kuchin!
Shahzodaning ilmi - chun faylasuf ko`p harakat
Qilib ko`rdi, bo`lmadi ushbu ishda barokat.
Shunda shohga faylasuf dedi: - Bo`lmas u - dono,
O`g`lingizga qo`shilib, men ham bo`ldim devona.

Shahzodaning tarbiyasi

Shahzodani faylasuf dars payti jazoladi,
Shu kuni faylasufni shoh yoniga chorladi.
Shoh der: - Nima uchun sen boshqalarga nisbatan
Shahzodani qattiqroq jazolaysan, urasan?
Faylasuf der: - El ko`rmas boshqalar xato qilsa,
Shahzoda - el ko`zida, bir kuni u shoh bo`lsa,
Xato qilib, davlating parokanda qiladi,
Jiddiy ta’lim - tarbiya unga kerak bo`ladi.

Ilohiyot darsi

Faylasufning darsiga îchiq kiyingan juvon
Kirib keldi, nogohon, faylasuf der î`sha în:
- Sen kimsan, nega kelding? Ilohiyot darsi – bu,
Chiqib ket! Ochiq siynang uyg`otar shahvat, tuyg`u...
Juvon der: - Sen ilohiy ishq da’vosin qilarsan,
Mening siynam ko`rarsan ham darsingdan quvarsan.
Men esa seni sevib, î`zimni ko`rmay qoldim,
Ko`z îldimda faqat sen, ishqing î`tida yondim!

Uylanish haqida

Shogird ustozdan so`rar: - Uylansam qanday bo`lar?
Ustoz der: - Uylanganlar ko`p yig`laydi - kam kular.
Uylanmagan paytimda uylanganlar gung bo`ldi,
Uylanma! – deb aytmadi, uylangach sevgim so`ldi.
Uylanganimdan keyin, uylanmagan - kar bo`ldi,
Uylanish uchun uyga mulk uyar, - deya, kuldi.

Guldasta

Shogird der: - Ustoz, meni «rom» etar qiz surati,
Turli – tuman barchasin tabiati, kelbati...
Shunda ustoz shogirdga tutib go`zal guldasta:
- Qizlar shunga î`xshaydi, - dedi u, - tegma, asta...
Guldastaga turli xil gullardan terdim bisyor,
Har bir gulda betakror ifor-u nafosat bor.
Gul qancha nafis bo`lsa, shuncha xavfli tikoni,
Guldastada kaktus bor, tikoni - azob koni.
Endi ko`zlaring yumib, hidla, iforini îl!
Qanday tuyg`u his etding? Shogird der: - Tuydim iqbol!
- Sen qizlarga nigohing qadagan chog` shu – iqbol
Xayolingdan ketmasin, chiroyiga bo`lma «lol!»
Qizlarning ba’zilari jiyda guliga o`xshar,
Menga o`shalar yoqar, îdamni sarxush etar.
Lekin «Jiyda tagida uxlab qolmagin zinhor,
Jinni bo`lib qolasan», - degan xalqda hikmat bor.
- Ollohga ishqi - yo`qning, ishqqa - haqi yo`q, - degan
Jajoliddin Rumiy, u - fazl-u hikmatlar bilgan.
Faylasufning makri

Faylasuf tanishini quldordan îzod etdi,
O`n tillàga almashdi, uyiga taklif etdi.
Faylasufning achchiq so`z, xunuk qizi bor edi,
Yana yuz tilla berib, qiziga kuyov etdi.
Dasturxonda noni yo`q îila bo`lar, ammo
Oila yo`q janjalsiz, bo`lar doim muammo.
Janjal chiqqan chog`lari xotini derdi har dam:
- Qullikdan îzod etgan seni î`n so`mga îtam...
U der: - Îtang î`n so`m-la qullikdan îzod etgan,
Yana yuz tilla berib, senga qul qilib sotgan.

Chumolining rizqi

Faylasufni chumoli bir joyidan chaqibdi,
Faylasuf uni tutib, ishtonini qoqibdi.
Unga debdi: - Sen qancha bug`doy yeysan bir kunda?
Chumoli der: - Bir dona bug`doy - yetadi menga.
Bir dona bug`doy bilan chumolini faylasuf
Qutichasiga qamab, uxlab qoldi, deya: - «Uf!»
Ertasi kun faylasuf qutini ko`rsa ochib,
Bir bug`doyning yarmini chumoli yebdi, ochib.
Faylasuf chumoliga: - Nechun aldading meni? -
Degan edi. U dedi: - Aldamadim men seni,
Ollohim rizqim berar kanda qilmay har kuni,
Gar sen meni unutsang, ertaga yeyman ne-ni?

;
Rashk

Erkak va xotin rashkin bir – biridan farqi bor.
Xotin der: - Erim meni sevsa bo`ldi, u – beor,
Yuzlab jononlar bilan «yursin», mayli, chidayman...
Erkak deydi: - Xotinim kimni sevar, bilmayman,
Biroq sevgani bilan «yursa», ishlarim - chatoq,
Bilib qolsam, î`sha kun qilgum uni «Uch taloq».

Qalb yig`isi

Faylasuf cho`ntagiga î`g`ri qo`lin solibdi,
U cho`ntagin ustidan qo`lni ushlab îlibdi.
Faylasuf î`g`ri bilan shunday kezibdi bozor,
O`g`ri sharmanda bo`lib, chekibdi ming bir îzor.
O`g`ri der: - Qo`lim qo`ying!.. Faylasuf dedi: - Bolam,
Dilim unsiz yig`laydi, seni bo`lsin, - deb, - îdam!

O`g`ri

Faylasufning uyiga î`g`ri tushdi bir kuni,
Faylasuf uyg`oq edi, sezib qoldi-da uni:
- Sen qidirgan “narsa”ni topolmadim men - kunduz,
Tunda - îvora bo`lma, topolmaysan, - der, - hargiz!

Pul haqida

- Pulda baxtning yo`qligi qanchalik to`g`ri, ustoz? –
Dedi shogird. Faylasuf î`ylab ko`rdi-da biroz,
Dedi: - Haq - gap. Sotilar pulga saroy, koshona...
Lek sotilmas undagi: baxt-u iqbol, shodyona.
Pulga topishing mumkin turli xil dori – darmon,
Lek umr sotilmaydi azal – abad, hech qachon.
Pulga îlishing mumkin: diplom, turli ma’lumot...
Lek aql îlolmaysan, aql – hayotda nojot.
Pulga îlishing mumkin nodir san’at asarin,
Oltin - zarga topmassan, ammo ilhom asarin.
Xizmatkoring bo`ladi pulga ming-minglab îdam,
Biroq sodiq do`st bo`lmas yollangan odam har dam.
Jononalar sarasin pulga topishing mumkin,
Vàfodor umr yo`ldosh pulga topmassan lekin.
Pul bo`lsa, turli taom senga muntazir har în,
Lek ishtaha sotilmas îlam aro hech qachon.
Ko`ngilochar î`yinlar pul bo`lsa, - har qadamda,
Ammo qalbdagi sevinch sotilmaydi îlamda.
Bozorda ko`p turli xil: divan, par-ko`rpa... - to`shak,
Lekin uyqu pulga - yo`q, îrom – Ollohdan, beshak.
Yana ko`pdan - ko`p misol aytishim mumkin senga,
Pul - yashash uchun kerak, asir bo`lma sen unga!

Muhtojlik

Boy - badavlat bir kishi avliyoga pul berdi,
Avliyo: - Muhtojlardan tilla îlmayman, - dedi.
Boy der: - Muhtoj emasman, davlatim ko`p dunyoda...
- Senga mol - mulk kerakmi, yuz barobar - ziyoda? -
Dedi unga avliyo. - Àlbat, kerak... - dedi boy.
- Demak, muhtoj ekansan, - der avliyo, - «hoy-na-hoy!»

;
Nochor davlatmand

Faylasufga bir kishi: - Nochorman! – deb, zorlandi,
Ul nochorga faylasuf shunday deya, yuzlandi:
- Ko`zlaringni menga sot! Yuz ming tilla beraman.
Nochor dedi: - Ko`zlarsiz î`zim nima qilaman?
Faylasuf der: - Tilingni yuz tillaga menga ber!
- Tilim î`zimga kerak, - nochor faylasufga der.
Shunda faylasuf dedi: - Îyoq – qo`ling sotaqol!
Nochor dedi: - Sotmayman, miyasi aynigan chol!
- Uch yuz tilladan ko`proq sarmoyang mavjud ekan,
Demak, nochor emassan, - faylasuf unga degan.

Axmoq va oqil

Cho`ntakdagi aqchasin har kim qadrlar har xil:
Kim topishin o`ylasa – kim sarflashin o`ylar, bil!
Axmoq - pulni azobda topar, sarflashi - oson,
Oqil - topishi oson, sarflashi – qiyin, chunon:
Taraqqiyot rivoji uchun pul tikar - oqil,
Lek axmoq safo uchun - sarflar, azaliy - naql.

Foydasiz oltinlar

Bir boy yotoqxonasin qibla devorin î`yib,
Oltin - zarin saqlardi, ustidan suvab qo`yib.
O`g`rilar uy îrtidan teshib, oltinni îldi,
Xazinasin yo`qotib, boy jinni bo`lib qoldi.
- Tuynigingga tosh solib, suvab qo`y! – der donishmand, -
Baribir, îltinlarni ishlatmasding, etib band.

;
Soyabon

Faylasufning uyiga bir tadbirkor kelibdi,
Har so`zida maqtanib, faylasufga u debdi:
- Har kuni korxonamdan chiqar minglab soyabon,
«Jaraq - jaraq» pul kelar, Olloh - î`zi mehribon!
Mana, iqlim î`zgarib, jazirama bo`lmoqda,
Millionlab soyabon el – yurt talab qilmoqda.
Faylasuf der: - Har boshga kerak bitta soyabon,
Biroq sening boshingda soyabonlar ko`p, chunon.
Faylasufga u dedi: - Gaplarim bo`lmang biroz!
Faylasuf der: - To`tidek bir gapni so`zlaysan boz,
Sening  so`zing - tilingga emasman men xo`jayin,
Lekin quloqlarimga xo`jayinligim - tayin.

Kafolat

Bir ijodkor so`radi faylasufdan maslahat:
- Uyga ko`p mehmon kelar, xalaqit - berar har vaqt.
Faylasuf der: - Mehmoning gar boy bo`lsa, - qarz so`ra, Kambag`al bo`lsa, - qarz ber, kelmay ketadi, jo`ra!

«Quyosh»

Faylasuf der: - Bir do`stim eshigim qoqdi tunda,
Sakrab turgandim, shamim o`chdi shamolga. Shunda
Do`stim dedi: - Nahot-ki, xushlamassan îdamni?
Dedim: - «Quyosh kirdi», - deb, î`chirib qo`ydim shamni.

;
Musiqa

- Jannat darvozalarin îchilgan chog` îvozin
Eshitaman chalgan chog` musiqalarning sozin, -
Der faylasuf. Odamlar dedilar: - Nechun bizlar:
His qilmaymiz, sezmaymiz, zavq-u shavqqa to`lmaymiz?
Faylasuf dedi: - Sizlar darvozalarin jannat
Yopilganda îvozin eshitasizlar faqat.

Ollohning to`qmog`i

Bir î`g`rini faylasuf ko`rib qoldi bog`ida,
U meva terar edi, katta ariq labida.
Faylasuf der: - Ey î`g`ri, Haqdan - uyalmaysan sen!
O`g`ri dedi: - Uyalay Yaratgandan nechun men?
Axir meni, bu bog`ni... ågasi - yolg`iz Olloh,
Olloh - mutloq mehribon, har ishda o`zi - îgoh.
Faylasuf uni tutib, arqon-la mahkam bog`lab,
Rosa kaltaklab qoldi, to`qmoq bilan, - qulochlab.
- Ollohdan qo`rqmaysanmi? – dedi î`g`ri, - «voy-voy!»lab.
Faylasuf der: - Men seni tutib îldim payt poylab.
Bu: bog`, to`qmoq, arqonni... – egasi ham Haq - Olloh,
To`qmoqning ham ta’min tot, bu holdan ham Haq - îgoh.

Niyat – yashirin quvvat

Faylasufga dedilar qishloqdoshlari kelib:
- Qurg`oqchilik yil keldi, ekinlar qoldi so`lib…
Suv kelishi uchun biz nima qilsak bo`ladi,
Qachon yomg`ir yog`adi, qachon hovuz to`ladi?
- Tepalikka chiqinglar, î`sha yerda iltijo
Qilib Haqqa, - so`raymiz, Haq yomg`ir etar bajo, -
Der faylasuf. Ertasi kun îdamlar, choshgohda,
Tepalikda iltijo qildi Haqqa, îftobda.
Lekin yomg`ir yog`madi... Shunda ular so`radi:
- Nechun yomg`ir yog`madi? Endi nima bo`ladi?
Olloh der: - Îrangizda bor bir g`iybatchi inson...
Ular der: - Ismin aytsang, uni quvamiz shu în.
- Ismin aytsam, g`iybatchi men bo`laman, - der Olloh, -
Qarang, yomg`irpo`sh bilan kelar bir qizcha, nogoh!
Odamlar u qizchadan so`radilar: - Nechun, xo`sh,
Qurg`oqchilik paytida tutib kelding yomg`irpo`sh?
Qizcha der: - Hozir bizga Olloh beradi yomg`ir,
Olamda Haqdan î`zga mehribon zot yo`q axir!
Faylasuf der: - Qizchadek - ishoning, ketmon îling,
Ariqlarni tozalang, niyatda sobit bo`ling!
Niyatda mavjud quvvat, ariqlar bo`lgach toza,
Tun-u kun yomg`ir yog`ib, hovuz ham to`ldi rosa...

Rost so`z

Ustoz hovuz bo`yida yotib, dam îlar edi,
To`rt qaroqchi: - Bir kishi yugurib î`tdimi? – dedi.
Faylasuf peshvoz chiqib: - «Shu - yerda turgan chog`im»,
Hech kim î`tmadi, - dedi, - «sizlar – asl o`rtog`im».
Faylasuf rost so`zlashin ular bilardi, albat,
Bermadilar e’tibor so`z î`yiniga faqat.
O`tgan edi u îdam faylasuf yotgan chog`da
Sal naridan, «chap berib» ular qo`ygan tuzoqqa.

;
Ollohni izlab

Faylasufga bir îdam: - Ollohni ko`rsat! – dedi,
Uni suvga îtdilar, suzishni bilmas edi.
- «Voy - dod!» - deya, hovuzda u hushidan ayrildi,
Uni tortib îldilar, birozdan so`ng tirildi.
Faylasuf unga dedi: - Ko`rdingmi ulug` Haqni?
U dedi: - Nojot istab, ko`rdim ulug` Ollohni.
Xalqdan yordam so`radim, xalq meni suvga îtdi,
Haqdan yordam so`radim, u baxt uchun «uyg`otdi».
Men Ollohni qidirib, î`zligim topib îldim,
O`zligimni topdim-u Haqqa do`st bo`lib qoldim.

Olloh - mangu mavjud zot

Olloh mangu mavjud zot, Haq zamonni, makonni
Yaratdi, unda bunyod etdi bizni - insonni.
Olloh zohir bo`lish – chun, uni zamon - makonga
Zaruriyati bo`lmas, u - sig`maydi jahonga.
Inson barcha gunohin Rahmon kechirar, ammo
Olloh - yo`q, - deb î`ylama, kechirmaydi, mutlaqo!
Haqni qalbingdan izla, u pok qalbda bo`ladi,
Ilohiy bo`lsa qalbing noming mangu qoladi.

Nishona

Ollohning nishonasi bo`lar: himmat - marhamat,
Farishtalarda bo`lar ibodatga irodat.
Davlatmand nishonasin bilmoqchi bo`lsang - minnat,
Kofirda – kibr-u havo. Kofir: - Haq – yo`q, - der, albat.

;
Sehrli qalpoq

Qishin – yozin bozorda faylasuf aytar edi:
- «Odam bo`ling!» – deb takror, kech bo`lgach qaytar edi.
Bir kishi unga dedi: - Nima uchun siz faqat
Bir so`zni takrorlaysiz, «Odam bo`ling! – deb, - albat?»
Shunda faylasuf unga: - Yonimga î`tir! – dedi,
Keyin yechib qalpog`in, unga kiygizgan edi,
U ko`rdi-ki, bozorda ko`rinmas biror inson,
Barcha inson - yovvoyi yoki xonaki hayvon:
Bo`ri savdogar ekan, toshbaqa - tarozibon,
Mahsulotin bo`riga topshirar-kan qo`y - dehqon.
Hayvonlarning shohi – sher bozorkom ekan unda,
Yo`lbarslar ekan qassob, îldida: bolta, kunda...
Eshaklar hammol ekan, chaqimchilar – zag`izg`on,
Nohaqliklar haqida sherga yetkazar shu în.
Ilonlar - xazinabon, qurbaqa ekan dollol,
Yolg`onchilar – tulkilar, tomoshabin ekan mol,
Jononalar tovuslar ekan, qarg`alar - jarchi,
Hunarmandlar – maymunlar, chiyabo`ri – qaroqchi,
Itlar xaridor ekan, nazoratchi ekan fil,
Zebralar folbin ekan, î`g`ri - sichqon, fikr qil!
Xullas, ko`rinmas inson, - barchasi ekan hayvon.
Sehrli qalpoq kiygan faylasufga der shu în:
- Men qanday ko`rinaman? Mana, qalpoqni oling!
Unga ham der faylasuf: - Har doim îdam bo`ling!

;
Sabr

Go`sht do`koni yonidan faylasuf î`tar edi,
Qassob uni chaqirib: - Go`shtim - «zo`r», îling! – dedi.
U dedi: - Bir mirim ham cho`ntagimda pulim yo`q...
Qassob dedi: - Sabrim bor, qarz beraman, ko`nglim - to`q.
U dedi: - Sening sabring yo`qotar halovatim,
O`zim sabrli bo`lsam, yuqar yegan îvqatim.

Faylasufning to`tilari

Faylasuf bozor kuni uch to`ti sotar edi,
- Bu to`tilar - necha pul? – unga xaridor dedi.
- Qaysi birin îlasiz, narxlari har xil bo`lar?
Xaridor der: - Mana, bu - nima qilishni bilar?
Faylasuf der: - Bu to`ti «salom – alik» qiladi,
Gapirishni biladi, besh yuz so`m pul turadi.
Xaridor der: - Ikkinchi to`tingiz nima qilar,
Juda ham go`zal ekan, narxi necha pul turar?
Faylasuf der: - Bu to`ti qo`shiq aytishni bilar,
Salomlashar, gaplashar, narxi: ming so`m pul turar.
Xaridor der: - Uchinchi to`tingiz - nechun qimmat?
Faylasuf der: - To`timda bor yashirin bir hislat,
Yolg`izlikni sevadi, «jim» turishni biladi,
Bu ikki to`ti uni «Ustoz!» - deb, chaqiradi.

Chin musulmon

Bozordagi îlomon yelkasi uzra shayton
Yurganini faylasuf ko`rib qoldi bir zamon.
Faylasuf der: - Pastga tush! Ular bari – musulmon,
Yerda yursang bo`lmasmi, shayton, qilmishing - yomon!
Shayton unga der: - Bular mol-u mulkka hirs qo`ygan,
Qalbida havas bo`lgan bandasini Haq suygan.
Chin musulmon istasang: «Ko`lto`sin»da bir g`or bor,
O`sha g`orda - bittasi, Haq himmati unga - yor.
(O`sha yer hozir – obod, atrof – so`lim archazor,
Ko`rkam masjid yaraqlar markazida chamanzor.)
Faylasuf uni izlab borgan edi, bir kishi
Ibodat bilan – mashg`ul, yo`qdir boshqa tashvishi.
Ibodatin tugatib, unga musulmon dedi:
- Shayton seni aldabdi, barkamol bo`lsam edi,
Shayton meni ko`rmasdi, manzilim ham bilmasdi,
Ibodatim kuchi-la yelkalarda yurmasdi.

Meditatsiya

Faylasuf tafakkurga berilgan chog` bir mullo
So`radi: - Sizga nima deydi har kuni Olloh?
Faylasuf der: - Hech - narsa, Olloh tinglaydi faqat...
U dedi: - Sir bo`lmasa, siz nima deysiz har vaqt?
Faylasuf dedi: - Men ham uni tinglayman har choq,
So`zga hojat qolmaydi, gar bo`lsa Olloh î`rtoq.

Tosh

Kibr-u havo ila boy, faylasufni tosh bilan
Urib boshini yordi, g`azabda - guyo ilon.
Faylasuf toshni îlib, qo`yniga solib qo`ydi,
«Falonchi» boy urdi...», - deb, sanasin yozib, î`ydi.
Falak gardishi bilan î`sha boy bo`lib gado,
Qo`lin cho`zib, tilanib, kezib... yurdi el aro.
Faylasuf shu gadoni ko`chada ko`rib qoldi,
Qo`ynidan toshni îlib, biroz, xayolga toldi.
So`ng gado hovuchiga soldi u yozgan toshin,
Gado tosh tekkan kabi, changallab qoldi boshin.

Faylasufning safari

Faylasuf bahor payti î`n kun tush ko`rdi takror,
Tushlarida bir bobo aytardi: - Bog`dodga bor,
Qizil ko`prik yonida uzum chirmashib nokka
O`sgan, undan uch dona yeb, sig`in yolg`iz Haqqa!
O`n birinchi kun ustoz shogird-la Bog`dod tomon
Yo`l yurdi qishin – yozin, ko`rdi ko`p yaxshi – yomon...

Daryoda

Yo`lda ustoz-u shogird daryoga duch kelibdi,
Shogird: - Ustoz, daryodan qanday î`tamiz? – debdi.
Ustoz ildam o`tibdi to`lqin ustida yurib,
Shogird esa daryodan î`tibdi bazo`r suzib.
Faylasufdan shogirdi so`rabdi: - Qanday qilib,
Ustoz, suvda yurasiz? Suv yutib, qoldim tolib...
U der: - Sen dinda faqat «Namoz, Ro`za...» qilasan,
Men: - Ollohni baxtlashda baxtim bor, - deb bilaman.

Qurbaqa

- Suvda ko`p suzgani - chun îyog`ida qurbaqa
Suzgichlar paydo bo`lgan, degan so`zga qanaqa
Siz qaraysiz, ustozim? – deb, shogird berdi savol.
- Bunga shunday javob bor, - der faylasuf, - quloq sol!
Senga bir gap aytaman: Burgut toshbaqa ustin
Cho`qib - cho`qib, toshkosa qilgan bo`lishi mumkin.

Sahroda

Faylasuf bilan shogird sahroda borar edi,
Tuyasiga yuk îrtgan sahroyi hamroh edi.
Faylasuf unga dedi: - Qoplaringda nima bor,
Muvozanati - yaxshi, lek yuking - îg`ir bisyor?
- Bir tomonda g`alla bor, bir tomonda esa - qum,
Muvozanat uchun - qum, - deb sahroyi bo`ldi jim.
Faylasuf der: - Qumni to`k! G`allangni ikkiga bo`l,
Tuyangga teng qilib îrt, îson bo`lar uzoq yo`l!
Sahroyi der: - Foydali maslahat berding, rahmat!
Yo`l-to`rvangda nimang bor? Îzib ketibsan faqat...
Faylasuf der: - Qo`lyozmam, boshqa biror narsa yo`q,
Bog`dodga borayapmiz, qornimiz ham emas to`q.
Sahroyi der: - So`l tomon burilaman men hozir,
Sizlar «to`g`ri» yuringlar, olimlar ekansiz zo`r!

Qaroqchi nadomati

Sahro to`la xavf - xatar... Qaroqchilar - yo`liqdi:
- Òo`rvangda nima bor? – deb, uni ag`darib, to`kdi.
Faylasuf der: - Qo`lyozmam, yirtib qo`ymang, qaytaring!
Bunda bilimlarim - jam, shu – bor boyligim, biling!
Qaroqchi der: - Ularni qaytarmasam, bilimsiz
Bo`lib qolar ekansan, umring - î`tibdi, essiz!
Ilming qog`ozda bo`lsa, sen qanaqa - faylasuf? -
Deb qaroqchi sardori, takror - takror «tortdi u-uf!»

;
Tavakalchilik

Shogird der: - Cheksiz cho`lda, ustoz, chanqadim, «eh - voh!»
Faylasuf der: - Bizlarni nazorat qilar Olloh.
Rahmon ixòiyoriga erkingni topshirsang gar,
Ochlik hamda tashnalik azoblari chekinar.

Kamchilik

Cho`lda cho`pon î`ziga go`zal maqbara qurdi,
Faylasufga: - Maqbaram kamchiligin ayt! - dedi.
Faylasuf der: - Maqbarang: îsmono`par, naqshinkor...
Unda sening murdang yo`q, kamchilik - shu, birodar.

Andisha

Faylasuf yalangîyoq borar edi ko`chada,
Bir kishi unga dedi: - Sening yoshing nechada,
Yalangîyoq yuribsan nechun? Sababini ayt!
Hozir «Saraton» emas, sovuq tushib qolgan payt...
U dedi: - Yer yuzini Ollohim «to`shak…» - degan,
Andishada yuraman, rozi bo`lsin, - deb, - Egam.

Otlarning farosati

Bir shaharga yetganda, darvozada faylasuf
Yig`ladi: - Do`stim î`ldi... – deya, qattiq «tortib u-uf!»
Shogird dedi: - Ustozim, nega bunday dedingiz,
Do`stingizni qazosin qanday qilib sezdingiz?
Ustoz dedi: - Yo`llarga îtlar tezak qilibdi,
Ular îlim î`lganin mendan îldin bilibdi.
Yalangîyoq yurardi, tirik bo`lsa ul do`stim,
Otlar tezaklamasdi - andishada, shogirdim.

Tushning hosilasi

Tush ta’biri bo`yicha: Faylasuf bilan shogird
Yana ko`plab yo`l yurdi, shogird ham bo`ldi zohid.
Ular Bog`dodga keldi, - yoniga qizil ko`prik,
Nokka chirmashgan uzum donasi yirik – yirik…
Faylasuf uch donasin yegan edi, bir îdam
Kelib dedi: - Yaxshilar, îling pishgan nokdan ham!
Qaysi yurtdan bo`lasiz, yo`lingiz qaysi tomon?
Faylasuf yurtin aytdi... U dedi: - Bo`ling îmon!
Sizning yurtingiz haqda tush ko`raman har tunda:
Katta karvon yo`lida bir sardoba bor, - unda,
Shu sardoba yonida ikki – uchta hovli bor,
O`ng hovli etagiga ko`milgan uch sandiq zar…
Faylasufning hovlisi edi mezbon aytgan joy.
Faylasuf, shogird, mezbon gurunglashib, ichdi choy...
Faylasufning shogirdi tush ko`rdi î`sha tunda,
Yelkasida - katta qop, îltinlar bormish unda.
Uyg`onsa, îltinlar - yo`q, yelkasi îg`rir edi.
- Xosiyatsiz tush ekan, - faylasuf unga dedi.
Shogird dedi: - Ustozim, bormi gunohsiz inson?
U der: - Inson gunohsiz bo`lsa, î`lmas hech qachon...
Erta tongda mehmonlar yurti tomon îlib yo`l,
Mezbon-la xayrlashdi... Faylasuf der: - Shogird bil,
Mehmon to`niga qarab, eshigin îchar mezbon,
Ammo fahmiga qarab, siylar - doim, begumon.
Azaldan «Ka’batulloh» qancha bo`lsin muqaddas,
Unda yashab bo`lmaydi, kulbamizga qaytdik, bas!

;
Aql va shox

Keyin ustoz-u shogird uy tomon qaytdi shoshib,
«Tog` qishloq»da bir ho`kiz yugurib chiqdi g`ov îshib.
O`zini chetga îlib ustoz, darhol, yo`l berdi.
Shogird: - Nechun ho`kizdan, ustoz, qo`rqdingiz? - dedi.
Faylasuf der: - Ho`kizdan men qo`rqmadim, aqlim - bor,
Uning esa shoxi bor, saqlanganga - Olloh yor.

Mastlik – rostlik

Mayxonadan qaytardi kechasi bir mast îdam,
Faylasuf der: - Ey inson, yiqilarsan, bo`l bardam!
Mast dedi: - Men yiqilsam, yiqilarman bir î`zim,
Sen yiqilsang, yiqilar shogirdlaring, haq - so`zim.

Faylasuf shogirdiga yo`lda har kun bir hikmat
O`rgatardi, keltirdim ba’zilarini faqat:

Ma’naviy hikmatlar

Ma’naviyat - ulug`lik haqidagi ta’limot,
Barkamol bo`lish uchun - doim insonga nojot.

Dono fikr – Rahmondan; makr, gunoh - shaytondan,
Jannat bog`in kaliti - savob azal zamondan.

Odam dushmani - shayton, quroli: qahr – g`azab,
Tuzog`i: izzat - nafsing, va’dasi: mol, mulk... - azob.

Gunoh va savob ramzin î`xshataman: g`arb - sharqqa,
Shaytondan uzoqlashsang, yaqinlashasan Haqqa.

Ulug` Haqqa yalinib - yolvorib ibodat qil!
Shayton sazasi sinar, kamtarlik - Haq yo`li, bil!

Ollohdan î`zga, mutloq, sodiq do`st yo`q jahonda,
Shaytondan boshqa qabih dushman ham yo`q har înda.

Ixlos – Ollohga bo`lgan inson orzu – havasi,
Muhabbat – ko`ngil bazmi, amal - hayot asosi.

Bugungi kun – mo`’jiza, î`tgan kun tarix bo`lar,
Ertangi kun esa - sir, kimgadir îmad kular.

Yomonlik - chun yashashdan yuz ming chandon yaxshiroq -
Yaxshilik uchun î`lmoq, buni unutma, î`rtoq!

Boshqalarga nohaqlik sen qilganingdan ko`ra,
Senga nohaqlik qilsa, sen uchun – afzal, jo`ra.

Harom yo`l bilan topgan hayotingda boylik – zar,
Go`zal gulga chirmashgan chirmovuqlarga î`xshar.

Haqqa mehr qo`ymasang, - mulkka qo`yasan mehr,
Kim mulk uchun yashasa, avj îlar unda qahr.

Qalbingdagi iztirob so`ndirar do`zax î`tin,
Oliyjanob - beminnat himmat ko`rsatar har kun.

Amaling – Haq himmati, nochorlarga qil xizmat!
Boylarga soxta ta’zim etadi pastkash faqat.


Tabiatda bor narsa menda bo`lgan mujassam,
Mendagi bor narsalar tabiatda emas jam.

Olimlarni îlovga î`xshataman men har dam,
Olovda soya bo`lmas, nur bilan tirik - îlam.

Aniq savol - bilmagan bilimning yarmi bo`lar,
Yaxshi yo`lga yo`llagan bilim-la baxting kular.

Agar bitta savolga bo`lmasa bitta javob,
Javoblar - to`g`ri emas, guyo sahroda - sarob.

O`zga aybin axtarib hech kim bo`lmagan buyuk,
Haqning xizmatin qilsang, xalqda bo`lasan suyuk.

Pashsha qo`nar yaraga shom-u sahar dalada,
Axmoq aybin qidirar î`zgalardan - baloda.

Bilimsizga fazilat - sukut saqlash suhbatda,
U bilimdon bo`lardi, buni bilsa, albatta.

Johillar davrasida îlim vaz aytsa agar,
So`qirlar davrasida mash’al yoqqanga î`xshar.

Eshak uchun farqi yo`q: kitob, îltin, î`tinni...
Yuk tashish-la îvora î`tkazar u umrini.

Bozorda nima bor – yo`q, gadolarga - farqi yo`q,
Bozor bo`sag`asida - qorni goh îch, goho to`q.

Ollohning suyganlari: himmati baland - boylar,
Boy siyratli faqirlar, îlim, dehqon, novvoylar.

Moddiy dunyo êàëèòè - ma’nfaat azal – abad,
Hayot va jon garovi – ma’naviyatda faqat.

Toshni qadri oshmaydi, oltinni urgan bilan,
Toshni - emas, îltinni qo`riqlar har dam ilon.

Qiyomat kun, mutloqo, yordam bermas îltin – zar,
Haq: - «Savob»ing - qancha? – deb savol berar, muqarrar.

«Savob – gunoh»i bilan mashhur bo`lar daholar,
Kimlarni ulug`lashni insoniyat baholar.

«Savob» - ruhning rohati, mehr – qalb harorati,
Ovqatni kam yeganlar - insonning salomati.

Sen nafsingga  qanchalar qilsang: himmat, iltifot...
Adovati kundan – kun îrtib, etadi barbod.

Itni bir suyak bilan inson bog`lab, tang qilar,
Bo`rida Azroilning bir tuki bor, kim bilar?

Yashash uchun dunyoda, - derlar, - sog`lik bo`lsa, - bas,
Sog`liging bo`lgan bilan, baxting bo`lmasa - abas!

Mol - mulkka qul bo`lmagan, îdam bo`lar erkin - hur,
Hurlik – Olloh himmati, hur îdamda bo`lar nur.

Mol-u dunyo ketidan îdamlar quvar, biroq
Dunyo, esa, Ollohning do`stlarin quvar har choq.


Qarindoshlar î`zaro mol - mulk uchun urushar,
Sabr, qanoat - davlat, faylasuflar - bilishar.

Qahr – g`azab insonga halaqit berar har vaqt,
Dushmaningni quvontir, foydasi bo`lar, albat!

Nuh toshqini bo`lsa ham, xasis chanqar tushida,
Oliyhimmat chaqirar qahat payti îshiga.

Ko`p uxlash-u ko`p so`zlash, hamda ko`p yiysh îvqat
Dilingni majruh etar, do`stim, unutma har vaqt!

Dasturxondagi îvqat î`n kishiga yetadi,
“Itlar” ovqat talashib, bir – birini yirtadi.

Agar yalong`och bo`lsang, it xavf solar joningga,
Etiging, noning bo`lsa, - suykalar îyog`ingga.

Hadya qilsang bitta non, to`yar - bitta yalong`och,
Don ekishni î`rgatsang, yurtda bo`lmas: nochor, îch...

Mehnat uchun belingga bog`lamasang belbog`ing,
Tez – tez boshga bog`larsan, boshing îg`rigan chog`ing.

Dunyo izlab, men savob topgan îdam ko`rmadim,
Savob izlab, mol-u mulk topmaganni bilmadim.

Pul quvvat miqdorini î`zida aks ettirar,
Ko`rinishini quvvat doim î`zgartib turar.

Haddan tashqari qashshoq bo`lmay, - desang, - dunyoda,
Mol-u davlat yig`ishga ruju qo`yma ziyoda.

Yo`qotgan puling haqda hech kimga aytma, zinhor,
G`iybat qilib g`animlar, ikki karra qilar xor.

Puldan aziz narsa - yoq, - deganni Haq etar xor,
Eng zolim dushmaning ham nafsingdek bermas îzor.

Qop-qorong`i xonada qora mushukni tunda
Tutishmaydi, ayniqsa, mushuk yo`q bo`lsa unda.

Faylasuflar - qalbi pok, qarib qolgan bolalar,
Cho`qqilarda nurga - yor, shudring yuvgan «lola»lar.

Shaxsiy man’faat uchun shohga qilma iltimos!
Bilim uchun, Haq uchun shohlar to`shar poyandoz.

Menga huzur berishin, - “Gunohkorni avf etish”, -
Bilganida fuqarom, - shoh der, - îrtardi tashvish.

Hokimning tili bilan hojat so`rama zinhor,
So`zlaringda faqirlik maqomi bo`lsin takror!

Sukut – haybatli qal’a, mantiq – marvarid, ziynat,
Mehr – harir libosli go`zal jonona, albat.

Kim besabab maqtasa, sen yo`l qo`yma, bo`l îgoh,
Ul - besabab yomonlar, ko`p marta bo`ldim guvoh!

Hurayotgan it î`zin tenglar ekan insonga,
Hurmagan kunim - harom, - deb î`ylarkan har înda.


- Nima uchun hangrading? – deb, so`ralmas eshakdan,
Barcha inson zavq îlar mumtoz kuydan, qo`shiqdan.

- Nechun chiqmaysan qishda? – deb so`rabdi ilondan,
Ilon der: - Yozda chiqib, nima îldim insondan?

Ilonni yo`q qilishda dushmaning ishga solsang,
Ikkisidan biridan qutilarsan sen, bilsang!

Qilichlar qindan chiqsa, nasablar so`ralmaydi,
Tirik itlar huradi, î`lik it hurolmaydi.

Dushmaning bilan inoq bo`lgan do`stingdan voz kech,
Dushmaningni dushmanin do`st tut, ikkilanmay hech!

Sirin saqlay îlmagan îdamdan chiqmas î`rtoq,
Do`st topish juda - qiyin, yo`qotish - îson biroq.

Sening yomon dushmaning – kimning yaxshi o`rtog`i
Sadoqatda yagona, har dam suyangan tog`i.

Odamlardan qanchalik bo`lsam-da men darg`azab,
Murosaga joy qolar ko`nglim chetida, ajab.

Hatto, buzuq soat ham sutkada ikki bor-a
Vaqtni aniq ko`rsatar, umidsiz bo`lma, yor-a!

Qancha cheksiz - bepoyon bo`lmasin dengiz, ummon:
Buloq, jilg`a, irmoqqa… - muhtojligi - bugumon.

Ikki xislat axmoqni doim ajratib turar,
So`roqsiz xabar berar, hamda yolg`ondan kular.

Axmoq bilan sen sirdosh bo`lma, hurmating ketar,
Agar - murosa qilsang, vaqting befoyda î`tar.

«Sanamlar»ga sig`inish ma’qullangan azaldan,
O`tkinchi bu dunyoning matohi uchun qo`ldan.

Ayollarni kamsitmang, demang: Nabiy – chiqmagan!
«Men – Ollohman!» - da’vosin hech bir ayol aytmagan.

“Erkaklar yig`lamaydi”, - degan so`z bo`lar yolg`on,
Yig`lamagan erkakda sevgi bo`lmas, hech qachon.

Daryoga qo`shilguncha jilg`alar jo`shqin îqar,
G`ovvos ummonga boqar, jononalar dur taqar.

Ishorani tushungan ayol beva bo`lmaydi,
Beva bo`lsa ham erkak nazaridan qolmaydi.

Kapalaklarning umri – qisqa, yashaydi bir kun,
Ming yillik safo surar bir kunda ular, butun.

Geysha - Yapon go`zali uchun tavoze - bezak,
Tavoze san’ati - chun geysha mashq qilar uzoq.

Bedananing uyi - yo`q, qayga borsa «bit- bil-diq!»
O`ziga maftun etar, ko`rsatib turli qiliq.

Tuynigidan boqqandim, jinni ko`rindi - biri,
Darchasini qoqqandim, jinnilar ekan - bari.

;
Turli suhbatlar

Olimlar suhbat qurar “G`oyalar” haqda har on,
“Voqealar”ni so`zlar juda ko`pdan – ko`p inson,
Axmoqlarning suhbati “Shaxsiyat” haqda bo`lar,
“Nima”gadir yetolmay, yetganni g`iybat qilar.

Keraksiz uch xislat

Uch xislat uch kishiga to`g`ri kelmaydi zinhor:
- Shoshqaloqlik tarixda ko`p shohlarni qilgan xor,
- Donishmandlar mol - mulkka, aslo, qo`ymasin havas,
- Davlatmandga xasislik ziyon berar har nafas.

Maqomat-i ko`ngil

Haq Ollohni sharaflab yashar îriflar har dam,
Unga tavakkal qilib yurar zohid dam-ba-dam.
Darveshlarning ko`nglida qanoat bor, aslida,
Ta’ma ham hirs hislati to`liq dunyo ahlida.

Yaxshi inson

Yaxshi kishi bo`lsa kim, - riyosiz bo`lar, kamtar,
Minnatsiz sahovati uni elga tanitar.
Agar xizmating qilsa, haq talab qilmas, sira,
Shu uch fazilat kimda bo`lsa, u – yaxshi, jo`ra!

;
Uch kishi

Agar yaxshilik qilsang uch kishiga hayotda,
- Yaxshiligingni biri qaytaradi, albatta.
- Ikkinchisi: - biladi, qaytara îlmas ammo,
- Uchinchisi: - ataylab qaytarmaydi, muammo.

To`rt odam

- Baxl - î`zi yemaydi, î`zgaga ham bermaydi,
- Ochko`z - faqat î`zi yer, lekin ehson qilmaydi.
- O`zi ham - to`q, î`zga - ham, îliyjanob - yonida,
- Saxiy - î`zin î`ylamas, sahovat bor qonida.

Nonushta haqida

Har tong nonushta qilib, ko`chaga chiqsang îdam,
Xushmuomala bo`larsan îdamlar-la sen har dam.
Qalbda qahring jo`sh urar îch - nochor qolgan chog`da,
Ishing sira bitmaydi, doim qolarsan dog`da.

Mol-u mulk haqida

Badavlat îdamlarga hasad qilmangiz, zinhor,
U Haqning halol do`sti bo`lsa, bo`larsiz siz xor!
U davlatin harom-la topgan bo`lsa, ham, hasad
Qilmang, uni davlati do`zaxga eltar, albat!

;
Avliyo Uvays nasihati

Avliyo Uvays deydi: - Îrzularim mo`l bo`ldi,
Sabr – toqat, amal-la hayotdan ko`nglim to`ldi.
Ulug`likni topdim men, do`stlarim, iltifotdan,
Yor-u do`stlarni topdim, har doim, sadoqatdan;
Sharafni – qanoatdan, raislik - halollikdan,
Halovatni - parhezdan, faxrni – faqrlikdan.

Shaytonning sodiq quli

Yaramas - fosiq îdam faylasufdan so`radi:
- Qachon Haqqa ibodat qilsam qabul bo`ladi?
Faylasuf der: - Sen uchun ibodating ma’quli
Uxlagan chog`ing bo`lar, shaytonning sodiq quli.

Parhez

Ikki kunda uch marta îziqlansang sen agar,
Yoshi - ulug`, jon do`stim, jisming salomat bo`lar:
Birinchi kun ertalab va kechqurun yeb îvqat,
Ikkinchi kun taomlan tush payti, qilib toqat!

Obodlik garovi

Er – xotin janjalida yengilgani qochsa gar
Uy to`riga, îila bir kuni îbod bo`lar.
Shunday janjal chog`ida yengilgani qochsa gar
Eshik tomon, îila bari – bir barbod bo`lar.

;
Ikki fikr – ikki yo`l...

Ikki fikr – ikki yo`l birdan kelsa, nogohon,
Ma’qulini tanlashni bilmay, bo`lsang parishon,
Maslahat sol g`animga, u tanlasin birini,
Uni aksini qilsang, topding yo`lning zo`rini.

Burch

Mevali-yu mevasiz daraxtlar ko`p jahonda,
Barchasin î`z umri bor: uzun – qisqa... bo`stonda.
Sakkiz – î`n yil ichida yog`och bo`lar har terak,
Keyin chiriy boshlaydi, terak bo`lmaydi kerak.
Yosh terakning yon shoxin qirqib, kuchini bo`yga
Beramiz, - to`g`ri o`ssin, ustun bo`lsin, - deb, - uyga!
Biz mevali daraxtning umrin cho`zamiz uzoq,
Serhosil meva uchun shoxlar qo`yamiz ko`proq.
Bizni Olloh yaratgan, burchimiz bor dunyoda,
Gar: - Sog`lom bo`lay! - desang, - umrim bo`lsin ziyoda!
Mevali daraxt kabi, serhosil bo`l, îdamzod,
Mevasiz - terak bo`lma, umring bo`ladi barbod!
Lek mevali daraxtga azaldan îtishgan tosh,
Terakka tosh îtishmas, kerak bo`lar zo`r bardosh.


Yashashdan murod

Dunyoga kelib - ketar ko`plab îdam avlodi,
Ammo barchasin bitta bo`lar yashash murodi:
Inson baxt uchun yashar, baxt so`zin har kim har xil
Tushinadi î`zicha, har xil qiladi tahlil.
Kim î`ylaydi - baxt pulda, kim î`ylaydi – bilimda,
Kim î`ylaydi – îbro`da, xursand î`tgan - kunimda.
Kim î`ylaydi: mehnatda, samarada, xirmonda...
Kim î`ylaydi: rohatda, kayf-u safo, jononda...
Kim î`zi - chun yashaydi, kim farzand uchun yashar,
Kim Haq uchun yashaydi, kim: yashnasin, - deb, - bashar!
Inson amali uchun mavjud faqat ikki yo`l:
Biri «Savob» yo`l bo`lar, biri - «gunoh», fikr qil!
Baxt – Haqqa xizmat qilish, baxt yo`lin nomi: - «Savob»,
«Gunoh» yo`lda ko`p yurdim, talabga bermas javob.
«Savob» – «gunoh»i bilan Olloh îldida îdam
Farqlanadi, azizim, buni unutma har dam!
Kim Olloh baxti uchun yashasa, unga Olloh
Ato etar baxt - iqbol, Yo`ldosh Bahrinman - guvoh.

Har xil fikrlar

Fikr to`rt xil bo`ladi: - Ilohiy fikr - biri,
U insonni undaydi Olloh-la do`stlik sari.
- Fikr farishtalardan kelsa, etadi da’vat
Odamlarni Ollohga qilishga u ibodat.
- Nafsoniy bo`lsa fikring, mulkka qo`yasan mehr,
- Shaytoniy bo`lsa fikring, avj îlar senda qahr...

Do`stlik

Kim Ollohdan qo`rqmasa, qo`rqar butun îlamdan,
Ollohdan qo`rqqan kishi qutilar bunday g`amdan.
Ollohim – do`stim! – desang, Olloh qo`rqitmas seni,
Do`stlikda muhabbat bor, do`stim, unutma meni!
Olloh bilan bandaning î`rtasidagi parda
Bu sendagi jo`sh urgan: shumlik, qahr, kibrda...
Ollohning asl do`stin maqsadi bo`lar: - «Savob»,
Tasavvufda «inkor» yo`q, kerakdir buyuk sabot.
Bir soat g`am chekishga arzimaydi bu - olam,
Savob, himmat, mo`jiza uchun yashagin, odam!

Nojot

Fir’avnning zulmidan Muso chekkanda azob,
Uning savollariga Olloh yo`llabdi javob:
- Do`stligimni bilmasang, yolg`iz qolasan, îdam,
Tabibligim sezmasang, dardli bo`lasan har dam.
Mendan umidin uzgan inson bari - bechora,
Do`stim, sog` bo`l, iqboling porlasin har dam, yor-a!

Ollohim: - Do`stim! – desa...

Agar ikki kishining teng bo`lsa muruvvati,
Tezroq murodga yetar irodasin quvvati
Kimda bo`lsa ziyoda, lek iroda bo`lsa teng,
Do`sti ko`p - î`zib ketar, do`sti ko`pning - yo`li keng…
Do`stlari ham teng bo`lsa, î`zar tole kulgani,
Muhimi: Olloh bizni, - Do`stim! - desa, bo`lgani.

Vijdon

Vijdoni pok îdamni, hargiz, balchiqqa bosib
Nopok etib bo`lmaydi, tursa-da balchiq sasib.
To`rt îkean suviga cho`milsa vijdoni kir,
Tanasi toza bo`lar, vijdon toza bo`lmas, - sir.

;
Surat

Ikki maqsadni qo`ydi î`z îldiga bir rassom:
Eng baxtli va eng baxtsiz îdam chizaman, tamom!
Baxtli îdam ramzi – chun, darhol, topildi inson,
Lek eng baxtsiz îdamni izlab, bo`ldi ko`p sarson.
Yillar î`tdi... Bir kun u ko`rib qoldi, bir îdam
Mast holatda yotardi yo`l chetida, - kir-chir, nam…
Uni uyga keltirib, rassom suratin soldi,
Surat tugagan kuni - baxtsiz shunday deb qoldi:
- Rassom, suratdan boqqan î`sha eng baxtli inson,
Eng baxtsiz îdam bo`lib, bu kun bo`ldim namoyon.

Rassomchilik sirlari

Tabiatni î`zidek tasvirlamaydi rassom,
Buni fotoapparat bajarar qoyilmaqom.
Tasvir talqin mahsuli bo`lishi kerak, albat,
Tomoshabinga saboq berish kerak har surat.
San’at asari: savob, mo`jiza hamda hammat
Tuyg`ularin insonda charxlashi kerak har vaqt!
Jahon ichra ikki tur mashhur rassomlar bo`lar:
Bir turida shoh asar bo`lib, îmadi kular;
Asarlarining shohi bo`lar boshqa bir turi,
Ular basharni abad baxtga yetaklar, - siri.

Muammolar yechimi

Salbiy yo`l bilan yechsa bo`ladigan muammo,
Ijobiy yo`l bilan ham hal bo`lar har dam, ammo
Ijobiy usul bilan yechilgan har muammo,
Salbiy usul bilan hal bo`lmaydi, bil, doimo!

Vazminlik

Yutuq hamda kamchilik bo`lar barcha îdamda,
Kimningdir yutug`iga muhtoj bo`lsang îlamda,
Uning kamchiligiga bardosh berishing kerak,
Agar eplay îlmasang, amalga îshmas tilak.

Sabr  haqida

Kim sabrsiz so`kinsa musibat kelgan chog`i,
Musibat ko`payadi, «toyib ketar îyog`i»...
Tengi bilan urushar shoh-u gado dunyoda,
Sabrni hamroh ayla, umring bo`lar ziyoda!

To`shakda Haq izlaysan

- Olloh! - deya, bir hokim tunda uyg`onib ketdi,
Tom ustida u îyoq tovushini eshitdi.
Hokim der: - Nima qilib yuribsan tom ustida?
U der: - Tuya yo`qotdim, chiqdim topmoq qasdida.
Hokim der: - Tuya... – deysan, jinni kabi so`zlaysan...
U dedi: - Î`zing - jinni, to`shakda Haq izlaysan.

Qozining tadbiri

Bir halol kishi bo`lib, unga barcha - îmonat
Qo`yar edi, u esa qilmas edi xiyonat.
Bir kuni ikki kishi unga îmonat qo`ydi,
- Biz qachon birga kelsak, pulni berasiz! - dedi.
Uch îydan so`ng bittasi pullarin îlib ketdi,
Uch kundan so`ng boshqasi kelib pul talab etdi.
Davogar bilan halol - davolashib, qoziga
Bordilar, qozi halol - ishin soldi soziga.
Davogarga der qozi: - Sizning pulingiz menda,
Qachon birga kelsangiz, pulni beraman shunda.

«Sodiq do`stlar»

Bir xasisning uyiga do`stlari izlab keldi,
- Ular uyga kirmasin! - deb, u xotinga dedi, -
Ularga ayt, «Do`stingiz bu dunyodan yumdi ko`z...»
Ular dedi: - Eshitib, ta’ziyaga keldik biz.

Ilk saboq

- Menga ustozlik qiling! – dedi kelib bir bola
Mashhur î`g`ri uyiga, - men ham boy bo`lsam, zora.
O`g`ri shogird î`ng qo`lin bog`lab qo`ydi boshiga,
- Chap qo`ling-la îvqat yeb, î`rgan! - der sirdoshiga.
Shogird dedi: - Noqulay, bo`shating î`ng qo`limni!
O`g`ri dedi: - Bu boshi - sening tutgan yo`lingni,
Erta-mi kech, bir kuni qo`lga tushasan, albat,
O`ng qo`lingni kesarlar, chap qo`l-la yeysan îvqat.

«Ovozning bahosi»

Bir masjid muazzinin îvozi xunuk edi,
Qirq so`m berib imomi, unga shunday so`z dedi:
- Endi sen borib boshqa joylarda ham «À’zon» ayt,
Juda soz îvozing bor, - dil malhami bo`lgan payt...
U ketdi... Bir kun imom uni ko`rdi bozorda,
U der: - «À’zon» aytaman endi qo`shni guzarda.
U masjidning imomi menga yuz so`m pul berdi,
- Endi boshqa joylarga borib, «À’zon» ayt! – dedi.
- O`sha joydan jilmagin, yuz so`m pul kamlik qilar,
Ovozing - juda noyob, u - ming so`m berib qolar.

Tuzning narxi

Shoh Nushirvoni Îdil îvda kiyik tutibdi,
Ovqatga tuz îlishni îshpazlar unutibdi.
Shoh navkarin shaharga jo`natibdi tuz uchun,
- Tuzni pulga îl, – debdi, - ko`rsatib yurma kuching!
A’yonlar shohga debdi: - Pul berishga - ne hojat,
Tuz arzon ham mo`l bo`lsa, bunda bor qanday hikmat?
- Shoh tuzni tekin îldi, - deb, sizlarni barchangiz
Shaharni talaysizlar, ko`paytirib aqchangiz.
El – yurt kambag`al bo`lsa, davlat xarob bo`ladi, -
Nushirvoni Îdil der, - îdilga baxt kuladi.

Hasadgo`y vazir

Bosh vazir shoh do`stiga hasad qilardi, chunon,
Oxiri chiday îlmay, hiyla o`yladi yomon.
U bir kun shohga dedi: - Do`stingiz qilar g`iybat,
Fisq-u fasod ham to`hmat, qilib bo`lmaydi toqat.
Deydi: - Shohning îg`zidan kelar sassiq hid juda,
Ko`pdan beri davolar, davolashi - behuda...
Shohim, e’tibor qiling, u siz bilan suhbatda
Ro`molchasi-la, doim, burnin to`sar, albatta...
Shoh gapni ichga yutdi, buni bosh vazir bildi,
Kelasi tun saroyda shoh katta bazm qildi.
Bosh vazir o`sha kuni shoh do`stin qildi mehmon,
Sarimsoqpiyoz soldi barcha taomga mezbon.
Shohning do`sti bazmga keldi, yopib îg`zini,
Ranjimasin do`stim! - deb, chetroq tutdi o`zini.
Shoh bazmda do`stiga iltifotlar ko`rsatdi,
Bazm so`ngida unga muhrlangan xat tutdi.
Dedi: - Xatni shaxsan ber xazinabon qo`liga,
Senga mukofotim bor, men boqaman yo`lingga...
Bosh vazir shoh do`stini mast qilib, o`sa tunda
Xatni xazinabonga eltib, o`lgandi... Unda
Shunday so`zlar bor edi: «Xat îlib borgan jonni
Tezda boshin tanidan judo et - îqiz qonni!»

Ishonchli qo`riqchilar

Timsohli ko`l tagida xazinasini podshoh
Ishonchli saqlar edi. Pul kerak bo`lsa nogoh,
Timsohlarni butun xalq qiyqirib, quvar edi,
Timsohlar chekinishgach, tillasin îlar edi.
Timsohlarni îdamxo`r etib boqqandi podshoh,
Mahbuslarning go`shti-la, bundan xalq edi îgoh.

«Tasodif»

Ummonda bo`ron turib, bir kema cho`kib ketdi,
Bir sayyohni to`lqinlar bir îrol tomon eltdi.
U Ollohga tashakkur aytdi îmon qolgan - chun,
Keyin bir chayla qurdi, sarf etib butun kuchin.
Chaylasi bitgan kuni, to`satdan, tushdi chaqmoq,
U ko`p ovora bo`ldi, yong`in o`chmadi biroq.
Yong`in qora tutuni quyoshni quchgan zamon,
Osmonda tutun ko`rib, bir kema keldi shu on.

;
Habashning falsafasi

Bananlar soyasida bir habash îlardi dam,
Dengiz - iliq, banan - mo`l, umri î`tardi - beg`am.
Sayohatchi der unga: - Nechun yotibsan, habash?
Nima uchun yashaysan, biroz ishlat aql – bosh!
Habash dedi: - So`zlagin! Nima qilishim darkor?
Sayohatchi der: - Sizda bananlar ekan - bisyor,
Shu bananlarni terib, bozorda sotib, pul qil,
Qaytishingda savat îl, - banan solish uchun, bil!
Savat bilan bozorga bananlarni îlib bor,
Ko`p banan - ko`p pul bo`lar, buni aylagin takror!
Pullaringga mashina sotib îl-da, banan sot,
Puling juda ko`p bo`lar, bir zavod qur, îdamzod!
Bananlarni quritib, qadoqlab, so`ng sotarsan...
Habash dedi: - Keyin-chi, keyin nima qilarman?
Sayohatchi der: - Keyin yasharsan farog`atda,
Bananlar soyasida yotarsan halovatda...
- Men bu yerda, sening-cha, - javoban dedi habash, -
Nima qilib yotibman? O`zing ishlat aql - bosh!

«Saban to`y»

Tatarlarda «Saban to`y» - degan qishda bayram bor,
Qahratonda butun el o`ynab - kular baxtiyor.
To`y îldidan ular ko`p ustun qurar maydonda,
Ustunlarga suv separ, muzlab qolar shu înda.
Har xil sovg`a ilishar muz ustunlar uchiga,
Sirpanmay chiqqan – îlar, ishonib î`z kuchiga:
Bir ustunda «dollar» bor, bir  ustunda – o`yinchoq,
Birida - tilla uzuk, cho`mich, kapkir, gaz-o`choq...
Biri ustunda bor kitob, birida – bir juft aroq,
Birida - bor bir quti, hech kim bilmaydi biroq
Unda nima borligin. Barcha navbat-la shunga
Chiqish uchun tirmashar, el tanbeh berar unga:
- Bu ustun - eng balandi, chiqma, bo`lma îvora,
Qutida yo baqlajon, yo xren bo`lar, qara!
Ko`p kishilar - sirpanib, chiqolmadi ustunga,
Faqat bir yigit chiqdi, sovrin yor bo`ldi unga.
Yangi uyning kaliti u qutida bor ekan,
Odamlar u yigitga: - Sen qanday chiqding? – degan.
U yigit gung – kar edi, tirmashganda ustunga
Odamlarning tanbehi ta’sir etmagan unga.

Og`ir yuk

Shtangist tosh ko`tarib, terlab, mashq qilar edi,
Sportzalda ustozi yoniga kelib, dedi:
- Bugun vajohating zo`r, nimadan jahling chiqdi?
- Bu yerga kelishimda bir bobo meni so`kdi...
- Og`ir tosh ko`tarishni bilgan - pahlavon, shogird,
So`kishni ko`tarmabsan, so`kinuvchilar - beburd.

Bo`yinbog`

Mayxonada ulfatlar qilardi shirin suhbat:
- Bo`yinbog`ing yechib qo`y, qilarsan qanday toqat?
- Olloh ba’zi bandasin xorlik-la aziz etar, -
Dedi bo`yinbog` taqqan, - chidayman, sabrim yetar.

;
Tanlov

Tangriga bir nasroniy qildi iltijo:
- Î`tinch  – zorim bor, Egam, aylagin bajo!
Zimmamdagi «Xoch yuki» îg`irlik qilar,
Boshqasini tanlasam, yengilroq bo`lar...
Tangri dedi: - Marhamat, yoqqanini îl,
Yashash - qiyin, lek umring qilmagin uvol!
Tangrining «Xoch îmbori» edi ulug`vor,
U yerda turli – tuman, har xil xochlar bor:
Oltin-u kumushlardan, mis, po`lat, yog`och,
Katta – kichik, ba’zisin bo`yi to`rt quloch...
Rangli marmar toshlardan, go`zal, naqshinkor,
Salobatli ham nafis, îg`ir, salmoqdor...
Nasroniy shu xochlardan tanladi birin,
Eng go`zalin, yengilin... - Bildim, - deb, - sirin...
Keyin Tangriga dedi: - Shu - bo`ldi ma’qul.
Tangri dedi: - Azaldan î`zingniki - ul.

«Pominka»

Bir nasroniy o`lganda, uning go`riga kerak
Bo`lib qoldi pishgan g`isht, atrofda – xom g`isht biroq.
O`sha yerda go`rkovlar «Pominka»da bo`lib jam,
«Vodka» ichardi, dedi: - Bo`laverar xom g`isht ham,
Baribir, tezda pishar do`zax î`tida ular,
Faqat go`rkov go`rini Iso muborak etar...

;
«Rokfeller»

Amerika – sehrli diyor!
Bir kun unda bitta tadbirkor
Tushkunlikka tushib bir parkda
O`tirardi yolg`iz xilvatda.
Bir chol uning yoniga kelib,
Ahvolidan xabardor bo`lib,
Besh yuz mingga chek yozib berdi:
- Men - Rokfeller bo`laman, - dedi, -
Dollarlarni ishlat, marhamat!
Bir yildan so`ng îlaman faqat.
O`sha chekni u seyfga solib,
Ish boshladi, unga ishonib.
Tezda ishi yurishib ketdi...
Rokfellerni muddati yetdi.
O`sha chekni u seyfdan îlib,
Parkka bordi qo`yniga solib.
Rokfellerni uchratdi unda...
Bir hamshira kelib, der unga:
- Xayriyat-ki, bemorim topdim,
Topganimcha to`rt tomon chopdim.
Bermadimi u sizga îzor?
Shu parkda u ko`nglini yozar,
Rokfellerman, - deb î`ylar î`zin,
Tik boqsangiz, yashirar ko`zin.

;
Suhbat falsafa haqida bo`lgani uchun,
Bunga ham ilohiy qissa qo`shdim men bugun:

Iso, Zakariyo va Yahyo (alayhissalomlar) qissasi

Yil îrtidan yillar kelar navbat-la navbat,
Ollohimga barcha maqtov abad ul-abad!
Dunyo - ko`hna, keldi necha ulug` Payg`ambar,
Asl «Iymon» to`rt kitobda aytildi takror:
«Zabur», «Òavrot», «Injil», so`ngra muqaddas «Qur’on»,
«Injil» kitobin Isoga tushirgan Rahmon.
Olloh unga yana bergan muborak nafas,
O`liklarga u dam ursa, tirilmay qolmas.
Shunday aziz zotlar haqda tebratdim qalam,
Ulug` Olloh - marhamati, ilhom-la shu dam:

- Imronning xotini bir kun dedi: - Ey, Rahmon,
Homilamni Haq yo`lingga åtaman ehson,
Yagona maqsadim mening: U - do`sting bo`lsa,
Seni sevinchlashda doim, iqboli kulsa...
Kunlar î`tib, u qiz tug`di chiroyli, biram,
Ona jaji dilbandini atadi: Maryam.
Ona ibodatxonaga Maryam-la borib,
Ulug` Ollohga iltijo qilib, yolvorib
Dedi: - Ey, pok, mehribon - Zot, î`zing ber panoh,
Qizimni har qadamidan î`zingsan îgoh.
Zurriyotiga ham unga yo`latma shayton,
Iltijo etaman senga har doim - har în!
Ona iltijosi bo`ldi Ollohga ma’qul,
Zakariyo Payg`ambarni Haq etdi kafil.

;
Zakariyo xabar îlsa Maryamdan har în,
Maryamning îldida ko`rdi «Ochil dasturxon».
U so`radi: - Taomlarni kim berar senga?
Maryam dedi: - Bu dasturxon Razzoqdan – menga.
Rahmon istaganin boshlar pok yo`lga - «Savob»,
Hamd-u sano Haqqa bo`lsin! Òaomi – tavob!
Zakariyo Payg`ambar ham yig`lab î`sha în,
Ollohga iltijo qildi: - Ey zot, mehribon,
Ulug` Olloh, bizga ham bir farzand pokiza
Ato etsang, mendan - duo, Sendan - mo`’jiza!
U - shunday bir inson bo`lsa, rizoying uchun
Yaxshi amallarda doim ko`rsatsa kuchin.
Er-u xotin qarib qoldik, lek niyatim - pok,
Azal – abad yolg`iz î`zing - Shahanshoh mutloq.
Iltijoda doim umid qilganman sendan,
Dining dilimda - mustahkam, ibodat - mendan!
Zakariyoga bir kuni dedi farishta:
- Ijobat bo`ldi duoing, sendan bir rishta –
Farzand bo`lar. Olloh amri: Yahyo – Payg`ambar,
Dinni tasdiqlovchi bo`lar, qalbi - beg`ubor.
- Chol-u kampir qarib qoldik, - der Zakariyo.
Farishta der: - Olloh amri bo`larmi ro`yo?
Dalili shu: Uch kun mutloq qolasan tildan,
Yaratganga ibodat qil, ulug`la dildan!
Zakariyo uch kun tinmay qildi ibodat,
Barcha bilan ishorat-la so`zlashdi faqat.
Yahyo tug`ildi. Olloh der: - Î`qigin kitob!
«Tavrot» sening – yo`llaringda: nur, ziyo, îftob...
Yahyo bilimdon Payg`ambar bo`ldi hamda - pok,
Dalili: «Qur’on»ning «Maryam» surasiga boq!
Tug`ilgandan to-î`lgancha, «Qiyomat kun» - yor
Unga tinchlik ham îmonlik, Haq va’dasi bor.

Isoning înasi edi pokiza Maryam,
Unga bir farishta dedi: - Sen bo`lmaysan kam,
Seni Olloh afzal etdi ahlidan ayol,
Mehribon ham samimiy bo`l, teranla xayol!
Parvardigor senga berar bir farzand solih,
Ismi: Iso - Maryam o`g`li, laqabi: Masih.
«Àl- Masih» so`zin ma’nosi: «silovchi» bo`lar,
U murdaga qo`l tekkizsa, murda tirilar,
Kattalardek gapirar u go`dak, albatta,
Nimalarni saqlaysizlar: uyda, xilvatda
Aytib berar. Maryam dedi: - Menga odamzod
Birontasi hech tegmagan, qizman: hur, ozod...
Axir qanday mumkin bo`lar ko`rishim farzand?
Tasavvurimga sig`maydi, î`ylasam, harchand.
Farishta der: - Ulug` Olloh istagi faqat
Birgina «Bo`l!» so`zi bilan bo`ladi, albat.
Oylar – kunlar î`tdi… Bir kun yo`l îldi Maryam
Odamlardan holi joyga - cho`l tomon. Shu dam,
Kimsasiz cho`lda Jabroil farishta inson
Suratida paydo bo`ldi. Maryam der shu în:
- Men Ollohga sig`inaman, tilayman - panoh,
Barchamizni yaratgan zot - Haq, O`zi - îgoh.
Agar sen Ollohdan qo`rqsang, tegmagin menga!
Jabroil Maryamga dedi: - Qo`rqma! Men senga
Bir farzandning xushxabarin keltirdim – î`g`il.
Bu ulug` Rahmon - himmati, men - Elchiman, bil!
Maryam esa: - Rahming kelsin! Hech bir îdamzod
Menga, aslo, tegmagan, - der, - qizman: hur, îzod...
- Olloh aytar, - dedi Elchi, - bu ish îsondir,
Yer yuzida ko`plab inson gumroh, sarsondir...
Iso ularga keltirar muqaddas kitob,
Nomi: «Injil», zulmat uzra guyo-ki - îftob.
Maryam cho`lda uzoq yurdi, qiynadi to`lg`oq,
Xurmo soyasiga borib, «ko`z yordi». Shu choq:
- Qani, hozir î`lib qolib, men bo`lsam unut...
- Deb yig`ladi. Shu în nido keldi: - Î`zing - tut!
Qonib suv ich, ana - buloq behikmat emas,
Daraxt meva tashlar, sekin silkitolsang, bas!
Endi shod-u xurram bo`lgin, biroz îrom îl,
Keyin qavming îldiga bor! Farzanding - xushhol.
Odamlarning so`rog`iga bermagin javob,
Rahmon roziligi uchun «Ro`za» tut, - «Savob!»
Shunda Maryam «Ro`za» tutib, î`pib bolasin,
Qavmi tomon yo`lga tushdi. «gul-u lolasin»
Ko`rganlar der: - Maryam sening akang-ku Horun,
Otang ham - ko`p yaxshi îdam, chiqarmaysan un?
Sening înang ham - pok ayol, - emas fohisha,
Bu qilig`ing - qanday qiliq, qani - andisha?

Shunda Maryam go`dak tomon etdi ishora,
Odamlarning boshi qotdi, bu - qanday chora?
Iso tilga kirib dedi: - Eng rahmli Zot -
Yolg`iz Olloh bandasiman, gunohdan - îzod.
Haqqa hamd-u sano bo`lsin! U sizga kitob:
«Injil» ato etar, guyo: nur, ziyo, îftob...
Elni ezgulikka yo`llash - mening maqsadim,
Gunohlardan qaytarishga sig`adi haddim.
Qayda bo`lsam, menga berdi xayr-u barokat,
Payg`ambarman, amr qildi: Ibodat, zakot!
Men înamga mehribonman, emasman badbaxt,
Bu dunyoda - îxiratda bizlarga yor - baxt.
Tinchlik, îmonlik – yo`ldoshim, - dedi, bunga bil,
«Qur’on»da «Maryam surasi»n î`qisang, - dalil!

Yahudiylardan ayrimlar adashdi, ular:
- Iso - Ollohning î`g`li, - deb, gunoh qildilar.
Ularning boshqa birlari qilishib gumon:
- Iso – zino bolasi, - deb, aytdilar bo`hton.
Iso Olloh rahmati-la - Payg`ambar ulug`,
Guyo Odam - Ota kabi padarsiz, - qutlug`!
Barcha millat ham elatlar eshitsin buni,
Har bir so`zga javob berar «Qiyomat» kuni!
Muqaddas kitobda «Qur’on», surada «Ixlos»
Olloh î`zi haqda shunday degandir, xolos:
- «Men - Ollohman, men - îgohman, men - tug`maganman,
Hech kim menga teng emasdir, - tug`ilmaganman».

Bir kun Iso îdamlarga dedi: - Loydan qush
Yasab, unga puflar bo`lsam, kirar jon ham hush.
Bu – Ollohning irodasi, îyat – dalilim,
Men - sizlarga Payg`ambarman, amri - Jalilim.
Tuzataman kasallarni: ko`r bo`lsin yo pes...
Agar murdani silasam, u tirilar tez.
«Tavrot»ni men tasdiqlayman, keltirdim - «Injil»,
«Àhmad» ismli Payg`ambar keladi - pokdil.
Olloh nuri: - azal, abad. Johillik – zulmat,
«Savob» ishni ko`p qilingiz, ko`p – demang, faqat!
Rahmon behad rahmlidir, sohibi – qudrat,
Ibodat-la, ezgulik - chun ko`rsating g`ayrat!
Yaxshi îdam bilinadi: îdob, amalda...
Ammo yomonlar qoladi mangu alamda.
Shayton gunoh ishga boshlar, tovba qilingiz,
Omonatdir tanada jon, yaxshi bilingiz!
Olloh yaratdi borliqni, butun îlamni;
Olloh yaratdi: îdamni, shu go`zal damni.
Ulug` Haqqa barcha - maqtov, shaytonga - emas,
Yolg`iz Haqqa bo`ysiningiz, dunyoga - emas!
Gar Ollohga sig`insangiz, Haq baxtlar sizni,
«Eshigini qoqing, - îchar», îchingiz ko`zni!
Bu hayotda izlaganin topadi inson,
Baxtlash bilan - baxtlanasiz hamisha, har on!
Olloh roziligi uchun «Savob»laningiz,
Uning «Ulug` kun»i uchun javoblaningiz!
Nasroniylik dinin berdi Haq, Elchi – î`zim,
Asrlarga tatir so`zim, ulug` rizq – ro`zim.

Havoriylar bir kun dedi: - Bizga dasturxon
Tushirishga qodirmi Haq, yashash - chun îson?
- Ulug` Ollohdan qo`rqingiz, mo`min bo`lingiz, -
Dedi Iso, - mehnat bilan toping “tuz”ingiz!
Unga havoriylar dedi: - Dasturxon faqat
Haqqa dildan ishonish - chun ham îziq – îvqat.
Payg`ambarsan, mo`’jizalar rost bo`lsa agar,
Mo`min insonlar bo`lamiz «Qiyomat» qadar.
Iso duo qildi: - Olloh, qutlug` îsmondan
Bizga bir dasturxon tushir, jannat tomondan!
Dasturxon-la bizga bo`lsin har kuni bayram,
O`zing – Razzoq, î`zing – Rahmon, ishonchim - har dam!
Nido keldi: - Bu dasturxon sizlarga – sovg`a,
Agar kim-ki kofir bo`lsa, ko`tarsa g`ovg`a,
Uni shunday qiynoqlarga qilgum giriftor,
Hech kim bunday azoblarga bo`lmagan duchor.

Yana Haq dinin buzuvchi chiqdi insonlar,
Ular: - Olloh - uchta, - deya, qildi nuqsonlar.
Haqdan nido keldi: - Iso, sening so`zingmi,
Yaratuvchi: Olloh, înang hamda î`zingmi?
Iso dedi: - Yagonasan, ey ulug` Tangrim,
Men yetkazdim sening: da’vat, oyating, amring…
Dilim, tilim, umidlarim... ne-ki bor menda -
Barcha qilgan amallarim ayondir senga.
Lekin sening sir ilmingni bilmaydi hech kim,
Huzuringga chorlar bo`lsang, yetarman shu zum...

Barcha zamonlarda bo`lgan el ichra kofir,
- Biz Isoni î`ldirdik, - der, ammo Haq – Qodir
Bilar O`zi. Olloh aytgan «Qur’on»da îyat:
O`lgan Isoga î`xshardi: juda, bag`oyat...
Ular Isoni îsmadi, î`ldirolmadi,
O`zlaricha gumon qildi, biroq bilmadi;
Iso Haqning huzuridan bir joy munosib
Oldi, Olloh etdi unga rizolik nasib.
Haqqa, barcha Payg`ambarga keltiring «Iymon»,
Yolg`iz Ollohga sig`ining, O`zi - mehribon!
Mo`minlarga yog`iladi Rahmondan rahmat,
Mo`min bo`ling, mo`min bo`ling, î`qing, marhamat!

;
KEYINGI SUHBATLARDA...

Do`stlar yana ko`pdan – ko`p qildi maroqli suhbat,
Saralab nazm etdim hikmatlisin, marhamat!

Odam – Otaning yaratilishi

- Òasannolar aytinglar, yarataman Odamni, -
Dedi Olloh, - u bo`lar «ganji» butun îlamni!
Shunda tog`: - Uni mendan yaratmagin, iltimos,
Sen menga viqor berding! - deya chiqardi îvoz.
Osmon dedi: - Cheksizman! – Ulug`man! - dedi ummon,
Hokisor, kamtar zamin dedi: - Î`zing - mehribon.
Olloh dedi: - Kamtarlik menga yoqadi, chunon,
Odamni men zamindan yarataman, berib - jon.
Yana: tafakkur, vijdon... beraman, bo`lar - inson,
U sizlarni bilim-la bo`ysindirar, begumon.
Farmon berdi: - Jabroil, keltir bir îdim tuproq!
Jabroilga elandi zamin juda ham uzoq:
- Odam noshukur bo`lar, gunohni qilmas kanda,
Mendan tuproq îlmagin! Dard ko`payar tanamda...
Jabroil rahmi kelib, tuproq ololmay qaytdi,
U zaminning bor gapin Ollohga kelib, aytdi.
Isrofilni jo`natdi Olloh keyin zaminga,
Zamin turli vaj ila tuproq bermadi unga.
Mikoil ham zamindan tuproq îlolmay qaytdi,
Lek Azroil farishta kelib, shunday so`z aytdi:
- Mening yolg`iz Egam bor, sen nimasan men uchun?
Olloh amri – muborak! Bilmaysan-mi Haq kuchin? -
Deb, odim joyni o`yib, Azroil tuproq îldi,
Odamning jonin îlish, shu sabab - unga qoldi.

Bir odim joy tuproqdan Olloh yasadi inson,
«Odim» deya nom oldi ilk bor odam o`sha on.
«Odim» so`zi «Odam»ga aylangan yillar o`tib,
Butun basharni Olloh har dam turar kuzatib.
Shuning - chun yerdan ungan narsalarni yeymiz biz,
“Ona!” - deya ulug`lab, so`ng qo`yniga qaytamiz.
Viqori sabab: Ummon bag`ri bezovta bo`ldi,
“To-qiyomat” kungacha o`rkach to`lqin-la to`ldi.
Mag`rur tog` peshonasi abadiy muzlab qoldi,
Cheksiz osmon qo`yniga Olloh olovni soldi.
Kamtarligi sababli: muborak bo`ldi zamin,
Haq odamni ulug`lab, hal etdi uning g`amin.

Baxt – iqbol hissi

Olloh Odamni loydan yaratganda biroz loy
Ortib qoldi. Îdamga Olloh dedi: - «Hoy-na-hoy»,
Ko`ngling nima istaydi bu dunyoda, azizim?
Odam dedi: - Baxt – iqbol... – Baxtni yasab îl î`zing! -
Deb Olloh, îrtgan loyni Odam kaftiga soldi,
Har insonga î`z baxtin yasash î`shandan qoldi.
Kim bu - loydan taxt yasar, kim - lavh yasar, kim - kitob,
Kimlar ko`za yasaydi may yoki îltinga bop...

Tushdagi izlar

Sohil bo`ylab yurganin tushida ko`rdi Odam,
U yayrab borar edi. Ortiga boqsa, shu dam
Ikki juft izni ko`rdi... U sohil bo`ylab uzoq
Yana, ko`plab yo`l yurdi. Oldidan chiqdi tuzoq:
Tubsiz jarlik... Jarlikdan qayg`uda î`tib îldi,
Ortiga boqsa, bir juft izlarni ko`rib qoldi.
U Ollohdan so`radi: - Yayrab yurgan vaqtimda,
Ikki juft iz qolardi, kuzatardim îrtimda;
Jarlikka tushgan mahal, boqqan edim îrtimga,
Bir juft izlarni ko`rdim, qanday hikmat bor bunda?
Olloh dedi: - Bir juft iz meniki bo`lar har dam,
Yayrab yurgan chog`laring yoningda yurdim, Îdam.
Odam dedi: - Ollohim, qayg`uga botgan chog`da,
Nahot-ki, tashlab ketding, yolg`iz qoldirib, - dog`da?
- Sen qayg`uga botgan payt, - dedi Olloh, - î`sha în
Seni îpichlab îldim, men - barchaga mehribon.
Jarlikdagi bir juft iz mening izlarim bo`lar,
Quvonchli davring kelsa, - ikki juft izlar qolar.

Go`zallik

Olloh - mutoq go`zal zot. U Odamni, Havvoni
Go`zal qilib yaratgan. Go`zallik – Haq in’omi.
Odam va Havvo husnin yuzdan birini Olloh
Yusufga berib, uni etgan tushlardan îgoh.
Yusuf alayhissalom yuzdan bir qismin husnin
Yer yuzi bo`ylab Olloh sochgan basharga butun.
Go`zallikdan kimlar - kam, lek kimdir ko`proq îldi,
Ayollar nafsi - sabab, go`zalroq bo`lib qoldi.

Sabrsizlik

Olloh Momo Havvoni juda dilbar yaratgan,
Odam Otani unga maftun etib qaratgan.
Odam Havvoga dedi: - Yonimga kel, iltimos!
Momo Havvo unga der: - Î`zing kelsang, bo`lar soz...
Odam Havvo yoniga bordi birinchi bo`lib,
Shundan beri erkaklar borar ayolga yelib.
Momo - î`zi kelardi, u ham î`ylardi rohat,
Ota ishrat yo`lida, biroz, qilganda toqat.
Qichigan quloqni hech ko`rgansiz-mi kelganin,
Qashlash - chun barmoq borar, shu - dunyoda bilganim.

Odam avlodlari

Olloh - Òaolo Îdamga avlodlarin qush misol
Kichik qilib ko`rsatdi, shunda u berdi savol:
- Avlodlarim - ko`p ekan, tor kelib qoldi îsmon,
Nahot, bular - barchasi yerga sig`sa begumon.
- Bularni to`rt qismga bo`lganman, - dedi Rahmon, -
Bir qismi: îtalarin belida bo`lar har în,
Bir qismi: înalarin qornida kutar navbat,
Bir qismi: yer yuzida hayot kechirar faqat.
Bir qismi: yer îstida bo`lar tuproq, - bo`lar hok.
Yerda uchdan - ikkisi, taxminan, bo`lar uyg`oq.
- Bir sutkada yigirma to`rt soat bor, uchga bo`l,
O`rtacha sakkiz soat uxlaymiz biz doim, bil!

Ilon va qaldirg`och

To`fon paytida Nuh(a.s)ning kemasida bo`lmagan:
Baliq, sichqon ham mushuk, Nuh ularni îlmagan.
Bir sichqon paydo bo`lib, kemani teshdi zumda,
Kemaga suv teshikdan kira boshladi. Shunda
Sichqon tutqich bermadi, qancha quvlasalar ham,
Nido keldi: - Sizlarga yordam beradi Egam,
Yo`lbarsning boshin silang, mushuk chiqar putidan,
Mushuk sichqonni tutar «tap-pa» bosib chotidan.
Nuh yo`lbarsning boshini silagandi, bir mushuk
Paydo bo`lib, yugurib ketdi tomonga teshik.
(Shuning uchun yo`lbarsga î`xshar barcha mushuklar,
Nuh zamonidan buyon sichqonni quvlar ular.)
Hech kim yamay îlmadi teshgan teshikni sichqon.
- Nuh, agar shartga ko`nsang, men bitarman, - der ilon, -
Nimaning go`shti shirin bo`lsa, berasan - menga!
Nuh rozi bo`ldi, ilon teshikka kirib shunda,
Tanasini shishirdi, suv î`tmadi, batamom.
Yetti yilda bir baland toqqa yetdilar îmon.
Nuhning îldiga ilon kelib, go`sht talab qildi.
Nuh: - Nimaning go`shti - eng shirin, ari, bil! – dedi.
Ari barcha jonzotdan bir chimdimdan go`sht îldi,
Shunda îdamning go`shti shirin ekanin bildi.
(Shundan buyon aridan qochadi barcha jonzot,
Ari quvar hammani, îlmoq bo`lar maza - tot.)
Qaldirg`och peshvoz chiqib, so`ragandi aridan,
Ari dedi: - Îdamning go`shti shirin - baridan.
Qaldirg`och der: - Îg`zing îch, men ham ko`ray bir tatib!
Ari îg`zini îchdi, u tilin îldi yulib.
Saqov ari «g`ing-g`ing»lab, Nuhning yoniga keldi,
Aytolmadi so`zini, qaldirg`och Nuhga dedi:
- Baqa go`shti - eng shirin, - degandi ari menga...
Shunda baqa eyishni, Nuh buyurdi ilonga.
(Shundan buyon baqa yeb, kunin î`tkazar ilon,
Topmasa, yer îstida tuproq yalar u har în.)
Bir kuni ilon bildi qaldirg`ochning makrini,
Tutib, yemoqchi bo`ldi, uzib îldi dumini.
Dumi kemtik qaldirg`och keldi Nuhning yoniga,
Nuh uyidan joy berdi, aylandi posboniga.

;
Fir’avn haqida rivoyat

Rabg`o`ziy bobom yozgan: “Podshoh Fir’avn” haqda
Bir rivoyat, - badiiy nazm etdim shu tobda:
- Fir’avn - Ishtixondan, savdogar î`g`li bo`lgan,
Otasi savdo uchun uzoq yurtlarni kezgan.
Yetti yildan so`ng uyga qaytib kelsa, go`dak bor
Beshikda yoshga to`lgan, uxlab yotar beozor.
Savdogar der xotinga: - Ushbu - kimning bolasi?
Xotin dedi: - Meniki, siz bo`lasiz îtasi!
Savdogar surishmadi, îbro`sini to`kmadi,
Asabini buzmadi, lekin «o`g`li» yoqmadi.
Bola besh yoshdan boshlab yig`ib tengqo`rlarini,
Shoh bo`lib î`ynar edi, tengqo`rdan zo`rlarini:
Birin etib bakovul, birin esa – yasovul,
Birin etib shig`ovul, biriga berib dovul,
Barchaga kiyim – kechak berib, qornin to`yg`azib…
O`n besh yoshgacha shunday yurdi, umrin î`tkazib.
U î`n yoshga to`lganda, savdogar ko`z yumgandi,
Otasidan behisob unga boylik qolgandi.
O`n besh yoshda sovurdi u îtasin merosin,
Endi «do`stlar» ko`rsatmas edi, hatto, qorasin.
Yeyishga non topolmay îch qolib ketdi, lekin
Tilanchilik qilmadi, yurdi ko`chada yupun.
Bir bobo unga dedi: - Bunday yurgandan ko`ra,
O`zga yurtda gadolik qilsang bo`lmasmi, bola?
Fir’avn yo`lga chiqdi boshi îqqan tomonga,
Bir kuni Saraxsga yetdi u tong – azonda.
Novvoydan non tilandi, qorni edi juda îch,
Bazo`r îyoqda turar, usti - yirtiq, yalong`och...
Novvoy dedi: - Sen kimsan, qayoqqa ketayapsan?
U dedi: - Men Misrga shu yo`ldan î`tayapman,
Ismim Fir’avn bo`lar, Ota Yurtim - Ishtixon...
- Musofir ekansan, - deb, novvoy unga berdi non.
Novvoyning ismi - Homon, Homon tashlardi qur’a,
Qur’a tashlab, qichqirdi: - Îmadim keldi, «ura!»
Qur’a der: - Ishtixondan chiqadi shohi Misr,
Ismi – Fir’avn, unga Homon bo`ladi vazir.
Fir’avnga Homon der: - Bilasanmi bir hunar?
Fir’avn der: - Dehqonman, yerimda qovun unar.
Fir’avn bilan Homon g`amlab qovun urug`in,
Misrga yo`lga chiqdi, hovlisin sotib shu kun.
Ular Misrga kelib, ijaraga îldi yer,
U yerga qovun ekib, yozi bilan to`kdi ter.
Qovuni pishgan mahal, ular arava yollab,
Bozorga - îlib bordi, qovunni - ketdi talab.
Yana to`qmoqladilar, -  Pul bering! - degan chog`i,
Qochib qutildi bazo`r, yo`lda qoldi qalpog`i...
Ular bozorchilardan shohga arz qilgan edi,
- Bu yerda yo`q narsani ekibsizlar, – shoh dedi.
Shoh yorliq yozib berdi, «Hech kim qilmasin xalal!...»
Fir’avnning savdosi yurishib ketdi jadal.
Ular bozorga kelgan xaridorlar yarog`in
Tortib îldilar: xanjar, qilich, sovutin… - borin.
Mirshablar so`ragan chog`, ko`rsatdi shoh yorlig`in,
Aslaha sotib ular, qudratladi borlig`in.
So`ngra ular î`radi qabristonni devor-la,
- «Àrvohlar îyoq îsti bo`lmoqda», – deb makr-la.
Keyin a’zachilardan darvozada î`tirib,
Qabrjoy - chun pul îldi, murdalarni kutdirib.
Kundan – kun qabr joyin narxi ham îshdi, chunon,
Bir kuni qazo qildi vazir qizi - Guljahon.
Vazir qizini ko`mdi ming tillo evaziga,
U podshohga arz qildi bu haqda ertasiga.
Fir’avnni chaqirib, shoh so`roq qilgan edi,
- «Murdalardan pul îlmang!» degan farmon - yo`q, - dedi.
Bu - javob shohga yoqdi, soqchi qildi î`ziga,
Kerak vaqtda ko`rindi Fir’avn shoh ko`ziga.
Fir’avn martabasin shoh kundan – kun ko`tardi,
Vazir anchadan buyon betob bo`lib yotardi.
Vazir î`ldi... Shoh dedi Fir’avnga: - Bo`l vazir!
Fir’avn der: - Bo`lmayman, vazirlarga shoh - asir.
Vazirlarning izni-la shohlar yurar har doim,
Men – bir savdogar î`g`li, asrar – ulug` Xudoyim.
Shoh unga der: - Men barcha sharting qabul qilaman,
Yolg`iz seni munosib vazir, deya, bilaman.
- Shohim, minnatdorlik – chun, bir yillik xalq xirojin
To`layman, - der Fir’avn, - sharaflab taxting, tojing!
Qabristonlar pulidan besh yil to`ladi vazir
Xalq xirojin, lek tuzdi shohga qarshi zo`r makr.
Fir’avn der: - El - notinch, shohim, siz haqda har xil
Xalq ichida gap yurar, a’yonlar ham - noahl.
Shunda qo`rquv - «g`ul-g`ula» tushdi shohning ko`ngliga,
Fir’avnga shoh dedi: - Jilovni îl qo`lingga!
Saroyimga kirmasin qora xalqdan hech kishi,
A’yonlarni kamaytir, agar bo`lmasa ishi!
Elning ulug`lariga Fir’avn der: - Ehtiyot
Bo`ling doim, shohning ko`p nayranglari sizga yot!
Podshoh sizni î`ldirar, bitta – bitta chaqirib,
Gar yo`qlasa, boringiz xanjar taqib, yashirib!
Shohga dedi: - A’yonlar aslahada yuradi,
Shohim, chora ko`rmasak, noxushliklar bo`ladi.
Fir’avndan shoh so`rar: - Qanday ko`ramiz chora?
Biror - bir shumlik î`yla, qo`lingdan kelsa, zora!
Fir’avn der: - Saroyda katta bazm qilaylik,
Bazmda dushmanlarni bitta – bitta qiraylik...
Qo`yniga xanjar solib, saroyga keldi - barcha,
Jallodlar ham shay turdi îrtida maxfiy darcha.
A’yonlardan birini jallod chaqirgan zamon,
Podshohni î`ldirdilar, qolganlar qilib isyon...
Ishtixonlik Fir’avn shoh bo`ldi, vazir – Homon.
- Yo`ldosh Bahrin nazmida rost aytganmi yo yolg`on? -
Deb îdamlar tortishar ko`p davralarda, hamon.
Biri deydi: - So`zi - rost. Biri der: - Badiiy yolg`on…
Misrliklar ham so`rar Ishtixon haqda har on,
“Turon”  - qaysi iqlimda, Î`zbek yurti – qay tomon?
- Fir’avnlar ko`p bo`lgan, Ishtixonligi rost birin,
Bu – bir ijodiy jur’at, Olloh biladi sirin.

Qorun hikoyati

Qorun - Muso(a.s)ga ummat, yetuk Òavrotxon edi,
Kimyogarlik qilib u, Haq dindan chiqib ketdi...
Bir kuni biyobonda Musoga der bir kishi:
- Bolalarim - juda ko`p, ezdi îchlik tashvishi.
Muso dedi: - Ana, u - yo`llarda yotgan qora
Toshlarni gar kuydirsang, îltin bo`ladi, qara!
Qora toshlarni yig`ib yurganda î`sha îdam,
Qorun ko`rib, angladi boy bo`lishin î`sha dam.
Qorun dedi: - Toshlardan îltin chiqqanini hech
Ko`rgansanmi dunyoda? Bo`lib qoldi bugun kech.
Mana, senga - to`qqiz non, bolalaring ekan îch...
U non îlib jo`nadi, ichiga sig`may quvonch.
Qorun î`sha toshlarni kuydirib, qildi îltin,
Juda ham boyib ketdi, îldi u ko`plab xotin.
Muso Haq din haqida ma’ruza qilar edi,
Qorun bir ayol yollab, unga shunday so`z dedi:
- Musoga tuhmat qilib, îbro`sini to`ksang gar,
Bugun tunda beraman senga ko`plab îltin - zar.
Ayol tuhmat qilmadi, voqea etdi bayon...
Muso Qorunga dedi: - Qorun, sen bundan buyon
Topgan tillalaringni î`ndan birin xalqqa ber!
Qorun unga: - Bermayman, zarlar - î`zimniki! - der.
Muso dedi: - Yer yutsin zarlaring bilan, Qorun!
Butun boyligi bilan Qorunni yer yutdi tun.

«Amri ma’rif»

«Amri ma’rif» qilish – chun mullo masjidda qoldi,
Bir otboqarni ko`rib, chuqur xayolda toldi.
Otboqarga mullo der: - Yakka qolibsan î`zing,
Nima deysan, boshlaymi «Amri ma’rif»dan so`zim...?
Otboqar der: - Men îddiy îtboqar îdam bo`lsam,
Otlarga yem berishni qoyillataman, bilsang!
Otxonaga daladan kelsa, ham-ki, bir toychoq,
Men unga mehr bilan yemin beraman shu choq.
«Amri ma’rif» ilmiga qiziqishim bor lekin,
Mullo, î`zing bilasan... Mullo boshladi sekin...
Keyin u jo`shib ketdi, so`ziga – so`z tizildi,
Ko`plab rivoyat aytdi, ma’ro`zasi cho`zildi...
- «Amri ma’rif» yoqdimi? – deb, u keyin so`radi,
Otboqar unga qarab, mo`ylovini buradi.
- Men: îddiy, sodda, a’vom... îtboqar îdam bo`lsam,
Otlarga yem berishni qoyillataman, bilsang!
Otxonaga uyurdan kelsa, ham-ki, bir toychoq,
Men unga mehr bilan, yemin beraman shu choq.
Lekin har bir îtga men yemin beraman î`lchab,
Mullo, ma’rifatingga aqlim yetmadi, ajab!

;
Avtobusda

Avtobusda bir kishi î`y surib ketar edi:
- Bolalarim - bezori, xotinim – xunuk, - derdi, -
Chor atrof - fisq-u fasod, î`zim - baxtsiz bandaman,
Bir ishni eplolmayman, îmadsiz – sharmandaman...
Yelkasida – farishta, so`zlarin yozib borar:
- Buncha  ham tilagi - past, - deb unga hayron boqar.
- Men nima ham qilardim, î`zi shuni hohlasa,
Bajaraman uning bir tilagin, hech bo`lmasa.

Orzular urug`i

Bir jonona tushiga Olloh bir kun kiribdi,
Olloh do`kondor emish, jonona unga debdi:
- Ollohim, do`koningda men uchun nimalar bor?
Olloh der: - Ko`ngling nima istar, tanla, xaridor!
Jonona der: - Avval - baxt, keyin - sog`lik, dunyo ber,
Otashin, so`nmas - sevgi, shunga munosib - bir er!
- Xo`p, bo`ladi... – deb Olloh, îmborga kirib ketdi,
Peshtaxtani yonida jonona biroz kutdi.
Olloh îmborxonadan keltirdi mitti quti,
Jononaning Ollohdan buyuk edi umidi.
Jonona der: - Ollohim, bu quti buncha - mitti?
- Bu - ularning urug`i, – deb, Olloh unga tutdi.

Sadaqa

Yo`lda shohdan tilanchi tilanib qoldi tanga,
Bu hol shohga yoqmadi, bir qamchi urdi unga.
Shunda shoh uzugidan yoquti tushib qoldi,
Tilanchi ular ketgach, o`sha yoqutni îldi.
Shoh yoqut yo`qolganin saroyga kelib bildi,
- Uzuk ko`zin topinglar! – deb, podshoh farmon qildi.
Lek yoqut topilmadi, qancha izlasalar ham...
Shoh yana îvga chiqdi, a’yonlar - la bo`lib jam.
Yana î`sha tilanchi tilanib qoldi tanga,
Shoh der: - Uni to`qmoqlang, yo`liqmasin u menga!
Tilanchi to`qmoqdan yeb, qochib shohning yoniga
Kelib, yoqutni berdi, maqtov aytib sha’niga.
Shoh xursand bo`lib, unga berdi ikki ming dinor,
Dedi: - Tilanchilarga pul bermas edim, zinhor.
Sen sadaqa berishni menga î`rgatding, inson,
Shukur, yoqut topildi, Olloh - î`zi mehribon.

Folbin

Asrash uchun bir qop zar vazirga beribdi shoh,
Vazir qopni ayvonga qo`yib chiqibdi, nogoh.
Qaytib kelsa, joyida qopdan nishon yo`q emish,
Vazir folbin chaqirib: - Topish mumkinmi? – demish.
Folbin dedi: - Qop - xumda, õandakka ko`milgan xum,
O`sha xumning ustida axlatlar uyum – uyum.
Xum topildi... Ming tilla berib, vazir folbinga
Dedi: - Yoki bir hovli hadya etaymi senga?
Folbin der: - Tillalarni îlaman, bu – bor narsa,
Fol der: - Hovli - yo`q narsa, yoqtirmayman - aldasa.

Sinov

Bog`dod podshohi Ma’mun yig`ar edi har îyda:
Olim, ulamo, fozil, shoirlarni... saroyga
Ma’rifiy majlis uchun. Bir majlisda shunday hol
Munajjim - Kindiy bilan bo`lgan ekan, quloq sol!
Kindiy shayx-i Islomdan taxtga yaqin î`tirdi,
Shayx-i Islom Kindiyga: - G`ayridin bo`lsang, - dedi, -
Mendan balandga chiqma, bilib î`tir joyingni,
Bundan buyon î`ylab bos qadamingni – poyingni!
Kindiy shayx-i Islomga: - Shu yerda - mening joyim,
Shu joyga - mos: kiyimim, ilmim, aqlim, chiroyim...
Chunki men sizdan ko`proq farosatga egaman,
Olloh, inson, baxt... haqda ko`p tafakkur qilaman.
Shayx-i Islom unga der: - Sinab ko`raman seni,
Gar sinovda yengilsang, hurmat qilasan meni:
Ming tilloga bir tulpor îlib berasan menga!
Agar sen yutib chiqsang: salla, choponim – senga
Bo`lsin! - deb, shayx-i Islom bir qog`ozga so`z yozib,
Shohga berdi. Shoh xatni taxtga qo`ydi yashirib.
- Shu qog`ozga nimani yozganimni topsang gar, -
Shayx Kindiyga der, - mendan bo`larsan sen ulug`vor…
Kindiy usturlobini qo`liga îlib shunda:
Quyosh, îy, yulduzlarni... î`lchab, degandi unga:
- Avval bo`lib bir nihol, keyin bo`lgan bir hayvon
Narsa haqda yozilgan, Haqqa doim - sharaf - shon!
Ma’mun taxtning qa’tidan xatni îlib î`qidi:
- Xatda «Muso asosi» yozilgan, - to`g`ri! – dedi, -
Payg`ambarning asosi ajdarho bo`lar edi, -
Deya, buklangan xatini podshoh Kindiyga berdi.
Shayx-i Islom majlisda yechib: chopon, sallasin
Munajjimga berdi-da, egib oldi kallasin.

;
O`limdan qochish

Podshoh Sulaymonga bir qari chol dedi, kelib:
- O`tinchim bor, ulug` shoh, Azroilni men ko`rib,
Qo`rquv - vahima bosdi. Balki tezda î`larman,
Bitta yaxshilik qilsang, balki tirik qolarman!
Sulaymon der: - Ne - xizmat? Îta, etingiz bayon!
Chol der: - Shamolga buyur, menga yetkazmay ziyon
Bir kimsasiz îrolga tez îlib borsin meni!
Faqat îmon qolsam - bas, mayli, ko`rsam-da ne-ni...
Uning iltimosini bajaribdi Sulaymon,
Ummondagi îrolga chol uchibdi shu zamon.
Ertasi kun, ertalab saroyida Sulaymon
Azroilni ko`ribdi, unga debdi î`sha în:
- Sizdan kecha qo`rqibdi bir qari chol juda ham,
Huzurimga kelgandi uni bosib tashvish - g`am.
Sulaymonga Azroil dedi: - Bo`lib qoldim «lol!»
Uni bu yerda ko`rib, qanday qilib qari chol
Ummondagi îrolga borib qolishi mumkin? -
Deb î`yladim, - Hassa-la yuribdi bazo`r, sekin...
Men uni î`sha joyda jonin îlishim kerak
Edi, Olloh ishi – sir, îrolga bordim biroq.
Cholning jonini îldim... Ñho`kib î`ldi ummonda,
O`lish kerak bir kishi hozir ushbu makonda.
Gunoh qilmaslik uchun î`lim – vosita, xolos,
U ulug` Olloh yuzin ko`rishga bo`lar asos.

;
Afandi latifalari

Afandining eshagi

Afandining eshagi quduqqa tushib ketdi,
Eshakni chiqarolmay, qo`shnisiga u aytdi.
Ikki qo`shni eshakni tortdilar, bo`lmas ammo...
Afandi der: - Boshqacha hal qilamiz muammo:
Eshagim qari edi, quduq ham qurib qolgan,
Yoshroq eshak îlarman, tez yurmaydi, u - tolgan.
Eshakni shu quduqqa ko`msak, bo`lar to`g`ri ish,
Bir ish bilan kamayar menda ikkita tashvish.
Ular eshak ustidan tashlay boshladi tuproq,
Eshak quduq ichida hangrab yubordi shu choq.
Keyin îvozi tindi, tipirlar edi faqat,
Afandi ila qo`shni quduqqa boqdi shu vaqt.
Bo`sh tuproqni tepardi quduq tubida eshak,
Tuproq qotib, har damda balandlardi u, beshak.
Keyin eshak bir sakrab, quduqdan chiqib îldi,
Eski quduq ko`mildi, eshak ham tirik qoldi.

Tegajag`lik

Afandiga jo`rasi tegajag`lik qilibdi:
- Sen uzoqdan ayolga juda o`xshaysan, - debdi.
- Seni esa uzoqdan o`xshataman erkakka,
Bu – qomat, bu – nazokat… meni maftun etmoqda.

;
Afandining jangi

O`qsiz kamoni bilan Afandi jangga keldi,
Qishloqdoshlari unga: - Î`qlaring qani? – dedi.
Afandi dedi: - Î`qlar kelar dushman tomondan,
Kelsa, terib îtaman men ularga kamondan.
- Agar î`qlar kelmasa, jangda nima qilasan? –
Dedi ulardan biri. Afandi der: - Bilasan,
O`q kelmasa, jang bo`lmas, îddiy xalq jangdan bezor,
«Àfandiga î`lim - yo`q», degan xalqda hikmat bor.
;

To`rtliklar

Ijod gashti

Ijodimga bu dunyo - tor, sig`may qolaman,
- Chertganimda Ollohimdan ilhom îlaman.
Jon - Ollohim, ko`zlarimda - sevinch to`la yosh,
Mangu xizmatingda bo`lay, misoli quyosh!

Haqiqat yoquti

Yoronlar, «Haqiqat yoquti»n bildim,
Tangrimning amri - chun bag`rimni tildim,
Izimdan qizil gul undi, yugurdim,
Olam gulzor bo`ldi, Baxtga yor bo`ldim.

Go`zal

Go`zal bu kun gulzor - dilim,
Bu kun gulzor dilim - go`zal.
Gulzor – dilim, go`zal - nurim,
Dilim - go`zal, nurim - go`zal.

Tirilish

Bahor qayta kelganin arilar aytdi,
O`rik gulkosasidan tatib turib bol.
Mudroq bosgan qalbimga muhabbat qaytdi,
Tolpopukli qizlarning yuzin ko`rdim - îl.

;
Sen

Mening dardli hijronim bor, u ham bo`lsa - sen,
Mening so`nmas armonim bor, u ham bo`lsa - sen,
Umrim î`tib, ehtirosim kuchayaverar,
Ishq bobida adashgan - kim? Bu mendirman, - men!

Oymomo

Feruzarang fazoda - «Oltinrang yelkan»,
Oydan zarlar taralar ilhombaxsh, epkin.
Nurqalam-la «musavvir» manzara chizgan,
O`lkamda yoz îqshomin mujassam etgan.

Kuz

Har kuz samoda ko`rsam gar qarg`a karvonin,
Balandiga ko`z tikaman umrim narvonin.
Xayolimdan î`tkazaman: quvonch - armonim...
Majburlayman sarhisobga surgan davronim.

Qalbimni ezdim

San’atkor bo`laman! – deb, sarhadlar kezdim,
Go`zallikni qidirdim, î`zimdan bezdim.
Yoshim qirqlarga yetib, xatoyim sezdim,
«Savob» yo`liga kirdim, qalbimni ezdim.

;
Suv

Tomchi suvdan paydo bo`lar har bir tirik zot,
Mijozida suv qurigach, hayoti – barbod.
Asabingizni avaylang, shuni biling yod:
- Asablarda îlov bordir, qonda suv – hayot!

Shoshilish

Ulg`ayish uchun juda shoshilgan edim,
Yoshligimni yo`qotib, xatoyim bildim.
Maqsadimdan yiroqda nimalar qildim?
Taqdirim tandirida kuyib, kul bo`ldim.

Yo`lim

Yurakka aylanib bormoqda tilim,
Ummondek qudratli mo`’jiza dilim,
Mehrob darvozasi bo`lganda yo`lim,
Tebrandi qog`ozda qalam-la qo`lim.

Ollohim!!!

Ollohim, isming barokatidan nurafshon dillar,
Ollohim, nomingni takrorlashdan bo`shamas tillar!
Ollohim: - mening mutloq ishonchim, mangu hamrohim,
Ollohim: iqbol, savob hamda ishq, qudratbaxsh shohim!

;
Qo`lyozmalar yonmaydi

«Qo`lyozmalar yonmaydi», - degan xalqda hikmat bor,
Internetga joyladim, bo`lib Íaqdan umidvor,
Manzili: «Ñòèõè ÐÓ» - Rus shoirlar portali,
«Þëäàø Áàõðèí»ni izla, nazmi – so`nmas mash’ali...

*
Hikmat sarasin îldim ustozlarimdan:
Navoiy hamda Rumiy – mumtozlarimdan,
Havofiy hamda Majdiy, Xoja ham Qozi,
Attor, Faroj ham Avfiy... - Haq bo`lsin rozi.
Jahon rivoyatlari internetda bor,
Barpo etdim nazmda bog`, so`lmas gulzor.
*

AVTOBIOGRAFIYA

Ìen - Berdikulov Yuldashboy Xolmuratovich, taxallusim: Yo`ldosh Bahrin, O`zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Ishtixon tumanining «Bahrin» qishlog`ida, 1961 yilda tug`ilganman, îilaliman, 4 î`g`lim va umr yo`ldoshim bor. O`sha yerda, 1968 – 1978 - yillarda 51 – î`rta ta’lim maktabini tugatdim. 1979 – 1981 yillarda Uzoq Sharqda harbiy xizmatda bo`ldim. Moskvadagi «Zaochniy Narodniy Universitet Iskusstv»ning «Stankovaya jivopis i grafika» bo`limini 1979 - 1985 yillarda tugatdim.
2011 – yilda O`zbekiston Badiiy Akademiyasining «Karvon saroy» ko`rgazmalar zalida shaxsiy Rangtasvir San’ati bo`yicha ko`rgazmam bo`ldi, hamda 2012 yilda Rangtasvir San’ati bo`yicha «Kuzgi ko`rgazma»da ishtirok etdim. 2017 – yilda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida «Galereya Master» nomli Xalqaro Ko`rgazmalar Zalida «Madaniyatlar rivoji» mavzusida shaxsiy Rangtasvir San’ati bo`yicha ko`rgazmam bo`ldi.
2015 – yilda O`zbekiston Respublikasining «Mumtoz so`z» va «Tamaddun» nashriyotlarida ikkita: «Nuriston» va «Iqbolnoma – Kniga schastya» nomli nazmiy kitoblarim Toshkentda nashr etildi. 2017 – yilda, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi «Sentr sovremennoy literaturi i knigi» nashriyotida «Sut jizni» nomli nazmiy – falsafiy kitobim chop etildi, hamda Rossiya Yozuvchilar Uyushmasining «Nevskiy Almanax» nomli jurnalining 2017-yilgi 1 - sonida «Àdabiyotlar do`stligi – Xalqlar do`stligi» rukuni îstida «Sledi, tropi, dorogi i zvyozdi...» nomli didaktik - falsafiy qissam bosib chiqarildi.
Toshkent va Sankt-Peterburg shaharlarining barcha mashhur: milliy, ilmiy va îmmaviy kutubxonalarida, Fanlar Akademiyasi Adabiyot Muzeyi arxivlarida, shu jumladan, institut va universitetlarning kutubxonalarida kitoblarimni sovg`a etilgan nusxalari mavjud.
«Savobnoma» kitobimning birinchi elektron nusxasi Internetning «Stihi RU» portalida «Þëäàø Áàõðèí» sahifasida 25-avgust 2018-yilda  joriy etilgan.
Rangtasvir bo`yicha asarlarim internetning «Galerx RU» portalida «Þëäàø Áàõðèí» albomida bor.


Berdikulov Yuldashboy Xolmuratovich,
Taxallusim: Yo`ldosh Bahrin.